KIRISh Mavzuning dolzarbligi: O’zbekiston Respublikasi mustaqillikni qo’lga kiritgach, barcha jabhalarda islohatlar olib borilmoqda. Shu qatori ta’lim tizimida ham bir qator o’zgarishlar, islohatlar amalga oshirilmoqda. Jumladan O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida» gi Qonuni va «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» ishlab chiqildi va qabul qilindi. Ushbu qonun va milliy dasturda ko’rsatib o’tilgandek bo’lajak mutaxassislarga iqtisod to’g’risida tushunchalar berish muhim ahamiyat kasb etadi. Dunyoda yuz berayotgan morliyaviy inqirozning O’zbekiston sharoitida oldini olish yoshlardan iqtisodiy bilimlarni talab qiladi. Chunki ishlab chiqarishning asosiy qismida yoshlar faoliyat ko’rsatayapti. Shuning uchun ham yoshlarga iqtisodiy tarbiya berish orqali biz davlatimizni har tomonlama qudratli davlat ekanligini ko’rsata olishimiz kerak. Shu bois ham iqtisodiy tarbiyada – fan texnika yutuqlaridan oqilona foydalanishga e’tiborni kuchaytirish shu kunning muhim dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi .[1,2,3] Vatanimiz istiqlolga erishgandan so’ng Respublikamizda zamonaviy pedagogik texnologiyalarga keng imkoniyatlar yaratilib kelinmoqda. Ushbu yillar orasida Respublikamizda ta’lim – tarbiya to’g’risida qonun – qoidalar ishlab chiqildi. Prezidentimiz Islom Karimovning “Yuksak ma’navit – yengilmas kuch” asarida yoshlarni har tomonlama yetuk shaxs qilib tarbiyalash yo’llari ko’rsatib o’tilgan. Yoshlarni iqtisodiy bilimlar bilan qurollantirishda milliy qadriyatlardan keng foydalanish yaxshi natija beradi. Shuning uchun ham I.A. Karimov O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining XIV sessiyasida «O’zbekiston XXI asrga intilmoqda» deb nomlangan ma’ruzasida xalqimiz ma’naviyatini yuksaltirish davlat siyosatining eng muhim ustivor yo’nalishlaridan biri deb ko’rsatib o’tgan. Yurtboshimiz «Hozirgi eng muhim, eng dolzarb vazifamiz – jamiyatimiz – jamiyatimiz a’zolarini, avvalombor, voyaga yetib kelayotgan yosh avlodni kamol toptirish, ularning qalbida milliy g’oya, milliy mafkura, o’z vataniga mehr sadoqat tuyg’usini uyg’otish, o’zligini anglash, milliy va umumbashariy qadriyatlar ruhida tarbiyalashdan iboratdir» - deb alohida ta’kidlab o’tganlar.[4,5,6] Yuqorida qayd etilgan fikrlardan shuni ko’rishimiz mumkinki, hozirgi kunning dolzarb maslalalaridan biri iqtisodiy tarbiyani to’g’ri yo’lga qo’yishdir. Shunday ekan bugungi yoshlarni tarbiyalash jarayonida ular ongiga va qalbiga otabobolarimizdan bizlargacha yetib kelgan ulkan boy ma’naviy me’rosidan foydalanib yoshlar ongiga iqtisodiy tushunchalarni singdirish muhim ahamiyat kasb etadi. Iqtisodiy tushunchalarni talabalar ongi va qalbiga singdirish orqali biz yoshlarni har tomonlama yetuk shaxs qilib tarbiyalashda undan keng foydalanamiz. Yoshlarda iqtisodiy tushunchalarni shakllanishi yurtimizning farovon va qudratli bo’lishga zamin bo’la oladi. Bu esa o’z navbatida yoshlarda dunyoqarashning kengayishi ona Vatanga bo’lgan muhabbatining ortishi, mehribonlikning yuzaga kelishi, yaxshi va yomonning farqiga borishi kabilar tarkib topadi. Pedagogika fanlarini o’qitish jarayonida talabalar ongiga va qalbiga iqtisodiy tushunchalarni singdirish orqali ularda iqtisodiy madaniyatning yuksalishiga olib kelinadi. Buni amalga oshirish uchun esa birinchi navbatda yoshlarga iqtisodiy bilimlarni berish va u orqali iqtisodiy muomila madaniyatini yo’lga qo’yish kerak. Bu esa biz tomondan olib boirilayotgan ilmiy tadqiqot ishi mavzusining dolzarbligini ta’kidlaydi. Tadqiqotning maqsadi: bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarini iqtisodiy bilimlar bilan qurollantirishga xizmat qiladigan uslubiy tavsiyalar yaratish. Tadqiqot obyekti: bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilariga iqtisodiy bilimlarni shakllantirishga qaratilgan ta’lim-tarbiya jarayoni. Tadqiqot premeti: bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarida iqtisodiy bilimlarni shakllantirishning mazmuni, shakli, metodlari. Tadqiqotning vazifalari: 1. bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarida iqtisodga ta’luqli bo’lgan bilimlarni, tushunchalarni singdirish. 2. bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarida iqtisodiy bilimlarni shakllantirishning mazmuni va metodlarini asoslash. Tadqiqot metodlari: Bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarida iqtisodiy bilimlarni o’rganishga oid adabiyotlarni tahlil qilish, kuzatish, suhbat. Mustaqil ishini tuzulishi: kirish, ikki bob xulosa va adabiyotlar ro’yxatidan iborat