Bintli bog‘lamlarni qo‘llashning asosiy qoidalari
1. Kasalni shunday o‘tqazish yoki yotqizish kerakki, bintlanayotgan tana qismi harakatsiz va bintlashga qulay bo‘lsin.
2. Bintlayotgan odam bemorning yuziga qarab turishi kerak va u bintlash vaqtida kasalni vizual kuzatish imkoniyatiga ega bo‘lsin.
3. Bintlash doimo periferiyadan markazga (quyidan yuqoriga) qarab amalga oshiriladi.
4. Bintlash o‘ng tomondan chap tomonga qarab soat strelkasiga qa- rama-qarshi amalga oshiriladi.
5. Bintlash birinchi mustahkam aylana qo‘yishdan boshlanadi.
6. Keyingi har bir aylanish avvalgi aylanishning yarmini yoki uchdan birini berkitishi kerak.
7. Bint o‘ramini bintlanayotgan yuzada g‘ildiratib, undan ko‘tarmay aylantirish kerak.
8. Bintlash ikki qo‘llab amalga oshiriladi: bir qo‘l bilan bint o‘ramini g‘ildiratish, ikkinchi qo‘l bilan o‘ralgan bintni tekislab turish kerak.
9. Bintni bir xilda tortish kerak, chunki uning yo‘llari chalkashib har xil burmalar hosil qilmasligi kerak.
10. Bintlash vaqtida tananing bintlanayotgan qismi shunday holatda joylashtirilishi kerakki, shu holat bintlab bo‘lgandan keyin ham saqlansin.
11. Tananing konus shakliga ega bo‘lgan qismlariga (son, boldir) bog‘lam qo‘yilayotgan vaqtda bintning tanaga jipsroq joylashishi uchun har 1–2 aylanishdan keyin bir marta o‘qi atrofida burash kerak.
12. Bog‘lamning oxirida bint mahkamlab qo‘yiladi (tugib qo‘yiladi).
Bintli bog‘lamlarning turlari Sirkular yoki aylanma bog‘lam shunday bog‘lamki, bunda bintning hamma aylanalari bir-birining ustiga tushadi va avvalgi aylanani to‘liq berkitadi. Bunday bog‘lamlar oyoq-qo‘llarga, peshona, bo‘yin va qoringa qo‘yiladi. Spiralsimon bog‘lam sirkular bog‘lamning bir ko‘rinishidir. Spiralsimon bog‘lamning 2 turi tafovutlanadi: yuqoriga ko‘tariluvchi, bunda bintlash pastdan yuqoriga va pastga tushadi; avvalgi aylanishning yarmini qoplab, yana yuqoridan pastga tushiriladi.
O‘rmalovchi bog‘lam ham spiralsimon bog‘lamning bir turi bo‘lib, unda bint aylanalari bir-biriga tegmaydi. Bunday bog‘lamlar jarohatga qo‘yilgan materialni ushlab turish maqsadida bintlashning boshlang‘ich davrida qo‘llaniladi, keyin spiralsimon bog‘lamga o‘tiladi. Sakkizsimon (butsimon) bog‘lam degan nom uning shakli va bint yo‘llaridan olingan. U bo‘yinning orqa yuzasiga, ko‘krak qafasiga bog‘lam qo‘yilganda qo‘llaniladi. Boshoqsimon bog‘lam – sakkizsimon bog‘lam ko‘rinishlaridan biri. Bintlar yo‘li boshoqni eslatgani uchun shunday ataladi. Bunday bog‘lamlarni yelka bo‘g‘imiga va o‘mrov usti sohalariga qo‘llash juda qulay. Yelka bo‘g‘imiga boshoqsimon bog‘lamni qo‘yishda, umum e’tirof etgan qoidalarga teskari, bintlash shikastlangan tomonga yo‘naltirilgan holda amalga oshiriladi, ya’ni quyidagi qoidani yodda saqlash kerak: o‘ng yel- kani soat mili yo‘nalishida, chap yelkani esa unga teskari yo‘nalishda bintlash ke- rak. Toshbaqasimon bog‘lam 2 xil bo‘- ladi (15-rasm): qo‘shiluvchi va tarqa- luvchi. Bu bog‘lamlar tirsak, tizza va boshqa bo‘g‘imlarni bog‘lash uchun tavsiya etiladi.
15-rasm.
Tarqaluvchi bog‘lamlar quyidagi tarzda qo‘llaniladi. Birinchi aylanishi sirkular tarzda bo‘g‘imning o‘rtasidan o‘tadi. Ikkinchi aylana birinchi aylananing pastki yarmi yoki uchdan birini berkitadi. Uchinchi aylana birinchi aylananing yuqorigi yarmini yoki uchdan ikki qismini berkitadi. To‘rtinchi aylana ikkinchini, beshinchi aylana uchinchini takrorlaydi va h. k. Shunday qilib, toq sonli aylanalar toq aylanalarni, juft sonli aylanalar juft aylanalarni takrorlaydi, lekin toqlari undan pastda, juftlari avvalgisidan tobora yuqoriroqda joylashadi. Qo‘shiluvchi bog‘lam ham xuddi shu tartibda qo‘yiladi, lekin hamma narsa teskari tarzda bajariladi. Orqaga qaytadigan bog‘lamlar qo‘l yoki oyoq cho‘ltoqlari (amputatsiyadan keyingi qolgan joy)ga, boshga va boshqa joylarga qo‘yiladi. Bunday bog‘lamlarni qo‘yish texnikasi quyidagicha: a) bir necha sirkular yo‘llar bilan bint mahkamlanadi; b) barmoq bilan ushlab turib, bint bukiladi va uni ko‘ndalang holda boshning (cho‘ltoqning) qarama-qarshi tomoniga olib boriladi, keyin sirkular aylanalar bilan bintning ko‘ndalang tasmasi mahkamlanadi; v) yana bint buklanib, u ko‘ndalang yo‘naltiriladi, bunda avvalgi aylananing yarmini yoki uchdan ikki qismini yopib o‘tishi kerak. Bu yo‘l ham sirkular aylana bilan mahkamlanadi.
Tananing alohida joylariga qo‘yiladigan
bog‘lamlar
Boshning uncha katta bo‘lmagan jarohatlarida leykoplastrli, kollodiyli, kleolli bog‘lamlar qo‘yish mumkin, bunda bog‘lam qo‘yi- ladigan joydagi sochlar yaxshilab qirib tashlanishi lozim. Shuni qayd qilish kerakki, tananing tukli qismlarida yelimli bog‘lamlar yaxshi ushlamaydi. Shuning uchun ham bunday joylarda sopqonsimon va ro‘molli bog‘lamlarni ishlatish ma’qulroq. Boshga qo‘yiladigan bog‘lamlar. Boshga quyidagi bintli bog‘lamlar qo‘yiladi: qaytar bog‘lam, «Gippokrat qalpog‘i», qalpoqchali bog‘lam, bir yoki ikkala ko‘zga qo‘yiladigan bog‘lam, «yugan»simon va boshqalar. «Gippokrat qalpog‘i» quyidagicha qo‘yiladi: bir qo‘lga birinchi o‘ram, ikkinchi qo‘lga ikkinchi o‘ram bint olinadi. Har ikkala bintning bo‘sh uchlari ensa do‘ngligining pastrog‘iga joylashtiriladi. Har ikkala bint bir-biriga qarama-qarshi yo‘nalishda peshona do‘ngi o‘rtasiga olib boriladi. O‘ng qo‘ldagi bint o‘rami sirkular aylanishlar hosil qiladi, bunda har bir qaytib keladigan aylanish undan avvalgi aylanishning 1/2 yoki 2/3 qismini qoplab olishi kerak. Ayni bir paytda sirkular aylanish hosil qilayotgan bint qaytar aylanish qilayotgan chap qo‘ldagi bintni har doim mahkamlab boradi. Bu narsa boshning gumbazi to‘liq qoplangunga qadar davom ettiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |