Desmurgiya



Download 169,5 Kb.
bet3/6
Sana08.06.2022
Hajmi169,5 Kb.
#645692
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Desmurgiya

Boshning qalpoqchali bog‘lami (16- rasm).

Bu bog‘lam eng qulay va ishonchli hisoblanadi, chunki bunday bog‘lam qo‘llanil- ganda uning bo‘shashib, o‘rnidan qo‘zg‘a- lishiga hech qanday imkon bo‘lmaydi. Bun- dan tashqari, bu bog‘lamni qo‘yish texnikasi sodda bo‘lib, u quyidagicha amalga oshiriladi: uzunligi 80–90 sm bo‘lgan bint olinadi (bint bog‘ich). U tepa suyagining o‘rta qismiga shunday qo‘yiladaki, bunda uning uchlari quloqlarning old qismidan pastga vertikal tushib turadi. Bintning har ikkala bo‘sh uchini tarang holda ushlab turish kerak (bintni kasal yoki yordamchi tortib ushlab turadi). O‘ng qo‘l bilan bint o‘ramini olib bosh atrofidan birinchi sirkular yo‘l bilan aylantiriladi (bu mahkamlovchi yo‘l bo‘lib hisoblanadi). Uni 2–3 marta aylantirib ishonchliligini oshirish ham mumkin. 16-rasm. Mahkamlovchi sirkular yo‘ldan keyin, bog‘ichga borgach, bint uning atrofidan va pastidan aylantirilib, peshona yoki ensa tomonga o‘tiladi, keyin bint qarama-qarshi tomonga boshqa bog‘ichga yo‘naltiriladi, undan aylantirilib yana qarama-qarshi tomonga yo‘naltiriladi, bunda har bir galdagi aylana avvalgi aylanishning bir qismini berkitib boradi, u bosh gumbazi berkilgunga qadar davom ettiriladi. Shundan keyin bir yoki ikkita sirkulyar yo‘l bilan bint mahkamlanadi, bog‘ichlarning biridan o‘tkaziladi va bog‘ichning ikkinchi uchi bilan iyak ostidan bog‘lab qo‘yiladi. Ko‘zga qo‘yiladigan bog‘lamlar. Bir ko‘zga qo‘yiladigan bog‘lam monokulyar bog‘lam deyiladi. Shuni yodda tutish kerakki, bintlash kasal ko‘zdan boshlanadi. Bintni bosh atrofidan sirkular yo‘l bilan o‘tkazib (bunda peshona va ensa do‘nglari qamrab olinadi) mahkamlovchi aylana hosil qilinadi. Keyin bintni orqa tomondan ensaga qarab yo‘naltirib, uni shikastlangan ko‘z tomondagi quloqning ostidan olib o‘tib, chakka orqali yuqoriga ko‘tariladi va u shikastlangan ko‘zni berkitadi. Mana shu ikkinchi yo‘l orqali sirkular mahkamlovchi yo‘lga o‘tadi, keyin yana ikkinchi yo‘lga qaytiladi. Shu yo‘sinda yo‘llarni galma-gal almashtirib kasal ko‘z berkitiladi. Har ikkala ko‘zga qo‘yiladigan bog‘lam – binokulyar bog‘lam deb ataladi. Bu bog‘lam ham bir ko‘zga qo‘yiladigan bog‘lam kabi boshlanadi. Sirkular-mahkamlovchi yo‘l qilingach, ikkinchi yo‘l quloq ostidan o‘tadi, ko‘zni berkitib yana mahkamlovchi sirkular yo‘l hosil qilib, keyin peshona orqali pastga tushib, ikkinchi ko‘zni yopadi, uni quloq ostidan o‘tkazib yana mahkamlovchi sirkular yo‘lga qaytiladi. Shunday qilib, bu bog‘lamda uchta yo‘l navbatma-navbat takrorlanadi: sirkular – mahkamlovchi yo‘l, ikkinchisi quloq ostidan bir ko‘zga, uchinchisi peshonadan ko‘zga tushib uni berkitgach, quloq ostiga yo‘naladi.


«Yugan» bog‘lami (17-rasm). Bu bog‘- lam yuz, iyak sohasi va ba’zan tananing tukli qismlarini bog‘lashda tavsiya etiladi. «Yugan» bog‘lami 4 ta navbatlashuvchi yo‘llardan tashkil topadi. Birinchi va ikkinchi yo‘llar – sirkular mahkamlovchi (ensa va peshona do‘nglaridan o‘tadi) yo‘l- lardir. Uchinchi yo‘lda bint ensa orqali iyakka o‘tadi. Keyin bint vertikal holatda 4, 5 va 6-yo‘llar bilan iyak ostidan o‘tadi. Keyin bint gorizontal holatga (aylana yo‘l) o‘tib, 7 va 8-yo‘llarni hosil qiladi. Keyin bog‘lam qotiriladi. Mana shu yo‘llarni navbati bilan almashtirib, butun boshni yoki ikkala chakkani bog‘lam bilan yopish mumkin.




Barmoqlar bog‘lami. Bitta barmoqni bintlashda birinchi (mah- kamlovchi) sirkular yo‘l bilan bo‘g‘imning yuqorirog‘idan bir necha marta aylantirib qo‘yiladi. Keyin bint panjalarning orqa tomonidan qiyshiq yo‘naltirilgan holda shikastlangan barmoqning tirnoq jimjilog‘iga olib boriladi. Uni berkitib orqaga qaytiladi, keyin spiral yo‘llar bilan tirnoq jimjilog‘idan barmoq asosigacha bintlanadi, panjaning orqa yuzasida bint kesishib o‘tgach, sirkular yo‘llar bilan birlamchi mahkamlovchi yo‘llarga keltirib yana mahkamlanadi. Barmoqlarning «qo‘lqop» bog‘lami xuddi shu tarzda amalga oshiriladi, bu yerda bitta barmoq emas, hamma barmoqlar bintlanadi. O‘ng qo‘lni bog‘lashda bosh barmoqdan, chap qo‘lni bog‘lashda 5-barmoq (jimjiloq)dan boshlash kerak. Bosh barmoqqa bog‘lam boshoqsimon ko‘rinishda, qolgan barmoqlarga esa bog‘lam qaytariladigan ko‘rinishda qo‘yilishi mumkin. Panjalar bog‘lami. Panjalarga bog‘lam qaytariladigan ko‘rinishda bog‘lanadi. Avval to‘rtta barmoq birgalikda, keyin bosh barmoqqa bog‘lov alohida bajariladi. Bilaklar bog‘lami. Spiralsimon ko‘rinishda bukishlar hosil qilib bog‘lam qo‘yiladi. Tirsak bo‘g‘imiga bog‘lam qo‘yish zarurati bo‘lganda tirsakni 900 li burchak ostida bukib, bog‘lam toshbaqasimon – tarqaluvchi yoki qo‘shiluvchi ko‘rinishda qo‘yiladi. Yelkaning boshoqsimon bog‘lami. Bintlash shikastlangan tomonga yo‘naltirilgan holatda amalga oshiriladi. Bintning birinchi yo‘llari (sirkular) mahkamlovchi bo‘lib hisoblanadi. Qo‘ltiq osti chukurchasiga uning yiringli yallig‘lanish jarayonlarida (gidradenit) bog‘lov qo‘yiladi. Desmurgiyaning ko‘plab qo‘llanmalarida berilgan bog‘lovlar o‘rnidan oson qo‘zg‘alib tushib ketadi. Bu kamchilliklardan xoli qulay va bo‘lgan usul sopqonsimon usuldir. Uni qo‘yish uchun keng bint (kengligi – 16–20 sm, uzunligi – 1 m) olinib, ikki uchi to‘rtga ajratib kesiladi. Bintning kesilgan qismi qo‘ltiq osti chuqurchasiga shunday qo‘yiladiki, to‘rtta tasmasi ko‘krak qafasiga, to‘rtta tasmasi yelkaga chiqib turadi. Ko‘krakka ketadigan ikki uchi ko‘krak atrofida, qolgan ikkitasi yelka usti va bo‘yin o‘rtasida mahkamlanadi. Qarama-qarshi tomondagi ikkita tasma yelka atrofida va yelka usti sohasida mahkamlanadi. Mahkamlanishning yaxshi chiqishi uchun terining bog‘lam turadigan joylariga kleol surkab qo‘yish maqsadga muvofiqdir. Ko‘krak qafasini bintlashda butsimon, sakkiz ko‘rinishdagi bog‘lamlar qo‘llaniladi.
Sut bezining bog‘lami
Bu bog‘lamdan sut bezining yallig‘lanishlarida, operatsiyadan so‘ng va boshqalarda uni ko‘tarib turish maqsadida foydalaniladi. Bintlash kasal
sut bezidan boshlanadi. Birinchi yo‘l ko‘krak qafasining pastki qismidan sirkular ko‘rinishda 1–2 aylana mahkamlovchi bint o‘rami o‘tkaziladi. Ikkinchi yo‘l qo‘ltiqosti sohasidan tepaga qiyshaytirilib qarama-qarshi tomondagi yelka ustiga tortiladi. Bu yo‘llar ko‘krak bezi to‘liq ber- kilguncha almashib davom ettiriladi.
Dezo bog‘lami


Dezo bog‘lamini qo‘yishdan oldin qo‘ltiqosti chuqurchasiga yumshoq yostiqcha qo‘yiladi (18-rasm). Bilakni tirsak bo‘g‘imida to‘g‘ri burchak ostida bukib, qo‘l ko‘krakka olib kelinadi. Dezo bog‘lami 4 ta yo‘ldan tashkil topadi. Birinchi sirkular yo‘l bilan yelka ko‘krak qafasiga bintlanadi. Ikkinchi yo‘l sog‘lom qo‘ltiqosti chuqurchasidan shikastlangan tomondagi yelka ustiga yo‘naltiriladi, undan orqa tomonga o‘tkazilib pastga tushiriladi. Uchinchi yo‘l tirsak bo‘g‘imini aylanib o‘tib, bilakni ko‘tarib turadi, qiyshiq holda yuqoriga sog‘lom tomondagi qo‘ltiqosti chuqurchasiga ko‘tariladi, keyin ko‘krak qafasining orqa tekisligiga o‘tadi. To‘rtinchi yo‘l shikastlangan yelka ustiga yo‘naltirilib, undan tirsak bo‘g‘imiga, uni bilakning yuqori uchdan bir qismida aylanib o‘tib, ko‘krak qafasining orqa yuzasiga va sog‘lom tomondagi qo‘ltiqosti chuqurchasiga yo‘naltiriladi. Hamma 4 ta yo‘l to‘liq fiksatsiyani ta’minlangunga qadar bir necha bor takrorlanadi.

Download 169,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish