YuZA MUSKULLAR Bo’yinning teri osti muskuli (m. platysma) - ko’krak fassiyasining II qovurg’a sohasidan boshlanib, pastki jag’ning qirog’iga yopishadi. Bu muskul bevosita bo’yin terisi ostida joylashgan bo’lib, yupqa plastinkadan iborat. O’ng va chap muskullar o’rtasida bo’yinning o’rta chizig’i sohasida uchburchak shaklida ochiq joy qoladi. Bu muskul bo’yin terisini old tomonga tortib, bo’yin venalari ichida qon oqishini yaxshilaydi, og’iz burchagini pastga tortib mimika muskuli vazifasini bajaradi. Y n. facialis orqali boshqarilib, a. cervicalis facialis orqali qon bilan ta’minlanadi. To’sh-o’mrov-so’rg’ichsimon muskuli y. m. sternocleidomastoideus. To’sh suyagining oldingi sathidan, o’mrov suyagining to’sh suyagiga qargan uchidan boshlanib, chakka suyagining so’rg’ichsimon o’sig’iga yopishadi. Yuqoridagi muskulning ostida joylashgan bo’lib, undan bo’yin fassiyasi yordamida ajralib turadi. Embrional davrda m. trapezius bilan birga takomil etib, undan ajralib ketadi. Shuning uchun am, innervasiyasi trapesiyasimon muskul bilan umumiydir (n.accesorius). Bu muskul bir yoqlama qisqarsa, boshni o’sha tomonga egadi va yuzni qarama-qarshi tomonga qaratadi. Har ikkala tomonda barobar qisqarsa, boshning holatiga qarab old yoki tomonga bukadi. Agar boshni qimirlatmay to’sho’mrov-so’rg’ichsimon muskullari qisqartirilsa, ko’krak qafasini oldinga va bosh tomonga tortadi. Binobarin, nafas olishda ishtirok etadi. U qo’shimcha (XI juft) nerv vositasida boshqarilib, a. sternoclei domastoideus vositasida qon bilan ta’minlanadi.
BO’YINNING ChUQUR MUSKULLARI Yon tomondagi qovurg’alarga birikuvchi muskullar narvon muskullar. Old narvon muskuli (m. scalenus anterior L.) III-IV bo’yin umurtqalari ko’ndalng o’siqlarining o do’mboqchalaridan boshlnib, I qovurg’aning shu nomli do’mbog’i yopishadi. O’rtadagi narvon muskul (m. scalenus media) barcha (yoki pastki olti) bo’yin umurtqalarining ko’ndalang o’siqlardan boshlanib, I qovurg’aning orqasiga yopishadi. Bu muskul narvon muskullari ichida eng baquvvati bo’lib, yuqoridagi muskulning orqasiga joylashgan. Orqadagi narvon muskul (m. scalenus posterior) V-VI bo’yin umurtqalari ko’ndalang o’siqlarining orqa do’mboqchalaridan boshlanib, II qovurg’aning tashqi yuzasiga yopishadi. Narvon muskullar I-II qovurg’alarni ko’taradi. Agar qovurg’alar qimirlamay tursa, umurtqa pog’onasining bo’yin bo’limini yon tomonga bukadi. Narvon muskullar ikkala tomondan baravar qisqarsa umurtqa pog’onasining bo’yin qismini oldinga qarab bukadi. Bu muskul CIII-CV nervlar vositasida boshqariladi va a. cervicalis ascendens, a. thyreoidea inferior dan qon bilan ta’minlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |