Mineral moddalar. Mineral moddalar ovqatlanishning almashtirib bo‘lmaydigan komponentidir. Ular organizmda bajaradigan biokimyoviy jarayonlarda qatnashadi, plastik vazifasini bajaradi, skeletning asosiy tarkibiga kiradi, sitoplazmaning kolloid holatini ushlab turadi, osmatik bosim, vodorod ion kontsentratsiyasi va qonning bufer holatini muvozanatlaydi. Mineral moddalar oqsil va uglevodlarni hujayra membranasidan (mis, temir, magniy) transport qilinishida asosiy rolni o‘ynaydi, qon ivishida qatnashadi (kaltsiy), qonda gaz harakatini ta'minlaydi (temir), mushak va asab to‘qimalari qo‘zg‘alishi jarayonlarida qatnashadi (kaliy, kaltsiy, natriy), tuz - suv almashinuvini normallaydi. Tuz etishmaganda salomatlik buzilishining turli shakllari rivojlanishi mumkin. Masalan: ovqat takibida (Na) etishmasa markaziy nerv sistemasi faoliyati buziladi. O‘z navbatida natriy, kaltsiy va xrom ovqat xazm qilish bezlari funktsiyasini pasaytiradi. Yod etishmovchiligi qalqonsimon bez funktsiyasini pasaytirib, bo‘qoq kasalligi rivojlanishiga sabab bo‘ladi. Ovqat tarkibida ftorni ko‘p bo‘lishi flyuorozni keltirib chiqaradi. Oziq - ovqat tarkibida mineral moddalar o‘zaro va alohida ma'lum muvozanat holatida turishi lozim. Bunday holatning buzilishi min eral moddalarning hazm bo‘lishini yomonlashtiradi. Fosfor va magniyning ko‘p bo‘lishi yoki yog‘ va yog‘da eruvchi vitaminlarni etishmovchiligi kaltsiyni organizmga singishini qiyinlashtiradi. Bunda suyuqlashuv jarayonlari buziladi, bolalarda raxit va kattalarda osteoporoz kasalligi kelib chiqadi. Kaltsiy va fosforning nisbati 1: 1,5 bo‘lganda, kaltsiy va magniyning nisbati 1: 0,5 bo‘lganda kaltsiyning organizmda hazm bo‘lishi uchun qulay sharoit bo‘lib hisoblanadi. Kaltsiy va fosfor, kaltsiy va magniyning optimal muvozanati sut va sut mahsulotlarida bo‘ladi. Mineral moddalar hayvon va o‘simlik mahsulotlarida bir xilda bo‘ladi. Ovqat tarkibida mikroelementlar miqdorini yuqori bo‘lishi, ularni hazm bo‘lishini buzadi.Ratsional ovqatlanishning muhim printsipi to‘g‘ri ovqatlanish rejimiga rioya qilishdir. Eng ko‘p fiziologik isbotlangan ovqat hazm qilishning rejimi kuniga to‘rt maxallik tashkil qilindi. Bunday rejimda ovqat iste'mol qilish orasidagi vaqt 4 -5 soatni tashkil qiladi, bu esa ovqat hazm qiluvchi apparatga baravar taqsimlab berishi va qabul qilingan ovqatni to‘liq fermentativ qayta ishlanishi uchun etadigan vaqtdir. Bunda nonushta, sutkalik ratsionning 25% ni, tushlik 35% ni, tolma choy 15% va kechki ovqat 25% ni tashkilqilishi kerak. Uyquga ketishdan 3 soat oldin, kechki ovqatni qabul qilish tavsiya etiladi. Ovqat qabul qilish vaqti insonning odatiga, mehnat sharoiti va bir qancha boshqa omillarga bog‘liq. Shu bilan bir qatorda ovqat qabul qilish vaqti qat'iy bir xilda bo‘lishi lozim. Aks xolda oshqozon ichak traktining ritmikligi buziladi. Ovqatlanish rejimiga amal qilmaslik hazm sistemasi faoliyatiga va umuman salomatlik holatiga zararli ta'sir ko‘rsatadi, masalan: xolesterin miqdori ko‘tarilib, ateroskleroz rivojlanishi mumkin va boshqalar. Ratsional ovqatlanishning asosiy printsiplaridan biri mehnat faoliyatining xarakterini va og‘ir engilligini hisobga
olishdir. Mehnat faoliyati xarakteriga ko‘ra, mehnatga qobiliyatli aholi guruhini aqliy va jismoniy mehnat bilan shug‘ullanuvchi shaxslar guruhiga shartli ravishda bo‘lish mumkin. Aqliy va jismoniy mehnat orasidagi chegara yildan-yilga tenglashib bormoqda. Mehnat gigienasi va kasb kasalliklari institutida xodimlarni tekshiruvlariga ko‘ra, agarda jismoniy mehnatda yurak qisqarishlari 1 daqiqada 145 ni tashkil qilsa, aqliy mehnatda esa (sinxrom tarjimalarda) bu 160 ga etgan.Aqliy mehnat bilan shug‘ullanuvchi, kam xarakatchanlik (gipokineziya) va motor - vistseral reflekslarining etishmovchiligiga va mehnat faoliyatiga salbiy ta'sir ko‘rsatadi, ayrim hollarda esa, buyrak tosh va ateroskleroz kasalliklarini rivojlanishiga sabab bo‘ladi. Gipertoniya kasalliklari, miokard infarkti ko‘pincha aqliy mehnat bilan shug‘ullanuvchi shaxslarda uchraydi. Muskullar faoliyatining pasayishi organizmga salbiy ta'sir ko‘rsatishi insonlarga qadimdan ma'lum. Aristotel yozgan edi: « insonni uzoq davom etgan jismoniy harakatsizlikdan boshqa hech narsa, shunchalik ezmaydi». Hozirgi vaqtda jismoniy mashqlarning turli kasalliklar reabilitatsiyasida yaxshi natija berishi ilmiy asoslangan. Bundan tashqari, mushak harakati natijasida yuzaga keladigan motor - vitseral reflekslar modda almashinuvini to‘g‘ri kechishiga yordam beradi, yurak, hazm qilish ishini yaxshilaydi, hazm shirasi faolligini oshiradi, ichakdagi chirish jarayonlari intensivligini kamaytirib, ichak motorikasini yaxshilaydi.Aqliy mehnat bilan shug‘ullanishdagi ratsional ovqatlanishning asosiy printsiplaridan biri, ovqatning energetik qimmatini cheklashdir. Bunda ovqat muvozanatlangan va to‘la qimmatli bo‘lishi shart. Sutkalik ratsionda 100-115 gr oqsil, 80-100 gr yog‘ va 300-350 gr uglevodlar bo‘lishi tavsiya etiladi. Hayvon oqsillari miqdori sutkalik me'yorning 50% dan kam bo‘lmasligi va bu iloji boricha sut oqsiliga mos kelishi lozim. Qabul qilinayotgan yog‘larning 25% saryog‘, kam qismi o‘simlik va boshqa mahsulotlar yog‘i bo‘lishi muhim hisoblanadi. Ovqat ratsionida qand miqdori uglevodlar umumiy miqdorini 15% dan ko‘pini tashkil qilmasligi kerak. Aqliy mehnat bilan shug‘ullanuvchi kishilar ovqatlanish ratsionida lipotrop va sklerozga qarshi xossaga ega bo‘lgan moddalar hamda, oksidlanish - qaytarilish jarayonlarini stimullovchi vitaminlar (B2, Вб, С, Р, РР) va gipotron ta'sir ko‘rsatuvchi moddalar bo‘lishi shart (xolin, inozin, vitamin Е, B12, G‘, falat kislota). Aqliy mehnat bilan shug‘ullanuvchi shaxslarning ratsional rejimi 4-5 martalik ovqat qabul qilish bo‘lib hisoblanadi.Jismoniy mehnat bilan shug‘ullanuvchi shaxslarning ovqatlanishi asosida muvoffiqlashtirish printsipi yotadi. Bunda oqsil, yog‘, uglevodlar nisbati 1 :1: 4 bo‘lishi kerak. Ratsiondagi hayvon oqsillari 55%, o‘simlik yog‘i sutkalik normaning 30% ni tashkil qiladi. Shuni qayd qilish lozimki, mehnat davomiyligi va intensivligi oshishiga ko‘ra vitaminlarga talab ham ortadi. 3-4 martalik ovqat qabul qilish tavsiya etiladi. Uch martalik ovqat qabul qilishda nonushta 30%, tushlik 45%, kechki ovqat 25% ni tashkil qiladi.
Nazorat savollari:
Ratsional ovqatlanish va uning asosiy printsiplari?
Noto‘:g‘ri ovqatlanganlik tufayli kelib chiqadigan kasalliklar?
Muvozanatlashgan ovqatlanish nima (sbalansirovanno‘y)?
Katta yoshdagi mehnatga yaroqli aholi uchun ovqatlanishning fiziologik normalarini ishlab chiqishda nimalarga asoslanilgan?
Ovqatlanishning fiziologik normalarini qanday ko‘rsatkichlar aniqlaydi?
Katta yoshdagi odamlar ratsionida oqsil, hayvon va o‘simlik yog‘lari nisbati qanday bo‘lishi kerak?
Ovqatlanish fiziologik normalarida mineral moddalar miqdori va ularning optimal nisbatlari qanday?
Odamning normal massasi qanday aniqlanadi?
Vitaminlarning A, D, С, K manbalari (oziq-ovqat mahsulotlari ichida)?
Oziq - ovqat mahsulotlarida vitaminlarning parchalanib ketishi sabablarini ayting?
Vitaminlarni etishmovchiligini mikrosimptomlari?
Organizmda vitaminlarni biologik roli?
Na'matak damlamasida vitamin S ni aniqlash usuli?
Nesterov asbobida vitamin S qabul jihatidan adekvat ovqatlanishni baholash qanday olib boriladi?
Avitaminozlar, ularning sabablari, profilaktikasi?
Hayvon mahsulotlarida vitaminlar miqdori?
O‘simliklarda vitaminlar miqdori qanday?
Ovqatni tayyorlashda vitaminlarni saqlab qolish choralari?
Mavzu: Davo ovqatlarni sifatini nazorat qilish.Davo ovqatlarning
organizmga ta’sir mexanizmi.
Reja:
Davo ovqatlarni sifatini nazorat qilish.
Davo ovqatlarning organizmga ta’sir mexanizmi.
Ovqatli moddalami organizmda hazm qilish jarayoni uning joylashuviga binoan 2 xilga ajratiladi: 1) hujayra ichida (denjgiz g'ovagi (gubka), shilliq qurtlar va ignali teriga ega bo‘lgan hayvonlarda va leykotsitlarda fermentlar ular hujayralari tomonidan ishlab chiqiladi va ovqatli moddalarga hujayra ichkarisidayoq ta’sir o‘tkazadi; 2) hujayradan tashqarida ichak bo‘shlig‘ida maxsus shira ishlab chiqaruvchi hujayralar protoplazmasida fermentlar ishlab chiqarilib, ichak bo‘shlig‘iga ajraladi va shu eming o‘zidayoq ovqatli moddalami parchalashga o‘tishadi. Bo‘shliqda hazm jarayoni me’da va me’daosti bezlarining ishlab chiqaradigan fermentlari tomonidan amalga oshiriladi. Bunday fermentlaiga pepsin, jelatinaza, parapepsinlar, me’da katepsinlari, tripsin, ximotripsin, karboksipeptidaza A va V, emilaza, ribonukleaza, dezoksiribonukleaza, lipazalar misol bo‘ladi. Lipazafermenti asosan 3- va2- glitseridlami parchalaydi. Ichak bo‘shlig‘ida asosan nuklein kislotalarining gidrolizini dastlabki bosqichlari amalga oshadi. Ingichka ichak fermentlari ovqatli moddalarning so‘ngi parchalanish bosqichiga ma’sul deb hisoblanadi. Ichak bo‘shlig‘ida sodir bo‘ladigan hazm jarayonida ovqatli moddalarning yirik molekulalari molekula usti agregatsiyalari va ayniqsa, hujayraviy mahsulotlarning gidrolizlanishi uchun samarali mexanizmdan iborat. Hazm jarayonining 3-xili, bu devoroldi membranali yoki muloqotdagi ovqat moddalarning hazmidir. Bunday jarayonda ovqatli moddalarning gidrolizi — parchalanishi hujayra ichkarisi bilan uning tashqarisini ajratib turuvchi parda-membranalar tomonidan ishlab chiqariladi. Membranali hazm jarayoni birinchi darajali hayot uchun mexanizm bo‘lib, u hazm qilish bo‘shliqlarida sodir bo‘ladigan ovqatli moddalarning dastlabki parchalanishini va ichak hujayralaridagi surilish jarayonlarini uzviy holdagi zanjirga aylantiradi. Membranali ovqatli moddalarning parchalanishi mikroso1r g‘ichlaming cho‘tkali qismining yuzasida amalga oshadi. Mikroso‘rg‘ichlar, o ‘z navbatida, ingichka ichak o ‘simtalaridan iborat bo‘ladi. Unutmaslik kerakki, har bir ushbu epiteliyda taxminan 3000 tagacha mikroso‘ig‘ichlar mavjud bo‘lib, ularning miqdori ichak epiteliysining har 1 mm2tida 50.000.000-200.000.000 atrofida kuzatiladi. Ular ichakning ovqatli moddalarni parchalash maydonini 30 marta oshiradi va ularga g‘ovak katalizator xususiyatlarini beradi. Ovqatli moddalarning membranali parchalanish jarayoni sustlik bilan boradi va 3 ta bosqichdan iborat bo‘ladi. Ularga quyidagilar kiradi: fermentlaming yuzaga chiqishi; yuzaki katalitik jarayonlar; jarayon yuz bergan joydan moddalarning ichi va tagiga o‘tishi.
Asosiy bosqich dastlabki moddalarning ingichka ichak sathiga ko‘chish tezligi bo‘lib hisoblanadi. Shu boisdan ovqatli mahsuloti ximusining harakati hazm bo‘lish jarayonining aytarli darajadagi tezlashuvi bilan birga kechadi. Oqsillar va polikaibonsuvlaming parchalanishida membranali hazm jarayonining ahamiyati
ichak bo‘shlig‘ida boradigan hazm jarayonidan kam bo‘lmaydi va uning nihoyaviy rivojlanish bosqichi bo‘lib xizmat qiladi. Membranali hazm jarayonini tushunish uchun uning ikki tomonidagi farqqa e ’tibor berish tavsiya qilinadi. Mazkur farq quyidagilardan tashkil topgan:
organiq va neorganiq moddalarning kontsentratsiyalari;
vodorod ionlarining kontsentratsiyasi 1,5-2 birlikda;
molekulalaming quvvati;
molekulalaming shakli;
membrananing ikkala tarafidagi molekulalaming mo‘ljali.
Ichak sathida membranalaming yuzasiga biriktirilgan quyidagi fermentlar faoliyat ko‘rsatadi:
aminopeptidaza;
leytsinaminopeptidaza;
3 - va2-dipeptidaza;
prolinaza;
nukleotidazalar;
tregalaza;
invertaza;
maltazalar;
laktaza;
monoglitserid li paza va boshqalar.
Mazkur fermentlar ovqat moddalarining oraliq va nihoyaviy parchalanishlarga javobgardirlar. Shuning bilan bir qatorda, unutmaslik kerakki, membranali hazm jarayoni ovqatli moddalarning oraliq parchalanish mahsulotlariga nisbatan samaralidir. Lekin, shunga qaramay, membranali hazm jarayoni ichakdan hujayra ichiga o‘tish zanjirining samaradorligini ta’minlaydi. Ichak bo‘shlig'idagi va hujayralar ichidagi ovqat moddalarining parchalanishi membranali hazm jarayonidek katta tezlikda nihoyaviy parchalanish moddalarining surilishini ta ’minlay olmaydi. Yuqorida keltirilgan ovqat moddalarining hazm bo‘lish jarayonlario’ziga xos alohida xususiyatlarga ega. Shu boisdan ham ularning har biri evolyutsiya jarayonida nafaqat saqlanib qolish, balki rivoj toppish imkoniyatlariga ham ega bo‘ldi. Aytilgan ijobiy fikrlar bilan bir qatorda, ovqatli moddalarning parchalanish xillarining har biri o‘ziga yarasha kamchiliklarga ega bo Igani uchun ko‘pchilik tanalar ulami majmua tarzida qo‘llashga sabab bo‘ldi. Yuqorida aytilganlarga ko‘ra, har bir tanada turli xildagi hazm jarayonlari majmua holida ko‘zga tashlanadi. Bunday holat hazm qilish tizimining samarali va tejamli bo‘lishini ta ’minlaydi. Shu boisdan ham yuqori pog'onada turuvchi hayvonlar va odamlarda me’da-ichak kanali ishining chizmasi nafaqat ichak bo‘shlig‘idagi ovqatli moddalarning parchalanishi - so‘rilishi tarzida, ya’ni ikki bosqichda, balki bir xil ahamiyatga ega bo‘lgan 3 ta bosqichdan iborat: ichak bo‘shlig‘idagi, membranadagi hazmlar va parchalangan ozuqaviy moddalarning ichak so‘rg‘ichlari orqali qonga so‘rilishi. Keyingi paytlarda ilmiy izlanishlar shuni ko‘rsatdiki, me’da va ichak devorlanmng o‘tkazib yuborish xususiyatlari yuqori darajada bo‘lgani boisidan, yangi tug'ilgan chaqaloqlaming qoni tarkibiga nafaqat aminokislotalar, peptidlar, balki ozuqaviy oqsillar ham o‘tib ketishi mumkin ekan. Shu kabi holatni immun xususiyatli oqsillarning molekulalarida ham
kuzatish mumkin. Bunday holatlar kam uchrasada, lekin alohida e tiborni talab qiladi, chunki qon o‘rnini bosa oladigan suyuqliklar parenteral usulda bemor tanasiga kiritilganda, olingan natija yuqori darajadagi samaradorligi bilan k o‘zga tashlanadi.
Nazorat uchun savollar:
Organizmda moddalar o‘zlashtirilish jarayoni haqida gapirib bering
Moddalar o‘zlashtirilishi qanday jarayonlarda kechadi?
Oziq -ovqat mahsulotlarining organizmga ahamiyati nimadan iborat?
Foydalanilgan asosiy va qo‘shimcha adabiyotlar:
Saidov B. M. “Dietologiya” Darslik. Toshkent . “Yoshlar matbuoti” 2010 y.
Hamroyev Y.S. “Dietologiya” Buxoro - 2019
Saidov B. M. “Dietologiya” Darslik. Toshkent . “Yoshlar matbuoti” 2007 y.
Razikova I. S., Aliqulova D.Y., Baybekova V.F. “Dietologiya” Darslik. Toshkent 2018
R.B.Abdullaev I.K. “Parhez ovqatlanish asoslari” o‘quv qo‘llanma 2009 yil
Internet saytlari:
www.tta.uz
www.drdautov.ru
www.kitob.zn.uz
www.ziyo.net
www.kutubxona.uz
6.www.lex.uz
“Tasdiqlayman’’
“Umumtibbiy fanlar” kafedrasi mudiri R.A. Usmonova
24-noyabr 2021-yil
Fanidan o‘quvchilarnmg bilimlarini baholash mezoni
Izoh:o‘quv dasturining mantiqan tugallangan bo‘limi bo‘yicha o‘quvchi albatda baholanadi va natijasi o‘tish baldan (3 ball)past bo‘lganda qayta nazorat belgilanadi.
t/r
|
Mezonlar
|
Baho
|
1
|
Olgan bilimlarini ishlab chiqarishda qo‘llay oladigan, ushbu fanni boshqa fanlar bilan bog‘lay oladigan,mustaqil ish va vazifalarni to‘liq bajargan , va yangilik kiritishga intilgan , har jihatdan boshqa o‘quvchilarga o‘rnak bo‘ladigan
|
5
|
2
|
O‘quv ko‘rgazmali qurollardan foydalana oladigan , olgan bilimlarini xalq xo‘jaligida to‘g‘ri qo‘llay oladigan , mustaqil fikrlay oladigan, olgan bilimlarini tushuntirib bera oladigan
|
4
|
3
|
Darslarda 95%gacha qatnashgan, maruza matnini yozgan , o‘quv qurollari to‘liq bo‘lgan, adabiyotlardan foydalanishni bilgan
|
3
|
4
|
Talim standarstlarida belgilangan bilim va ko‘nikmalarni 55%dan kam o‘zlashtirgan o‘quvchilar
|
2
|
Yakuniy nazorat
1-variant
Quyidagilarning qaysi biri sog‘lom turmush elmentlariga kirmaydi?
yuqori kaloriyali ovqatlanish
kun tartibiga rioya qilish
ratsional ovqatlanish
yomon odatlardan xoli bo‘lish
sport bilan shug‘ullanish
Quyidagi qaysi maxsulotlar ko‘pincha toksikoinfeksiyaga sabab bo’ladi?
Go‘sht, go‘sht maxsulotlari, sublimatsiya qilingan maxsulotlar
sut maxsulotlari, pishlok
konservalangan maxsulotlar
piroglar, kremli maxsulotlar
sabzavot va mevalar
Kuyida ko‘rsatilgan noratsional ovkatlanishi kaysi biri gastrit (surunkali) kelib chikishiga ko‘prok ta’sir ko‘rsatadi?
ovkatlanish tartibining buzilishi
oziq-moddalariing balanslanmaganligi
ovqatning kaloriyasining kamligi
ovkatlanishida oksillarning kupligi
vitaminlar yetishmasligi
Sifatsiz ovkatlarni iste’mol qilishda kanday kasalliklar kelib chikadi?
ovkatdan zaxarlanishlar
oshkozon va un ikki barmokli ichak yarasi
gelmintozlar va dispersiyalar
gipovitaminozlar
kvashikor va alimentar distrofiya
Botulizmga kupincha sabab buluvchi maxsulotni kursating
uyda tayyorlangan konservalar
zavoda chikarilgan konservalar
kolbasa va sabzavotlar
tort va kremli maxsulotlar
go‘sht maxsulotlari
Tiamin:
Vit. V1,
Vit.V2,
v) Vit. V6,
g) Vit. V3,
Vit. N
Katta yoshdagi odamlarda vitamin D yetishmasligi natijasida kelib chikadigan kasallik:
osteoporoz va osteomalyatsiya
raxit
shapkurlik
singa
polinevrit
Vitamin E yuqori manba’lari:
o‘ simlik moylari
go‘sht
sut va sut maxsulotlari
jigar
don maxsulotlari
Katta yoshdagi odamning o‘smilik yog‘iga bo‘lgan bir kunlik extiyoji:
25-30 g,
10-15 g,
60-70 g,
80-90 g,
100-110 g.
Beri -beri kasalligi belgilari:
umuman organizmda barcha perifirik nervlar shikastlanishi
kullar perifirik nervi shikastlani
oyoqlar perifirik nervi shikastlanishi
qon quyilishi
nevroz
Mineral moddalarning fiziologik axamiyati:
aytganlarning barchasi
fermentlar tarkibiy kismiga kirish
plastik moddaligida
kon tarkibiy kismiga kirishi
organizmda rN muxitni saqlab turishida
Kalsiyning asosiy fiziologik axamiyati:
plastik moddaligi
nerv sistemasi kuzgaluvchanligi va utkazuv chanligini ta’minlash
xujayra modda almashinuvidagi axamiyati
asetilxolin xosil qilishda katnashishi
Magniyning fiziologik axamiyati:
nerv sistemasi kuzgaluvchanligini va o‘tkazuvchanligini ta’minlash
plastik moddaligi
qon ivishda
modda almashinuvi
o‘sish jarayonida
Temirning asosiy fiziologik axamiyatlaridan biri:
oksidlanish fermentlari va gemoglobin, tarkibiga kirishida
xujayra osmotik bosimini ta’minalanishida
suv almashinuvini boshqarishda
insulin tarkibi kismiga kirishda
Ovqatlanishning energetik adekvatligining kriteriyalari:
bo‘y, vazn, jins, yosh, kasbi
vazn, buy-vazn kursatgich, teri osti yeyo kavatini kalinligi
kapilyarlar rezistentligi, vazn, teri osti yog kavatini kalinligi
Bo‘y, bosh aylanasini kattaligi, ko‘krak qafasi
teri katlamlari xolati, buy.
16.Ovqatlanish turlari qaysi qatorda to‘g‘ri qo‘yilgan?
Faol, sust, sun‘iy
Aralash, tabiiy sun‘iy,
Tabiiy sun‘iy Faol
13 stol qanday bemorlarga buyuriladi?
O‘tkir yuqumli kasaliklarda
Gepatitda
Nefritda
Ponkreatitda
12 -stol qanday bemorlarga buyuriladi?
Markaziy nerv sistemasining qo‘zg‘aluvchanligi kuchayishiga olib boradigan kasalliklar.
Gepatitda
Nefritda
Asab tizimi kasaliklarida
7-parxez qanday bemorlarga buyuriladi?
Buyrak kasalliklarda
Gepatitda
Umumiy yalig‘lanish
Pankreatitda
Rektal ovqatlanish bu:
Organizmni suyuqlikka extiyojini ta’minlash uchun to‘g‘ri ichak orqali oziq moddalarni yuborish.
Keskin suvsizlikdan saqlash.
Bemorlarning operasion teshik orqali ovqatlantirish.
Sin‘iy ravishda zond orqali ovqatlantirish
1,0 gr yog‘ va 1,0 gr oqsil parchalanishida qancha energiya hosil bo‘ladi (birgalikda)
13,2 kkal
8,2 kkal
13,2 kjoul
8,2kjoul
1,0 gr uglevod va 1,0 gr oqsil parchalanishida qancha energiya hosil bo‘ladi (birgalikda)
8,2 kkal
13,2 kkal
4,1 kkal
9,1kkal
1,0 gr yog‘" va 1,0 gr oqsil va 1,0 gr uglevod parchalanishida qancha energiya hosil bo‘ladi (birgalikda)
17,3 kkal
18 kkal
17 kkal
12,3kkal
Gastrostoma orqali ovqatlantirish uchun ko"rsatmalar:
Me’da va qizilo‘ngach rakida,
Keskin suvsizlanib qolganda.
Qizilo‘ngach chandiq tufayli torayganda.
Me’da va ichaklar stenozida.
13 stol qanday bemorlarga buyuriladi?
O‘tkir yuqumli kasaliklarda
Gepatitda
Nefritda
Pankreatitda
Yakuniy nazorat 2-variant
Oziq-ovqat moddalari tushunchasi:
xayot uchun muxim bulgan jarayonlarni ta’minlovchi maxsulotlar.
xayot uchun muxim bulgan jarayonlarni ta’minlovchi maxsulotlar.
sun’iy ozuqa maxsulotlari.
quvvat manbalari.
xayot uchun muxim bulgan jarayonlarni ta’minlovchi noorganiq va organiq birikmalar.
2.Oziq-ovqat maxsulotlariga tibbiy biologik sifat talabalari:
quvvatliligi .
ozik-ovkat moddalari mikdori.
sabzavot va mevalar
belgilab berilgan vitaminlar, mineral moddalar kursatkichlari.
faol biologik ta’sir kuchi.
3.Ovkatlanish statusi tushunchasi:
urganish uchun muljallangan axolining ma’lum davridagi iste’mol qilingan va ovqatlar va maxsulotlar tarkibi, quvvatliligi va xilma-xilligi.
ayrim gurux axolining ovkatlanish Bilan boglik bulgan salomatlik xolati.
maxsulotlarning va ovkatlarning kunlik ruyxati.
aytilganlarning barchasi.
Butun organizmda modda almashinuvi boshqariladi:
nerv-gumoral boshqarish.
O‘z-o‘zini boshqarish.
nerv boshqarilishi.
gumoral boshqarilishi.
gormonal
Bolalarda asosiy modda almashinuvi kattalarga nisbatan kancha (xar bir tana kg. ga nisbatan):
yukori
past.
bir xil.
bu faslga boglik.
salomatlikka boglik.
Oksil tankisligi Bilan boglik bulgan xastaliklar:
Kvashiorkor, marazm, alimentar distrofiya
kvashiorkor
marazm, nevrit
alimentar distrofiya, OET
singa
Riboflavin:
vit V2,
vit. V1.
vit. V3.
vit V6
Piridoksin:
vit V6
vit. V1
vit. V2
vit. V3
vit. V8
Vitamin A manbalari:
sariyog, karotin
na’matak
sabzi
arpa uni
sabzavot va semalar
Vitamin D yukori manbalari:
Baliq moylarida.
Sariyog‘da
Go ‘sht
Sut
don maxsulotlarida
Ovkatlanish tartibi nima?
ovkat kaloriyasining qabul qilish vaktlariga karab taksimlanishi
taom qabul qilish vaktlari
V. ovkat kaloriyasi
G. ratsional ovkatlanish
ozik maxsulotlarini tugri iste’mol qilish
Vitamin S ga boy maxsulotlar kaysi biri:
kand
karam, sitruslar, na’matak
non, bugdoy, arpa
lavlagi, karam, kartoshka
Riboflabin yetishmovchiligining belgisi:
xeyloz, stomatit.
follikulyar gepirkeratoz.
keratomolyatsiya, blefarit.
polinevrit
Pellagra klinik belgilari:
aytilganlarning barchasi.
surunkali ich ketish.
tana ochik kismlarining pigmentatsiyasi.
asab buzilishi.
Vitamin V6ning fiziologik axamiyati:
transaminaza kofermenti tarkibiga kiradi.
kon ivishi jarayonida katnashadi.
tungi kurishda katnashadi.
aytilganlarning barchasi.
Vitamin V12 fiziologik axamiyati:
aytilganlarning barchasi
anemiyaga qarshi ta’siri.
aminokislotalar sintezida katnashishi.
yoglar almashinuvida katnashadi.
Bo‘limda ovqatni saklanishiga javobgar
Katta xamshira
Bulim mudiri
Dietolog xakim
Bo‘lim oshxonasi xodimi
1,0 g yog‘ parchalanishida qancha energiya hosil bo"ladi
9,1 kkal
4,1kkal
9,1 kjoul
4,1kjoul
1,0 g oqsil parchalanishida qancha energiya hosil bo"ladi
4,1 kkal
9,1 kkal
8,1 kkal
4,1kjoul
20.1,0 uglevod parchalanishida qancha energiya hosil bo"ladi
4,1kkal
3,8 kkal
5,1 kkal
4,1kjoul
12 -stol qanday bemorlarga buyuriladi?
Markaziy nerv sistemasining qo‘zg‘aluvchanligi kuchayishiga olib boradigan kasalliklar.
Gepatitda
Nefritda
Asab tizimi kasaliklarida
7-parxez qanday bemorlarga buyuriladi?
Buyrak kasalliklarda
Gepatitda
Umumiy yalig‘lanish
Pankreatitda
Rektal ovqatlanish bu:
Organizmni suyuqlikka extiyojini ta’minlash uchun to‘g‘ri ichak orqali oziq moddalarni yuborish.
Keskin suvsizlikdan saqlash.
Bemorlarning operasion teshik orqali ovqatlantirish.
Sin‘iy ravishda zond orqali ovqatlantirish
Quyida ko‘rsatilgan noratsional ovkatlanishi kaysi biri gastrit (surunkali) kelib chikishiga kuprok ta’sir kursatadi?
ovkatlanish tartibining buzilishi
ozik-moddalariing balanslanmaganligi
ovqatning kaloriyasining kamligi
ovqatlanishida oqsillarning ko‘pligi
vitaminlar yetishmasligi
Sifatsiz ovkatlarni iste’mol qilishda kanday kasalliklar kelib chikadi?
ovkatdan zaxarlanishlar
oshkozon va un ikki barmokli ichak yarasi
gelmintozlar va dispersiyalar
gipovitaminozlar
kvashikor va alimentar distrofiya
1-variant
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
7
|
8
|
9
|
10
|
11
|
12
|
13
|
14
|
15
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
16
|
17
|
18
|
19
|
20
|
21
|
22
|
23
|
24
|
25
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
2-variant
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
7
|
8
|
9
|
10
|
11
|
12
|
13
|
14
|
15
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
16
|
17
|
18
|
19
|
20
|
21
|
22
|
23
|
24
|
25
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
PEDAGOGIK INNOVATSIYALAR, KASB-HUNAR TA’LIMI
BOSHQARUV HAMDA PEDAGOG KADRLARNI QAYTA
9 TAYYORLASH VA ULARNI MALAKASINI OSHIRISH
‘ INSTITUTI
100095, Toshkent sh, Olmazor tumani, Ziyo kcchasi, 76-uy Tel: +99871-246-90-38 / Veb-sayt: www.ipitvet.uz/
Do'stlaringiz bilan baham: |