Denov tadbirkorlik va pedagogika


SHo’’ba va bog’liq jamiyatlar



Download 5,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/231
Sana12.06.2022
Hajmi5,99 Mb.
#657758
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   231
Bog'liq
UMK MENEJMENT AKBAR

SHo’’ba va bog’liq jamiyatlar
. Xo‘jalik jamiyati, agar boshqa(asosiy) 
xo‘jalik jamiyati yoki o‘rtoqlik uning nizom sarmoyasidagi ustivor ishtiroki 
sababli yoki ular orasida tuzilgan shartnomaga muvofiq yoki boshqa tartibda 


73 
bunday jamiyat tomonidan qabul qilinadigan qarorni belgilab berish imkoniyatiga 
ega bo‘lsa, sho‘‘ba jamiyat deb tan olinadi. 
SHo‘‘ba jamiyat asosiy jamiyat (o‘rtoqlik)ning qarzlari bo‘yicha javob 
bermaydi. 
SHo‘‘ba jamiyatiga uning uchun majburiy bo‘lgan qo‘rsatmani, shu 
jumladan uning bilan shartnoma bo‘yicha ko‘rsatma berish huquqiga ega asosiy 
jamiyat (o‘rtoqlik) keyingi tomonidan bu ko‘rsatmani ijro etish uchun tuzilgan
bitimlar bo‘yicha sho‘‘ba jamiyat bilan birgalikda javob beradi. 
SHo‘‘ba jamiyatining ishtirokchilari(aktsiyadorlari), agarda xo‘jalik 
jamiyatlari haqidagi qonunda boshqa narsa qo‘zda tutilmagan bo‘lsa, asosiy 
jamiyat (o‘rtoqlik)dan uning aybi bilan sho‘‘ba jamiyatga yetkazilgan zararni 
qoplashni talab qilish huquqiga egalar. 
Ishlab chiqarish kooperativi (arteli)
- fuqarolarning o‘zlarning shaxsiy 
mahnatlari va boshqa ishtiroklariga asoslangan birgalikdagi ishlab chiqarish va 
boshqa xo‘jalik faoliyati (sanoat, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish, 
qayta ishlash, sotish, ishlarini bajarish, savdo, maishiy xizmatlar va boshqa 
xizmatlarni ko‘rsatish) uchun a‘zolik va uning a‘zolari(ishtirokchilari)ning mulkiy 
payli badallarini birlash- tirish asosidagi ixtiyoriy birlashmasidir. Qonun va ishlab 
chiqarish kooperativining ta‘sis hujjatlari tomonidan uning faoliyatida yuridik 
shaxslarni ham ishtiroq etishi ko‘zda tutilishi mumkin. Ishlab chiqarish kooperativi 
tijorat tashkiloti bo‘ladi. 
Kooperativning firma nomi uning nomi va ―ishlab chiqarish kooperativi‖ yoki 
―arteli‖ so‘ziga ega bo‘lishi kerak. 
Kooperativning ta‘sis hujjati uning a‘zolari umumiy majlisi tomonidan 
tasdiqlangan nizomidan iborat bo‘ladi. 
Kooperativ a‘zolarining soni beshtadan kam bo‘lmasligi kerak. 
Kooperativ boshqaruvining yuqori idorasi uning a‘zolarining umumiy 
majlisidan iborat bo‘ladi. 
Ellik nafardan ortiq a‘zosiga ega kooperativda 
i
kuzatuv kengashi tashkil 
qilinishi mumkin, u kooperativ ijroiya idoralari faoliyati ustidan nazoratni amalga 
oshiradi. 
Boshqaruv va(yoki) uning raisi kooperativning ijroiya idoralari bo‘ladilar. 
Ular kooperativ faoliyatiga joriy rahbarlikni amalga oshiradilar va kuzatuv 
kengashi va kooperativ a‘zolarining umumiy majlisiga hisobot beradilar. 
Faqat kooperativ a‘zolari kooperativning kuzatuv kengashi va boshqaruvining 
a‘zolari, hamda kooperativ raisi bo‘lishlari mumkin. Kooperativ a‘zosi bir vaqtda 
kuzatuv kengashi a‘zosi va boshqaruv a‘zosi yoki kooperativ raisi bo‘lishi mumkin 
emas. 
Kooperativ boshqaruv idoralarining huquq doirasi va ular tomonidan
qarorlarni qabul qilish tartibi qonun va kooperativning nizomi tomonidan belgilab 
beriladi. 
Kooperativ a‘zolari umumiy majlisining mutloq huquq doirasiga qo‘yidagilar 
kiradi: 

nizomni o‘zgartirish; 


74 

kuzatuv kengashini tashkil qilish va uning a‘zolari vakolatlarini tugatish, 
hamda agar bu huquq nizom bo‘yicha uning kuzatuv kengashiga topshirilmagan 
bo‘lsa, kooperativ ijroiya idoralarini tashkil qilish va vakolatini tugatish; 

kooperativ a‘zoligiga qabul qilish va undan chiqarish; 

kooperativning yillik hisobotlari va buxgalteriya balanslarini tasdiqlash va 
uning foyda va zararlarini taqsimlash; 

kooperativni qayta tashkil qilish va tugatish haqidagi qarorni qabul qilish. 
Ishlab chiqarish kooperativlari haqidagi qonun va kooperativ nizomi 
tomonidan umumiy majlisning mutloq huquq doirasiga yana boshqa masalalarni 
hal qilish ham kiritilishi mumkin. 
Kooperativning umumiy majlisi va kuzatuv kengashining mutloq huquq 
doirasiga kiritilgan masalalar ular tomonidan kooperativning ijroiya idoralariga hal 
qilish uchun topshirilishi mumkin emas. 
Kooperativ a‘zosi umumiy majlis tomonidan qarorlar qabul qilishda bitta 
ovozga ega bo‘ladi. 

Download 5,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish