70
ham ataladi). Egasi (yoki egalari) firma faoliyati uchun zarur bo‘lgan
barcha
sarmoyani kiritgan va kompaniyani shaxsan boshqargan.
Egasi
(yoki
egalarning
tor
guruhi)ni
firmaning
muvaffiqiyatidan
manfaatdorligi va amalda rasmiyatchilik va byurokratizmni yo‘qligida (barcha
narsani xo‘jayinning o‘zi hal qiladi) yakka shaxsli kompaniyalar va o‘rtoqliklar
kichik firmani tashkilotlarning ideal turi qilganlar. Hozirgi vaqtga qadar
rivojlangan kapitalistik mamlakatlar firmalarining umumiy sonidan 4.3 qismiga
yaqini xuddi shu asosda harakat qiladilar.
Jahon amaliyotida firmalarni quyidagi alomatlar bo‘yicha tasniflash qabul
qilingan:
xo‘jalik faoliyatining turi va xarakteri (sanoat, transport, sug‘urta, savdo,
injiniring,sayyohlik va boshqalar);
huquqiy holati (yakka shaxsli tashkilot va tadbirkorlar birlashmasi);
mulkchilikning xarakteri (xususiy, davlat, yarim davlat va kooperativ);
faoliyat sohasi;
Firmalarni har xil alomatlar bilan tasniflash aniq firmani o‘rganish
natijasida
tashkiliy-huquqiy shakli, uning iste‘mol bozoridagi holati, firma ichidagi
munosabatlar, faoliyatning xarakteri va ko‘lamlari haqida to‘liq tassavvur olish
imkoniyatini beradi.
O‘zbekiston Respublikasidagi tashkilotlarni barqaror va samarali faoliyat
yuritishlari uchun hammadan avval ularni boshqarish
tizimining huquqiy
ta‘minlanishi yaratilgan. Gap shundaki, har bir tashkilot yuqoriroq darajadagi
tizim- mintaqa, soha, mamlakat, qo‘shma tashkilot esa- jahon hamjamiyatning
tuzilmasi bo‘ladi.
Tijorat tashkilotlari bo‘lgan yuridik shaxslar xo‘jalik o‘rtoqliklari va
jamiyatlari, ishlab
chiqarish kooperativlari, davlat unitar korxonalari shaklida
tashkil qilinishlari mumkin.
Notijorat tashkilotlari bo‘lgan yuridik shaxslar iste‘molchilar kooperativlar,
muassasalar mulk egalari tomonidan moliyalashtirilgan ijtimoiy yoki diniy
tashkilotlar(birlashmalar, hayriya jamg‘armalari shaklida, hamda qonun tomonidan
ko‘zda tutilgan boshqa shakllarda tashkil qilinishlari mumkin. Notijorat
tashkilotlari tadbirkorlik faoliyatini faqat o‘zlari tashkil
qilinishlari maqsadlariga
erishishga xizmat qiluvchi va ushbu maqsadlarga mos kiluvchi miqdorda amalga
oshirishlari mumkin.
Yuridik shaxs adliya idoralarida yuridik shaxslarini ro‘yxatga olish haqidagi
qonunda ma‘lum tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tishlari kerak. U yo nizom, yoki
ta‘sis shartnomasi va nizom, yoki faqat ta‘sis shartnomasi asosida harakat qiladi.
Qonunda ko‘zda tutilgan hollarda tijorat tashkiloti bo‘lmagan yuridik shaxs ushbu
turdagi tashkilotlar haqidagi umumiy qoidalarga asosan harakat qilish mumkin.
Yuridik shaxsning ta‘sis shartnomasi uning ta‘sischilar (ishti- rokchilar)
tomonidan tuziladi, nizom esa tasdiqlanadi. Ushbu
kodeksga muvofiq bitta
ta‘sischi tomonidan tashkil qilingan yuridik shaxs ushbu ta‘sischi tomonidan
tasdiqlangan nizom asosida harakat qiladi.
71
Yuridik shaxsning ta‘sis hujjatlarida yuridik shaxsning nomi, joylashgan joyi ,
yuridik shaxs faoliyatini boshqarish tartibi belgilab beriladi, hamda tegishli turdagi
yuridik shaxslar uchun qonun tomonidan ko‘zda tutilgan boshqa ma‘lumotlar
bo‘ladi. Notijorat tashkilotlari va unitar korxonalarning, qonunda ko‘zda tutilgan
hollarda boshqa tijorat korxonalarining ham ta‘sis
hujjatlarida yuridik shaxs
faoliyatining predmeti va maqsadlari belgilab berishlari kerak. Tijorat tashkiloti
faoliyatining predmeti va ma‘lum maqsadlari qonun bo‘yicha majburiy bo‘lmagan
hollarda ham ta‘sis hujjatlarida ko‘zda tutilgan bo‘lishlari mumkin.
Ta‘sis shartnomasida ta‘sischilar yuridik shaxsni tashkil qilish majburiyatini
o‘zlariga oladilar, uni tashkil qilish bo‘yicha qo‘shma faoliyatining tartibi, unga
o‘z mulklarini topshirish va uni faoliyatida ishtirok etish shartlarini belgilaydilar.
SHartnoma tomonidan foyda va zararlarni ishtirokchilar o‘rtasida
taqsimlanishi,
yuridik shaxs faoliyatini boshqarish , ta‘sischilar (ishtirokchilar)ni uning tarkibidan
chiqishi shartlari va tartibi belgilanadi.
Tashkilotlar aniq tashkiliy–huquqiy sherikliklarining ba‘zi bir xususiyatlari,
ularni tashkil qilinishi va faoliyat yuritishi quydagilardan iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: