Denov tadbirkorlik va pedagogika instuti



Download 217,57 Kb.
bet3/5
Sana17.09.2021
Hajmi217,57 Kb.
#177211
1   2   3   4   5
Bog'liq
MUSTAQIL ISH 2020

1-BOB BOShLANG’ICh TA’LIMDA NAFOSAT TARBIYASINI SHAKLLANTIRISHNING ILMIY NAZARIY ASOSLARI 1.1. Boshlang’ich ta’limda nafosat tarbiyasining o’rni mohiyati. Har qanday jamiyat doimo o’z manfaatlaridan kelib chiqqan holda ta’lim tarbiyani amalga oshirib boradi. Bizga ma’lumki, bugungi kunda barkamol avlod tarbiyasi davlat siyosati darajasiga ko’tarilgan. Shuning uchun ham bugungi kunda “Barkamol avlod” dasturini hayotga tadbiq etish orqali yosh avlod tarbiyasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bugungi kunda umumiy o’rta ta’lim muassasalarining ta’lim-tarbiya jaroyonida boshlang’ich sinif o’quvchilarida nafosat tarbiyasini shakillantirishga e’tibor qaratilmoqda. Boshlang’ich sinf o’quvchilarida nafosat tarbiyasini shakillantirishning pedagogik imkoniyatlarini aniqlash, shu bilan birga diologik yo’nalishdagi o’quv fanlarning xususuyatlarini o’rganish orqali boshlang’ich sinf o’quvchilarida nafosat tarbiyasini shakillantirishning ilmiy nazariy va amaliy asoslarini ishlab chiqishning davr talab qiladi. Buni amalga oshirish uchun esa xoxlaysizmi, yo’qmi, oliy ta’limda tahsil olayotgan bo’lajak boshlang’ich sinf o’quvchilari faoliyatiga jiddiy e’tibor berish kerak bo’ladi. Negaki, aynan ular ertangi kunda boshlang’ich sinf o’quvchilariga ta’lim-tarbiya beradi. Shunin uchun ham biz o’zimizning bitiruv malakaviy ishimizda bu muammoni tadqiq etishni maqsad qilib qo’ydik. Talabalarda go’zallik haqidagi mavjud bilimlar hayot voqyeligi, buyumlar,ularning rang-barangligi, turlarini hamda san’at asarlarini estetik o’zlashtirish jarayonida tarkib topgan. Ular tevarak-atrof, hayot, tabiat manzaralari va har xil janrdagi san’at asarlari:grafika, rang tasvir, haykaltaroshlik, amaliy san’at, adabiyot, musiqa asarlari bilan kundalik faoliyatimizda duch kelishadi va ularni o’zgartirib boradi. Nafosat tarbiyasi – yoshlarni voqyelikdagi, san’atdagi, tabiatdagi, ijtimoiy va mehnat munosabatlaridagi, turmushdagi nafosatni idrok qilish orqali, ularda go’zallika ijobiy munosabat uyg’otish va o’zlarining hayot tarziga go’zallikni olib kirishni tarbiyalashdir.[13,14] Yoshlar nafosat–go’zallik to’g’risidagi bilimlarni o’zlarini qurshab turgan tevarak atirofdagi tabiat go’zaligi, oila a’zolarining o’zaro samimiy munosabatlari, beqiyos san’at asarlari va baddiy asarlardan oladi. Nafosat to’g’risidagi bilimlar yoshlarni hatti –harakatlarini, o’quvchilar faoliyatini va tabiat hodisalarini baholashda foydalanadilar. Nafosat tarbiyasining, mazmuniga xalqimizning boy madaniy merosini xalqning nafosatga oid bilimlarini badiiy didini xalqimizning ma’naviyatini, sog’lom turmush tarzini kiritsak bo’ladi. Nafosat tarbiyasi –eng avvalo xar bir yoshda badiiy hissiyot tuyg’ularini,badiiy didni tarbiyalashga qaratiladi. Nafosat tarbiyasi bugungi kunda shuning uchun ham muhimki, u har bir yoshni o’zini nazorat qilishga sa’yi – harakatlarini tartibga solishga odatlantiradi. Did farosat har bir insonning hatti-harakatida, kiyinishida yurish tyrishida, jamiyatga bo’lgan munosabatida, u yoki bu voqyealarga real yondashishda yaqqol ko’zga tashlanadi. Yoshlarni serqirra, atiroflicha ta’sir yetuvchi estetik qadriyatlarga yo’naltirish lozim. Birinchi navbatda milliy qadriyatlar, ona Zamin tabiati, milliy xalq san’ati millatning badiiy madaniyati, tarixiga yo’naltirish kerak. Bu borada asosiy manba sifatida badiiy estetik qadriyatlarni, qadimgi san’at ayniqsa sharq miniatura san’ati, haykaltaroshchilik, hunarmandchilik, musiqa va san’atning boshqa turlari xalqning o’tmishidagi va zamonaviy turmush tarzi; yashash joyi, kiyinish, mehnat qurollari va boshqalar. Milliy san’at tarixiga, yetnografiyasiga, me’morchiligiga va an’anaviy san’at turlariga aloxida ye’tibor zarur. O’quvchilarni tarbiyalash jaroyonid xalq pedagogikasi asoslariga tayanish, sharq mutafakkirlarining dono fikr-mulohazalaridan, shuningdek, umuminsoniy qadriyatlardan foydalanish lozim. Qadriyat – qadr-qimmat ma’nosini anglatib, inson uchun qadrli bo’lgan barcha narsa va hodisalar (predmet va jarayonlar) majmuidir. Qadriyat – voqyelikdagi muayyan hodisalarning umuminsoniy, ijtimoiy axloqiy, ma’daniy –ma’naviy ahamiyatini ko’rsatish uchun qo’llaniladigan tushuncha. Qadriyat kategoriyasi faqat buyum va narsalarning iqtisodiy qiymatini emas, jamiyat va inson uchun biror ahamiyatga ega bo’lgan voqyelikning shakllarini, narsalar, voqyea hodisalar, talab va tartiblarning qadrini ifodalash uchun ishlatiladi. Qadriyatlar ishlab chiqarish sohasidagi faoliyat, insonlar o’rtasidagi munosabatlar uchun foyda keltiradigan narsalar majmuasi sifatida yuzaga kelib, ayrim kishilar ijtimoiy guruhlar harakatini tartibga soladigan ma’naviy hodisaga aylanadi. Muayyan bir elat, milat, xalqning hayoti, turmush tarzi, tili, madaniyati, an’analari o’tmishi va kelajagi bilan bog’liq qadriyatlar milliy qadriyatlar hisoblanadi. Milliy qadriyatlar – murakkab ijtimoiy – ruhiy hodisa bo’lib, millatning tili, madaniyati, tarixi, urf-odatlari, an’analarini, jamiyki moddiy va ma’naviy, boyliklarni, iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy hayotining barcha tomonlaridir. -Haykaltaroshlik – Xunarmandchilik – Turmush – Turmush tarzi – shaxs, ijtimoiy gurux, elat, millat, xalqning kundalik hayotini ifodalovchi tushuncha. Turmush tarziga turli jixatlar: falsafiy, sosiologik, ijtimoiy nuqtaiy nazardan yondashiladi. Shaxs, ijtimoiy gurux turmush tarzi muayyan davr shart-sharoitlarining butun majmuasi bilan belgilanadi. Turmush tarzi ijtimoiy kategoriya. U turmush darajasi deb ataladigan iqtisodiy kategoriyaga nisbatan kengdir. Turmush darajasi, asosan, miqdor ko’rsatkichiga ega bo’lsa, turmush tarzining mohiyati, mazmuni va namoyon bo’lish shakllari ko’p xolatda kishilarning hayot kechirishi, mexnati, sog’ligi va hatto xulq atvori bilan ifodalanadi. Muayyan elat, millat va xalqning turmush tarzi ularning yashash joylari bilan bog’liq holda shakllanib boradi. O’zbek xalqi o’z hayot faoliyatida kamtarlik, kattalarga hurmat, mehnatsevarlik, bag’ri kenglik, sofdillik kabi axloqiy xislatlarga alohida e’tibor beradi. O’zbek xalqidagi bunday fazilatlar ilmiy urf-odat va an’analarda, kundalik hayot tarzi va millatlararo munosabatlarda aks etgan. Xalqimiz hayotida odob-axloq me’yorlari asosidagi rasm-rusmlar, an’analar va odatlarning ahamiyati beqiyosdir. O’zbek xalqi azaldan jamoa bo’lib yashab, mahalla, qo’shnichilik udumiga qat’iy rioya qilgan. Oilada tug’ilgan har bir go’dakka yaxshi niyat bilan ism qo’yilgan, savodini chiqarish uchun uni ustozmuallim qo’liga topshirilgan. Farzandlarni hunarli va uy joyli qilish ota-onalar faoliyatining eng muhim saxifasiga aylangan.odamlarning, xususan, yoshlarning yurish-turishi, ular amal qiladigan tamoyillar hamisha jamoa nazarida bo’ladi. Bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarini nafosat tarbiyasi bilan bog’liq jarayonlar alohida qayd etiladi. Ta’lim – shaxsning jismoniy va ma’naviy kamol topish jarayoni uning ongli ravishda ayrim ibratli faoliyatlarga yo’nalishi va tarixan maydonga kelib, ijtimoiy namuna bo’lishga har tomonlama barkamollikka intilish jarayoni tushuniladi. Ta’lim butun jamiyat va shaxslar hayotining ajralmas jihati sifatida namoyon bo’ladi. Ta’lim – ta’lim oluvchiga maxsus tayyorlangan mutaxassislar yordamida bilim berish va ulardagi ko’nikma hamda malakalarni shakllantirish jarayoni bo’lib, kishining shaxs sifatida hayotga va mehnatga ongli ravishda tayyorlash vositasi. Ta’limning boshlang’ich (dastlabki) vazifasi ta’lim oluvchini o’qitishdan iborat. Shuning bilan birga oila, ishlab chiqarish va boshqa sohalarga ma’lumot berish vazifasini bajaradi. Tarbiya – inson shaxsi ma’naviy qiyofasini shakllantirishga qaratilgan say – harakatlar tizimidir. Tarbiya – keng ma’noda u yoki bu sifatlarning yoki ijtimoiy guruhlarning maqsadlariga muvofiq odamlarning yangi avlodlariga avval avlodlarning ijtimoiy – tarixiy tajribasini uzatish vositasi bilan jamiyatning rivojlanishini ta’minlovchi vazifasi. Tarbiyalashning tor ma’nosi – ijtimoiy institutlar doirasida va ta’sirida ijtimoiy amaliyotning har bir doirasidagi hayotiy faoliyatiga, ijtimoiy vazifalarni va rollarni bajarishga tayyorlash maqsadida shaxsni ongli, maqsadga yo’naltirilgan, muntazam shakllantirish jarayoni. Tarbiyalash ijtimoiylashtirishning asosiy halqasi bo’lib, o’qitish bilan uzviy ravishda bog’liqdir hamda ta’lim tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi. Tarbiya – ma’naviy manbalar va hozirgi zamon talablari va ehtiyojlarini nazarda tutgan holda o’qituvchining o’quvchi bilan aniq bir maqsadga qaratilgan o’zaro ommaviy va nazariy muloqotidir. Ong – kishining fikrlash qobiliyati yoki insonning ijtimoiy hayotni tushunish, sezish va unga bo’lgan shaxsiy munosabati. Ong – tafakkur markazi, unda fikr va ma’lumotlar jamlanadi. Ongda qalbdagi e’tiqod asosida dunyoqarash shakllanadi. Dunyoqarashi mustahkam odamni esa yengib bo’lmaydi. Ong – psixik faoliyatning oliy shakli. Ong biologik va itjtimoiy taraqqiyot mahsulidir. Ong insonning fikr va hislari, sezgilari, tasavvurlari irodasi va qarashlaridan tashkil topadi. O’z-o’zini anglash, xotira, iroda nutq ongning asosiy jihatlaridir. Hozirgi zamonda murakkab ijodiy jarayonlarni amalga oshiruvchi elektron mashinalar yaratilgan, lekin ular ongning o’rnini bosa olmaydi, chunki, ong o’ta murakkab obyektiv mavjudlikdir. Fikr – biror narsa, kimsa haqidagi o’y-hayol. G’oya bilan fikr bir-biridan farq qiladi. Fikr shaxsiy munosabatlarni ifodalaydi. G’oya ijtimoiy munosabatni aks ettiradi. Shuning uchun ham g’oya tafakkur mahsuli, ijtimoiy qimmatga ega bo’lgan fikrdir. Fikrlash – tahlil va sintez qilish, taqqoslash, abstraksiyalash, umumlashtirish va xulosa qilish singari xayoliy harakatlar (operasiyalar) orqali amalga oshiriluvchi aqliy faoliyatdir. Fikrlash – bu biror xulosaga kelish uchun narsa, hodisalarni taqqoslamoq, o’ylamoq, mulohaza qilmoq, razm solmoq. G’oya - inson tafakkurida vujudga keladigan, jamiyat va odamlarni maqsad sari yetaklaydigan fikr. Unda olamni bilish va o’zgartirish maqsadlari, ularga erishish yo’llari va vositalari mujassam bo’ladi. G’oya – inson tafakkuri mahsuli, tashqi olam, obyektiv voqyelik hodisalarini fikrda aks ettirish shakli. G’oya (yunoncha “idea”) – birinchi manzara, dastlabki –obyektiv borliq, mavjudlikning inson fikrida aks etish shakli. G’oyalar asosan ikki yo’nalishda namoyon bo’ladi. Ular: Bunyodkor g’oyalar va buzg’unchi g’oyalar. Nafosat tarbiyaning vositalari ta’lim-tarbiya jarayonida muhim ahamiyat kasb etadi. Bular: tevarak – atirof; turmush; tabiat; san’at; xalq amaliy san’ati; badiiy asarlar; tasviriy san’at; musiqa; qalb go’zalligi; oila a’zolarining o’zaro munosabatlari; uyning jihozlari; jixozlarning uyg’unligi; saranjom-sarishtalik; maktabning sinfning bezatilishi; kiyinish madaniyati; yaxshi xulq, yurish san’ati; saronjom sayi-harakatlar: bizga ma’lumki, tabiat eng muhim yestetik tarbiya vositasi hisoblanadi. Tabiat bilan oshno bo’lishga o’rgatish, diqqatini tabiat go’zalligiga qaratish, tabiat go’zalligini his qilish; uni ko’rish, atrofni ko’klamzorlashtirish, gul, ko’chatlari ekish; tabiatni asrashga o’rgatish – ularda tabiatga nafis munosabatda bo’lishni tarbiyalaydi. Talabalarda nafosat tarbiyasini amalga oshirishda san’atga e’tibor berish kerak: - musiqa; - rasm; - naqsh; - o’ymakorlik; - haykaltarosh; - sahna madaniyati; - ashulla; - qo’shiq; - notiqlik; Odatda insoniyat tarixining burilish nuqtalarida, jamyat va inson hayoti tubdan o’zgarayotgan pallada beixtiyor o’quvchi o’z tarixiga, qadimiy ma’naviy va madaniy yodgorliklarni o’rganishga yehtiyoj sezadi. Unga tayanadi, undan madad izlaydi. Zotan, inson mavjudot sifatida keskin yangilanishlar,tub o’zgarishlar jarayonida o’zligini anglashga, o’zligini tushunishga, inson sifatidagi nuqsonu 12 fazilatlarini, yaxlit qiyofasini ko’z oldiga keltirishga majbur bo’ladi. Shundan kelib chiqqan holda, nafosat tarbiyasi bilan bog’liq bo’lgan say’i-harakatlar amalga oshiriladi. U ehtiyojlardan kelib chiqadi. Ehtiyoj – faoliyat, shu jumladan idrok yetish faoliyati shart – sharoiti va natijasidir. Bu fikrlash, sezgi va irodaga ta’sir ko’rsatuvchi shaxsning ma’lum holati. Tarbiyaga, shaxs qanchalik madaniyatga egaligi, ayniqsa ma’naviy madaniyatga bog’liq bo’ladi. Ehtiyojni qoniqtirish jaroyonida faoliyatning aniq shakli va ma’lum harakatlari zarur bo’ladi. Yani ehtiyojlar qoniqtirilganda yangisi paydo bo’ladi. Uni qoniqtirish jarayoni ham maqsadga intilishni talab yetadi. Ehtiyoj – shaxsning faolligi manbai. Ehtiyoj subyektiv bo’lgani uchun uning mazmuni, yo’nalganligi individual, lekin obyektiv bo’ladi. Ehtiyoj motivlarda namayon bo’ladi (istaklari, taassurotlari). Qiziqishlarda shaxsni ma’lum faoliyatga chorlaydi. Ba’zida motivlar tizimi ehtiyojga qaraganda muayyan belgilarga boy bo’lib qoladi(motivlar tizimida belgilar ancha harakatchan va uning mohiyatini tashkil yetadi). Ehtiyojni tarbiyalash – shaxsni shakllantirishda markaziy masala. I.A.Karimovning bir qator asar va risolalarida o’quvchi yoshlarni “estetik boy dunyoqarashga” ega qilib shakllantirish zarurliguga e’tiborni qaratish, bu muammo ijtimoiy ahamiyatga ega ekanligi alohida qayd etilgan. Ehtiyoj ”qiziqish” kategoriyasi (idrok yetish), istak, intilish, afzalliklar, tanlovi, o’z bilimlari bilan o’rtoqlashishga intilish, yerkin faoliyat bilan uzviy bog’liqdir. Shuning uchun yestetik yehtiyoj nafosat tuyg’ulariga barqaror idrok yetish qiziqishi bilan o’zaro, u mana shu yehtiyojni shakllantirish jarayonini faollashtiradi. Estetik ehtiyoj - “Birinchi navbatda estetik boshlanish yeng kuchli ko’rinishda ifoda etilgan badiiy faoliyatda, turli faoliyat turlarida estetikani o’zlashtirish va yaratish dastlabki holatlarda insoning estetik xususiyatlarda namoyon bo’ladi”. Demak, dunyoni ijodiy idrok yetishga, go’zallik qonunlari bo’yicha yashash va ijod qilishga intilishga turtkidir. Bu faqatgina estetik, nafosat tuyg’ularidan manfatdorlik yemas, balki rassom yestetik boshlanishini yeng kuchli ko`rsatib bergan san’at asarlari bilan “muloqot”qilishga yehtiyoj hamdir. Mana shunday yehtiyojda shaxsning yestetik madaniyati shakllantiriladi. Ushbu yehtiyoj – estetik ongning dastlabki tarkibiy qismi bo`lib, estetik sezgi bilan bog`liq, estetik didi va ideallarning shakllanishiga ta`sir ko`rsatadi, estetik baholari va qadryatli yo`nalishlarda aks etadi. Mazkur mustaqil ishi mohiyatidan kelib chiqib unga taluqli bo’lgan tushunchalar to’g’risida keyingi qismda to’xtalib o’tamiz. 1.2. Yoshlarda nafosat tarbiyasini shakllantirishga oid nazariy tushunchalar O’sib, ulg’ayib kelayotgan yosh avlodni go’zal xulq atvorda tarbiyalash bugungi kunda ham o’z dolzarbligini yo’qotgan emas. Yoshlarda nafosat tarbiyasini shakllantirishdagi birinchi omil bu ulardagi ehtiyojning paydo bo’lishi bilan izohlanadi. Ya’ni, estetik ehtiyojning yoshlarjda paydo bo’lishi. Estetik yehtiyoj – estetik badiiy ta`sirlanishga, nafosat tuyg`ularini o`zlashtirishga ma`naviy, yuksak badiiy asarda jamlangan go`zallikdan rohatlanishga talab. U insonga, uning tabiatga xosdir va bu yehtiyojni rivojlantirish zarur. Bunga yerishish uchun, bir yehtiyojni qondirib, ikkinchisini yaratib, uni faol ribojlantirib, boyitib borishi talab qilinadi. Estetik yehtiyoj anglab yetilmagan (ko’proq yemosional) shakllarda namoyon bo’lishi mumkin. Har doim yemosional omilga bog`liq bo`ladi(haqiqiy go’zallik ta’siriga bog’liq). Estetik ehtiyoj – ma’naviylik ko’rsatkichi, “itimoiy yestetik yehtiyojlar vaular bilan tipologik mos keladigan badiiy yehtiyojlar … jamiyatning yesttuk va badiiy rivojlanishini… yo’naltiradigan qadryatli “kuchlar maydonini” asosini tashkil yetishini”alohida takidlab o’tish kerak. Estetik ong – estetik ideal nuqtainazaridan borliqni, uning bahosini aks yettiruvchi ijtimoiy ong shakllaridan biri. Estetuk ongning komponentlari: estetik sezgi, kuzatish, mushohada qilish, idrok yetish, mulohaza qilish, qadryatlar, qarashlar, did, ideal va albatta – go’zal deb tan olingan ongning estetik bo’lmagan shakli; haqiqat,burch, adolat va boshqalar, ular estetik ahamiyatga ega bo’ladi. Ushbu tadqiqot uchun estetik ongning quyidagicha talqinini shakllantiramiz: Estetik ong yoshlarning nafosat tuyg’lariga qiziqishlarini faollashtirish jarayonida shakllantiriladigan yestetik yehtiyoj sifatida – tasviriy san`at buyuk asarlarning badiiy – estetik qimmatni anglab yetish va aks yettirish oliy darajasi; Jahon va milliy yestetik – to`laqonli va yuksak badiiy asarlariga anglab yetilgan estetik munosabat, ularning ma`lum shaxsiy ahamiyatliligi va mazmunga yega bo`lishi; Azal – azaldan ota-bobolarimiz o’z farzandlarini aqlli, farosatli, hayoli, iboli, oriyatli, irodali, baquvvat, mard va nafosatli qilib tarbiyalashga qayg’urib kelganlar. Ota-ona obro’si o’z farzandlari uchun ibrat – namuna o’chog’i bo’lmog’i lozim, chunki ibrat–namuna – bu hayot dorilfununidir. Ota-onalar farzandlari oldidagi obro’yiga farzandlariga nisbatan yuksak talabchanlik, ularga va ularning qiziqishlariga hurmati tufayli erishadi, chunki odobsizlik, bolaning ichki dunyosiga muntazam ravishdagi qo’pollik bilan aralashish – og’ir yovuzlikdir. Demak, har bir ota-onada pedagogik ichki hissiyot mavjud. Ulardan har kim har xil yo’ldan foydalanib farzandlarini tarbiyalaydilar. Bu borada estetik tarbiya eng samarali yo’llardan biridir. Oilada ham, mahallada ham, tanishlar orasida ham estetik tarbiya muhim ahamiyat kasb etadi. Shu sababli ham el e’zozidagi va xalq e’tiboridagi shaxslarni ibrat – namuna qilib ko’rsatish tarbiya samaradorligini oshirishga muhim g’oyaviy asosdir. Estetik tarbiyaning asosiy tushunchalaridan biri go’zallik kategoriyasidir. Uning ma’nosini talaba – yoshlarga tushuntirish ham mazkur tarbiyaning hayotiyligini ta’minlashga katta yordam beradi. Shu sababli go’zallik tushunchasining mazmun – mohiyatini ochib berishga quyidagicha yondashuvlar qilishni maqsadga muvofiq deb topdik: • go’zallik – bu kishining qalbi go’zalligi; • go’zallik – bu kishining istarasi issiqligi; • go’zallik – bu kishining go’zal xulq egasi bo’lishi; • “go’zallik – bu bamisoli daraxt yaprog’i – axloq, ildizi – ichki dunyo, mevasi – yaxshi fazilat. Xullas, odam bolasidagi go’zallik – tabiat ato qilgan husn – jamolidan tashqari, yana eng yaxshi xulq – atvorni, insondagi eng yaxshi fazilatlarni o’z ichiga olgan odamiylikdan iborat” (Mirzakalon Ismoiliy). Demak, estetik tarbiya nafosat tarbiyasi ham, odamiylik tarbiyasi ham, to’la – to’kis ahamiyatga ega bo’lgan go’zallik tarbiyasi ham ekan. Shu sababli ham talaba – yoshlarni estetik ruhda tarbiyalash g’oyat murakkab, ko’p qirrali dinamik jarayon bo’lib, uning yordamida barkamol shaxs tarbiyasi jarayonini olib borishning optimal variantlarini qo’lga kiritish mumkin. Respublikamizda estetik tarbiyani amalga oshirishning hamma imkoniyatlari mavjud. Ularni oilada, mahallada, o’quv yurtlarida amalga oshirish bilan birga, darsdan tashqari mashg’ulotlarda, muzeylarda, teatrlarda, kutubxonalarda, klublarda, kinoteatrlarda, takrorlanmas o’tmish obidalarida va shu kabilarda ham estetik tarbiyani amalga oshirish mumkin va bular barkamol avlodni estetik ruhda shakllantirish va kamol toptirishda yordam beradigan asosiy vositalardir. Bu borada talaba – yoshlarni o’z qilgan ishlaridan estetik zavq olishga o’rgatish estetik tarbiyaning mohiyatini yanada kengroq yoritishning asosi hisoblanadi. “Estetik tarbiya’’ – o’quvchilarni voqyelikdagi, san’atdagi, tabiatdagi, kishilarning ijtimoiy va mehnat munosabatlaridagi, turmushdagi go’zallikni idrok qilish hamda to’g’ri tushunishga o’rgatish, ularning badiiy didini o’stirish, go’zallikka muhabbat uyg’otish va hayotiga go’zallikni olib kirish qobiliyatlarini tarbiyalashdir” . “Estetik ta’lim – tarbiya – insonda zavq uyg’otuvchi va uni harakat, shijoat va qahramonliklarga undovchi barcha turdagi ko’rinishlar, holatlar, hodisalar va badiiy–estetik tafakkurni shakllantirish” . Demak, estetik tarbiyalash keng qamrovli faoliyat turlaridan iborat bo’lib, unda tabiat va jamiyatdagi narsa va hodisalarga bo’lgan munosabatlarda natijalar yaqqol sezilar ekan. Bu tarbiya turi mehnatdagi (aqliy yoki jismoniy) go’zalliklarni ideal nuqtai nazaridan idrok etishga, shuningdek estetik faoliyatga, voqyelikni go’zallik qonun – qoidalari asosida o’zgartirishga qodir shaxsni tarbiyalashga qaratilgandir. Bular orqali kishilar estetik jihatdan yuksaklikka intilib boradi. Bunda estetik tarbiyani musiqiy, axloqiy va aqliy tarbiyalar mushtarakligida olib borilsa kishida estetik yuksalish yuzaga keladi. “Estetik’’ rivojlantirish – bu shaxsning estetik ongi, munosabatlari va estetik faoliyatining vujudga kelishi hamda takomillashuvidan iborat uzoq davom etadigan jarayondir. Bu jarayon yosh va ijtimoiy omillar bilan belgilanadigan turli darajalarga egadir. U shaxsning jamiyat estetik madaniyatini egallab olishga bog’liq bo’lib, turli yo’llar va shakllar yordamida amalga oshiriladi. U jamiyat estetik madaniyatini turli ma’naviy va moddiy ko’rinishlarda tushunib olishni ta’minlaydi” . Talaba – yoshlar estetik tarbiyasining mazmuni asosan: • estetikaga qiziqish va ehtiyojning mavjudligi; • estetik jihatdan bilimdonlik; • estetik ko’nikma va malakalarning shakllanganligi; • estetik his – tuyg’uning mukammalligi; • o’z mehnatidan zavq ola bilish va natijani baholay olish qobiliyatlarining hissiyot va qobiliyatlarining mavjudligi; • go’zallikka intilish va didlarni tarbiyalashga erisha olishlik kabi insoniy xislatlar majmualaridan iboratdir. Estetik tarbiyaning asosiy maqsadi talaba – yoshlarda ma’naviy jihatdan go’zallikni his qilishni tarbiyalash, yuksak estetik didni va san’at asarlarini sevishni shakllantirish, tarix va me’moriy yodgorliklarga nisbatan hurmatni uyg’otish, jonajon tabiatimizga ongli munosabatda bo’lishga oid tasavvurlarni yuksaltirish, tabiat va jamiyat boyliklarini qadrlay bilish ko’nikma va malakalarini hosil qilish kabi insoniy fazilatlarni tarbiyalashdan iboratdir. Estetik tarbiyaning asosiy maqsadidan kelib chiqqan holda shuni qayd etish mumkinki, uning yordamida yosh avlodni Vatanimiz va jahon badiiy madaniyatining eng yaxshi namunalaridan zavqlangan holdagi ijtimoiy faol shaxsni tarbiyalashga erishish lozim bo’lar ekan. Bu borada estetik zavqlanish kishining ongli – intizomli va madaniyatli yashashining asoslaridan birini tashkil etadi. Bunga sabab u o’z mehnati natijalaridan ilhomlanib, zavqlanib yanada jo’sh urib mehnat qilishga kirishib ketadi. Bu esa insonni ulug’laydi, hamda uning turmush sharoitini ham ma’naviy jihatdan, ham moddiy jihatdan bezaydi. Demak, estetik tarbiya yosh avlodning, ya’ni talaba – yoshlarning badiiy – ijodiy qobiliyatlarini yuksaltirishga qaratilgan bo’ladi. Estetik tarbiyaning vazifalari uning asosiy maqsadini amalga oshirishdan iborat bo’ladi. Bunda mustaqil Respublikamizdagi ta’lim – tarbiyani isloh qilish borasidagi sa’y – harakatlar ham e’tiborga olinmog’i lozim. Umuman olganda, pedagogikada estetik tarbiya vazifalarini belgilashda umumiy tarbiya maqsadlari va talaba – yoshlarning yosh xususiyatlari alohida hisobga olinishi kerak, chunki bu borada ma’naviy dunyoqarashga e’tibor bermaslik mumkin emas. Estetik tarbiyani oliy o’quv yurtlarida quyidagi yo’nalishlarda olib borgan ma’qul va bu har bir yo’nalish estetik tarbiyaning asosiy maqsadini hal qilishdagi vazifalardan iboratdir: • talaba – yoshlardagi estetik tarbiyaga ehtiyojni aniqlash. Bunda ularning ma’naviy jihatdan go’zallikni his qilishi; estetik ong va did, estetik mulohaza va qiziqishlarning borligi; talaba – yoshlarning o’z estetik didini yuksaltirilishini yoqtirishi; milliy – ma’naviy qadriyatlarga hurmati borligi; jonajon Vataniga, otaonasiga va o’rtoqlariga hurmat hissi borligi va shu kabilar aniqlanadi; Estetik ehtiyoj, deb insonning atrofimizdagi olamni estetik jihatdan o’rganib, bilib olishiga, uning badiiy faoliyatining muayyan bir turiga yoki yo’nalishiga undovchi aniq jihatlar majmuiga aytiladi. • talaba – yoshlardagi estetik moyillikni aniqlash. Bular talaba – yoshlardagi estetik hayajon, estetik mulohaza, estetik munosabat, badiiy va estetik did, estetik qiziqish, estetik tuyg’u, estetik idrok va estetik baho kabi ijobiy xislatlar haqidagi bilim, ko’nikma va malakalarning borligi orqali aniqlanadi. • estetik ongning shakllanganligini aniqlash. Bunda estetik tarbiya ijtimoiy voqyelik, tabiat, san’atga nisbatan bevosita muloqat jarayonida shakllangan fikr, g’oya, qarash, nazariya va ta’limotlarning badiiy ta’lim va tarbiyaning natijasida hosil bo’lishligiga e’tibor berish muhim ahamiyat kasb etadi. Estetik ongning asosini esa estetik idrok tashkil etadi va u insonning go’zallik bilan uchrashganida paydo bo’ladi hamda uning aniq maqsadga yo’naltirilganligi bilan ham xarakterlanadi. Estetik ongning shakllantirilishi bilan talaba – yoshlarda go’zallik va xunuklik, saxiylik va baxillik, xushfe’llik va qo’pollik, xursandchilik va xafalik, shodlik va qayg’u, najot va falokat kabi juftliklarning mazmun – mohiyatlarini to’g’ri anglashni tarbiyalashga erishiladi. Bu orqali talaba – yoshlarda tevarak – atrofga nisbatan to’g’ri ongli munosabat va go’zallikni tushunish shakllanadi; • talaba – yoshlar ongida estetik tarbiya kategoriyalarining mazmun – mohiyati haqidagi bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirish. Bunga talaba – yoshlar ongiga estetik madaniyat, madaniy meros, shaxs estetik madaniyati, estetik ong, estetik idrok, estetik bahs, estetik ideal, estetik qiziqish, estetik bilim, estetik moyillik, estetik did, estetik hissiyot, estetik mulohaza, estetik ehtiyoj, estetik munosabatlar, estetik faoliyat kabi kategoriyalar mazmun – mohiyati haqidagi bilim, ko’nikma va malakalarni singdirish yordamida erishiladi; • ilmiy dunyoqarashning ma’naviy qiyofasini shakllantirish. Bunda hayotni bilib borishga, nafosatni tushunishga, insonning butun qiyofasini, ya’ni uning his – tuyg’ularini va estetik irodasini mustahkamlashga e’tibor berish lozim; • estetik tarbiyani milliy – ma’naviy qadriyatlar asosida tashkil etish. Bunda o’zbek xalqining o’tmishdan bizga qoldirgan ma’naviy meroslariga e’tiborni kuchaytirish kerak. Ayniqsa, qomusiy olimlar, hadis ilmi sohiblari, shoirlar, yozuvchilar, tarixchilar, davlat arboblari, xalq qahramonlarini hayoti va faoliyatidagi estetikaga oid materiallar estetik tarbiyani asosli ravishda olib borishga keng imkoniyatlar yaratadi; • talaba – yoshlarni estetik faoliyatga tayyorlash. Bunda estetik faoliyat bilim, ko’nikma va malakalar kabi ijobiy qobiliyatlar mavjudligi bilan xarakterlanishini esdan chiqarmaslik kerak. Shuning bilan birga ushbu jarayonga jamoaviy jarayon deb qarash maqsadga muvofiq bo’ladi. Bunga sabab, bunday o’rgatish guruh vazifalarini amalga oshirish jarayonida o’qituvchilarni faol estetik va badiiy faoliyatga jalb qiladi, ularda estetik va badiiy idrokni rivojlantiradi. • estetik va badiiy – ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish. Bunda o’zbek xalqining o’tmishdagi boy milliy – ma’naviy merosiga, xususan badiiy boyliklarga va san’atiga egaligi muhim didaktik asos bo’ladi va o’qituvchidan har bir bolada umumiy va individual badiiy – ijodiy qobiliyatlarning rivojlanishini, hissiy hozirjavoblik qobiliyatini hamda fazoviy tafakkurni yuksaltirishni hisobga olib pedagogik faoliyatni yuritishini talab etadi. Estetik tarbiyaning maqsad va vazifalarini to’la – to’kis ravishda hal etilishi talaba – yoshlardagi tashabbuskorlik, ijodkorlik, san’atkorlik, yaxshilikka intiluvchanlik, kelajakni oldindan ko’ra bilishlik, qadriyatlarni ulug’lovchi, orzu qila bilishlik, ma’naviy yuksaklik, ma’rifatlilik, madaniyatlilik kabi ijobiy xislatlarni o’zida mujassam qilgan ijtimoiy faol shaxsni tarbiyalash kabi xayrli ishlarni bajarishga keng imkoniyatlar yaratadi. Estetik tarbiyani samarali amalga oshirishda quyidagilar asosiy vositalar hisoblanadi: muzeylar, teatrlar, kutubxonalar, klublar, kinoteatrlar, galeriyalar, o’tmish obidalari, tarixiy me’morchilik yodgorliklari, san’at asarlari va tarixiy madaniy joylar va hayot tarzimizdagi borlig’imiz hamda ulardagi go’zalliklar talaba – yoshlarimizni estetik ruhda tarbiyalashga asos bo’ladi. Bular barkamol avlodni estetik ruhda tarbiyalash va kamol toptirishga estetik – didaktik asoslar vazifasini ham bajaradi. Bunga sabab mehnatdan estetik zavqlanish kishidagi mehnat ilhomini yanada jo’sh urdiradi, insonni ulug’laydi va uning turmush sharoitini bezaydi. Bu bilan talaba – yoshlarni Vatanimiz va jahon badiiy madaniyatining eng yaxshi namunalaridan zavq olib, estetik tarbiyalashni samarali amalga oshirish mumkin. Estetik tarbiya vositalari – talaba – yoshlarni estetik tarbiyalash maqsadida tevarak atrofdagi tanlab olingan turmush, tabiat, san’at estetikasi va yoshlarning badiiy ijodi namunalari hamda yuqorida qayd etilgan vositalar majmuasidan iboratdir. Bunda san’at asarlari va turlari, xususan, musiqa faoliyatiga doir ijrochilik, qo’shiq, musiqaviy boshqa harakatlar, tasviriy san’at asarlari, musiqa va rasm darslarida pedagog o’qituvchilarda mustaqil izlanish, ijod qilishga doir ko’nikmalari muhim ahamiyat kasb etadi. Ma’lumki, oila nafaqat tarbiyaning dastlabki o’chog’i, balki go’zallikning dastlabki maktabi hamdir. Bunda oila a’zolarining o’zaro munosabatlaridagi go’zal va mazmunli muloqat, uy jihozlarining tartibli, mazmuni chiroyli qilib joylashtirilishi, oiladagi saranjom – sarishtalik va boshqa uyning barcha narsalarining estetik did bilan joylashtirilishi estetik tarbiyalashga asosiy vositalar hamdir. Bunday vositalar o’quvchining maktabdagi va keyingi boshqa o’quv muassasalaridagi estetik tarbiyalanishida asosiy poydevorlardir. Bu jarayon maktablarda sinf xonalari, karidorlar, fan kabinetlari, to’garak xonalarini jihozlashda yana davom ettirilib, ular asosida yodgorlik va a’lochilar burchaklarini tashkil etish davomida yanada rivojlantiriladi. Bularning barchasi bolalarning estetik didini yuksaltirishga ijobiy ta’sir etadi va bular oliy o’quv yurtlarida davom ettiriladi. Bu borada turmush tarzimizdagi estetika ham muhimdir. Yuqorida ta’kidlaganimizdek estetik tarbiya ham oiladan boshlangani ma’qul bo’ladi. Bunda oiladagi tartiblilik, intizomlilik, tozalik, ozodalik, narsalarni joy – joyiga qo’ya bilishlik, bezash ishlarini olib borishda estetik didni ishga solish kabi estetik tarbiya kategoriyalari muhim ahamiyat kasb etadi. Pirovard natijada talaba – yoshlar o’z o’quv xonalaridagi tozalikni saqlanishi, jonli burchaklarning tashkil etilishi, talaba – yoshlarning ijodiy ishlarining ko’rgazmasini tashkil qilinishi, a’lochilar fskasini tayyorlash va shu kabi badiiy – estetik sa’y – harakatlarni muvafaqqiyatli bajaradilar. Bulardan tashqari san’at va san’at asarlari ham asosiy tarbiya vositalaridan hisoblanadi. Bunda san’atning turli yo’nalishlari va janrlari yordamida talaba – yoshlarning badiiy – ijodiy qobiliyatlari rivojlantirilib borilishiga erishiladi. Auditoriyadagi ta’lim – tarbiya jarayonida turli fanlarni o’rganishda va auditoriyadan tashqari mashg’ulotlarda (kechalar, suhbatlar, ko’rgazmalar, muzey va teatrlarga ommaviy ravishda borish, rasmlar galereyasiga borish, san’at yodgorliklari, rassom va me’morlar hamda haykaltaroshlar ustaxonalariga sayohat uyushtirish, amaliy san’at to’garaklariga qatnashish, tanlovlar o’tkazishni tashkil etish va shu kabilar talaba – yoshlarning estetik tarbiyasida asosiy vositalar bo’lishi bilan birga muhim yo’nalishlar hamdir. Shuning bilan birga talaba – yoshlarga estetik tarbiya berishda ashula, musiqa, badiiy chiqishlar, ommaviy – tarbiyaviy tadbirlar uyushtirish ham ijobiy – pedagogik samaralarni beradi va ularning estetik didini o’stiradi. Ma’naviy – estetik tarbiyani olib borishda yuqorida qayd etilgan vositalar, maqsad va vazifalarni uyg’un holatda olib borgan ma’qul. Bu orqali ma’naviy – kasbiy yetuk, estetik didi yuksak barkamol avlodni shakllantirishga erishiladi.



II-BOB. TALABALARDA NAFOSAT TARBIYASINI ShAKLLANTIRISh TEXNOLOGIYaSI 2.1. Boshlang’ich cinf o’qituvchilarida nafosat tarbiyasini shakllantirishning shakl va vositalari. Boshlang’ich sinf o’qituvchilarini ya’ni talabalarni nafosat bilan, go’zallik bilan oshno qildirishda bizning milliy tarbiyamizning o’ziga xos yutuqli tomonlari bor. Milliy tarbiyani talabalarga singdirish kerak. Chunki o’qituvchi o’z halqi va ma’naviy hamda ahloqiy qadryatlining faol targ’ibotchisidir. Asrlar davomida shakllangan ilmiy – madaniy, badiiy estetik qadryatlar o’qituvchi orqali yosh avlodga yetkaziladi. Har – bir dars mashg’ulotlarida har bir o’quvchi nafosat tuyg’ularini o’zlarida tarkib toptirishga harakat qilishadi. Voqyelikni estetik ifodalashning o’ziga xos shakli bo’lgan badiiy asarlar jamiyatni ko’rsatuvchi ijtimoiy hodisa bo’libgina qolmay, balki o’sib kelayotgan yosh avlodni estetik ruhda tarbiyalashning eng samarali vositalaridan biri hisoblanadi. Bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarini badiiy asarlar orqali go’zal xulq egasi qilib tarbiyalashda, badiiy asarlarning o’ziga xos ta’sir kuchi bor. Baddiy asarlarni yuksak ma’naviy did bilan mushohada qilishga odatlantirishda: - diqqatni bir joyga to’plash; - asarni idrok qilish; - qahramonlarni anglab yetish; - tabiat bilan uyg’unlikni va undan ko’zlangan maqsadni tushunish; - voqyealar rivojini tahlil qila olishda, albatda asardagi har bir detalga yuksak ma’naviy did bilan yondashish kerak. Badiiy asar qahramonlaridagi go’zal nafis holatlar, tuyg’ular, mulohazalar, e’tirozlar, fikrlarni talablar o’z hayotlarida sinab, o’zlarining yashash tarzlarida ozod tushunchaga aylantirish kerak. Negaki nafis harakatlar, aynan o’quvchini tarbiyalashga yo’naltirilgan. Badiiy asarlardagi nafis harakatlar o’quvchini loqayd qildirmaydi, uning eng ezgu fikr va tuyg’ularni qo’zg’atadi, o’z – o’zini axloqiy jixatdan tarbiyalashga, ma’naviy fikir yuritishga undaydi. O’quvchi o’zining go’zallik sifatlarini ijodkorning g’oyaviy – siyosiy, ahloqiy estetik tasavvurlari bilan solishtiradi, taqqoslaydi, tahlil etadi. Bunday munosabat esa, uning qalbida badiy asar voqyealarini, qahramonlar taqdirini chuqur his etish, emosional boshdan kechirish, ma’lum konflektlariga nisbatan o’zining ahloqiy pazisiyasini tanlab olishga o’rgatadi. Buning uchun esa talabalar ko’proq badiy asarlarni o’qishlari shart. Ertangi kundagi faoliyatida ishni nafosat bilan bajarishlarida qo’l keladi. Badiiy asarlarni ifodali o’qish muhim ahamiyat kasb etadi. Ifodali o’qish asar mazmunini ochib beradi.uning ta’sirida vujudga keladigan emosional his – tuyg’ular go’zallikka xizmat qiladi. Shuning uchun ham talabalarga o’quvchilar bilan badiy asarlar ustida ishlashni o’rgatish zarur. Unda; - badiiy asarlarni; -badiiy asarning mazmunini o’zlashtirish; - badiiy asar mazmunini hayoti bilan bog’lash; - badiiy asar qahramoning fazilatlarini ko’rsatib berish; - o’quvchilarni go’zallik sari undash o’z samarasini beradi. Badiiy asar o’quvchilarda, talabalarda ma’naviyatida badiy nafosat olamiga bo’lgan ehtiyojlarini o’stiradi. Nafosat tarbiyasi – hissiyotning shakllanishi va rivoji, shuningdek shaxs tarbiyasning ajralmas qismi bo’lgan go’zallik qonunlari asosida yashash va yaratishga intilishdir. Talabalarga boshlang’ich ta’lim o’quv rejasi asosida o’tiladigan har bir fanni o’qitishda, uning go’zal, nafosatli qirralarini tarbiya bilan bog’lash kerak. Ta’lim – tarbiya jarayonida talabalarni tasir etuvchi nafosat qadryatlariga yo’naltirish lozim. Bunda adabiyotdagi matnlarda berilgan milliy qadryatlar, ona zamin tabiati, milliy xalq sanati, minatyura sanati, haykaltoroshlik, musiqa va sanatning boshqa turlari (teatr, sirk va hakozo) yashash joyi kiyinishgi, mehnat qurollari bilan bevosita va bil vosita tanishtirish kerak. Milliy sanat tarihiga etnagrafiyasiga, imemorchiligiga va ananaviy sanat turlariga a’lohida e’tibor qaratish zarur. Talabalarni tayorlash jarayonida xalq pedagogikasi fikr – mulohazalardan, shuningdek, jahon umuminsoniy qadryatlaridan keng foydalanish lozim. Bo’lajak o’qituvchilarni nafosat tarbiyasi bilan qurollantirishdan ko’langan maqsad, ertangi kunda ular, joylarga borib, maktablarda o’quvchilariga nafosat tarbiyasi bilan bog’liq bo’lgan bilimlarini berishlari kerak. Nafosat tarbiyasi – o’sib, ulg’ayib kelayotgan yosh avlodni ma’nan yetuk shaxs bo’lib shakllanishida, ulardagi say’i harakatlarni nafosat bilan bajarishlariga erishtirishdan iboratdir. Ana shuni inobatga olgan holda, biz talabalarga boshlang’ich sinf o’quvchilariga qanday qilib nafosat tarbiyasini berishimiz to’g’risida ma’lumotlar berilishi kerak. Maktabda nafosat tarbiyasini to’g’ri yo’lga qo’yishda, sinfdan va maktabdan tashqari ishlar undagi talimiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi vazifalar psixologik va pedagogik talablar doirasida amalga oshirilishi zarur bo’ladi. Ular asosida o’quvchi shaxsiyatiga nisbatan yo’nalish belgilanadi. Bu maqsadlarga erishish uchun o’quvchilar bilan to’garak, fakultativ, sanatshunoslik, asarning ayrim turlarni, jahon va milliy madaniyatini o’rganish, klublari, madaniyat dorilfanunlari, tabiatsevarlar jamiyati va boshqa tarbiya shakllaridan foydalansa maqsadga muvofiq bo’ladi. mumkin. Sinifdan va maktabdan tashqari ishlarning barcha turlarida amalga oshiriladigan va yana qayta tiklanayotgan turli dasturlarida shaxs shakllanishiga, ma’naviy kamolotiga murakkab hayot chorahalarida ma’naviy ma’suliyat bilan yashashga o’rgatishni shakllantirishga e’tibbor qaratishi lozim. O’quvchilarning birgalikda muzey, ko’rgazma, teatr, hayvonot bog’i kabi ma’naviyat o’choqlariga, madaniyat va memorchilik obidalarga tabiatning go’zal maskanlariga borishni tashkil etish va ulardan olgan ta’surotlarni o’rtoqlashishga o’rgatish zarur. Nafosat tarbiyasining asosiy mazmuni istalgshan sohalagi sinifdan va maktabdan tashqar mashg’ulotlar tarbiyaning yagona qoida va usullarni tashkil 26 etadi. Ya’ni, san’tning aniq turlari va ifoda vositalarining o’ziga xosligi (so’zdagi , tasavvurdagi, musiqa v.h.) zamirida ifodaning badiy vositalarini amaliy o’zlashtirish natijasida. Bu borada asosiy vazifa to’laqonli va ijodiy asarni chuqur his etishdir. Olamni nafosat va badiiy his etish faoliyati davomida o’quvchilarning mustaqil ijodkorligini, turli o’yinlari, orqali amalga oshiriladi. O’quvchilarda nafosat tarbiyani amalga oshirish uchun talabalarda nafosat tarbiyasi bilan bog’liq bilimlar egallangan bo’lishi kerak. Shuningdek ular: O’quvchilarni uzluksiz tarbiyalash; sinfdan va maktabdan tashqari ishlarda o’quvchilarni nafosat nuqtai nazardan tarbiyalashbadiiy ekologik; axloqiy; ma’naviy; ma’rifiy; iqtisodiy tarbiyalashning integrasiyalashuvchi ta’sirida amalga oshirish. Tabiatda go’zal va jozibali ko’rinishlar juda ko’p. Osmon o’par tog’lar, zilol suvli daryolar, lolazor o’tloqlar o’quvchiga zavq-shavq bag’ishlaydi. Darslarda ham mana shunday tabiat manzaralarini va san’at asarlarini idrok etish, ularni tasvirlashni o’rgatadi. Rasm chizish uchun narsalarni sinchiklab kuzatish va yodda saqlab qolishga harakat qilish zarur. Boshlang’ich sinf o’quvchilarini tarbiyalash uchun bugungi kun talabalariga bu boradagi bilimlar berib boriladi. Ularning o’zlariga har xil kitoblarni o’qish, badiiy adabiyotlardan misollar keltirish, institut atrofini ozoda tutish, biriktirilgan auditoriyani did bilan jihozlash ko’nikmalari shakllantiriladi.[ Ularga hatto, o’quvchilar uchun mo’ljallangan tadbirlar o’tkaziladi. Misol uchun: “Gul bayrami” da tabiat mo’jizasi va inson mehnati bilan yetishtiriladigan “go’zallik malikasi” – gullar targ’ibot qilinadi. Ularda tabiatga muhabbat uyg’otish, maktab o’quvchilari va tabiatsevarlar yetishtirgan manzarali gullarni targ’ib qilish, eng faol tabiat jonkuyarlarini taqdirlash kabi ishlar amalga oshiriladi. Bayram tabiat qo’ynida, yoki sinf xonasida o’tkaziladi. Sinf xonasini jihozlash: O’quvchilar tomonidan tayyorlangan gullar haqidagi ma’lumot zamonaviy texnologiyalar asosida taqlid qilinadi. - rasm daftar varag’iga tushurilgan rangli gullar. - gul dastalar tayyorlash. - yumoloq materialdan yasalgan gullar - simlarga ipak o’rab guldastalar yasash. - yumshoq rangli qog’ozlardan gullar yasash. - ekranda gulzorlarni ko’rsatish. - deraza pardalariga gullar chatish. - gul sotuvchilar bilan suhbatni ekranga olib chiqish. - haqiqiy jonli gullardan tayyorlangan guldastalar. - har xil rangdagi pufaklar osish. - Sabzavot va mevalardan yasalgan gullar. Hamma o’quvchilar ozoda, tartibli va chiroyli kiyingan holda o’tirishadi. O’n nafar o’quvchi qo’llarida turli gul ushlab mehmonlarni kutib olishadi. Eshikdan kirib kelgan har bir mehmonga gul berib joylariga o’tirishadi. Bunday tadbirlar o’quvchilarda juda nozik, yoqimli his – tuyg’ular uyg’otadi, uning ruhini ko’taradi, kayfiyatini yaxshilaydi, yashashga, mehnat qilishga bo’lgan havasini yanada orttiradi. Qadimgi avlodloarimiz ham tabiat go’zalliklarining orambaxsh kuchini juda yaxshi xis etganlar. Shuning uchun ular o’z kulbalarini sharqirab oqib turadigan daryo va soy bo’ylariga, tabiatning hushmanzara yerlariga qurganlar. Bo’lajak o’qituvchilarni nafosat ruhida tarbiyalashda: - ma’ruzada o’tirishi; - ma’ruzada javob berishi; - darsga tayyorlanishi; - o’z say’i harakatlarini nazorat qilishi; - tadbirlarda ishtirok etishi; - bayramlarda yordamlashish; - auditoriyani jihozlash; - ko’rgazmali qurollarni tayyorlash; - badiy kechalarni o’tkazish; - lirik chiqishlar qilish; - kiyinish madaniyatiga rioya qilish; - gigenik talablarga rioya etishlari ham ko`rsatib o’tiladi. Talabalarga tabiat go’zalliklarini ko’ra bilishni o’rgatib bormoqda. Go’zallikni his qilish tug’ma qobiliyat egasi. Uni tarbiyalash kerak. U esa astasekin tarkib topadi. Tabiat go’zalligini chuqur tushunish, o’ylash, taqqoslash, kuzatish tufayli ularda tafakkur va nutq mavjlanadi, takomillashadi. Tabiat bilan yuzma-yuz bo’lish, uning nihoyatda rang-barangligini tomosha qilishni talabalarga yana bir o’rgatishdan maqsad, ular o’quvchilarni bu xisslar bilan oshno qildira olish malakasiga ega bo’lishi kerak. Bo’lajak boshlang’ich sinf o’quvchilarini tarbiyalashda, nafosat, estetik tarbiyaning o’rni beqiyos bo’lganligi sababli ham undan keng foydalanish maqsadga muvofiqdir. Talabalarni ta’lim – tarbiya jarayoniga tayyorlashda, nafosat tarbiyasini takomillashtirishda zamonaviy pedagogik texnologiyadan foydalanish borasidagi fikrini keyingi paragrfda berib o’tamiz. 2.2. Bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarida nafosat tarbiyasini shakllantirishda zamonaviy pedagogik texnologiyalar. Bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarini umumta’lim maktablaridga tayyorlash jarayonlarida ularni har tomonlama yetuk shaxs qilib tarbiyalash davlat siyosati darajasiga ko’tarilgan muammolardan biridir. Bugungi kunda talabalar nafaqat o’quv rejasidagi fanlarni mukammal o’zlashtirish bilan o’zini har tomonlama barkamol avlod ekanligini ko’rsata olishi kerak. Buning uchun esa har bir talaba o’z ustida puxta ishlab ota-bobolarning ma’naviy meroslarini boyitib o’zlashtirib, ulardan foydalanish kerak. Boshlang’ich sinf o’quvchilari borliqning sir asrorlariga o’rgatish jarayonida o’qituvchilar tomonidan borliqda yani tabiatda uchra turadigan voqyea va hodisalarning sirlari anglanishiga oddiydan murakkabga qarab o’tib borish talab qilinadi. Bunda o’qituvchilarning o’zi oddiydan murakkab tushunchalarning mohiyati o’zi aniq tasavvur qila olishi va mantiqan uning qismlarini asosli ravishda ko’z oldiga keltira olishi lozim. Oddiylik deganda biz borliqda uchrab turgan voqyea va hodisalarning asl mazmunini murakkablashtirmasdan xalq pedagogikasi an’analarida qayd qilingan tarzda yoshlar ongiga singdirishni tushunamiz. Murakkablik deganda biz borliqda qayd qilingan voqyea va hodisalarning anglanilishini jarayoniga ilmiy nuqtai nazardan berilgan ta’riflar ularning yetishga qaratilgan. Gipotizalar hamda matematik, statik tahlillarni tushunamiz. 32 Anashundan kelib chiqqan holda boshlang’ich sinf o’quvchilariga o’quv rejasida qayd qilingan fanlarning mazmun mohiyatini yoritib berishda integrativ yondashuvni amalga oshirishda shak shubhasiz oddiylikdan murakkabga yo’naltirilgan tizim o’z samarasini beradi. Bunda o’qituvchi tomonidan qo’llanilayotgan har qanday say harakatlar hozirga zamon pedagogikasi va psixologiyasi ega ilg’or g’oyalari va tajribalariga tayanadi. Demak, ta’lim tarbiya jarayonida har qanday fan tushunchalari o’quvchilar ongiga yetkazib berishda zamonaviy pedagogik texnalogiyalar muhim ahamiyat kasb etadi. Misol uchun: atrofimizdagi olam darslarida “suv” mavzusi berilgan va u tabiatshunoslik darslarida takomillashtirilgan. Tabiat nemati hisoblanmishi suv inson hayotidagi qadr-qimmatini yoshlar ongiga yetkazib berishda oddiylikdan murakkabga o’tish tizmidan foydalanib uning inson hayotidagi ahamiyati yoritib beriladi. Suv → Oddiydan murakkabgacha bo’lgan jarayon. Boshlang’ich ta’limda bugun bir holattagi tizimni bo’laklarga ajrati, o’quvchilarga yetkazib berish hamda kichik tushunchalar ,qisimlarni yaxlit bir holatga keltirib ,o’quvchalarga yetkazi berish boshlang’ich sinf o’qituvchisidan pedagogik maxoratni talab qiladi,ya’ni har qanday boshlang’ich sinf o’qituvchisi o’z kasbiga ma’suliyat bilan yondashib ,tushuntirilishi lozim bo’lgan har bir tushunchaning mazmun mohiyatini falsafiy nuqtaa nazardan to’liq anglab yetgan. bo’lishi kerak anashunda o’qituvchi har bir fanni ,fan ichidagi bloklarni ,bo’limlar,mavzularni bir-iri bilan bog’lash imkonyatigi ega bo’ladi . Ko’rdim suluvlarning eng faranglarini, Yo hudbinman ,yo sodda kasman men . Parijning eng ko’rkam restaranlarin, Bitta tandirimga alishmasman men. Muhammad Yusuf. Ta’lim-tarbiya jarayonida butun xolati tushunchalar qisimlarga bo’lib o’rgatish tushuntirishga boyitishga xarakat qilamiz misol uchun vatan tushunchasi yuqokida qayd qilingan she’rda tandir tushunchasi bilin bog’lanib ketgan . Buni kengroq yoritishda mazmunini yoritishda mazmunini boyitishda aynan shu mavzuga talluqli bo’lgan rivoyatlarga murojat qilamiz. Mavhumlik—lotincha apstraktio mavhumlik ushbu atamani Aristotel ishlatgan yunoncha atamadan tarjima Bettsi mumolaga kritgan . Mavhumlik—taffakurning asosiy usullaridan bo’lib asosan ikki ma’noda qo’llaniladi. Birinchidan ,mavxumlik deyilgan aqliy bilish jarayonini aniqlanadi ya’ni buyumning ko’pgina tomonlari hususiyatlari va ularning o’zaro aloqalari hayolan tasavvur qilinadi .Ayni paytda ular bir –biri bilan fikran ajratiladi ,ularning qandaydir bizni qiziqdirgan tomonlari, hususiyatlari alohida alohida tartibda farqlanadi . Obyektiv borliq har bir modda buyumning o’ziga xos ko’pgina tomonlari, hususiyati sifati bor ular boshqa buyum va hodisalar bilan son –sanoqsiz iplar bilan bog’langan. Bilish jarayonida biz buyumning hamma tomonlarini ,hususiyatni ,sfatini uning boshqa buyumlar, hodisalar bilan bo’lgan son-sanoqsiz aloqalarini birdan qamrab ololmaymiz. Buyumni yaxlit xolda har tomonmama tahlil qilish yordamida chuqur o’rganmoq uchun uni fikran parchalab, bo’li yuborish negizida ularning muxum hususyatlari, aloqalari, nisbatlarini aniqlamoq lozim. Ya’ni buyumning alohida bir hususyatni uning boshqa hususyatlaridan fikran ayirish va 34 ularning barcha boshqa hususyatlaridan fikran ayirish va uning barcha boshqa hususiyatlari,diqqat e’tiborini darajali muayyan hislatlaridan uzoqlashib uning muhim belgilari ajratladi. Bu mavxum lashtirish demakdir. Mavhumlashtirish umumlashtirish bilan uzviy bog’liq bo’lgan ligi uchun ham maskur buyumlar qatoridagi har bir buyumga xos muayyan hislatlar etibordan chetda qolib ularning hammasada uchraydigin jixat, belgilar bu yerda muxim axamiyat kasb etadi . Demak,mavhumlik umumiy xislat sifatida o’zini namayon qiladi . Ikkinchidan mavhum so’zi inson bilish jarayoning natijasi degan manoda ham anglashiladi. Ushbu manodagi mavhumlik inson myasida, dunyoni bilish jarayonida, vujudga kelgan tushunchalardan iboratdir. Shunday qilib mavhum buyumning qandaydir bir muhum, umumiy tomoni sof ko’rinishida qamrab oladi, ya’ni uyumning borliqda muayyan alohida ko’rinishida mavjud bo’lgan tamonlarini ifodalaydi. Insonningmavhumlashtirish qobiliyati abstraktlashtirish usullari, ijtimoiy tajriba va ilm –fan rivojlanishi ta’siri ostida rivojlana boradi.Mavhumning eng oddiy shakllari insonning mehnat faoliyati. So’z va tilning rivojlanishi bilan uzviy bog’liq bo’ladi. Inson o’zining kundalik tajribasida mehnat qurolining bir turini uning boshqa bir turi bilan almashtirish mumkun ekanligini, shunday qilinganda, mehnatning samarasi oshib borganini ko’radi va bu jarayonda mehnat qurollarining umumiy hususyatni fahimlab oladi. Binobarin, amaliy faolayat insonda mavhumlashtirish qobilyatini yuzaga keltiradi. Mavhumlashtirish turli darajada bo’lishi mumkun. Masalan, eng sodda mavhumlarning bevosita sezgi, muayyan tasavurlar bilan bog’liqligi ko’zga tashlanib turadi. Murakkab mavhumlik buyumlarning sezgidan yashiringan,har hil tomonlari, hususiyatlarini aks etiradi ,buyumning bu mohiyati zamiriga kirib bora bilish jarayonini rivojlantiradi. Mavhumlik jarayoni tufayli biz narsa, hodisalarning muhim tomonlarini, hususiyatlarini aks etiradi,buyumning bu mohiyati zamiriga kirib bora bilish jarayonini rivojlantiradi. Mavhumlik jarayoni tufayli biz narsa,hodisalarning muhim tomonlarini ,ularning boshqa tomonlaridan,fikran 35 ajratib olamizki, zotan ,xuddi manashu ajratilgan hislatlar o’zining kelib chiqqan haqiqiy manbaiga mutloqo xos bo’ladi. MEHR Nasiba yo'lda ketayotganida qanoti singan qushchani ko'rib qoldi. Uni qo'lga olib erkaladi. So'ng uyga olib kelib yuvib- tarab parvarish qildi. Qushcha sog'ayib ketdi. U Nasibaga o'rganib qoldi. «Chiriq-chiriq» deb erkalanadigan bo'ldi. Mehrli bo'lish yaxshi. Agar Nasiba qush-chani ko'rmay, beparvo o'tib ketganida nima bo'lar edi? Yuqoridagi mavzu ustida ishlashda o’quvchilarga aqliy hujum myetodidan foydalanib mavzu matni tushuntirib byerish maqsadga muofiq hisoblanadi. Birinchi navbatda matin ustida ish olib boriladi, so’ngra esa o’qituvchi tomonidan bir qator savollar byeriladi. Nasiba qanaqa qiz? Nasiba nima qildi? Nasiba yaxshi ish qildimi? Nima uchun qushchani erkaladi? Qushni uyiga olib kyelish shartmidi? Qushchadan unga nima foyda? O’z ishi bilan Nasiba tabiatga foyda kyeltirdimi? Qushcha nima uchun Nasibaga erkalanadigan bo’lib ?oldi? Siz nasibaning o’rnida nima qilgan bo’lar edingiz? Nasiba to’g’risida o’z fikringizni bildiring. 36 Yuqoridagi rasmda nimalar aks ettirilgan. Rasm ustida ishlash o’quvchilarda milliy-ma'naviy qadriyatlarni shakllantirishda zamin tayyorlaydi. Ushbu rasmda qizlarning bir-biriga va tabiatga bo’lgan munosabatlari aks ettirilgan. Uni o’quvchilarning ongiga singdirishda “Bu noto’g’ri”, “O’zing davom ettir” usullaridan foydalansa bo’ladi. Ikkinchi sinflarda milliy-ma'naviy qadriyatlarni o’quvchilarga o’rgatish “Odobnoma” darsligining 7 bo’limida ham amalga oshirsa bo’ladi. Bunda quyidagi rasm ustida ishlash o’quvchilarni bir-biriga bo’lgan munosabatlarini yoritishda muhim rol o’ynaydi. Bunda o’qituvchi o’quvchilarni rollarga taqsimlab xuddi rasmda aks ettirilgan vaziyatni yuzaga kyeltirib, saxna ko’rinishini tayyorlaydi. O’uvchilar o’zlarining sinfdoshlarini biron-bir bayram yoki tug’ulgan kuni bilan qutlashlari kerak. Bunda o’qituvchi odat tusiga kirib qolgan so’zlardan mumkin qadar foydalanmasdan yuragining tubtubida yotgan eng samimiy oddiy sodda so’zlardan foydalanishi taklif qilinadi. Do'sti ko'p inson —eng baxtlidir, Do'stini xursand qilish yaxshi odatdir. Qadrlasang qadring oshar, Qadrsizdan hamma qochar. DO'STLASHISH ODOBI Inson uchun do'st kerak. Do'stlari bor odam baxtlidir. Do'st tutinishning ham odobi bor: — do'stingizni hurmat qiling; — do'stingizdan hech narsani ayamang; — do'stingizga sizga qilayotgan yordami uchun rahmat ayting. Siz ham unga har ishda yordam bering. Dono xalqimizning «Do'st topish oson, lekin uni saqlamoq qiyin» degan maqoliga e'tibor bering. Buning ma'nosini uqib oling va doimo yodda saqlang. Yusuf xos Hojib do'stlashish odobi haqida shunday deydi: esda tuting! «Do'st-o'rtoqlarning ko'pi yaxshi. Ularni ko'paytirish — yaxshi xislat». 38 Yuqoridagi matn bilan ishlashda oldin bir o’qib berilib, matndagi ayrim gaplarga izoh borish bilan bir qatorda unga mos hikoya va rivoyatlar kyeltiriladi. Misol uchun, inson uchun do’st kyerak. Degan gap taxlil qilinadi va uning mazmuniga mos hikoya yoki ertakdan parcha keltiriladi. “Do’st bo’lish oson, lekin uni saqlamoq qiyin” – degan maqolni o’quvchilar ongiga singdirish uchun ularga nima uchun do’stlikni saqlab qolish qiyin ekanligini uqtirish kerak. Asosan shu narsani singdirish kerakki do’stlikning yaxshi tomonlarini ko’ra bilish, o’zinga do’st deb bilan kishining kamchiliklarini doimo kechira bilish kerak bo’ladi. Qachonki kishilar o’ziga yaqin insonlarning kamchiligini oshirib yubormasdan qilgan xatolarini kechirib, yaxshiliklarini oshirib ko’rsata bilsa ular do’stlikni hamma vaqt saqlab qoladilar. O’quvchilarga yana maqolda ko’rsatilgan “Do’st bo’lish oson” degan jumlani tushuntirishda shu narsani alohida singdirish kerakki odamlar bir-biriga har xil motivlarga asosan yaqinlashadilar. Misol uchun, ayrimlar tashqi qiyofa uchun, ayrimlar mol dunyo uchun, ayrimlar yaxshi bilim olish uchun, ayrimlar undan foydalanish uchun, ayrimlar esa unga ziyon yetkazish uchun yaqinlashadilar. Shuning uchun ham do’st bo’lish oson deyiladi lekin uni insoniy fazilatlar ila saqlab qolish juda ham qiyin. Shuning uchun ham maqolning davomi “lekin uni asrash qiyin” degan jumlani o’quvchilarga singdirishda aynan nima uchun do’stlikni asrash qiyinligi o’rgatiladi. Do’stlik bu shunday timsolki uning issig’i va sovuqlari mavjud. Unga dosh bera olgan insongina unga doimo hamroh bo’ladi. buni to’liq ularga anglatish uchun ertaklardan, multifilimlardan misollar keltirish yoki ularni qisman ko’rsatish kerak. Umuman olganda boshlang’ich sinf o’quvchilariga mana shunday ta’limiytarbiyaviy ishlarni olib borsa ularda milliy-ma’naviy qadriyatlarga nisbatan intilish kuchayib boradi. Bunda nafosat tarbiyasini shakllantirishda quyidagi zamonaviy pedagogik texnologiyalardan unimli foydalanish mumkin. 2 kursda pedagogika nazariyasi fanidan “Mehnat tarbiyasi, kasbga yo’naltirish, estetik va jismoniy tarbiya”. Boshlang’ich ta’limda zamonaviy pedagogik texnologiyalar fanidan ishchi dastur Annotasiya! Boshlang’ich ta’limda zamonaviy pedagogik texnologiyalar fanining predmeti, maqsadi va vazifalari: Zamonaviy pedagogik texnologiyalar haqida umuiy ma’lumot. Zamonaviy pedagogik tushunchasi, o’quv jarayoni, ta’lim muassasalarida o’quv jarayonini tashkil etishning yangi metod va formalariga qo’yiladigan zamonaviy talablar. O’zbekiston Respublikasida ta’limning rejalanish va kadrlar tayyorlashning milliy dasturi. Ta’lim jarayonida o’quvchi shaxsi, shaxsning sifat tizimi. O’qitish jarayonida bilim olish, malaka va ko’nikma hosil qilish. Innovasion faoliyat tizimi va pedagogning innovasion faoliyati. Boshlang’ich ta’limda zamonaviy pedagogik texnologiyalarga ilmiy – nazariy yondashuv. Turli didaktikachi pedagoglarning pedagogik texnologiyalar haqida ma’lumot. Pedagogik texnologiyaning YuNESKO e’tirof etgan tavsifi. Pedagogik texnologiyaning asosiy sifatlari, klassifikasiyasi va ilmiy asoslari. Ta’lim jarayonida pedagogik texnologiya: o’quvchi shaxsiga yo’naltirilgan texnologiya, muommoli o’qitish, dasturli o’qitish, o’qitishning axborot 47 texnologiyasi, mualliflik texnologiyasi, interaktiv texnologiyalar, bilimlarini nazorat qilish texnologiyasi.


















Download 217,57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish