Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti xalmuratov m. A



Download 0,5 Mb.
bet129/155
Sana29.05.2022
Hajmi0,5 Mb.
#616027
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   155
Bog'liq
Odam anatomiyasi DENOV 20222

10-mashg’ulot
Mavzu. JUFT SUYAKLAR TUZILISHI (2 soat)
Kerakli materiallar va jihozlar: (material va jihozlar ikkita talabaga bir komplekt (to‘plam) tayyorlanadi):
1. Odamning to’liq skeleti.
2. Odamning alohida bosh suyaklari.
3.Lupa.
4. Mikroskop.
Vazifa Odamning bosh skeleti tuzilishini o’rganish, tarqatma materiallardan foydalanib odam bosh suyaklarini ko‘rib chiqish.
KALLANING MIYA BO’LIMI SUYAKLARI Ensa suyagi (os occipitale) qisman kalla qopqog’ining orqa, pastki tomoni va uning asosini tashkil qilishda qatnashadi. U oldingi tomondan ponasimon suyakka, tepa va chakka suyaklariga birlashgan. Unda palla, yon qismlar, asos yoki tana tafovut qilinadi. Ensa suyagining ana shu qismlari katta ensa teshigi atrofida pars basilaris ensa teshigining oldingi tomonida joylashgan bo’lib, 18-20 yoshlarda ponasimon suyak tanasiga qo’shilib ketadi. Uning kalla bo’shlig’iga qaragan yuzasi botiq bo’lib, ponasimon suyak tanasidagi xuddi ana shunday yuza bilan qo’shilib, ensa teshigi tomonga yo’nalgan nishab- clivus ni hosil qiladi. Bu gishabda uzunchoq miya va miya ko’prigi joylashadi. Ensa suyagi tanasining ikki chakkasida pastki tosh egatchasi-sulcus sinus petrosi inferiores ko’rinib turadi. Ponasimon suyak (os sphenoidale) juda murakkab tuzilgan bo’lib, kalla suyagining asosan o’rtasida, deyarli barcha kalla suyaklari bilan birlashgan holda joylashgan. Uning katta joylashadi. Ensa suyagi katta teshik - (foramen ocipitale magnum) orqali umurtqa kanaliga qo’shilib turadi. Ensa suyagining pallasi - sguama occipitalis tashqi tomonga qavarib, ichki yuzasi botiq bo’lib, egilgan serbar plastinka - palladan tuzilgan. Ensa suyagining tashqi yuzasi markazida tashqi ensa do’mbog’i (suyaklanish niqtasining o’rni) - protuberantia occipitalis externa mavjud. Ana shu qirradan ikki yonboshga linea nuchea inferior chiziqlari tarqaladi. Pallaning ichki yuzasi krestsimon tepa - eminentia cruciformis bilan to’rtta chuqurchaga bo’lingan, uning o’rtasida esa ichki ensa dumbog’i protuberantia occipitalis interna bor, unda tepaga yo’nalgan egatlar - protuberantia sinus sagitalis superioris bilan birga ikki yonbosh tomonda joylashgan egatchalar - sulsus sinus transversi ko’rinadi. Pastki tarmog’i - ensaning ichki qirrasi - crista occipitalis interna ensa teshigiga qadar boradi. Katta ensa teshigining ikki yonboshida pars lateralis joylashgan, u pastki yuzada joylashgan ellips shaklidagi bo’g’im do’mboqchalar - condylis occipitalis orqali 1 bo’yin umurtqasining yuqori bo’g’im yuzasi bilan qo’shiladi. Ensa suyagining bo’g’im do’mboqchalari o’rtarog’ida til osti nervi o’tadigan kanal - canalis hipoglossalis joylashgan. Do’mboqcha yon tomonida esa bo’yinturuq vena o’ymasi - insisura jugularis bo’ladi. Bu o’yma chakka suyagidagi ana shunday o’yma bilan qo’shilib, bo’yinturuq teshigi - foramen jugularis ni hosil qiladi. Tanasi - va kichik qanotlari - alae majoris et minoris uchayotgan ko’rshapalak shakliga o’xshash bo’lib, suyak tanasi - corpus sphenoidale ga birlashadi. 1. Chakka suyagi (os temporale) áèð æóôò á¢ëèá, ìóðàêêàá òóçèëãàí. Eshituv, muvozanat saqlash a’zolarini o’z tarkibida saqlab turadi. Chakka suyagi to’rt qismdan iborat. Bular: palla (tanga) -pars squamosa, nog’ora - pars tumpanica, piramida (toshsimon)- pars petrosa va so’rg’ichsimon pars mastoidea qismlaridir. Ana shu qismlar yangi tug’ilgan chaqaloqlarda alohida bo’lib, bola bir yoshga to’lganda suyaklanib, birlashib, bitta butun chakka suyagini hosil qiladi. Chakka suyagining to’rttala qismi tashqi eshituv yo’li - eatus acusticus externus atrofida joylashgan. Chakka suyagi (tangasimon qismi) pallasi pars squamosa ning ichki yuzasi facies cerebralis da miya egatlarining izlari bor. Pallaning tashqi yuzasi -acies temporalis silliq bo’lib, chakka chuqurining hosil bo’lishida qatnashadi, undan chiqqan yonoq o’sig’i - processus zygomaticus yonoq suyagi bilan birlashadi. Pastroqda pastki jag’ bilan bo’g’im tuzadigan chuqurcha fossa mandibularis joylashgan. Uning oldingi tuberculum articulare do’mbog’i pastki jag’ning bo’g’im o’sig’ini chuqurchadan chiqib ketishdan saqlab turadi. 2. Nog’ora qismi (pars tympanica) unchalik katta bo’lmagan va bir oz egilgan plastinka bo’lib, chakka suyagi tashqi eshituv yo’lining oldi va orqa tomonini chegaralab turadi. Lateral tomondan so’rg’ichsimon o’siq - processus mastoideus va medial tomondan piramida qismlari bilan qo’shilib tursa, pastki tomon bigizsimon o’siq (proctssus styloideus) ildizini o’raydi. 3. Toshsimon qismi (pars petrosa) chakka suyagining boshqa qismlariga nisbatan qattiqroq tuzilishga ega, shuning uchun bu bo’lim toshsimon yoki shakliga qarab piramida - pyramis deb ataladi. Piramida bag’rida eshituv va muvozanatni saqlash a’zolari joylashgan, ular turli tashqi ta’sirotlardan saqlanib turadi. Piramidaning oldingi yuzasi- facies anterior da (piramidanining uchi yaqinida), bosh miya uchlik nerv tugunining chuqur izi-impres trigemini joylashgan. chuqurchaning yon tomonida ikkita parrall joylashgan nozik egatcha bor, medial tomonida- sulcus n. Petrosi major lateral tomonda-sulcus n. Petrosi minoris, egatchalar hiatus canan. Petrosi majoris et minoris nomli teshikchalarga davom etadi. Oldingi yuzaning orqa bag’ridagi yarim doira - semicanalis kanalining (ichki quloq tuzilishiga qarang) turtib chiqishidan vujudga kelgan tepa eminentia arcuata bor. nihoyat piramidaning oldingi yuzasi nog’ora bo’shlig’ining tomi-tegmen tympani holida joylashgan. Priamidaning orqa yuzasi - facies posterior da joylashgan ichki eshituv teshigi-porus acusticus internus orqali bosh miyaning yuz va eshituv nervlari, ichki eshituv qon tomirlari o’tadi. Chakka suyagining kanalari: uyqu arteriyasi kanali - canalis caroticus piramidaning pastki yuzasida joylashgan - foramen caroticum externum dan boshlanib, yuqoriga, tepaga ko’tariladi va to’g’ri burchak hosil qilib, uyqu arteriyasi kanalining ichki teshigi- foramen caroticum intarnum da tugaydi. Kanal orqali shu nomli arteriya o’tadi. 101 yuz nervi kanali- canalis facialis ichki eshituv teshigining tubilan boshlanib, avval ko’ndalangiga yo’naladi, so’ngra orqaga va pastga qarab qayrilib, tizza-genuculum canalis facialis ni hosil qiladi, keyin pastga davom etib, foramen stylomastoideum bo’lib tugaydi.


Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish