Mineral moddalar. Mineral moddalar ovqatlanishning almashtirib bo‘lmaydigan komponentidir. Ular organizmda bajaradigan biokimyoviy jarayonlarda qatnashadi, plastik vazifasini bajaradi, skeletning asosiy tarkibiga kiradi, sitoplazmaning kolloid holatini ushlab turadi, osmatik bosim, vodorod ion kontsentratsiyasi va qonning bufer holatini muvozanatlaydi. Mineral moddalar oqsil va uglevodlarni hujayra membranasidan (mis, temir, magniy) transport qilinishida asosiy rolni o‘ynaydi, qon ivishida qatnashadi (kaltsiy), qonda gaz harakatini ta'minlaydi (temir), mushak va asab to‘qimalari qo‘zg‘alishi jarayonlarida qatnashadi (kaliy, kaltsiy, natriy), tuz - suv almashinuvini normallaydi. Tuz etishmaganda salomatlik buzilishining turli shakllari rivojlanishi mumkin. Masalan: ovqat takibida (Na) etishmasa markaziy nerv sistemasi faoliyati buziladi. O‘z navbatida natriy, kaltsiy va xrom ovqat xazm qilish bezlari funktsiyasini pasaytiradi. Yod etishmovchiligi qalqonsimon bez funktsiyasini pasaytirib, bo‘qoq kasalligi rivojlanishiga sabab bo‘ladi. Ovqat tarkibida ftorni ko‘p bo‘lishi flyuorozni keltirib chiqaradi. Oziq - ovqat tarkibida mineral moddalar o‘zaro va alohida ma'lum muvozanat holatida turishi lozim. Bunday holatning buzilishi min eral moddalarning hazm bo‘lishini yomonlashtiradi. Fosfor va magniyning ko‘p bo‘lishi yoki yog‘ va yog‘da eruvchi vitaminlarni etishmovchiligi kaltsiyni organizmga singishini qiyinlashtiradi. Bunda suyuqlashuv jarayonlari buziladi, bolalarda raxit va kattalarda osteoporoz kasalligi kelib chiqadi. Kaltsiy va fosforning nisbati 1: 1,5 bo‘lganda, kaltsiy va magniyning nisbati 1: 0,5 bo‘lganda kaltsiyning organizmda hazm bo‘lishi uchun qulay sharoit bo‘lib hisoblanadi. Kaltsiy va fosfor, kaltsiy va magniyning optimal muvozanati sut va sut mahsulotlarida bo‘ladi. Mineral moddalar hayvon va o‘simlik mahsulotlarida bir xilda bo‘ladi. Ovqat tarkibida mikroelementlar miqdorini yuqori bo‘lishi, ularni hazm bo‘lishini buzadi.Ratsional ovqatlanishning muhim printsipi to‘g‘ri ovqatlanish rejimiga rioya qilishdir. Eng ko‘p fiziologik isbotlangan ovqat hazm qilishning rejimi kuniga to‘rt maxallik tashkil qilindi. Bunday rejimda ovqat iste'mol qilish orasidagi vaqt 4 -5 soatni tashkil qiladi, bu esa ovqat hazm qiluvchi apparatga baravar taqsimlab berishi va qabul qilingan ovqatni to‘liq fermentativ qayta ishlanishi uchun etadigan vaqtdir. Bunda nonushta, sutkalik
ratsionning 25% ni, tushlik 35% ni, tolma choy 15% va kechki ovqat 25% ni tashkilqilishi kerak. Uyquga ketishdan 3 soat oldin, kechki ovqatni qabul qilish tavsiya etiladi. Ovqat qabul qilish vaqti insonning odatiga, mehnat sharoiti va bir qancha boshqa omillarga bog‘liq. Shu bilan bir qatorda ovqat qabul qilish vaqti qat'iy bir xilda bo‘lishi lozim. Aks xolda oshqozon ichak traktining ritmikligi buziladi. Ovqatlanish rejimiga amal qilmaslik hazm sistemasi faoliyatiga va umuman salomatlik holatiga zararli ta'sir ko‘rsatadi, masalan: xolesterin miqdori ko‘tarilib, ateroskleroz rivojlanishi mumkin va boshqalar. Ratsional ovqatlanishning asosiy printsiplaridan biri mehnat faoliyatining xarakterini va og‘ir engilligini hisobga olishdir. Mehnat faoliyati xarakteriga ko‘ra, mehnatga qobiliyatli aholi guruhini aqliy va jismoniy mehnat bilan shug‘ullanuvchi shaxslar guruhiga shartli ravishda bo‘lish mumkin. Aqliy va jismoniy mehnat orasidagi chegara yildan-yilga tenglashib bormoqda. Mehnat gigienasi va kasb kasalliklari institutida xodimlarni tekshiruvlariga ko‘ra, agarda jismoniy mehnatda yurak qisqarishlari 1 daqiqada 145 ni tashkil qilsa, aqliy mehnatda esa (sinxrom tarjimalarda) bu 160 ga etgan.Aqliy mehnat bilan shug‘ullanuvchi, kam xarakatchanlik (gipokineziya) va motor - vistseral reflekslarining etishmovchiligiga va mehnat faoliyatiga salbiy ta'sir ko‘rsatadi, ayrim hollarda esa, buyrak tosh va ateroskleroz kasalliklarini rivojlanishiga sabab bo‘ladi. Gipertoniya kasalliklari, miokard infarkti ko‘pincha aqliy mehnat bilan shug‘ullanuvchi shaxslarda uchraydi. Muskullar faoliyatining pasayishi organizmga salbiy ta'sir ko‘rsatishi insonlarga qadimdan ma'lum. Aristotel yozgan edi: « insonni uzoq davom etgan jismoniy harakatsizlikdan boshqa hech narsa, shunchalik ezmaydi». Hozirgi vaqtda jismoniy mashqlarning turli kasalliklar reabilitatsiyasida yaxshi natija berishi ilmiy asoslangan. Bundan tashqari, mushak harakati natijasida yuzaga keladigan motor - vitseral reflekslar modda almashinuvini to‘g‘ri kechishiga yordam beradi, yurak, hazm qilish ishini yaxshilaydi, hazm shirasi faolligini oshiradi, ichakdagi chirish jarayonlari intensivligini kamaytirib, ichak motorikasini yaxshilaydi.Aqliy mehnat bilan shug‘ullanishdagi ratsional ovqatlanishning asosiy printsiplaridan biri, ovqatning energetik qimmatini cheklashdir. Bunda ovqat muvozanatlangan va to‘la qimmatli bo‘lishi shart. Sutkalik ratsionda 100-115 gr oqsil, 80-100 gr yog‘ va 300-350 gr uglevodlar bo‘lishi tavsiya etiladi. Hayvon oqsillari miqdori sutkalik me'yorning 50% dan kam bo‘lmasligi va bu iloji boricha sut oqsiliga mos kelishi lozim. Qabul qilinayotgan yog‘larning 25% saryog‘, kam qismi o‘simlik va boshqa mahsulotlar yog‘i bo‘lishi muhim hisoblanadi. Ovqat ratsionida qand miqdori uglevodlar umumiy miqdorini 15% dan ko‘pini tashkil qilmasligi kerak. Aqliy mehnat bilan shug‘ullanuvchi kishilar ovqatlanish ratsionida lipotrop va sklerozga qarshi xossaga ega bo‘lgan moddalar hamda, oksidlanish - qaytarilish jarayonlarini stimullovchi vitaminlar (В2, В6, С, Р, РР) va gipotron ta'sir ko‘rsatuvchi moddalar bo‘lishi shart (xolin, inozin, vitamin Е, В12, G‘, falat kislota).
Aqliy mehnat bilan shug‘ullanuvchi shaxslarning ratsional rejimi 4-5 martalik ovqat
qabul qilish bo‘lib hisoblanadi.Jismoniy mehnat bilan shug‘ullanuvchi shaxslarning
ovqatlanishi asosida muvoffiqlashtirish printsipi yotadi. Bunda oqsil, yog‘,
uglevodlar nisbati 1 : 1 : 4 bo‘lishi kerak. Ratsiondagi hayvon oqsillari 55%, o‘simlik
yog‘i sutkalik normaning 30% ni tashkil qiladi. Shuni qayd qilish lozimki, mehnat
davomiyligi va intensivligi oshishiga ko‘ra vitaminlarga talab ham ortadi. 3-4
martalik ovqat qabul qilish tavsiya etiladi. Uch martalik ovqat qabul qilishda nonushta
30%, tushlik 45%, kechki ovqat 25% ni tashkil qiladi.
5.1-ilova
MUSTAHKAMLASH UCHUN SAVOLLAR
S: Sutkalik ratsionda oqsil miqdori qancha bo'lishi
kerak?
J: 100-115 gr
S:Ratsiondagi hayvon oqsillari qancha miqdorda bo'lishi
kerak?
J: 55%
S: 0‘rta Osiyoda ovqatlanish madaniyatining rivojlanish
tarixi qaysi tarixiy asarlarda yoritilgan?
J:A.Metsning “Musulmanskiy renessans , B.N.Zaxodar,
Bolshakov O.G, «Urta asrda arab shaxarlari», S.A.
Aratyunov «Osiyo xalqlarining ovqatlanish etnogafiyasi»-
5.2-ilova
GURUHCHALARGA SAVOLLAR
A
1-Guruh
Kalsiy va fosfoming nisbati qancha bo'lishi kerak?
2-Guruh
Hayvon oqsillari miqdori sutkalik
me'yorning qancha qismini
tashkil etadi?
J:50% dan kam bo‘lmasligi va bu
iloji boricha sut oqsiliga mos
kelishi lozim
- Yakuniy qism
6-ilova
Uyga vazifa.
Uy vazifasini bajarish yo‘riqnomasi: o‘qish , tahlil qilish, tushunish qiyin bo‘lgan tibbiy terminlami yozish, mavzuni konspekt qilish va ‘Klaster” jadvalini to‘ldiradilar. Keyingi nazariy mashg‘ulotga tayyorgarlik
ko‘rish.
V
NAZARIY MASHG‘ULOTNING O‘QITISH TEXNOLOGIYASI
9-Mavzu: Davo ovqatlarni sifatini nazorat qilish. Davo ovqatlarning
organizmga ta’sir mexanizmi.
O‘quv mashg‘ulotining o‘qitish texnologiyasi modeli
Vaqt: 80 daqiqa
|
Ta’lim oluvchilar soni: ta
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |