Denov tadbirkorlik va pedagogika



Download 5,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/231
Sana12.06.2022
Hajmi5,99 Mb.
#657758
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   231
Bog'liq
UMK MENEJMENT AKBAR

4.4.Motivatsiya 
 Motivatsiya
-o‘zini va boshqalarni maqsadlarga erishish uchun faoliyatga 
undash jarayonidir. 


45 
Rahbarlar doimiy ravishda xodimlarni, ular buni his qiladilarmi yoki yo‘qmi, 
undaydilar. Qadimgi vaqtlarda buning uchun qamchi va qo‘rqitishlar, tanlab 
olinganlar uchun mukofotlar xizmat qilganlar.
XX asrga qadar shunday fikr keng tarqalganki, odamlar hamma vaqt ham 
ularga ko‘proq pul ishlab topish imkoniyati berilganda yaxshiroq ishlaydilar, ya‘ni 
motivatsiya qilinayotgan harakatlarni pul mukofotlariga almashtirilishi bilan 
tenglashtirilgan. Ammo keyingi tadqiqotlar bunday yondoshuvni asossizligini 
aniqlab berganlar va motivatsiya ehtiyojlarning murakkab yig‘indisining natijasi 
ekanligini ko‘rsatganlar. Xodimlarni rag‘batlantirish uchun rahbarga ularning 
ehtiyojlarini aniqlash zarur, ular yaxshi ish orqali qanoatlantiriladilar.
Boshqaruvning motivatsiya usullarini quyidagilarga ajratish mumkin: 

iqtisodiy motivatsiya usullari - ish haqi, mukofot, imtiyozli foizlar, 
foydalarda ishtirok etish, aktsiyalar paketi , qo‘shimcha ish haqi va boshqalar

ijtimoiy motivatsiya usullari- ijtimoiy tan olinish, tashakkurnoma, qoyil 
qolish, ilohiylashtirish, nafratlanish va h.k; 

psixologik motivatsiya usullari- shaxs ahamiyatini his qilish, befarqlik, 
zararlilik, keraksizlik va boshqalar; 

hukmronlik motivatsiya usullari- lavozimini oshirish, qo‘shimcha vakolatlar 
berish va boshqalar; 

ijtimoiy psixologik motivatsiya usullari- ijtimoiy faollikni oshirish, tajriba 
almashtirish, tanqid, ishga doir boshqaruv va kasbiy etika va h.k; 

ma‘naviy motivatsiya usullari- shaxsiy yoki ommaviy tan olish, maqtov va 
tanqid; 

maqsadli usul; 

ishlarni loyihalashtirish va qayta loyihalashtirish (boyitish) usuli; 

xodimni jalb qilish usuli (partisipativ usul); 

motivatsiya va undovlarni o‘rganish sabablari- eksperimental usullar, hulqni 
va uning sabablarini boshqa tomonidan baholash usullari, o‘rganish usullari 
(suhbat, so‘rov, anketa to‘ldirish) va boshqalar. 
Motivatsiyaga jarayon sifatida qarash maqsadga muvofiqdir. SHuning uchun 
uni quyidagi shartlikning ma‘lum darajasidagi oltita birini orqasidan biri keluvchi 
bosqichlar ko‘rinishida tasavvur qilish mumkin: 

ehtiyojni vujudga kelishi; 

ehtiyojni qanoatlantiruvchi, bartaraf qiluvchi yo‘llarni qidirib topish; 

harakatlarning maqsadlari (yo‘nalishlari)ni belgilash; 

kerakli harakatlarni amalga oshirish

amalga oshirilgan harakatlar uchun mukofotlar olish; 

ehtiyojlarni qanoatlantirish, bartaraf qilish. 
Motivatsiya 
jarayoni 
hammadan 
avval 
motivatsiyaning 
mazmuniy 
nazariyalarini tushuntirib beradi. Ularda odamlarni harakat qilishga undovchi, 
ayniqsa ishning hajmi va mazmunini belgilashdagi asosiy ehtiyojlar aniqlanadi. 
Motivatsiyaning kontseptsiyalarini ishlab chiqishda A.Maslou, F.Gertsberg, D. 
Mak Klellandlarning asarlari katta ahamiyatga ega bo‘lgan.


46 
Amerikalik ruhshunos A.Maslouning (1908-1970) nazariyasi bo‘yicha 
ehtiyojni qat‘iy ierarxik tuzilma ko‘rinishida joylashtirish mumkin (3.2-rasm). U 
pastki bosqichlardagi ehtiyojlar odamga yuqoriroq bosqichdagilarga qaraganda 
oldinroq ta‘sir qiladilar deb hisoblaydi. Har bir aniq paytda odam o‘zi uchun 
muhimroq yoki kuchliroq bo‘lgan ehtiyojni qanoatlantirishga harakat qiladi. 
Keyingi bosqichdagi ehtiyoj pastroq bosqichdagi ehtiyojni qanoatlantirilgandan 
keyin odamning hulqidagi qudratliroq omil bo‘ladi.
Fiziologik ehtiyojlar yashab qolish uchun zarur bo‘ladilar. Ular o‘z ichiga 
ovqat, suv, uy-joy, dam olishga ehtiyojni oladilar. 
Tegishlilik va daxldorlikka ehtiyojlar o‘z ichiga nimagadir yoki kimgadir 
tegishlilik hisini, ijtimoiy o‘zaro hamkorlik, bog‘liqlik va qo‘llab quvvatlash hisini 
oladilar. 
Xavfsizlik va himoyalanganlikka ehtiyojlar atrof-muhit tomonidan jismoniy 
va psixologik xavflardan ximoya qilinganlik va kelajakda fiziologik ehtiyojlar 
qanoatlantirilishiga ishonchni ko‘zda tutadi.
o‘zini o‘zi aks
ettirish
Ikkilamchi 
ehtiyojlar o‘zini o‘zi qaror 
toptirish 
tegishlilik va
daxldorlik
xavfsizlik va himoyalanganlik
Birlamchi fiziologik ehtiyojlar 
ehtiyojlar 

Download 5,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish