Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti



Download 182,05 Kb.
bet7/19
Sana28.06.2022
Hajmi182,05 Kb.
#714240
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19
Bog'liq
IS-LM MODELI kurs ishi

Jami xarajatlar = S + I+ ∆G + Xp;
Ko‘rinib turibdiki, balanslashgan byudjet multiplikatori birga teng. Soliqlar miqdorining 20 mlrd. so‘mga oshishi soliqlar to‘lagandan keyingi daromadlar miqdorini 20 mlrd. so‘mga qisqartiradi va iste’mol xarajatlari 15 mlrd. so‘m kamayishiga olib keladi. O‘z navbatida, iste’mol xarajatlarining 15 mlrd. so‘mga kamayishi SMM ni 60 mlrd. so‘mga kamayishiga olib keladi. Ammo, davlat xarajatlarining 20 mlrd. so‘mga oshishi SMM ni 80 mlrd. so‘mga oshiradi. Demak, mos ravishda davlat xarajatlari va soliqlar 20 mlrd. so‘mga oshishi SMM ni 20 mlrd. so‘mga (80-60 = 20) oshiradi.
Fiskal siyosatning fundamental maqsadi ishsizlik yoki inflyasiyani tugatishdir. Iqtisodiyotning pasayish davrida rag‘batlantiruvchi fiskal siyosat to‘g‘risida gap ketadi. U birinchidan, davlat xarajatlarini oshiradi, ikkinchidan, soliqlarni kamaytiradi, uchinchidan, birinchi va ikkinchi yo‘nalishlarni birga qo‘shib olib boradi. Boshqacha aytganimizda, balanslashgan byudjet bo‘lsa, iqtisodiyot inqirozga uchragan paytda fiskal siyosat davlat byudjeti kamomadi yo‘nalishiga harakat qiladi.
Teskarisi, iqtisodiyotda keragidan ortiqcha talab inflyasiyasiga joy bo‘lsa, bunday sharoitga bosiq fiskal siyosat to‘g‘ri keladi. Ya’ni, birinchidan, davlat xarajatlarini kamaytirish, ikkinchidan, soliqlarni oshirish va uchinchidan, ikkalasini bir-biriga qo‘shib olib borish. Agarda iqtisodiyot oldida inflyasiya ustidan nazorat o‘rnatish muammosi turgan bo‘lsa, fiskal siyosat davlat byudjetining ijobiy qoldig‘iga yo‘naltirilgan bo‘ladi.
Lekin, shuni ham esdan chiqarmaslik kyerakki, SMM qiymati nafaqat davlat xarajatlari va soliqlar o‘rtasidagi farqqa, balki byudjetning mutlaq miqdoriga ham bog‘liq.
Davlat byudjetida kamomad bo‘lgan sharoitda uning iqtisodiyotni rag‘batlantirishi kamomadni rag‘batlantirishiga bog‘liq. Mamlakat byudjet kamomadini ikki xil yo‘l bilan - aholidan qarz olish hisobiga (foizli qog‘ozlarni sotish hisobiga) yoki kreditorlar tomonidan yangi pullar chiqarish orqali moliyalashtirish mumkin.
Davlat pul bozoriga o‘zining qarzlari bilan chiqqan sharoitda moliyaviy vositalar uchun xususiy tadbirkorlar bilan raqobatga kirishishga to‘g‘ri keladi.
Moliyaviy vositalarga bo‘lgan bu qo‘shimcha talab foiz stavkalari muvozanat nuqtasini oshiradi. CHunki, oldingi mavzulardan ma’lumki, investitsiya xarajatlari foiz stavkalari bilan teskari mutanosiblikka ega. Demak, davlat tomonidan qarzlar olish foiz stavkalari darajasining oshishiga olib keladi.
Davlat byudjeti kamomadi yangi pullarni chiqarish orqali moliyalashtirilsa, xususiy investitsiyalar ta’siridan kutilishi, davlat xarajatlari investitsiya va iste’molga kuchli ta’sir qilmagan xolda o‘sishi mumkin. Demak, davlat byudjeti kamomadini moliyalashtirishda yangi pullarni chiqarish davlat qarzlarini kengaytirishga nisbatan yaxshiroq usul hisoblanadi. Davlat xarajatlari va soliqlar miqdorining o‘zgarishi ayrim xolatlarda avtomatik ravishda amalga oshiriladi. CHunki, avvalgi o‘rinlarda kayd etilganidek, SMMning har qanday darajasida bir miqdordagi soliqlar olinadi.
Barcha turdagi soliqlar ham SMM o‘sishiga mos ravishda sof soliqlar tushumini ko‘paytiradi (sof soliq umumiy soliqlar tushumidan davlat transfyert to‘lovlari ayirmasiga teng). SMM miqdorining o‘sib borishi bilan individual daromad soliqlari, korxonalar daromad va foyda soliqlari, QQS, aksizlar mikdori oshib boradi. Va, aksincha SMM miqdori kamaysa, soliq tushumlari kamayadi. Bu yerda transfyert to‘lovlari qarama-qarshi xususiyatga ega. CHunki, iqtisodiy o‘sish sharoitida ishsizlarga to‘lanadigan nafaqalar, fyermyerlarga byeriladigan subsidiyalar kamayadi va teskarisi.
Davlatning fiskal siyosatida to‘lanadigan soliqlar miqdori katta ahamiyatga ega. SHuning uchun ishlab chiqarish korxonalari to‘laydigan soliqlar tarkibini qarab chiqamiz. Korxonalar uchun soliqlarni qanday manbalardan to‘lashni bilish lozim.

Soliqlar to‘lanadigan manbalarga ko‘ra, qo‘yidagi guruxlarga bo‘linadi:


1) Xarajatlari mahsulot tannarxiga kiritiladigan soliqlar: yer solig‘i, avtomobil yo‘llardan foydalanganlik uchun to‘lanadigan soliq, trasport solig‘i, transport vositalari egalaridan olinadigan soliq;
2) Xarajatlari mahsulotlarni sotishdan tushadigan tushumlar tarkibiga kiritiladigan soliqlar; QQS, aksizlar, eksport ta’riflari;
3) Xarajatlari moliyaviy natijalarga qo‘shiladagan soliqlar: foyda solig‘i, mol-mulk, reklama, atrof-muxitni toza saqlash, uy-joy fondi va ijtimoiy soxa ob’ektlarini saqlab turish soliqlari va boshqalar;
4) Xarajatlari korxona ixtiyorida qoladigan foydadan qoplanadigan soliqlar: hisoblash texnikasi va avtomobillarni sotish uchun to‘lanadigan soliqlar, savdo qilish uchun byeriladigan litsenziyalar yig‘imi, birja amalga oshirgan ishlar uchun yig‘imlar, dam olish va kurort zonalarida ishlab chiqarish ob’ektlarini qurish uchun to‘lanadigan soliqlar va boshqalar.





3 Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbеkiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari. – T.: O’zbеkiston, 2009, 14-15-b

Download 182,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish