Uch kishilik guruh
―Pirpirak‖ ―G‘ildirak‖ ―Barcha kanalli‖
To’rt kishilik guruh
―G‘ildirak‖ ―Zanjircha‖ ―Barcha kanalli‖
52
4.4-rasm. Kommunikatsion tarmoqlarning namunalari
Ular tashkilot faoliyatiga katta ta‘sir ko‘rsatadilar. Masalan, ―g‘ildirak‖
turidagi tarmoqlarda hukmronlikning markazlashtirilgan ierarxiyasi berilgan.
―G‘ildirak‖ ning markazida turgan shaxs ko‘proq jo‘natmalar oladi, guruhning
boshqa a‘zolari tomonidan ko‘proq yetakchi sifatida tan olinadi, guruhning boshqa
a‘zolariga ko‘proq darajada ta‘sir ko‘rsatadi, ko‘proq javobgarlikka ega ,
muammoni hal qilinishi boshqalarga qaraganda ko‘proq unga bog‘liq.
Boshqaruvda foydalaniladigan axborotlar quyidagicha tavsiflanadilar:
boshqaruv ob‘ekti bo‘yicha;
boshqaruvning u yoki bu tizimchasiga tegishliligi bo‘yicha;
uzatishning shakli bo‘yicha (verbal, so‘zli va noverbal);
vaqtdagi o‘zgaruvchanligi bo‘yicha;
uzatish usuli bo‘yicha;
uzatish tartibi bo‘yicha;
belgilanishi bo‘yicha
ob‘ektning yashash davrasi bosqichlari bo‘yicha;
boshqaruv ob‘ektining sub‘ektga munosabati bo‘yicha.
Axborotning sifatiga asosiy talablar quyidagilardir:
o‘z vaqtidalik;
to‘g‘rilik;
etarlilik;
ishonchlilik;
manzillilik;
foydalanishning ko‘p martaligi;
yig‘ish, ishlab chiqish va uzatishning yuqori tezligi;
kodlashtirish imkoniyati;
dolzarblilik.
4.7. Boshqaruv qarorlari
Boshqaruv qarorlari quyidagi alomatlari bo‘yicha tasniflanadilar:
tovarning yashash davrasi bosqichlari bo‘yicha;
menejment tizimining tizimchalari bo‘yicha;
faoliyat sohalari bo‘yicha;
ko‘lamlilik bo‘yicha;
ishlab chiqarishni tashkil qilish bo‘yicha;
maqsadlarning turlari va miqdori bo‘yicha;
harakatlarning davomiyligi bo‘yicha (strategik, taktik, operativ);
vazifalarni bajarilishi bo‘yicha;
ta‘sir ko‘rsatish ob‘ektlari bo‘yicha;
rasmiyligi bo‘yicha (rasmiy va norasmiylar);
foydalanilgan axborotlar bo‘yicha;
53
aks ettirish shakllari bo‘yicha;
qarorlarni qabul qilish darajalari bo‘yicha (yakka shaxs, bo‘linma yoki
tashkilot darajasida);
turkumlashtirilganlik darajasi bo‘yicha ( kuchsiz turkumlashtirilgan –
dasturlashtirilmagan va yuqori darajada turkumlashtirilgan –dasturlash -tirilgan);
mazmuni bo‘yicha (ekologik, ijtimoiy, tashkiliy, ilmiy, texnik va h.k.);
ta‘sir ko‘rsatishning chuqurligi bo‘yicha (bir bosqichli , ko‘p bosqichli);
qarorning yo‘nalishi bo‘yicha (tashkilot ichida yoki uning tashqarisi -da);
qaror qabul qiladigan shaxs bo‘yicha (yakka shaxsli yoki guruhli);
majburiylik darajasi bo‘yicha (qat‘iy xarakterga ega, tavsiya xarak -teiga
ega);
ierarxiyaning qarorlarni shakllantirishda ishga tushiriladigan
bosqichlarning soni bo‘yicha;
ratsionalligi bo‘yicha ratsionallilar (oqilona asoslanganlar, maq -sadga
muvofiqlar) va ratsional bo‘lmaganlar.
Qarorlarni qabul qilish va amalga oshirish – bu ―markaz‖bo‘lib, tash-
kilotning faoliyati uni atrofida aylanadi. Qarorni boshqaruv mehnatini natijasi, uni
qabul qilinishi va amalga oshirilishini esa –ushbu natijaga olib boruvchi jarayon
sifatida ko‘rib chiqish mumkin.
Qarorlarni qabul qilinishi tashkilotning buguni va kelajagi o‘rta- sidagi
uzilishni qisqartiradi. Ushbu jarayon tashkilot faoliyatini reja- lashtirishning
asosida yotadi, chunki reja - maqsadlarga erishish uchun re- surslarni joylashtirish
bo‘yicha qarorlar majmuasidir.
To‘g‘ri qarorlar qabul qilish uchun bilimlar va tajriba talab qilinadi. Bunda
yana fahm-farosat ham katta rolь o‘ynaydi. U o‘z ichiga oldindan sezish, tasavvur
etish, farosatlikni oladi. Farosatni rivojlanishi bu muammo bi- lan bog‘liq barcha
narsani butun jarayon davomida miyada saqlab qolishni bilishdir. Muammo va
uning yechimini umumiy va bir vaqtda qamrab olish farosati rivojlangan
menejerga bosqichdan bochqichga tez o‘tishga imkon be- radi. Juda ko‘p hollarda
tajribali rahbarlar, to‘g‘ri qaror qabul qilib, buni qanday qilganlarini tushuntirishga
qiynaladilar.
Qarorlarni qabul qilish va amalga oshirish bir necha pallalar va bos-
qichlardan iborat bo‘lgan murakkab jarayondir.
Qaror qilishning zarurligini tan olish pallasi o‘z ichiga bir necha bos-qichlarni
oladi:
muammoni tan olish;
muammoni shakllantirish;
muammo, maqsadni hal qilish mezonlarini belgilash.
Tashkilotda muammoning mavjudligini tan olish yoki tan olmaslik uchun
vaziyatni o‘rganish darkor. Muammoni tan olinishi uni hal qilish uchun muhim
54
shart bo‘ladi, chunki agar muammo mavjud bo‘lmasa, uni hal qilish ham talab
qilinmaydi.
Jarayon turkumlashtirilgan va turkumlashtirilmagan muammolar uchun har
xil o‘tadi. Birinchi holda muammoni tan olish yetarlicha to‘g‘ri o‘tadi,
ikkinchisida - tashkilotni rivojlanishi tendentsiyalari va uning atrof muhiti haqidagi
aniq axborotlari mavjud bo‘ladi.
Qarorlar qabul qilish pallasi quyidagi bosqichlardan tashkil topadi:
muqobillarni ishlab chiqish;
muqobillarni baholash;
muqobillarni tanlab olish.
Ko‘pgina muqobil qarorlar oldingi tajribadan ma‘lumlar. Ammo ko‘pincha
noyob muammolar vujudga keladilar. Bu holda ijodiy yondashuv zarur.
Muqobillarni qidirib topishning quyidagi usullari mavjud: ―aqliy hujum‖ ,
takliflarni ilgari surish, vaziyatning guruhli tahlili, sabab-natijaviy diagramma,
fikrlar kartasi.
Barcha aniqlangan muqobillar solishtirilishlari va baholanishlari kerak. Ularni
baholash miqdoriy va sifat o‘lchovchilari yordamida salbiy va ijodiy tomonlarni
aniqlashni ko‘zda tutadi. Bunda quyidagi usullar ko‘llaniladi: Kopner-Tregoening
mezonli solishtirishi, maqsadlar yoki qarorlar daraxtining to‘lov matritsasi,
keyingining yordamida qarorlarning umumiy ko‘rinishi: tanlovlar, xatarlar va
ehtimol bo‘lgan natijalarni olish mumkin.
Yana qarorni bajarilishini borishida o‘z ichiga xatolar va yutuqlarni topish
tizimini oluvchi axborotlarni olish mexanizmini ishlab chiqish zarur, u
harakatlarga tuzatish kiritish imkoniyatini beradi. Birincha manbalardan olingan
axborotlar eng yaxshi hisoblanadilar, chunki bu holda muammolar va ularning
yechimlari to‘g‘riroq baholanadi va menejerning muammoni hal qilishga
manfaatdorligini qo‘li ostidagilarga ko‘rsatishga imkoniyat paydo bo‘ladi.
Boshqaruv qarorlarining oldiga qo‘yidagi asosiy talablar qo‘yiladi:
maqsadga erishish xatarini kamaytirish;
qarorlarni qonuniyligi, mavjud konunlar va me‘yoriy hujjatlarga zid
emasligi;
aniqlik;
qarorni qabul qilish va amalga oshirish xarajatlarini muvofiqlashtirish;
qarorning samaradorligi.
Har bir korxona (tashkilot)da boshqaruv qarorlarini qabul qilishning qarorlar
qabul qilish sub‘ektlarini o‘z ichiga oluvchi alohida tizimi vujudga keladi. Odatda
keyingilar uchta guruhga bo‘linadilar: aktsiyadorlar, menejerlar va xodimlar.
Ammo boshqaruv amaliyotida shaxslarning bu guruhi, - birinchidan , yaxlit
sub‘ektlar bo‘lmaydilar; ikkinchidan, qarorlar qabul qilish va ularni amalga
oshirish mexanizmida teng vakillarga ega emaslar.
Do'stlaringiz bilan baham: |