1.7. Imkoniyat va voqelik.
Imkoniyat va voqealik borliqda mavjud bo‘lgan predmet va hodisalarning kelib chiqishi, bir sifatdan ikkinchi sifatga o‘tishining shart – sharoitini, ketma – ketligini bildiradi. Bu kategoriyalarning shakllanishi manbaalaridan biri – predmetlarning vujudga kelishi, bor bo‘lishi va yo‘qolib ketishi o‘rtasidagi umumiy bog‘lanish tushunish uchun qilingan harakatdir.
Imkoniyat kategoriyasi har qanday predmet va hodisani oldin moyoillik, kurtak holatida mavjud bo‘lishini ifodalaydi. Imkoniyat ro‘yobga chiqishining ikki yo‘li bor: 1) moyillik, kurtak holatidagi jarayonning voqelikka aylanishi uchun etarli shart – sharoit bo‘lishi; 2) imkoniyatni o‘zini tabiat va jamiyatda mavjud ob’ektiv shart – sharoitlarga, qonuniyatlarga zid kelmasligi. Bu shartlarni ko‘zda tutish ijtimoiy o‘zgarishlarni joriy qilganda, mo‘jizaviy yoki sun’iy sakrash maqomida zaruriy bosqichdan hatlab o‘tishga harakat qilmasdan, izchillikni, ketma – ketlikni saqlab, shart – sharoitning mavjudligini hisobga olib,bir pog‘onadan ikkinchi pog‘onaga o‘tish kerakligini anglashga yordam beradi. Bularni hisobga olmaslik ko‘p vaqt davom etgan «mangu harkat qiladigan» dvigatelni yasashga yoki « kommunizmning moddiy – texnika bazasini yaratishga» qaratilgan urinishlarga olib keladi. Bu jihatdan har bir mustaqillikka erishgan mamlakatning istiqlol va taraqqiyot yo‘lini belgilashda mavjud imkoniyatlar haqida aniq tasavvurga ega bo‘lish kata ahamiyatga egadir. «O‘zbekiston Respublikasining siyosiy va iqtisodiy mustaqiligini himoya qilish imkonini beradigan etarli potensialiga ega. Er bag‘rining g‘oyat qimmatli mineral – xom ashyolarga boyligi chuqur tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish, respublikaning jahon bozoriga chiqishni ta’minlaydigan tarmoqlarni rivojlantirish imkonini bermoqda».
Imkoniyatlarning turlari:
Shart – sharoitning mavjudligini, ob’ektiv qonun va qonuniyatlarga bo‘lgan munosabatni nazarda tutib abstrakt (mavhum yoki formal) va real imkoniyatni farq qiladilar.
Abstrakt imkoniyat - zarur shart – sharoiti mavjud bo‘lmagan moyillikdir.
Real imkoniyat ma’lum tendensiyasi, moyilligi bo‘lgan holatning voqellikka aylanishi uchun shart – sharoitning borligini bildiradi.
Voqelik kategoriyasi biron – bir imkoniyati bor jarayon yoki predmetning ro‘yobga chiqishini, mavjud bo‘lgan borliqni ifoda etadi. Ta’rif voqelik kategoriyasining tor va keng ma’nolarini o‘zida mujassamlantirgan. Tor ma’noda voqelik predmetning kurtak holatidan ma’lum vaqt ichida bor, mavjud narsaga aylanishini anglatadi. Keng ma’noda esa voqealik mavjud bo‘lgan borliqni, undagi tug‘ilayotgan, o‘sayotgan va emirilayotgan barcha narsalarning majmuini bildiradi.
Voqelik albatta ro‘yobga chiqqan imkoniyatdir. Ayni paytda voqelik ko‘p xil yo‘nalishi, sifat va qonuniyatlarni o‘z ichiga olgani uchun o‘zining «qornida» turli – tuman yangi imkoniyatlarni vujudga keltiradi. Xususan, sobiq SSSR huduida totalitar tuzumni barbod bo‘lishi yangi voqelik sifatida ijtimoiy taraqqiyotning yangi, oldin ko‘zda tutilmagan imkoniyatlarni vujudga keltirdi. Imkoniyatning voqelikka aylanishi, voqelikning esa yangi imkoniyatlarni yuzaga keltirishi oddiy mezanik o‘rin almashtirish harakatidan tortib to murakkab sistemali taraqqiyot jarayonlarni o‘z ichiga oladi. Lekin imkoniyat va voqelik o‘rtasidagi dialektik bog‘lanish borliqning hamma sohalarida bir tarzda namoyon bo‘lmaydi. Aytaylik, ijtimoiy hayotda imkoniyatning voqelikka aylanishida sub’ektiv omil (manfaailar, maqsad, rejalar, bashorat qilish va hokazo) kata rol o‘ynaydi, bu jarayonga insoniy ko‘lam va o‘lchov beradi.
Borliqni dialektik tarzda o‘rganishni muhim nazariy natijalaridan bir – moddiy va ma’naviy predmetlar olamida yakka, juz’iy va umumiy aloqa va bog‘lanishlar bilan birga eng umumiy, universal /har tomonlama, beistisno barcha narsa va hodisalarga xos bo‘lgan aloqadorliklar mavjudligi haqidagi xulosa bo‘ldi. Yalpi, universal aloqadorlik munosabat, aloqa, bog‘lanish, ta’sir va aks ta’sir orqali o‘zini namoyon etadi. SHu bilan birga munosabat har qanday aloqa, bog‘lanish, ta’sir va o‘zaro ta’sirga xos bo‘lgan muhim tomon yoki jihatdir.
Barcha narsa va hodisalar bir – birlari bilan doimo o‘zaro munosabatda va aloqada bo‘ladilar.
Munosabat – o‘zaro aloqadorlikning zaruriy lahza narsalarning bir–biridan shartlanganligidan, o‘zaro qaramalikdan, bog‘lanishdan kelib chiqadi. Predmetning xossasi, belgilari uning boshqa predmetga yoki tevarak muhitga bo‘lgan munosabati mavjud bo‘ladi. Borliqda munosabat turli xil shakl, daraja va amalga oshish usullariga egadir. Aytaylik, munosabatlar ichida ijtimoiy munosabatlar alohida xususiyatga egadir. Har bir inson o‘zi yaratgan predmetlar, tashkilotlar, g‘oyalar va individlar Bilan ijtimoiy, madaniy, ma’naviy mafkuraviy va boshqa xildagi munosabatni o‘rnatdi, shu munosabat doirasida faoliyat ko‘rsatadi. Munosabatning konkret ko‘rinishi, namoyon bo‘lish shakli aloqa va uning xususiyati bilan belgilanadi. Aloqa predmetlarning bir – biri bilan uzviy bog‘lanishini, o‘zaro taqazo etishini bildiradigan borliqning tub xossasidir. Bilish va amaliyot shuni ko‘rsatadiki, u yoki bu hodisani tushunish uchun uning boshqa hodisalar bilan bog‘lanishini tadqiqot qilish kerak. Aloqaning borliqni tub, universal xossasi ekanligi aloqadorlik kategoriyasida ifodalanadi.
Aloqadorlik - barcha tizim va tuzilmalarni, narsa va hodisalarni bir -0 biri bilan bog‘lovchi, ichki va tashqi xossalarni yuzaga keltiradigan, ularga barqarorlik yalpi, universal va atributiv xislatdir. Aloqadorlikning mavjudligini asosida narsa va hodisalarni bir – biriga bog‘liqgi yotadi. Bilish jarayonida bir hodisani tushunish uchun uni boshqa hodisalar bilan bog‘langanligini ko‘rib chiqadilar. Masalan, mexanikada pastga tushuyotgan jismni sharqdan g‘arbga qarab og‘ishi hodisani Erning o‘z o‘qi atrofida aylanishi bilan shu jism o‘rtasida bog‘lanish borligi bilan tushuntiradilar. Aloqadorlik ikki tomonlama bog‘lanish shaklida namoyon bo‘lsa, unda o‘zaro bog‘lanish yuzaga keladi. Er sathini strukturasi va iqlim o‘rtasida mavjud bo‘lgan bog‘lanish shunga misol bo‘ladi.
O‘zaro bog‘lanishining qarama – qarshi tomoni xolislikdir.
Xolislik - ajratilganlikni, yakkalikni ko‘rinishi bo‘lib, u predmetlarning nisbiy mustaqqilligini ifodalaydi, ularning mavjud bo‘lish me’yorini, chegarasini bildiradi. O‘zgarish va rivojlanish jarayonida xolislik va bog‘lanish o‘z o‘rinlarini almashtiradilar, ya’ni, xolislik holati yo‘qolib bog‘lanish, aloqa vujudga keladi va aksincha, bog‘lanish biron – bir yangi xossa yoki holatni paydo qilib, xolislikni keltirib chiqarishi mumkin.
Olamda mutlaq xolis (yakka, boshqa hodisa bilan bog‘lanmagan) predmet yo‘qdir. SHunday ekan olamdagi narsa va hodisalar o‘rtasidagi aloqadorlik yalpi o‘zaro bog‘lanishni hosil qiladi. YAlpi o‘zaro bog‘lanish cheksiz, ko‘p xil aloqalar orqali namoyon bo‘ladi. Bulardan asosiy va asosiy bo‘lmagan, bevosita va bavosita, ichki va tashqi, funksional va genetik aloqadorlik va bog‘lanishlarni ko‘rsatish mumkin. Asosiy aloqadorlik va bog‘lanish predmetning mavjudligini belgilaydigan qonuniy va zarur xislatni, tomonni bildiradi. Masalan, kislorodni bir atomi bilan vodorodni yakka o‘rtasidagi bog‘lanish suv molekulasini vujudga keltiradigan aloqadorlikdir. Atom darajasiga kelsak undagi yadro va elektronlar o‘rtasidagi bog‘lanish ichki aloqadorlikni tashkil qiladi. SHu darajaga nisbatan atomni boshqa atom bilan bog‘langanligi tashqi aloqadorlikni hosil qiladi.
Narsa va hodisalarning barqarorligi va taraqqiyotini belgilaydigan bog‘lanishlar funksional va genetik aloqadorlikdir. Funksional bog‘lanishlar o‘z – o‘zini tashkillashtiradigan, o‘z – o‘zini tiklaydigan bir butun predmetlarga xosdir. Bularga hujayra, mavjudot, biosfera tizimlar kiradi. Aytaylik, hujayradagi neytronlar bir – biri bilan bog‘langan holdagina o‘zligini biologik funksiyalarini amalga oshiradilar. Tirik tabiatda mavjud bo‘lgan irsiyat, mutatsiya va tabiiy tanlanish o‘rtasidagi bog‘lanish mavjudotlarning evolyusiyasini keltirib chiqaradigan genetik aloqadorlikdir. Predmetlarning tizimi va bir – butunligini saqlashga qaratilgan qismlar va funksiyalar o‘rtasidagi bog‘lanish strukturaviy aloqadorlikni tashkil qiladi. Kimyoviy birikmalardagi mllekulalar, tanadagi a’zolar o‘rtasida mavjud bo‘lgan bohlanish strukturauiy aloqadorlik turiga kiradi.Predmetda olidin mavjud bo‘lmagan xossa yoki holatni keltirib chiqaradigan bog‘lanish deterministik aloqadorlikni tashkil qaladi. Sababiy bog‘lanish va aloqadorlarni tadqiqot qilish jarayonida olimlar tekshirilayotgan ob’ektning harakatini, holatini bnlgilaydigan qonunlarni kashf etiladi.
Munosabat va bog‘lanishni bavosita yuzaga kelishi aloqadorlik tufayli hosil bo‘lsa, ularni bevosita sodir bo‘lishi o‘zaro ta’sirda namoyon bo‘ladi.
O‘zaro ta‘sir - harakat va o‘zgarishni umumiy amalga oshish usuli bo‘lib, u narsa va hodisalarning bir – birlariga massa, energiya va strukturaviy almashish yo‘li Bilan ta’sir ko‘rsatishni bildiradi. Olamdagi qaysi bir predmetni olmasak, u o‘zini elementlari o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir tufayli mavjud bo‘ladi va o‘zligini saqlaydi.
O‘zaro ta’sir va bog‘lanish o‘rtasida o‘xshashlik bor. Bularni har ikkalasi aloqadorlikni turidir, namoyon bo‘lish usulidir. SHu bilan birga ular o‘rtasida farq ham bor. Ta’kidlaganimizdek, har qanday o‘zaro ta’sir bog‘lanishni vujudga keltiradigan jarayondir. Lekin buni aksini (ya’ni har qanday bog‘lanish, aloqadorlik o‘zaro ta’sirni bildiradi ma’nosida) aytib bo‘lmaydi. Haqiqatni o‘am, o‘zaro ta’sirsiz namoyon bo‘ladigan bevosita aloqadorliklar mavjuddir. Masalan, falsafa va ijtimoiy ishlab chiqarish darajasi /taraqqiyoti/ o‘rtasida aloqa bor, lekin ular o‘rtasida bevosita o‘zaro ta’sir mavjud emas. Bo‘lmasam XIX asrni boshida Olmoniya emas, balki ijtimoiy ishlab chiqarish jihatdan ancha rivojlangan Angliya taraqqiyparvar falsafaga ega bo‘lishi kerak edi.
II.BOB. DIALEKTIKANING YANGI KATEGORIYALARI
2.1. Element, struktura va sistema.
Borliqdagi ob’ektlarning aloqadorligi va tartiblanganligi haqidagi tasavvurlarni yana ham chuqurlashtiradigan tushunchalar sistema (tizim), struktura va element kategoriyalaridir. Bu kategoriyalarni tahlil qilish voqealikdagi narsa va hodisalarning tartiblanganligi masalasiga doir umumiy, lekin ma’lum darajada mavjud tasavvurlarni beradigan «qism» va «butun» va «shakl» kategoriyalariga qaraganda yana ham boy ma’noga ega bo‘lgan, predmetlarning izchilligini beradi.
Turli ob’ekt va predmetlarning tartiblanganligi to‘g‘risidagi tasavvurlarni konkretlashtiradigan kategoriyalarni umumlashtirib tahlil qilishi element va struktura kategoriyalarini ko‘rib chiqishdan boshlash maqsadga muvofiqdir. Qadimgi mutafakkirlar elementni ( lot. « elementum » - unsur, birlamchi modda) borliqning eng soda birlamchi asosi deb tushunganlar. Ilmiy va falsafiy bilishning keyingi taraqqiyoti davomida « element» tushunchasi «qism», «butun», «sistema», «sodda», «murakkab» kategoriyalari bilan bog‘langan holda tahlil qilinadigan bo‘ldi.
Hozirgi paytda ilmiy sistemali yondashuv tamoyillariga tayanib element kategoriyasini quyidagicha ta’riflash mumkin:
Element–ob’ekt yoki predmetning tuzilishini, qurilmasini saqlab turadigan, har qanday tizimni birlamchi asosini tashkil qiladigan bo‘lakdir. Fazoda mustaqil harakat qilgan proton fizik zarrachalaridan biridir, lekin u element hisoblanmaydi. SHu bilan birga yadroviy bo‘lak sifatida atom tarkibiga kirgan proton atomning elementiga aylanadi. Elementning muhim xususiyati shundan iboratki, uning konkret xossasi, o‘zining ichki murakkabligi, harakati, qanday qonuniyatga bo‘ysunishi sistema va strukturani xislatiga ta’sir ko‘rsatadi. Sistemaga nisbatan elementning roli yana shunda bilinadiki, elementning hrakat qilish erkinligi, o‘zgarish qobilyati qanchalik kata bo‘lsa, holatini yangilatish miqyosi keng bo‘lsa, sistema shunchalik boy, bajaradigan funksiyasi sermazmun bo‘ladi.
Element bilan sistemani o‘zaro munosabati yuzasidan mulohaza yuritar ekanmiz, shunday savol ham tug‘iladi. Element bilan sistemaning o‘zgaruvchanligini, bir holatdan ikkinchi holatga o‘ta olish qobiliyatini manbai qaerda? Bu, masalan, tashqi muhitning sistemaga (predmetga, birikmaga, moddiy va ma’naviy hosilaga) ko‘rsatgan ta’siridir. Ichki omilni nazarda tutsak, unda sistemaning ham barqarorligini, ham o‘zgaruvchanligini belgilaydigan tomon – elementlar o‘rtasidagi aloqadir. Bunday aloqa elementdan yuqori pog‘onada turgan hosilani – strukturani vujudga keltiradi. YA’ni, elementlarning aloqasi va o‘zaro ta’siri doimiy va ma’lum shaklga ega bo‘lgan taqdirda sistemaga xos bo‘lgan xislatga, strukturaga duch kelamiz.
Sistema shunchaki elementlarning majmui emasdir. Ayni paytda, elementlardan ajralgan, holi bo‘lgan sistema ham yo‘qdir. Sistemani sistema qiladigan xususiyat elementlarning aloqasi va o‘zaro ta’siridir. Elementlarning o‘zaro ta’siridan struktura kelib chiqadi.
Struktura- elementlarning aloqasi va o‘zaro ta’siridan kelib chiqqan tuzilish bo‘lib, u sistemaning bir butunligini, uning o‘z – o‘ziga nisbatan aynanligini, turli xil ichki va tashqi o‘zgarishlar davomida asosiy xossa va funksiyalarining saqlanishini ta’minlaydi. Jamiyat taraqqiyoti shuni ko‘rsatadiki, hokimiyat funksiyasini bajaruvchi strukturaviy uyushmalar, tashkilotlar ma’lum siyosiy dasturga, huquqiy normalarga va iqtisodiy imkoniyatlarga asoslanib ijtimoiy tizimning bir butunligini, tartiblanganligini ta’minlaydi. Bir jihatdan struktura konservativ ( lot. konservativus – qo‘riqlaydigan), ya’ni, eski holatni saqlovchi xislatga ega. Agar bu xislat o‘zgarmasa, unda moddiy va ma’naviy tizimlar taraqqiy qilish imkoniyatidan mahrum bo‘ladilar. Xususan, sobiq SSSRda shakllangan ma’muriy – buyruqbozlik usuliga asoslangan, hamda, harbiy – sanoat kompleksining tor manfaatlarini ko‘zlagan iqtisodiy struktura va tizimlarni o‘z vaqtida yangilanmaganligi, zaiflashishi, ularni zamonaviy iqtisodiy va texnologik talablardan orqada qolishi totalitar tuzumni inqirozga olib kelgan omillardan biri bo‘ldi. Shu bilan birga, ichki va tashqi muhitning ta’siri ostida sodir bo‘lgan o‘zgarishlarga javoban sistemaning elementlari ham o‘zgarishi mumkin, ular o‘rtasida yangi xildagi aloqalar, munosabatlar vujudga keladi. Bu esa o‘z navbatida strukturaning o‘zgarishiga, sistemani taraqqiyotining bir bosqichidan ikkinchi bosqichiga o‘tishiga olib keladi. Strukturani bir butunlik darajasiga ko‘taradigan xislat sistemadir. Har qanday strukturaga ega bo‘lgan predmetning barqarorligini, mustaqilligini ta’minlaydigan elementlarning uyushmasi sistemali tarzda namoyon bo‘ladi. Sistema deb nimani tushunish mumkin?
Sistema - bu aloqa va o‘zaro ta’sir qilish jarayonida strukturaviy tuzilishni, ko‘p bosqichli bo‘ysinish va bog‘lanish xislatini keltirib chiqaruvchi elementlar uyushmasidir. Sistema tufayli paydo bo‘layotgan yoki inson tomonidan bunyod qilinayotgan sub’ekt tartiblanadi, quyi bosqichdan yuqori boqichga o‘tish uchun sharoit yaratiladi, mavjud yoki vujudga kelayotgan yangi xossa saqlanadi. Predmetni sistema deb olib qarash uning ayrim xossalarini, sifatini belgilovchi ichki tuzilishini ichki tuzilishini, elementlarning uyushmasini, xususiyatlarini, tashqi muhit yoki yuqoriroq pog‘onada turuvchi tizimga bo‘lgan munosabatini aniqlash imkoniyatini beradi.
Sistema haqidagi tasavvur dastlab inson bilimining tomoni va xususiyatini belgilashda ishlatildi. Aflotun, Leybnits, Kant va Gegel bilishning sistemali belgilarini tahlil qilishga harakat qildilar. O. Kont va K. Marks jamiyatni o‘rganishda sistemali tadqiqot usulini qo‘llashdi.
XX asr boshlarida A.A. Bogdanov, V. I, Vernadokiy o‘z oldilariga sifat jihatidan turli xil ob’ektlarning umumiy sistemali tomonlarini o‘rganish vazifasini qo‘ydilar. 40 - yillar avstriyalik biolog L. Bertalanfi sistemaning umumiy nazariyasini ishlab chiqishga qaratilgan dasturni taklif qildi. Hozirgi paytda o‘zaro bog‘langan ob’ektlarning tartibli aloqadorligini, ekologik muhitni, turli xil boshqarish jarayonlarning mohiyatini, inson – texnologiya – kompyuter tizimini tadqiqot qilishga qaratilgan «sistema» tushunchasi va sistemali yondoshuvlaridan ilmiy bili shva amaliyot sohalarida keng foydalanmoqdalar.
Sistemali ob‘ekt turlari ob’ektlarni sistema tarzida olib qarash va o‘rganish sistemaning ma’lum tasnifini ishlab chiqishni taqazo etadi. Bunda sistemaga xos belgilar u yoki bu predmetli qanday shaklda, usul namoyon bo‘lish e’tiborga olinadi. Aytaylik, toshlar to‘dasi tashkillashmagan bo‘laklarning yig‘indisidan hosil bo‘ladi, lekin unda sistemaga xos belgilar mavjud emas. Sistemali ob’ektlarning turlari ko‘p xil bo‘ladi. Ob’ektlarning umumiy xususiyatini, sifatini nazarda tutib, sistemalarning moddiy va ma’naviy turlari bo‘lish mumkin.birinchisiga noorganik, biologik va ijtimoiy – iqtisodiy tizimlar kiradi. Ma’naviy sistemalar inson ruhiy faoliyatining natijasi bo‘lib, ilmiy, falsafiy, axloqiy, mafkuraviy va boshqa xildagi g‘oyalar, aqidalar va tasavvurlar tizimida o‘z ifodasini topadi.
Struktura va elementlarning o‘zaro aloqalari xususiyatiga qarab statik va dinamik sistemalarni ajratish mumkin. Statik sistemalar (mineral, qurilgan inshootlar va boshqalar) o‘z holatlarini, strukturalarini: ma’lum chegarada o‘zgartiramay saqlaydilar. Dinamik sistema tashqi muhit bilan o‘zaro ta’sir jarayonida o‘z holati va strukturasini o‘zgartirib turadi. Bunday sistemalar qatoriga geologik qatlamlar, biosfera, ishlab turgan mashinalar kiradi. O‘z harakatining tartibini belgilashiga, muhit ta’siriga bergan javobiga qarab reaktiv (lot. re - qarshi; aksio – ta’sir, ya’ni, aks ta’sir), adaptiv ( lot. adaptare – moslashsh), maqsadga intiluvchi faol sistemalarning turkumi mavjuddir. Reaktiv sistemaning holati (masalan, gaz bilan to‘ldirilgan shar) asosan muhitning ta’siri bilan belgilanadi. Adaptiv sistemalar ( organizm, biosfera, kompyuter bilan ta’minlandan robotlar) tashqi muhit ta’siri va ichki tartibga soluvchi tuzilmalar orqali tevarak – atrofga moslashadilar, o‘zlarining holatini o‘zgartirish qobiliyatiga egadirlar.
Muhit bilan ta’sir va aks ta’sir etish jarayonida o‘z – o‘zini boshqaruvchi, o‘z harakatini ma’lum algoritm yoki dastur assosida o‘zi tashkil qiluvchi ob’ektlar eng murakkab sistemalar qatoriga kiradi. Bunda sistemalarning xatti-harakati maqsad muvofiq (maqsad algoritm va dasturda belgilangan) ravishda amalga oshadigan moslashish va o‘rganish asosida sodir bo‘ladi. O‘z – o‘zini boshqaruvchi sistemalarda harakatni, faollikni boshqarish va tashkil qilish, axborotni qabullash va qayta ishlov beradigan markaz mavjuddir. O‘z – o‘zini boshqaruvchi va tashkil qiluvchi sistemalar asosan jonli tabiat va jamiyatda uchraydi. Hozirgi vaqta turli ijtimoiy strukturalar, iqtisodiy, ekologik, texnologik komplekslar bilan ishlash zaruriyati adaptiv va o‘z – o‘zini boshqaruvchi sistemalarning mohiyatini, amal qilish funksiyalarini chuqur o‘rganishni taqazo etmoqda.
2.2. Garmoniya
Garmoniya (yun. harmonia — bogʻlanish, mutanosiblik) — 1) koʻp ovozli musiqaning asosiy ifoda vositalaridan biri. Bunda asar mazmuni kuy rivoji orqaligina emas, balki unga hamohang boʻlgan turli akkordparning almashinuvi yordamida ifodalanadi. G. muayyan lad va tonallikka oid akkordlarning sadolanish xususiyatlariga hamda ularning musiqa jarayonidagi turgʻunligi yoki beqarorligiga asoslanadi. Odatda (gomofoniyauspubiaa) bosh kuy yuqori ovozda (baʼzan oʻrta yoki past ovozlarda) bayon etilib, oʻzga ovozlarda unga uzviy bogʻliq boʻlgan kuy parchalari ham maʼlum G. majmuini tashkil etishi mumkin. Kompozitorlar akkordlar muvozanatidan turlicha foydalanib oʻzlariga xos G. uslublarini kashf etishgan. Shuningdek, muayyan ijodiy yoʻnalish (mas, Vena klassik maktabi), oqim (musiqaviy romantizm, impressionizm), milliy maktab namoyandalari ham maʼlum garmoniya majmuiga tayanishgan; 2) musiqashunoslikning muayyan tadqiq sohasi hamda maxsus musiqa oʻquv yurtlarida oʻzlashtiriladigan fan.
Keng ma'noda garmoniya (uyg'unlik) - bu sodir bo'ladigan barcha narsalar shaxsiy baholashlarsiz qabul qilinadigan ong holatidir. Bu atrofdagi hamma narsaga bo'lgan muhabbat tuyg'usi, poklik, sog'liq, ijobiy his-tuyg'ular nurlanishidir.
Inson shaxsiyatida uyg'unlik qonuni, bir tomondan, ko'p yo'nalishli va qarama-qarshi yo'naltirilgan motivatsiyalarning optimal ichki muvozanatini o'rnatishga intuitiv istak shaklida, ikkinchi tomondan, o'zaro bog'liqlikning optimal nisbatini topishda namoyon bo'ladi. tashqi muhit xususiyatlariga ega bo'lgan istak va munosabatlar. Oxir oqibat, bu intilishlar bizni o'zimiz va dunyomiz bilan uyg'un hayotga olib borishga qaratilgan.
2.3. Taraqqiyot va tanazzul
Taraqqiyot — rivojlanishning oddiydan murakkabga, quyidan yuqoriga yoʻnalgan shakli, uning yuksalishi. Adabiyotlarda Taraqqiyotni koʻpincha rivojlanish bilan aynanlashtirib koʻyishadi, aslida u rivojlanishning bir yoʻnalishidir. Shuningdek, Taraqqiyotni ayrim adabiyotlarda faqat jamiyatdagi rivojlanish maʼnosida qoʻllashadi, bu ham bir yoqlama yondashuvdir. Taraqqiyot falsafiy adabiyotlarda progressiv rivojlanish tarzida qoʻllaniladi. Odatda rivojlanishning 2 muhim yoʻnalishi boʻlib, biri Taraqqiyot (progressiv rivojlanish), ikkinchisi inqiroz (regressiv rivojlanish) deyiladi. Taraqqiyotni fakatgina jamiyatga koʻllashning xatosi shundaki, jamiyatdan tashqaridagi sistemalarda ham yuksalish roʻy beradi. Masasalan, muayyan tirik organizmlarning taraqqiyoti, bemordagi kasallikning taraqqiyoti, kimyoviy jarayonning taraqqiyoti va boshqalar. Taraqqiyot nisbiydir. Rivojlanish bir sistema uchun taraqqiyot, boshqa sistema uchun regress boʻlishi mumkin. Masalan, kasallikning rivojlanishi, kasallikni vujudga keltiruvchi viruslar uchun T. boʻlsa, bemor organizmi uchun inqiroz (regress)dir. Har qanday sistema oʻzining rivojlanishi mobaynida Taraqqiyotni ham, inqirozni ham boshidan kechiradi. Sistemaning ravnaq topishi taraqqiyotni anglatsa, uning yemirilishi esa inqirozni anglatadi. Taraqqiyot jonsiz, anorganik tabiatga xam, jonli, organik tabiatga ham, jamiyatga, inson tafakkuriga, ruhiyatiga ham xos boʻlgan tabiiy va zaruriy jarayondir. Taraqqiyot mikromakromegadunyoda ham sodir boʻladi. Taraqqiyot tufayli olamda mukammallashish, yuksalish roʻy beradi, u vujudga kelish, murakkablashish, ulgʻayish, yangilanish, tiklanish, sistema yasalish jarayonlari tarzida amalga oshadi. Taraqqiyot yaxlit jarayondir.
Tanazzul - taraqqiyotda orqaga ketish, inqiroz. Har qanday obʼyekt oʻzining rivojlanishi mobaynida paydo boʻlish, ulgʻayish, pasayish va halok boʻlish bosqichlaridan oʻtadi. Har qanday tizim (obʼyekt)ning nisbatan yuqori darajada shakllangan holatidan quyi darajadagi holatga oʻtish jarayoni tanazzul davri deyiladi. Ijtimoiy tizimlardagi tanazzullarga differensial yondoshish kerak. Iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, maʼnaviy sohalardagi tana,zullar, odatda, mustaqil roʻy beradi, baʼzan esa hammasi kompleks tarzda ba-ravar boʻladi. Bunday holda jamiyatning umumiy tanazzuli boshlanadi.
Xulosa
Shunday qilib, dialektika kategoriyalarini mazmunini bilib olish tevarak atrofga dialektik qarash, doimo o‘zgarish va yangilanish nuqtai nazarda turib munosabatda bo‘lish, ob’ektlarning o‘zgarishi va yangilanish nuqtai nazarda turib munosabatda bo‘lish, ob’ektlarning rivojlanishi qaysi bosqichda turganliklarini tushunish, har bir narsada o‘tkinchi va domiy shart – sharoit va qonunlarning o‘zaro nisbatini anglash masalalari bo‘yicha ilmiy va falsafiy tasavvur hosil qilishga yordam beradi.
Dialektika kategoriyalarini tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, borliq bir – biri bilan o‘zaro munosabatda bo‘lgan chesiz sistemalar, predmetlar va hodisalardan iborat bo‘lib, ularning mohiyati, mavjudligi va bir holatdan bosqichdan, sifatdan boshqasiga o‘tishdan turli hil aloqadorlik, o‘zaro ta’sir va qonuniy bog‘lanishlar orqali sodir bo‘ladi. O‘z mohiyati jihatidan dialektika kategoriyalari borliqdagi barcha ob’ekt, predmet va hodisalarning harakati, o‘zgarishi va o‘zaro aloqadorligini qonuniy, ya’ni, doimiy, zarur va umumiy tomonlarini aks etadilar. Borliq dialektikasining bu jihatlarini o‘rganish olamning ko‘p bosqichli va rang – barang tasvirini berish asosida ilmiy va falsafiy dunyoqarashni, bilish va amaliyot natijalarini umumlashtirish, inson faliyatini xususiyati va yo‘nalishiga ma’lum tarzda baho berish imkoniyatini beradi. Har qaysi fanning oʻz kategoriyasi boʻlib, shu fanning xususiyatlarini koʻrsatib turadi. Falsafiy kategoriya fan kategoriyasidan farq qilib aniq fanlar rivoji natijalarini umumlashtirib, ilmiy bilishdagi metodologik va dunyoqarash ahamiyatiga ega boʻlgan tomonlarini taʼriflab beradi. Shuni ta‘kidlab o‘tish kerakki, falsafiy kategoriyalarni, umuman fan kategoriyalarni anglab yetish, ular orasidagi tafovvut va bog‘liqliklarni o‘rganish fan haqida ma‘lumotni o‘zlashtirishga, ular orqali bilimlar tizimiga ega bo‘lib borishimiz mumkin bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |