1.2 IS-LM modeli va undagi makroiqtisodiy muvozanat
Endi bizda IS - LM modelining barcha o‘zgaruvchi omillari mavjud. Modelning ikkita tenglamasi
(IC) U = S(U-T)+I(R)+G; (LM) M/P= L(R,U);
Byudjet-soliq siyosati G va T pul kredit siyosati M va narxlar darajasi R modelda o‘zgaruvchi omillar sifatida byerilgan. Bu ikki IS va LM egri chiziqlarini birlashishida xosil bo‘ladigan grafikni biz, IS-LM modeli deb atashimiz mumkin.
IS - egri chiziq - bu tovarlar bozoridagi muvozanat egri chizig‘idir. U o‘zida tovarlar bozoridagi muvozanatni ta’minlovchi foiz stavkasi R ning va daromad U ning barcha o‘zaro birliklarini ko‘rsatadi, LM egri chizig‘i esa pul bozoridagi muvozanat shartlarini qondiruvchi R va U ning o‘zaro birlashuvlarini byeradi.
6-chizma.IS-LM modelidagi iktisodiy muvozanat.
IS-LM egri chiziqlari kesishadigan nuqta IS-LM modelidagi iqtisodiy muvozanatlik holatidir. Bu nuqta o‘zida shunday foiz stavkasi R ni va daromad darajasi U ni aniklaydiki qachonki ular real pul mablag‘lariga bo‘lgan talab ularning taklifiga teng kelgan vaziyatni ifodalaydi. Ya’ni, mahsulotlar pul bozorida ham muvozanat shartlariga rioya qilinsa, pulga bo‘lgan umumiy talab foiz stavkasi miqdoriga yoki pulning ishlatilish Bahosiga nisbatan teskari bog‘liqlikda bo‘ladi.
SHunday qilib IS-LM modeli iqtisodiy siyosatning oqibatlarini qisqa muddatli davrga makroiqtisodiy tahlil qilishda juda keng qo‘llaniladi.
1.3 Byudjet ortiqchaligini kamaytirish va byudjet kamomadini moliyalashtirish usullari.
Davlat byudjeti kamomadini moliyalashtirish usullari:
Pul-kredit emissiyasi; tushumlarini ko‘kamomadi
Davlat zayomlarini chiqarish;
Davlat byudjetiga soliq paytirish.
Monetar siyosat yuritishda davlat byudjeti pul chiqarish orqali qoplanadi.
Inflyasiya darajasi oshganda Olivyer-Tanzi samarasi paydo bo‘ladi. Ya’ni, soliq to‘lovchilar tomonidan davlatga to‘laydigan soliqlar to‘lovini atayin kechiktirish xollari yuzaga keladi. Bu esa davlat byudjeti kamomadi oshishiga olib keladi. Bundan davlat byudjeti kamomadini pul chiqarish yo‘li bilan qoplash, byeriladigan kreditlarga foiz stavkalarini imtiyozli qilib belgilash Yoki to‘lovlarni kechiktirish shakllari ham qo‘llanishi mumkin. Bu esa inflyasiyaning oshishiga olib keladi
Byudjet ortiqchaligini kamaytirish usullari:
1. Muomaladagi pul mablag‘larini olib qo‘yish;
2. Davlat qarzlarini kamaytirish.
Hozirgi sharoitgacha bizning muloxazalarimiz yopiq iqtisodiyot sharoitida olib boriladigan fiskal siyosat to‘g‘risida cheklangan edi. Agarda, mamlakat jaxon iqtisodiyotining bir qismini tashkil qilsa, ya’ni, ochiq iqtisodiyot sharoitida faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lsa, qo‘shimcha qiyinchiliklar kelib chiqadi.
CHet mamlakatlarda ro‘y byerayotgan xodisalar va ular tomonidan qabul qilinayotgan siyosiy tadbirlar mamlakat eksportiga va iqtisodiyotiga ta’sir qiladi. Yalpi talabning halqaro zarbasiga duchor bo‘lishi bizning SMMni qisqartirishi va fiskal siyosatimiz tadbirlarini qadrsizlantirishi mumkin.
Masalan, biz respublikamizda ishlab chiqarish pasayishini kutayapmiz va yalpi talabning o‘sishini ta’minlashga etarli darajada davlat xarajatlari va soliqlari miqdorini shu darajagacha qisqartirdik. SHuningdek, asosiy savdo hamkorimiz bo‘lgan davlatlar iqtisodiyoti kutilmaganda va tezlik bilan o‘sa boshlasin. Ta’minlanganlik darajasining oshishi va daromadlarining o‘sishi bu mamlakatlarda respublikamizdan tovarlarni sotib olishning o‘sishiga olib keladi. Bizning sof eksportimiz o‘sadi. Yalpi talab nixoyatda tez o‘sadi va biz talab inflyasiyasi muammosi oldida turgan bo‘lamiz. Agarda sof eksportimizning shunchalik o‘sishini oldindan bilganimizda rag‘batlantiradigan qulay fiskal siyosat yuritgan bo‘lar edik.
Sof eksport samarasi, fiskal siyosat samaradorligini halqaro savdo orqali barbod qilishga harakat qiladi. Biz o‘rin almashish samarasini qarashni tugatdik va rag‘batlantiruvchi fiskal siyosat orqali foiz stavkalarini oshishi mumkinligi xaqida xulosaga keldik, ya’ni investitsiyani qisqarishiga olib keladi shunday ekan fiskal siyosatni bekorga chiqaradi. Endi biz ishonishimiz kerakki, foiz stavkalarini o‘sishi bizni sof eksportga qanday ta’sir qiladi. Keyin faraz qilaylik, biz rag‘batlantiruvchi fiskal siyosat olib borayapmiz, ya’ni iqtisodiyotga yuqori stavkali foiz olib keladi. Bunday foiz stavkalari chetdan moliyaviy kapitallarni jalb qiladi. CHetdan kelgan moliyaviy investorlar chetdan qimmatbaho qog‘ozlarni sotib olishdan oldin, o‘zining hisobida o‘sha mamlakatning valyutasiga (mos, respublikamizning so‘mi) ega bo‘lishi kerak.
Davlat xarajatlari multiplikatori iste’molga chegaralangan moyillik darajasi bilan to‘g‘ri bog‘liqlikka, chegaraviy soliq stavkasi hamda iste’molga chegaralangan moyillik darajasi bilan teskari bog‘liqlikka ega.
.
6 Q.Mambеtjanov.Iqtisodiyotni modеrnizatsiyalash sharoitida milliy hisoblar tizimini takomillashtirishning nazariy asoslari. // I.f.n. ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissеrtatsiya avtorеfеrati. Toshkеnt – 2012. 8-9 bеtlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |