To’rtinchi alomat. Korxona salohiyatini amalga oshirishning darajasi va natijalari (yaratilgan mahsulotlar va daromadlarning hajmi) yana tanlangan tadbirkorlikning shakli va korxonaning unga mos keluvchi tash- kiliy tuzilmasi bilan belgilanadi. Masalan, IBM 1981 yilda mavjud tashkiliy tuzilma o‘zini ko‘rsatib bo‘lganligi tushunib, markazlash- tirilganlikni tugatgan. Natijada belgilangan tijorat doirasida bir birlari bilan haqiqatdan ham raqobatlashuvchi 14 mustaqil birliklar – kompaniyalar vujudga kelgan. Bu firma ichidagi tadbiokorlikni rivojlanishi va umuman IBMning foydasini ko‘payishiga olib kelgan. Uning bo‘linmalari endi nafaqat ―foyda markazlari‖ sifatida, balki ―yangilik kiritishlar markazi‖ sifatida faoliyat yuritmoqdalar, bu natijada ham IBMga va ham undan ajrab chiqqan 14 kompaniyalardan har biriga muvaffaqiyat keltirmoqda.
Xorijiy biznesning nazariyasi va amaliyotida yaqin yaqingacha bu barcha to‘rtta alomatlarni, ya‘ni korxonalarning ―iqtisodiy salohiyati‖ni birlashtiruvchi tushuncha mana nima uchun bo‘lmagan. G‘arbdagi texnologik ko‘tarilish paytida ustivorlik asosiy kapital: mashinalar, dastg‘ohlar, uskunalar va boshqa moddiy- ashyoviy resurslar turlarida bo‘lgan. Keyin esa texnik omildan katta samara olish imkoniyatlari tugashi munosabati bilan asosiy e‘tibor kishilik kapitalga, xuddi xodimlarning qobiliyatlariga, ularning shaxsli salohiatidan to‘liq foydalanishga qaratilgan. SHunday strategiya firmaga hatto barcha boshqa texnik imkoniyatlar tugagan bo‘lib ko‘ringan paytda ham katta daromadlar keltirgan. SHuning uchun bugun muvaffaqiyat qozonayotgan firmaning iqtisodiy salohiyati modeli quyidagicha ko‘rinadi: kishilik kapital + asosiy kapital + aylanma kapital = firmaning iqtisodiy salohiyati. G‘arbiy biznesmenlar iqtisodiy salohiyatning barcha ko‘rsatib o‘tilgan elementlarini, va hammadan avval kishilik va asosiy kapitalni muvafiqlashuvida har qanday tadbirkorlik faoliyatining muvaffaqiyatiga ―kalit‖ni ko‘radilar. SHuning munosabati bilan biznes doiralarida katta obro‘ga ega Li Yakokkning fikrini dalil qilib keltiramiz. U quyidagicha yozadi: ―Barcha xo‘jalik operatsiyalarni pirovardida uchta so‘zlar bilan belgilanganga olib kelish mumkin: odamlar, mahsulot, foyda. Birinchi o‘rinda odamlar turadilar. Agar sizda ishonchli jamoa bo‘lmasa, qolgan omillardan juda kam narsa qilish mumkin‖.
An‘anaviy ravishda xorijiy biznesda kishilik kapitali faqat qisman va to‘g‘ridan to‘g‘ri bo‘lmagan holda (aylama kapital tarkibidagi ish haqiga xarajatlar shaklida) hisobga olingan, shuning bilan bir vaqtda hozir kishilik kapitali ishlab chiqarishni rivojlanishidagi mustaqil asosiy omil bo‘ladi. Pulni hisoblashni biluvchi xorijiy biznesmenlar o‘zlarining tajribalarida shunga iqror bo‘ldilarki, insonga kiritma(malakani oshirish, ta‘lim, sog‘liqni saqlash, firma hisobidan bo‘sh
vaqt va dam olishga xarajatlar) daromadlarni ko‘paytiradi va raqobarbardoshlikni oshiradi.
Bizda esa ish qanday bormoqda? Afsuski, korxona iqtisodiy salohiyati modeli uzoq vaqtlar amaliyot tomonidan talab qilinmagan. Bizning rivojlanmagan biznesimizda ham ko‘rsatib o‘tilgan modelning ayrim elementlarini qo‘llash zarurligini his qilgan korxonalar bo‘lsa ham. Masalan, ―Plastik‖ kooperativi xodimlar uchun bepul tushliklar, kooperativ hisobidan shifokorlarning navbatchiligi, o‘z xodimlari uchun uy-joylarni ularning qiymatini qisman to‘lash bilan qurishga pul kiritgan. Buning ustiga kooperativ pulardan bir qismini hayriya ishlariga ajratadi. Ammo iqtisodiy salohiyat modelidan majmuaviy foydalanishni bizning korxonalarimiz hozircha orzu qiladilar. Xorijiy biznesda iqtisodiy salohiyat modelidan tashqari boshqalardan ham keng foydalaniladi. Masalan, insonparvarlik, innavatsion, ilmiy-texnik va moliyaviy salohiyat modellari.
Har qanday korxonaning iqtisodiy salohiyati modeli quyidagicha belgilaniladi:
- unda mavjud bo‘lgan resurslarning hajmi va sifati bilan (asosiy ishlab chiqarish va noishlab chiqarish fondlarida band bo‘lganlarning soni, aylanma fondlar va moddiy zaxiralar, moliyaviy va nomoddiy resurslar – patentlar, litsenziyalar, axborotlar, texnologiyalar bilan);
xodimlar (mutaxassislar, ishchilar, yordamchi xodimlar)ning qandaydir mahsulotni yaratishga qobiliyatlari, boshqacha qilib aytganda ularning ma‘lumotli, malakali, psixofiziologik va undovchilik salohiyatlari bilan;
menejerning korxonadagi mavjud resurslardan muvofiq foydalanishga qobiliyati ( menejerning tayyorgarligi, ist‘edodi va kasbiy moslashganligi, korxona tashkiliy tuzilmasini yaratish va yangilashni bilishi) bilan;
innavtsion qobiliyatlari bilan ( ya‘ni korxonani ishlab chiqarishlarni yangilash, texnologiyalarni almashtirish va h.k.ga qobiliyatlari bilan);
axborotli qobiliyatlari bilan (ya‘ni axborotlarni ulardan ishlab chiqarishda foydalanish uchun ishlab chiqish va ―qo‘shimcha ishlov berish‖ usuli);
moliyaviy qobiliyatlari (korxonaning raqobatbardoshligi, moliya sohasidagi ichki va tashqi qarzdorligi) va boshqalar bilan.
Yig‘ilgan holda ular korxonaning yig‘ma (iqtisodiy va sotsial) qobili- yatini tashkil qiladilar, u xuddi shunday, masalan boshqa korxonaning qobiliyati bilan solishtirilganda uning raqobatbardoshligi darajasini aks ettiradi.
SHunday qilib, korxona salohiyatining raqobatbardoshligi – uning muhim parametrlari holatinini qandaydir tanlab olingan standartlar (jahon, xalq xo‘jaligi, soha, boshqa korxonaniki)ga nisbatan kompleks baholashdan iborat bo‘lgan salohiyatining solishtirma ta‘rifidir. Xori- jiy biznesda korxona salohiyati raqobat bardoshligini baholash uchun har xil usullardan foydalaniladi.
Indikatorli usul. Uning asosiga indikatorlar tizimi qo‘yilgan bo‘lib, uning yordamida firma, kompaniya, korporatsiya, boshqa korxona va umuman milliy iqtisodiyot salohiyati raqobatbardoshligining bahosi beriladi. Xorijiy biznesda indikator ostida u yoki bu tadqiqot qilinayotgan ob‘ektni shakllantirilgan ko‘rinishda bayon qilishga imkon beruvchi ta‘riflarning majmuasi va ular asosida
uni faoliyat yuritishining performance (natijaviyligi)ni oshirish bo‘yicha tavsiyalarni tanlab olish tushuniladi. Har bir indikator, o‘z navbatida, enli tadqiqot qilinayotgan ob‘ektning alohida elementlapi holatini aks ettiruvchi bir qator ko‘rsatkichlarga bo‘linadi. Boshqacha qilib aytganda, indikatorlar tizimi – u yoki bu korxonalar, mintaqalar, mamlakatlarning ahvoli va ―salomatli- gi‖ning holatini belgilashga imkon beruvchi o‘ziga xos ―gradusnik‖, ―barometr‖dir. Keyin sog‘lomlashish va ularning holatini yaxshilash ( ya‘ni raqobatbardoshligini oshirish) uchun retseptlar taklif qilinadi. Va nihoyat, muvofiq rivojlanish va mavjud salohiyatdan foydalanish yo‘llari bashoratlanadi, ularni boshqarishning yangi strategiyasi va taktikasi ishlab chiqiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |