2.2-ilova
Uyga berilgan vazifani o‘quvchilardan so‘raydi. O‘quvchilar uyda tayyorlab kelgan taqdimotlarini tinglaydi va bahola sh mezoni asosida baholaydi.
Mavzu: Ovqat tarkibiy qismlari va ularning zaruriy miqdorlari.
Reja:
Ovqat tarkibiy qismlari haqida tushuncha
Odam organizmida oqsil, yog‘ va uglevodlarning ahamiyati
Oqsil yog‘ va uglevodlarning zaruriy miqdorlari haqida.
3-ilova
4-ilova
Oziq-ovqat mahsulotlari hayvon mahsulotlari va o‘simliklardan olinadigan mahsulotlar hamda mineral moddalardan iborat bo ladi. Hayvonlardan olinadigan mahsulotlarga go‘sht, sut, tuxum, baliq va ularning mahsulotlari; o‘simliklardan olinadigan mahsulotlarga don mahsulotlari, shuningdek sabzavotlar, mevalar, qo‘ziqorinlar; minerallardan olinadiganiga esa osh tuzi kiradi. Oziq-ovqat mahsulotlari, o‘z navbatida, oziq moddalardan: oqsillar, yog‘lar, uglevodlar, vitaminlar, mineral tuzlar va suvdan iborat boiadi. Bu moddalar organizmning normal hayot qobiliyatini saqlab turish, sarflanadigan energiyaning o‘rnini to‘ldirish va hayot faoliyati jarayonida parchalanadigan hujayralar va to‘qimalarning o‘rnini qoplash uchun zarur.
Oqsillar. Har qanday to‘qima va organ tarkibida asosiy oziq moddalarga kiradigan oqsillar ko‘p bo‘ladi. Oqsillar organizmda asosan plastik yoki qurilish vazifasini bajaradi. Katta odamning oqsilga bo‘lgan sutkalik ehtiyoji 80-100 grammni tashkil qiladi, shunda ham ularning kamida 50-60 protsentini hayvon mahsulotlari oqsili tashkil qilishi kerak. O‘z navbatida, oqsilning 50 protsenti sut oqsilini, qolganini esa go‘sht, tuxum, baliq va hokazo tashkil qilishi lozim. 6oydan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun kundalik oqsillar miqdori 25grammdan 102 grammgacha tavsiya etiladi.
Yog‘lar. Bular murakkab organiq birikmalar bo‘lib, glitserin bilan yog‘ kislotalarning aralashmasidan iborat. Katta yoshli odamning yog‘ga bo‘lgan sutkalik ehtiyoji 80-100 gramm, bundan 25 grammi sariyog‘, 25 grammi o‘simlik moyi bo‘ishi kerak.
Uglevodlar organizmning asosiy energetik resursi bo‘lib, organizmda oson yonadi. Katta odam bir sutkada 400-450 gramm uglevod olishi kerak, bulardan 2025% ini qand tashkil etishi lozim deb hisoblashadi.
Vitaminlar organizm uchun nihoyatda muhim ahamiyatga ega. Ularning organizmda boMmasligi va hatto yetishmasligi qator kasalliklarga olib keladi. Garchi vitaminlar ovqatda juda oz miqdorda boMsa ham, shunga qaramay juda muhim rol o‘ynaydi. Eng awalo ular almashinuv protsessida aktiv ishtirok etadi va organizmning immunobiologik xususiyatlari va tashqi muhitning noxush omillariga chidamlilikning oshishida muhim ahamiyatga ega. O‘sayotgan organizmning uyg‘un rivojlanishi uchun vitaminlar ayniqsa katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Hozirgi vaqtda vitaminlaming 30 dan ko‘proqturi o‘rganilgan, ulardan 20 ga yaqini odam organizmida moddalar alrnashinuvi protsessida ishtirok etadi.
Mineral moddalar. Mineral 3 yoshdagi bola qovurg'a ustki qismini elementlarning roli juda katta bo‘lib, darz ketishi, deformatsiyasi, bilak va barcha hayotiy muhim protsesslarda son suyaklari deformatsiyasi. Yalpoq qatnashadi. Shuningdek, ular organizmning normal hayot qobiliyati uchun zarur bo’lib, odam to‘qimalarida erigan holda bo‘ladi.
Kalsiy — organizm uchun zarur, qator plastik protsesslarda qatnashuvchi muhim elementlardan biri. Bu modda etishmaganda, skeletda o‘zgarishlar paydo bo‘ladi, qonning ivish protsessi buziladi, organizmning yuqumli kasalliklarga qarshilik ko‘rsatish kuchi susayadi va hokazo. Kaltsiyning manbalari sut va sut mahsulotlari, tuxum sarig‘i, bug‘doyning sof doni, quruq dukkaklilar va hokazolar bo‘lishi mumkin. Kattalar uchun kaltsiyning sutkalik dozasi 800 mg, bolalar va o‘smirlar uchun esa 1000 mg.
Kaliy. Organizmning hayot faoliyati uchun kaliyning ahamiyati shundaki, u avvalo organizmdan suyuqliklarni chiqarib yuborish qobiliyatiga ega. U shuningdek, organizmda kislotali-ishqorli muvozanatni tutib turishda qatnashadi. Kaliy asosan o‘simliklardan olinadigan mahsulotlarda boMadi. Ba’zi mahsulotlarga kaliy kontsentratlari deb qaraladi. Ularga awalo turshak, o‘rik,-mayiz, qora olxo‘ri va dukkaklilar (no‘xat, loviya va soya) kiradi. Kattalarning kaliyga bo‘lgan sutkalik ehtiyoji 2-3grammni tashkil etadi.
Temir qon yaratilishi protsessida qatnashadi, qizilqon tanachalari — eritrotsitlaming bo‘yovchi moddasi gemoglobin tarkibiga kiradi. U jigarda, qora taloqda, qonda ko‘p bo‘ladi va hokazo. Organizmda temir yetishmaganda, temir etishmovchiligi oqibatida kelib chiqqan anemiya paydo boMadi. Kattalarning temirga bo‘lgan sutkalik ehtiyoji 15mg.
Fosfor. U suyak tarkibiga kiradi. Fosforga boy manbalar tuxum sarig'i, pishloq, go‘sht, baliq, ikra hisoblanadi. Dukkaklilarda fosfor juda ko‘p bo‘ladi. Sobiq SSSR da fiziologik norma bo‘yicha fosfor sutkalik ovqatda kattalar uchun 1600 mg, bolalar ovqatida esa 1500-2000 mg b o ‘lishi kerak.
Natriy. Natriyning organizmga tushish manbai asosan osh tuzi va hayvon mahsulotlari hisoblanadi. O‘simlik mahsulotlarida natriy juda oz miqdorda bo‘ladi. Natriyning asosiy vazifasi organizmda kislotali-ishqoriy muvozanatni ta ’minlab turishdan iborat. U suv almashinuvida aktiv ishtirok etadi. Katta yoshli kishilarning natriyga bo‘lgan sutkalik ehtiyoji 4-5 gramm, bu 10-12,5 gramm natriy xlorni tashkil etadi. 0 ‘zbekistonning issiq iqlim sharoitida natriyning bu miqdori biroz oshishi mumkinligini aytib o‘tish kerak. Chunki, terlaganda natriy ko‘proq yo‘qotiladi. Yuqorida aytib o‘tilgan moddalar ma’lum miqdorda hamma oziqovqatlarda, ba’zilarida ko‘p miqdorda, boshqalarida esa ozroq miqdorda bo‘ladi.
Oziq-ovqat mahsulotlari. Hammadan ko‘p tarqalgan oziq-ovqat mahsulotlariga non, go‘sht, sut, baliq, tuxum, yog'lar, sabzavotlar va mevalar kiradi. Non doimo yeyiladigan oziq-ovqat hisoblanadi. Non hech qachon ko‘ngilga tegmaydi. Unda kraxmal ko‘p, oqsil kam, yog'lar esa bundan ham kam bo‘ladi. Non ma’lum miqdorda ovqatning sutkalik kaloriyasini qoplaydi. Bug‘doy unidan (yuqori navli) yopilgan nonning kaloriyasi javdar va jaydari nondagidan k o‘proq bo‘ladi. Ammo jaydari, ayniqsa javdar nonda Вva E gruppasidagi vitaminlar, mineral tuzlar va o‘simlik kletchatkalari bor. Nonga bo‘lgan sutkalik ehtiyoj 400-500 gramm, shundan 50 protsenti qora non bo ‘lishi kerak.
Go‘sht va baliq insonning ovqatlanishida oqsilning eng yaxshi manbalari hisoblanadi. Baliq organizmda go‘shtga qaraganda tez hazm bo‘lishi va tez singishi tufayli respublikamizda keyingi yillarda baliq taomlari keng qo‘llanilmoqda. Masalan, payshanba kunlari umumiy ovqatlanish tarmoqlarida asosan baliq taomlari tayyorlanmoqda. Shuni esda tutish lozimki, baliq faqat to ‘la qimmatli oqsil emas, balki organizm uchun zarur bo‘lgan mikroelementlarni, jumladan yod ham tutadi. Ma’lumki, yod endemik buqoq kasalligining oldini oluvchi kuchli omil hisoblanadi. Bu erda midiya, kalmar kabi faqat
to‘la qimmatli oqsilgagina emas, balki yodga ham boy bo‘lgan dengiz mahsulotlarining katta ahamiyatini aytib o ‘tish lozim. Dengiz mahsulotlarining ovqatlanishda keng qo‘llanilishi organizmda aterosklerotik protsesslaming oldini olishda eng yaxshi profilaktik tadbir hisoblanadi.
Tuxum. Oqsil, yog‘, vitaminlar va mineral tuzlarga boy bo‘lib, hamma yoshdagi kishilar uchun eng yaxshi ovqat hisoblanadi.
Sut. Barcha yoshdagi kishilar uchun eng foydali va eng qadimiy ovqat hisoblanadi. Sutda odam organizmi uchun zarur bo‘lgan hamma oziq moddalar bor. Har kungi ovqat ratsionida sut mahsulotlaridan pishloq, sariyog1, brinza, qatiq, kefir, atsidofilin bo‘lishi kerak.
Sabzavot va mevalarning odam organizmi uchun ahamiyati benihoya katta. Ma’lumki, sabzavot va mevalar faqat to‘yimli ovqat bo‘libgina qolmay, balki shifobaxsh xususiyatlarga ham ega. Ayniqsa meva va sabzavotlar bolalar, keksalar hamda bemorlarning ovqatlanishida katta ahamiyatga ega. Organizmga sabzavot va mevalar bilan birga eng kerakli vitaminlar tushadi. Bundan tashqari, ularda organizmda moddalar almashinuvi uchun zarur bo‘lgan mineral elementlar bor. Mevalarda fruktoza, pektin va oshlovchi moddalar hamda kletchatka ko‘pdir. Meva va sabzavotlami kam yeydigan kishilar kasallikka tez chalinadilar, darrov toliqib qoladilar, sovuqqa chidamaydilar, ko‘zlari uncha o‘tkir bo‘lmaydi.
MUSTAHKAMLASH UCHUN SAVOLLAR
5.1-ilova
1-savol
❖Katta yoshli odamning yog‘ga bo‘lgan sutkalik ehtiyoji qancha?
J: 80-100 gramm, bundan 25 grammi sariyog‘, 25 grammi o‘simlik moyi bo‘ishi kerak
2-savol
❖Katta odam bir sutkada qancha uglevod iste'mol qilishi kerak?
J: 400-450 gramm uglevod olishi
kerak, bulardan 20-25% ini qand
tashkil etishi lozim
3-savol
❖Hozirgi vaqtda vitaminlaming qancha turi aniqlangan?
J: 30 dan ko‘p, ulardan 20 ga yaqini odam organizmida moddalar almashinuvi protsessida ishtirok etadi
5.2-ilova
GURUHCHALARGA SAVOLLAR
□ Vitaminlaming ahamiyatini aytib bering ?
J:Ularning organizmda
bo'lmasligi va hatto yetishmasligi qator
kasalliklarga olib keladi
2-Guruh
S:Oqsillarning ahamiyatini
aytib bering?
J:Oqsillar organizmda asosan
plastik yoki qurilish vazifasini
bajaradi. Katta odamning
oqsilga bo'lgan sutkalik
ehtiyoji 80-100 grammni
tashkil qiladi
III - YAKUNIY QISM
6-ilova
Uyga vazifa.
Uy vazifasini bajarish yo‘riqnomasi: o‘qish, tahlil qilish, tushunish qiyin bo‘lgan tibbiy terminlarni yozish, mavzuni konspekt qilish va yangi nazariy mashg‘ulotga tayyorgarlik ko‘rish.
W
NAZARIY MASHG‘ULOTNING O‘QITISH TEXNOLOGIYASI
Mavzu: Vitaminlar turlari, suvda va yog‘da eriydigan vitaminlar.
Vitaminlarning organizmga ahamiyati.
O‘quv mashg‘ulotining o‘qitish texnologiyasi modeli
Vaqt: 80 daqiqa
|
Ta’lim oluvchilar soni: ta
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |