Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti xalmuratov m. A



Download 0,5 Mb.
bet135/155
Sana29.05.2022
Hajmi0,5 Mb.
#616027
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   155
Bog'liq
Odam anatomiyasi DENOV 20222

15-mashg’ulot
Mavzu. BUYRAK TUZILISHI SIYDIK VA TANOSIL A’ZOLARI SISTEMASI
Kerakli materiallar va jihozlar: (material va jihozlar ikkita talabaga bir komplekt (to‘plam) tayyorlanadi):
1. Odam siydik tanosil organlariningtarqatma materiallari.
2. Odam tanasi tanosil organlariningmulyajlari.
3. Lupa.
4. Mikroskop.
Vazifa
Odamning tanosil organlariningtizimini o’rganish, tarqatma materiallardan foydalanib odam tanosil organlariningtuzilishini ko‘rib chiqish.

Siydik a’zolari Siydik a’zolari (organa urinaria) buyrak, siydik yo’llari, qovuq va siydik chiqarish yo’llaridan iborat. Buyrak. Buyrak - Ren oxirgi ko’krak umurtqasi va I, II bel umurtqalari tanalarining ikki yon tomonida qorin bo’shlig’ining orqa devoriga tegib turadi. Qorin pardasi buyrakni faqat oldi tomondan berkitib turganidan u qorin pardasidan tashqaridagi a’zolar guruhiga kiradi. tuzilishi jihatidan buyrak bezsimon a’zo hisoblanadi. O’ng buyrak chap buyrakka nisbatan birmuncha (1-1,5 sm) pastroqda joylashgan. Buyraklar joylanishi skelet suyaklariga nisbatan olinadigan chap buyrakning yuqori uchi XI va XII ko’krak umurtqalari oralig’i sohasidagi ko’ndalang chiziqda, quyi uchi esa II-III bel umurtqalari o’rtasidan ko’ndalang chiziqda turadi. O’ng buyrakning yuqori uchi XII ko’krak umurtqasining tanasi o’rtasidan o’tgan ko’ndalang chiziqda, quyi uchim III bel umurtqasi tanasining o’rtasidan o’tgan ko’ndalang chiziq sohasida turadi. Buyraklar joylanishi qovurg’alarga nisbatan olinsa, oxirgi (XII) qovurg’a chapda buyrakning qoq o’rtasidan, o’ngda esa buyrakning yuqori uchi sohasidan kesib o’tadi. Buyrakning uzunligi katta odamlarda 10-12 sm, eni 5-6 sm, qalinligi 4 sm ga teng. Og’irligi esa 120 g dan 200 g gacha. Shakl jihatidan buyrak loviyaga o’xshab ketadi, yangi tug’ilgan chaqaloqda esa yumaloqroq bo’ladi. Buyrak oldindan orqaga tomon birmuncha yassilangan. Miya (oq) moddasi piramida shaklida alohida-alohida bo’lib joylashganligidan ularni buyrak piramidalari - pyramides renales (Malpighii) deyiladi. Piramidalarning asosi basis pyramidis tashqariga (po’stloq tomonga) so’rg’ich shaklida toraygan, yumaloqlangan papillae renales tomonlari esa buyrak bo’shlig’iga qaragan bo’ladi. So’rg’ichlarga nisbatan piramidalar ko’proq bo’lib, ba’zan ikkita piramida bitta so’rg’ichni hosil qiladi. Agar buyrakning har ikki moddasi ham mikroskopda tekshirilsa, uning juda mayda naychalardan tuzilganligini ko’rish mumkin. Buyrak yoki siydik naychalari deb ataluvchi bu kanalchalar (tubuli renalis) ning po’stloq qismidagi oxirgi uchlari qovuzloq shaklida halqalangan, halqaning oxirgi qismi ichkariga botib kirgan bo’ladi. Natijada har bir naychaning oxirida voronka singari, qo’sh deovrli (bir tomoni ochiq) kapsula hosil bo’ladi. Bu kapsula Shumlyanskiy - Boumen kapsulasi yoki koptok kapsulasi - capsula glomeriulli deb ataladi. Demak, kapsulaning ikki devori o’rtasida bo’shliq bo’lib, bu bo’shliq naychaning umumiy bo’shlig’i bilan tutashgan. Qon tomirlarning kapillyarlari ana shu kapsulaning ochiq tomonidan ichiga kirib (vas afferens) o’ralgan koptok - glomerulus ni hosil qiladi. Ana shu kapillyarlarning kapsulaga tegib turgan yupqa devorlari orqali qondagi ortiqcha suyuqlik (suv va mineral tuzlar) kapsula bo’shlig’iga so’rilib o’tadi va suyuqlikdan qutilgan qon kapsula ichidan chiqib (vas efferens) ketadi. Po’stloq modda shu koptoklar tufayli jigar rangda bo’ladi. Shumlyanskiy-Boumen kapsulasi, birlamchi buralma naycha, to’g’ri naycha va ikkilamchi buralma naychalar birgalikda (buyrakning struktur va funksional birligini tashkil etadi va u nefron - nephron deb ataladi). Har qaysi buyrak bir millionga yaqin ana shunday nefronlar yig’indisidan iborat. Shuni ham aytib o’tish kerakki, Shumlyanskiy-Boumen kapsulasi ichidan suv va mineral tuzlarni berib chiqqan arteriya kapillyari (vas efferens) birlamchi va ikkilamchi buralma naychalarni o’raydi. Bu joyda qondan siydikning organik moddalari ajraladi. Buyrakning orqa yuzalari qorin devoriga tegib turganidan yassi - tekis, oldingi yuzalari esa birmuncha do’mbaygan bo’ladi. Har qaysi buyrak o’z oldidagi va atrofidagi boshqa a’zolarga jips tegib turgani uchun ba’zan a’zolarga uning izi ham tushib qoladi (masalan, jigarda). Har ikki buyrakning yuqori uchida buyrak usti bezi - glandula suprarenalis joylashgan. Bu bez vazifasiga ko’ra buyrakka aloqador bo’lmasa ham, yangi tug’ilgan bolalarda birikitiruvchi to’qima vositasida u bilan qo’shilib turadi, katta kishilarda esa bu qo’shilish yo’qolib ketadi. O’ng buyrakning oldingi yuzasidan anchagina qismi jigarga, pastki 1/3 qismi esa chambar ichakning o’ng tomondagi qayrilishiga (flexura coli dextra) yondoshgan. Ichki qirg’og’ining oldingi yuzasi bo’ylab o’n ikki barmoq ichakning pastga tushuvchi qismi buyrakka tegib turadi. 118 Yangi tug’ilgan bolalarda bu munosabat boshqacha. Ularda ko’richak ancha yuqorida turadi, shu sababli, o’ng buyrak oldindan jigar, ko’richak va chuvalchangsimon o’siq bilan chegaralanadi. Ko’ndalang chambar ichak tutqichi buyrakning oldingi yuzasini ustki va lateral (tashqi) tomondan kesib o’tadi. keyinchalik ko’tariluvchi chambar ichak, ko’richak va uning chuvalchangsimon o’sig’i pastga tusha boshlaydi. 10 yoshdan oshgandan keyin (ko’pincha 13 yoshda) ko’tariluvchi chambar ichakning faqat ustki (oxirgi) qismigina buyrakka tegadi, ko’ndalang chambar ichak tutqichi esa buyrakning pastki kutbini kesib o’tadi. Chap buyrak oldingi yuzasining ustki 1/3 qismi me’daga, o’rtadagi 1/3 qismi me’da osti beziga, pastki 1/3 qismi medial tomondan och ichakka, lateral tomondan flexura coli sinistra ga tegib turadi, tashqi qirg’og’ining old qismi taloq bilan yondoshadi. Buyrakka boshqa a’zolarning bunday yopishib turishi amaliy jihatdan katta ahamiyatga ega, chunki buyrakda sodir bo’ladigan patologik o’zgarishlar nga yaqin turgan a’zolarga yoki aksincha o’sha a’zolardan buyrakka o’tib ketishi mumkin. Buyrak fibroz to’qimadan tuzilgan parda - capsula fibrosa bilan o’ralgan bo’lib, uni juda osonlik bilan pardadan ajratib olish mumkin. Pardaning buyrakka tegib turgan qavatida silliq muskul tolalari bor, ular tunica muscularis deb ataladi. Fibroz pardaning sirtida yog’ qatlami bo’lib, u yog’li parda - capsula adiposa deyiladi. Yog’ to’qimalari buyrak darvozasi va orqa yuza sohalarida ayniqsa yaxshi rivojlangan. Buyrakning bu pardasida yog’ning ko’p yoki oz bo’lishi odamning semiz-oriqligiga ham bog’liq. Buyrak arteriyalari va naychalari bir-biriga parallel holda joylashgan. Shunga ko’ra jarrohlik maqsadlarining ko’zda tutib, buyrak ichi segmentlar - segmenta renalis ajratadi. Bunday segmentlar beshta: 1) buyraknining ustki uchi (cho’qqisi) sohasida - segmentum superius; 2) buyrak jomining old tomonidagi ustki soha- segmentum anterius superius; 3) buyrak jomining old tomonidagi pastki soha - segmentum anterius irterius; 4) buyrakning pastki uchi sohasidagi segmentum inferius va 5) buyrak jomining orqa sohasidagi (ustki va pastki uchlar oralig’ida) - segmentum posterius lar tafovut qilinadi. Ba’zan buyrak jomining old tomonidagi ustki va ostki segmentlar birlashib, bitta segmentga aylanib ketadi.
SIYDIK YO’LI Buyrak jomidan siydikni qovuqqa o’tkazib beruvchi nay - siydik yo’li - ureter deb ataladi. Uzunligi 30 sm, eni esa 8 mm keladigan bu nay oldindan orqaga tomon sal yassilashgan bo’lib, qorin pardadan tashqarida turadi. siydik yo’li, joylashishiga ko’ra ikki: pars abdominalis qorin va pars plevina chanoq qismlariga bo’linadi. Katta va kichik chanoq bo’shliqlarini chegaralab turuvchi chiziq (linea terminalis) ana shunday qismlarga bo’lib turadi. Chanoq bo’shlig’iga kirgan siydik yo’li qovuq tubiga tomon yo’nalib, uning devorini teshib o’tadi va bo’shliqqa (qovuq) ochiladi. Siydik yo’lining ana shu qovuq devoridan o’tgan qismini ba’zan yashiringan qismi - pers interamuralis deb ataydilar. Siydik yo’li boshlanish qismiga, qorin bo’shlig’idan chanoqqa o’tish chegarasida va qovg’a kirish oldida birmuncha torayadi. Ayollar siydik yo’li erkaklarnikiga nisbatan 2-3 sm qisqa bo’lib, chanoq bo’shlig’idagi a’zolar bilan topografik munosabati ham birmuncha boshqacha. Ayollar u tuxumdonning erkin qirg’og’i bo’ylab qovuq bilan birgalikda qin o’rtasidagi oraliqqa kiradi va qovurqning tagiga yaqin qismidan qovuqqa qo’shiladi. Erkaklarda chanoq qismi esa urug’ chiqarish yo’lidan tashqarida joylashadi, so’ngra u yerdan qovuq devoriga kiradi. Siydik yo’lining devori uch qavatdan iborat. Eng ichki shilliq qavati- tuunica mucosa dir. Bu yerda shilliq ishlovchi bezlar bor. ikkinchi muskul qavat - tunica muscularis, eng tashqi qavat esa biriktiruvchi to’qima - tunica adventitia dir.
QOVUQ (SIYDIK PUFAGI) O’rta sig’imi 500-700 ml keladigan siydik pufagi - vesica urinaria kichik chanoq bo’shlig’ida, qov birlashmasi orqasida joylashgan. Uning hajmi odam jussasining katta-kichikligiga qarab, ko’p yoki oz suyuqlikni sig’dira olishi mumkin. Erkaklar bilan ayollar qovug’i tashqi ko’rinishidan bir-biridan farq qilishidan tashqari, ularning har biri o’z holatiga qarab (ichida siydik bor-yo’qligiga qarab) shaklini o’zgartirib turadi. Agar qovuq ichida siydik bo’lmasa u chanoq bo’shlig’iga chuqur kirib turadi. Bunda shilliq qavatining burmalari ko’payib muskul qavati qalinlashadi, qovuqning o’zi esa birmuncha yassilashgan (old va orqa devorlari bir-biriga yaqinlashgan) bo’ladi. Bunday holatda uning orqasida ayollarda bachadon va qin, erkaklarda esa urug’ pufaklari va urug’ chiqarish yo’llarining oxirgi qismlari turadi. Lekin qovuq siydik bilan to’lgan paytda uning shakli ham, a’zolarga munosabati ham o’zgaradi. Bunda qovuq tuxum shaklini oladi, joylanish tartibi o’zgarib, yuqori (cho’qqisi) qorin devorining pastki tubi qov birlashmasining ustki qirg’og’idan (chanoq ichidan) ko’tarilib chiqadi. Qovuq juda ham to’lib ketganda kindikka qadar ko’tarilishi mumkin. Bunda uning shilliq qavatidagi burmalari tekislanib, muskul qavati yupqalashadi. Qovuqda uchta qism tafovut qilinadi:
1) pastdagi (quyiga qaragan) qismi ancha keng bo’lib, qovuq tubifundus vesicae deb ataladi;
2) yuqori tomoni toraya borib, cho’qqi - apex vesicae bilan tugaydi;
3) ana shu ikki qism o’rtasida qovuq tanasi - corpus vesicae joylashadi.
Bundan tashqari qovuqning bo’yni - cervix vesicae ham bor. Qovuq cho’qqisi bilan kindik o’rtasida qorin devorining orqa (ichki) devori bo’ylab o’rtada bir boylam tortilgan, bunga ligamentum umbilicali medianum (o’rtalikdagi kindik boylami) deyiladi. Qovuqning devori to’rt qavatdan tuzilgan:
1) shilliq qavat - tunica mucosa qovuqning ichki yuzasini qoplangan bo’lib, qovuq siydiksiz (bo’sh) turganda burmalar - rugae ni hosil qiladi, qovuq siydik bilan to’lganda esa devorlarning kengayishi natijasida burmalar yo’qolib ketadi. Ushbu qavatda shilliq bezchalari - glandulae vesicales va limfa tugunlari - folliculi limphatici vesicales joylashgan;
2) shilliq osti qavati - tela submucosa biriktiruvchi to’qimadan tuzilgan bo’lib, shilliq qavat burmalarini hosil qilishda katta rol o’ynaydi;
3) muskul qavati tunica muscularis silliq muskul tolalaridan iborat bo’lib, uch qavat joylashgan:
1) tashqi qavat - stratum externum uzunasiga (bo’ylama) ketgan tolalar;
2) o’rta qavat - stratum medium ko’ndalang joylashgan tolalar;
3) ichki qavat - stratum internum ko’ndalang va bo’ylama tolalar aralashmasi. Bu uch qavat joylashgan muskul tolalari bir-biri bilan chatishib ketmay, ajralib turadi. O’rta qavat qovuqning pastki qismidagi teshikka, ya’ni siydik chiqarish yo’lining ichki teshigi - ostium urethrae internum atrofiga kelganda qalinlashib, qovuqning qisuvchi muskuli - musculus sphincter vesicae ni hosil qiladi.


Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish