1.6. Zarurat va tasodif.
Universal aloqadorlik va bog‘lanishning zanjirida sabab va oqibat doimo o‘rni almashib turadi. Etarli sharoit va omillarni o‘z ichiga olangan sababiy asosan bir- biriga qarama – qarshi, ko‘p qirradi, ichki va tashqi sharoitlarni, ommaviy jarayonlarni o‘z ichiga olgan taqdirda zaruriy bo‘lmagan, tasodif oqibatlar ham sodir bo‘ladi. Bundan tashqari, oqibatning sodir bo‘lishiga turtki beruvchi bahona tasodifiya paydo bo‘lishi mumkin. SHunday ekan borliqda tasodifni tutgan o‘rni, me’yori qanday?
SHuni ta’kidlash lozimki, predmetlarning taraqqiyotini, o‘zgarish va rivojlanish yo‘nalishini tasodif emas, balki qonuniy, zaruriy bog‘lanishlar va aloqadorliklar belgilaydi. Lekin bu qonuniy o‘zgarishlar sof, mutlaq zaruriyat holda, bir chiziq bo‘ylab sodir bo‘lmasdan, zaruriy qonuniyatlar va tasodifiy hodisalar bir – birlariga ta’sir qilib, tasodifiy jarayonlar o‘zaro to‘qnashib, o‘rtacha moyillik ehtimolli holati bo‘lgan yo‘nalish usulida yuzaga keladilar. Bu fikrni batafsilroq ko‘rib chiqish uchun zaruriyat va tasodifiyat kategoriyalariga murofaat qilamiz.
Zarurat va tasodifiyat nisbatdosh kategoriyalar bo‘lib, hodisalarning o‘zaro bog‘langanligini belgilanish yoki ro‘ybga chiqish darajani jixatini, miqyosini ifodalaydilar. Zaruriyatning o‘zi nima?
Zarurat – bu ilgari holati bilan belgilangan aloqadorlikning shakli bo‘lib, bunda voqea – sababning sodir bo‘lishi qonuniy ravishda hodisa – oqibatni yuzaga keltiradi. Masalan, suvga ma’lum massa va hajmga ega bo‘lgan predmet tashlanganda zaruriy ravishda Arximed qonuni amal qiladi. Ko‘rinib turibdiki, zaruriyyo‘l bilan sodir bo‘layotgan hldisa yoki qonuniyatda noaniqlik /ehtimollik/, tanlash holati mavjud emas.
Tasodif – bu sabab va oqibat o‘rtasidagi shunday bog‘lanishni bildiradiki, unda sababiy asosdan tanlash imkoniyati, alternativ holat bo‘lgani uchun hodisaning yo bux ili kelib chiqishi mumkin.Tasodif zaruriyatga nisbatan qarama- qarshi xislatga egadir.
Zaruriy yoki tasodifiy hodisaning kelib chiqishi sababiy asosning xususiyati bilan belgilanadi. Predmetning suvga tashlanishi sababiy asosni tashkil qiladi. Bu asosdan zaruriyatlik bilan Arximed qonunining amal qilishi kelib chiqadi. Bu asosda yuz beradigan hodisa yoki qonunni har tomonga tortadigan kuchlar, intilishlar yo‘qdir. Endi boshqa misolni olamiz. Erda turib ikki tomonida ramziy belgisi bo‘lgan tangani parakning aylanishiga o‘xshatib yuqoriga otish mumkin. Tanganing erga qaytib tushishiga nisbatan yuqoriga otish jarayoni sababiy asos bo‘ladi. Lekin, bu asos tanganing qaysi tomoni bilan erga tushishi mumkinligini zaruriy ravishda belgilab bermaydi. CHunki sababiy asos nomuayyan, bir – biriga nisbatan mustaqil bo‘lgan ko‘pgina sabab hodisalarni o‘z ichiga oladi.
Tasodifiyatni zaminda barobar imkoniyati (alternativasi) bor hodisalarning birontasi amalga oshishi yotadi. Uning mavjud bo‘lishi sababiyat tamoyiligi zid kelmaydi. Gap ilgarigi materialistlar o‘ylaganlaridek, tasodifiy hodisaning (yoki tasodifiy bo‘lib ko‘ringan hodisaning) asl sababini bilish bilmaslik emas, balki tasodifiy oqibatlarni keltirib chiqaradigan sababiy asosda tanlash imkoniyatini, alternativ yo‘nalishni birligidadir.
Zaruriyat va toasodifiyatning bir – biriga qarama – qarshi tomonlar sifatida zid ekanligini bo‘rtirib yuborish, ular o‘rtasidagi bog‘lanishni anglamaslik metafizik tasavvurga olib boradi. YUqorida keltirilgan tanganing yuqoriga otish misolida zaruriyat va tasodifiyatning bir – biriga ta’sirini, biri ikkinchisiga aylanishini aniqlash mumkinmi? Mumkin. Tanga tashlangandan keyin uning harakati dinamik qonunlarga bo‘ysunishi, harakat energiyasiga ega bo‘lishi va boshqa ayrim parametrlar zaruriy holatga ega bo‘ladi. Ayrim paytda bu zaruriy xislatlarga tasodifiy elementlar ham qo‘shiladi. Qanday qiymatga ega bo‘lgan, qaerda turgan tangani, kim tomonidan tashlanishi, qancha energiya bilan harakatning boshlanishi, tanganing o‘z o‘qi atrofida necha marta aylanib erga tushushi – bularning hammasi tasodifiy tomonlardir. Harakatga kelitirilgan tangani har bir holatida zaruriyat va tasodifiyat o‘rin almashtirib turadi, biri ikkinchisiga aylanadi. Tabiatda tasodifiy va zaruriy hodisalar bevosita ro‘y bersa, jamiyatda ular ob’ektiv va sub’ektiv omillar ta’sirida inson faoliyatini xislati sifatida vujudga keladi. YA’ni inson faoliyati va uning natijasi zaruriy va tasodifiy ko‘rinishga egadir. Ob’ektiv ravishda sodir bo‘ladigan zaruriy va tasodifiy hodisalarni zaruriy – ishlab yaiqarish, maorif va madaniyat tizimlarini ish faoliyati; tasodifiyat - iqtisodiyot, siyosat va boshqa sohalarda alternativ imkoniyatga ega bo‘lgan hodisalarning birontasini amalga oshishi/ namoyon bo‘lishiga manfaatlar, madaniy va ma’naviy an’analar, udumlar, ijtimoiy maqsad va rejalar kata ta’sir ko‘rsatadi. Oqibatda, jamiyatda mavjud bo‘lgan zaruriyat va tasodifiyat murakkab, bilvosita, ko‘p pog‘onali bog‘lanish va aloqadorlik ko‘rinishiga ega bo‘ladi.
Ayrim mutafakkirlar Demokrit, Spinoza, Golbax narsalarning tabiatida hech qanday tasodifiylik yo‘q, ularning barcha xislatlari zaruriyatga ko‘ra mavjud bo‘ladi deb hisoblashagan. Tasodifni inkor qilish sababsiz hodisa bo‘lmaydi, tasodif bo‘lib ko‘ringan voqea aniqlanmagan hodisadir, degan fikr yotadi. Bu erda bir – biri bilan aloqada bo‘lmagan tomonlar: tasodif va bilib olinmagan sabab aynanlashtirilgan.
Ommaviy tasodifiy hodisalarni o‘rganish statistik qonuniyatlarning ochilishiga olib keldi. Bu qonuniyatlarning xususiyati shundan iboratki, Biron bir ko‘plik yoki uyushmaning statistik boshlang‘ich holoatidan keyingi holati aniq va muayyan qiymat bilan emas, balki ehtimollik, nomuayyan natija bilan kelib chiqadi.
Zaruriyat va tasodifiyatning mohiyatini, ularning o‘zaro bog‘liqligini o‘rganish tevarak – atrofni, biz ish ko‘radigan ob’ekt va predmetlarni holati va harakatini chuqur tushunishda muhim nazariy va metodologik ahamiyatga egadir. Haqiqatan ham tabiat, jamiyat va bilish, shunga muvofiq ma’naviy va amaliy faoliyatning yo‘nalishini belgilash imkoniyatini beradi.
Zaruriyat va tasodif dialektikasi. Ichki va tashqi narsalar tushunchalari nisbatdosh ekanligini e’tiborga olish muhimdir. Bir jihatdan ichki bo’lgan narsa boshqa bir jihatdan tashqi xususiyat kasb etadi. Masalan, sayyoralarning quyosh sistemasi orbitalari bo’ylab harakati bu sayyoralarni o’zaro bog’lovchi va ular aylanayotgan orbitalar shaklini belgilovchi ichki munosabatlar bilan belgilanadi. Quyosh sistemasiga nisbatan boshqa kosmik obyektlar tashqi muhitni tashkil etadi. Ammo quyosh sistemasi galaktika elementi bo’lib, yulduzlararo makonda muayyan o’rin egallaydi. Shu sababli ayni shu obyektlar quyosh sistemasi sayyoralari evolyusiyasining ham, ularga yaqin kosmik jismlar evolyusiyasining ham ichki manbai hisoblanadi. Shu boisdan zaruriyat va tasodif tushunchalari ham nisbatdoshdir: bir jihatdan tasodifiy bo’lgan narsa boshqa bir jihatdan zaruriy hisoblanadi.
Zaruriyat va tasodif qarama-qarshiliklar bo’lsa-da, lekin ular birdir. Har qanday hodisa ichki zaruriyat tufayli yuz beradi, ammo uning yuz berishi ko’p sonli tashqi omillar bilan bog’liq bo’lgani bois, zaruriyatni tasodif muqarrar tarzda to’ldiradi. Bu zaruriyat ham, tasodif ham sof holda mavjud bo’lmasligini anglatadi. Tasodif – zaruriyatning namoyon bo’lish shaklidir. Zaruriyat, sabab, qonunni kashf etish – ahamiyatsiz, tasodifiy narsalarni mavhumlashtirish demakdir. Bir qarashda zaruriyat sababiyatga zid bo’lib tuyuladi. Bu ziddiyat yo tasodifiy hodisa sababga ega emasligi bilan, yo tasodifiy hodisalar umuman bo’lmasligi bilan izohlanishi mumkin. Amalda har qanday, shu jumladan tasodifiy hodisa ham muayyan sababga ega bo’ladi. XVII-XVIII asrlarda zaruriyat va tasodif talqinida tabiatda tasodif mavjud emas, degan tasavvur hukm surgan. Ingliz faylasufi T.Gobbs: «Ertaga yog’adigan yomg’ir zarur, ya’ni zaruriy sabablar bilan belgilangan; lekin biz unga tasodifiy deb qaraymiz va uni shunday ataymiz, zero amalda mavjud sabablarni hali bilmaymiz. Umuman olganda, zaruriy sababini biz ko’ra olmaydigan narsa tasodifiy deb ataladi», deb qayd etgan. Shunga o’xshash fikrni Golbax ham ilgari suradi: «Tabiatda biron-bir hodisa tasodifan yuz berishi mumkin emas; hamma narsa muayyan qonunlarga bo’ysunadi; bu qonunlar faqat muayyan oqibatlarning sabablar bilan zaruriy aloqasi hisoblanadi... Atomlarning tasodifiy birikishi haqida gapirish yoki ayrim oqibatlarni tasodif bilan bog’lash jismlarning harakatlanishi, uchrashishi, birikishi yoki ajralishi qonunlarini bilmaslikni tan olish demakdir». Ko’rib turganimizdek, tasodif sababi noma’lum bo’lgan zaruriyat sifatida talqin qilingan. Sababi aniqlangani zahoti tasodif zaruriyat sifatida namoyon bo’ladi. Bu – mexanistik materializm talqini. Tasodif ilmiy nazariyalardan quvg’in qilingan, u ikkinchi darajali, yordamchi, ahamiyatsiz omil deb hisoblangan. Tasodifning inkor etilishidan dunyoda hamma narsa zarur, degan xulosa kelib chiqadi. Mazkur yondashuvning tadrijiy oqibati o’laroq fatalizm yuzaga keladi: nimaiki yuz bermasin, hatto ahamiyatsiz voqyealar ham zarur, muqarrar bo’lib, sabab-oqibat aloqalarining cheksiz zanjiridagi ajralmas bo’g’in hisoblanadi. Fatalistik tasavvur har qanday voqyeani muqarrar deb biladi. XIX asr boshidagina zaruriyat va tasodifning aloqasi Gegel dialektikasida ko’rsatib berildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |