Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti xalmuratov m. A



Download 0,5 Mb.
bet130/155
Sana29.05.2022
Hajmi0,5 Mb.
#616027
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   155
Bog'liq
Odam anatomiyasi DENOV 20222

11-mashg’ulot.
Mavzu. PONASIMON SUYAKLARI (2 soat)
Kerakli materiallar va jihozlar:
(material va jihozlar ikkita talabaga bir komplekt (to‘plam) tayyorlanadi):
1. Odamning bosh skeleti yuz bo‘limi.
2. Odamning alohida ajratilgan yuz bo‘limi suyaklari.
3. YUqorigi jag‘, pastki jag‘, tanglay, dimog‘, ko‘z yoshi, yonoq suyaklari, pastki burun chig‘anog‘i, tilosti suyagi.
4. Lupa.
5. Mikroskop.
Vazifa
Odamning bosh skeleti yuz bo‘limining tuzilishini o’rganish, tarqatma materiallardan foydalanib yuz bo‘limining alohida suyaklarini ko‘rib chiqish.
Kallaning yuz bo’limi yuqori va pastki jag’, tanglay, burun, pastki burun chig’anog’i, dimog’, yonoq va til osti suyaklaridan tuzilgan. Bu yerda sezgi (ko’rish va hid bilish) a’zolari joylashadigan bo’shliqlar va nafas (burun bo’shlig’i) bilan ovqat hazm qilish sistemalarining (og’iz bo’shlig’i) boshlanish qismlari joylashgan. Shuning uchunyuz suyaklari tuzilishida bir qancha xususiyatlarni kuzatish mumkin. Bu xususiyatlar xususida har bir suyakni ta’riflanganda batafsil to’xtalib o’tamiz. Yuqori jag’ (maxilla) birmuncha murakkab tuzilgan. U ko’z kosasi, burun va og’iz bo’shliqlarini hosil qilishda ishtirok etadi va chaynov apparatlari ishida faol qatnashadi. Yuqori jag’ning tanasi va to’rtta o’sig’i bor: Tansi-corpus maxillae ning ichida havo saqlanadigan turli shaklda uchraydigan kafak (Gaymor kavagi)- sinus maxillaris bo’lib, burun bo’shlig’iga teshik-hiatus maxillaris orqali ochilib turadi. Tanasida to’rtta yuza (oldingi, chakka osti, ko’z kosasi va burun bo’shlig’i yuzasi) tafovut qilinadi. Oldingi yoki qaragan facies anterior ning pastki tomonida tish ildizlaridan paydo bo’lgan tepacha-juga alveolaris lar bor, ana shu tepachalarning yuqorisida, lateral tomonda it chuqurchasi (kuldirgich) - fossa canina o’rin olgan. Ana shu chekkaning pastida joylashgan ko’z kosasining ostidagi teshik -foramen infraorbitale orqali qon tomirlari nerv tolalari chiqadi. Medial tomondagi o’yma-incisura nasalis oldinda burun qiltanog’i-spina nasalis anterior bilan tugaydi. Chakka osti yuzasi - facies infratemporalis oldingi yuzasidan yonoq o’sig’i-processus zygomaticus ning asosi bilan chegaralandi va chakka osti va qanot-tanglay chuqurchalarini hosil qilishda qatnashadi. Chakka ostida jag’ do’mbog’i- tuber maxillae, orqa tomonida mayda teshikchalar -foramina alveolaria bor. Bu teshikchalardan yuqoridagi jag’ tishlariga boradigan qon tomirlari va nervlari o’tadi. Jag’ do’mbog’ining medial tomonida katta tanglay egatchasisulcus palatinus major bo’lib, tanglay suyagiga birlashadi va shu nomli kanal - canalis palatinus ni hosil qiladi. Yuqori jag’ tanasining burunga qaragan yuzasi - facies nasalis burun bo’shlig’ining lateral devorini hosil qilishda qatnashadi, tanglay suyagi pastki burun chig’anog’i bilan birlashadi va pastda tanglay o’sig’ining yuqori yuzasiga o’tib ketadi. Facies nasalis da ikkita g’adir-budir qirra bo’lib, ular crista ethmoidales (o’rtadagi qirra) va crista conchalis (pastdagi qirra) deb ataladi. Qirralarga burun chig’anoqlari yopishib turadi. Tanglay o’sig’ining medial chekkasida burun qirrasi - crista nasalis ko’tarilib turadi. Tanglay o’sig’ining pastki yuzasi g’adir-budur bo’lib, bu yerdan qon tomir va nervlar joylashadigan egat-sulci palatini o’tadi. O’ng va chap tomondagi tanglay o’siqlar o’rta chiziqqa qo’shilib, chok hosil qiladi. chokning oldingi tomonida kurak tishning teshigi foramen incisium ko’rinib turadi, u shu nomli kanalga (canalis incisivum) davom etadi. Yonoq suyagiga birlashadigan o’siq-processus zygomaticus yonoq suyagiga qo’shiladi. Dimog’ suyagi (vomer) noto’g’ri to’rtburchak shaklidagi yupqa plastinkadan iborat toq suyak bo’lib, burun to’sig’ini hosil qilishda qatnashadi. Suyakning oldingi chekkasi g’alvir suyagining perpendikulyar plastinkasi bilan tutashadi. Orqa chekkasi bo’sh bo’lib, burun bo’shlig’ining orqa qismi-xoanani ikkiga ajratib turadi. Dimog’ suyagi ko’pincha chap tomonga sal qayrilib joylashadi. Yonoq suyagi (os zygomaticum) yuz suyaklari orasida eng qattig’i bo’lib, kallaning yuz qismini miya bo’lagiga nisbatan mustahkamlab turadi. Yonoq suyagi chaynov muskuli boshlanadigan keng sathni hosil qiladi. Bu suyak lunj va ko’zga qaragan ikkita plastinkadan iborat bo’lib, o’zaro ko’z osti chakasi- margo infraorbitalis orqali qo’shiladi. Yonoq suyagining joylashish o’rniga ko’ra uchta yuza va ikkita o’siq tafovut qilinadi: Facies lateralis -to’rt qirrali yulduz shakldagi do’mbog’i bo’lib, bu yerda tuber malare joylashadi. Orqa yuzafacies temporalis silliq bo’ladi va shu nomli chuqurchaga qarab turadi. Uchinchi yuza-facies orbitalis ko’z kosasining devorini hosil qilishda qatnashadi. Peshona o’sig’i- peshona suyagining yonoq o’sig’idagi ponasimon suyak qanoti bilan qo’shilib turadi. Chakka o’sig’i- processus femporalis chakka suyagidagi processus zygomaticus bilan qo’shilib, yonoq ravog’i arcus zygomaticus ni hosil qiladi. Pastki jag’ suyagi (mandibula)kalla suyaklari ichida faol harakatchanligi, ya’ni chakka suyaklariga bir juft bo’g’im tuzib qo’shilishi bilan farq qiladi. Pastki jag’ suyagining tishlar o’rnashgan gorizontal qismi, tanasi-corpus mandibulae va ikkita vertikal joylashgan shoxi- rami mandibulae bor, u ana shu shoxlar vositasida bo’g’im hosil qiladi va chaynov muskullari yordamida harakatlanadi. Til osti suyagi (os hyoideum) pastki jag’ bilan hiqildoq o’rtasida (til ostida) joylashgan. U taqa kabi bukilib bo’lib, o’rta qismi, tanasi - corpus va katta-kichik ikki juft shoxi (cornea majora et minora) tafovut qilinadi. Bular tanasi bilan tog’ay orqali birlashadi. Faqat 50 yoshdan keyingina suyaklanib birlashadi.


Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish