Guruh bo’lib o’ynaladigan o’yinlar.
“Zanjircha” o’yini.
Bu o’yin uchun kartochkadan 6 x 3 sm kattalikdagi kartochkalar
qirqiladi. Kartochkalarning bir tomoniga bitta misol va ikkinchi toioniga boshqa kartochkadagi misolning javobi yoziladi. Masalan, kartochkalarning
bir tomoniga 11-6, 18-9, 8+7, 7+9, misollarni yozilgan bo’lsa, xuddi shu
kartochkaning orqasiga 9, 8, 16, 11 javoblar yoziladi. Bir o’quvchi hamma kartochkalarni aralashtiradi, tarqatadi. Ular o’zining kartochkasini javob tomonini yuqoriga qilib o’rtaga qo’yadi. Qolganlar esa, o’z kartochkalarini orqasidan shu misolga tegishli javobni qidiradilar. Kim javobni topsa, o’sha kartochka bilan misol yozilgan tomonini yuqoriga qilib birinchi kartochkani yopadi. O’yin shunday davom etadi. Oxirgi kartochkasi qo’yilgan guruh g’olib bo’ladi.
Darsda matematika mashg’ulotlariga qiziqish uyg’otuvchi musobaqa elementlarini o’z ichiga olgan didaktik o’yinlarga ko’proq o’rin berish
kerak. Bu boshlang’ich maktabda matematika o’qitishi amaliyotidan ma’lum
o’yinlar. Bunday o’yinlarni tashkil qilish muhimki, bolalar ba’zan
“o’qituvchi” rolida bo’lishsin, o’zlari tekshirib, topshiriq berishsin.
“Har-bir uyga-o’zining tomi” o’yini.
Har bir qatnashchi 1ta to’plamdan 8ta kartochka oladi. Kim
birinchi o’lchami bo’yicha bir xil juft “uy-tomi “ hosil qilsa va tomni uyning ustiga joylashtirsa o’sha g’olib.
“Rasmli domino” o’yini. Har bir qatnashchi 5 tadan kartochka oladi. Qatnashchi zanjir hosil qiladi, bunda, birinchi kartochkaning chap
tomoni bo’sh, oxirgisini - o’ng tomoni. Har bir rasmning oldiga rasm nechta bo’lsa, o’shancha doirachali kartochkani qo’yish kerak. ( 2ta jo’ja -2ta
doiracha va h.z.)
“Ortiq, kam o’shancha“ o’yini
(2 ta guruhni taqqoslash har birida 5 tadan ko’p bo’lmagan narsa). 2-
kishi o’ynaydi. Har biri qaramasdan konvertdan 4 ta kartochka oladi. Olma
(nok, bodring) olishi uchun borishni kelishib oladi. Keyin navbat bilan bittadan kartochkani qo’yishadi. Kimning kartochkasida olma ( nok, bodring) ko’p bo’lsa, o’sha o’ziga ikkala kartochkani oladi. Agar olmalar soni teng bo’lsa, hech kim kartochkani olmaydi. Kim ko’p kartochka to’plas, o’sha g’olib.
“Nima qaysi tomonga qarab turibdi” o’yini.
Har bir qatnashchiga 6ta kartochka beriladi. Kim birinchi chap tomonga qarab turgan gullarni (bayroqchalarni) bir qatorga, o’nga
qaraganlarni 2-qatorga tersa, o’sha g’olib. (8-rasm)
Do'stlaringiz bilan baham: |