Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti ―raqamli iqtisodiyot‖ kafedrasi


-rasm. ―Siz kim bilan ishlashni davom ettirishni xohlaysiz?‖ savoliga



Download 8,03 Mb.
bet51/151
Sana13.06.2022
Hajmi8,03 Mb.
#660921
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   151
Bog'liq
menejment umk

8.1-rasm. ―Siz kim bilan ishlashni davom ettirishni xohlaysiz?‖ savoliga


javoblarning natijasi.

Korxona faoliyati uchun mehnat jamoasi a‘zolarining vakolatlari muhim ahamiyatga ega, ular O‘zbekiston Respublikasining Mehnat Kodeksi, respublikaning boshqa qonunlari, tashkilotning ta‘sis hujjatlari, jamoaviy shartnoma tomonidan belgilanib beriladi. Masalan, Mehnat Kodeksining 21- moddassiga muvofiq xodimlar quyidagi huquqlarga egalar:



  • ushbu kodeks, boshqa respublika qonunlari tomonidan ma‘lum tartib va shartlarda mehnat shartnomasini tuzish, o‘zgartirish va buzishlarga;

  • unga mehnat shartnomasini tomonidan ma‘lum ishni taqdim etishga;

  • tashkilotning davlat standartlari va mehnat xavfsizligi va mehnat shartnomasi tomonidan ko‘zda tutilgan tegishli sharoitlaridagi ish joyiga;

  • o‘zining malakasi, ishning murakkabligi va bajarilgan ishning miqdori va sifatiga muvofiq ish haqini o‘z vaqtida va to‘liq hajmda to‘lanishiga;

  • ish vaqtining me‘yoriy davomiyligi, ayrim kasblar va xodimlar kategoriyalari uchun qisqartirilgan ish vaqtini belgilanishi, haftalik dam olish kunlari, ish kuni bo‘lmagan dam olish kunlari, yillik ta‘tillarini berilishi bilan ta‘minlanadigan dam olishga;

  • ish joyidagi mehnat sharoitlari va mehnatni muhofaza qilish haqidagi to‘liq ishonchli axborotlarga;

  • ushbu kodeks, boshqa respublika qonunlari tomonidan ma‘lum tartibda kasbiy tayyorgarlik, qayta tayyorlash va o‘z malakasini oshirishga;

  • birlashishga, shu jumladan kasaba uyushmalarini tashkil qilish va o‘z mehnat huquqlarini, erkinliklari va qonuniy mafaatlarini himoya qilish uchun so‘zga chiqish huquqiga;

  • tashkilotning boshqaruvida ushbu Kodeks, boshqa respublika qonunlari va jamoaviy shartnoma shaklida ishtirok etishga;

  • o‘z vakillari orqali jamoaviy muzokaralarni olib borish va jamoaviy shartnomalarni tuzishga, hamda jamoaviy shartnoma, bitimlarni bajarilishi haqidagi axborotlarni olishga;

  • barcha qonun tomonidan man qilinmagan yo‘llar bilan o‘zining mehnat hukuklari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga;

  • shaxsiy va jamoaviy mehnat nizolarini ushbu Kodeks, boshqa respublika qonunlari tomonidan ma‘lum tartibda hal qilishga;

  • xodimga u tomonidan mehnat vazifalarini bajarilishi munosabati bilan yetkazilgan zararni to‘lash va ma‘naviy zararni ushbu Kodeks, boshqa respublika qonunlari tomonidan ma‘lum tartibda qoplanishiga;

  • respublika qonunlari tomonidan ko‘zda tutilgan hollarda majburiy ijtimoiy sug‘urtalashga.

Ushbu mehnat jamoalari rasmiy deb ataladilar . Rasmiy tashkilot- bu korxonalarning ko‘rsatmalar, yo‘riqnomalar, farmoyishlar va me‘yorlar bilan belgilanadigan ijtimoiy munosabatlar tizimidir. U rahbarlar tomonidan tashkilotlar a‘zolarining ideal hulqini tan olinishida quriladi. Rasmiy tashkilot yoki tuzilma korxona (yoki qandaydir muassasa)ni umuman faoliyat yurita olishi uchun zarurdir. Rasmiy tuzilma ushbu korxonaning asosiy vazifalari qandayligi bilan belgilanadi. Ushbu vazifalarni amalga oshirish uchun ham odamlar guruhining texnik asoslangan holati vujudga keltiriladi, ularning xizmat vazifalari belgilanadi.
Rasmiy tuzilma– bu odamlar tashkilotning asosiy vazifalariga nisbatan bajaradigan rollari va vazifalarning tizimidir. Bu tuzilmani rivojlanishida
tashkilotlarga berilgan hokimiyat, vakolatlarning roli juda kattadir. Quyidagilar uning asosiy elementlaridir:

    • mehnat taqsimoti (gorizontal ixtisoslashish tizimi);

    • lavozimlarning vertikal bo‘yicha subordinatsiyasi;

    • kommunikatsiyalar tizimi;

Norasmiy jamoani tashkil bo‘lishi jarayoni g‘oyatda uzundir. Mutaxassislar bu jarayonni odatda 5 bosqichga bo‘ladilar:

  • birinchisida odamlar ongsiz halokatli xarakterdagi qandaydir hodisaga stixiyali javob qaytarish bilan birlashadilar;

  • ikkinchi bosqichda odatda ongliroq tuyg‘ular bo‘ladi;

  • uchinchi bosqichda norasmiy jamoa qandaydir tashqi doimiy xatarga qarshi birgalikda kurash uchun endi tashkiliy ravishda birlashadi;

  • to‘rtinchi bosqichda birlashgan odamlarga qandaydir ijobiy narsa, masalan, raqobat kurashida qaror topish, obro‘li klubga tegishlilik va h.k. omil sifatida bo‘ladi;

  • beshinchi bosqichda odamlar faqat jamoa bo‘lib hal qilish mumkin bo‘lgan yirik uzoq muddatli mahsadlarni hal qilishi uchun birlashadilar.

Jamoaning jipslashganligi darajasi uni pishib yetilganlik bosqichiga bog‘liqdir.
Odamlarning norasmiy tashkilotlarga kirishlarining bir necha sabab- lari mavjud;

      1. ushbu tashkilotlarga tegishlik hisiga ehtiyoj;

      2. xodimlar norasmiy tashkilotdan oladigan, ammo ular menejerdan olmaydigan yordam;

      3. xodimlarning himoyasi, masalan mehnat sharoitlari talablarga rioya qilish. Buning ustiga himoya vazifasi rahbarga ishonmagan vaqtda muhimroq ahamiyat kasb etadi;

      4. odamlarning muloqot qilishga e‘htiyoji. Odamlar atroflarida nimalar sodir bo‘layotganligini bilishni istaydilar, ammo ko‘pgina tash- kilotlarda ularni yetarlicha xabardor qilmaydilar. Buning ustiga, rah- barlar ba‘zida axborotlarni o‘z xodimlardan ataylab yashiradilar;

      5. odamlarning o‘zaro xayrixohligi. Ular ko‘pincha norasmiy tashkilotlarga o‘zlari xayrixoh bo‘lganlariga yaqinroq bo‘lish uchun kiradilar.

Norasmiy tashkilotlar kuyidagi muammolarni yaratishlari mumkin: korxona faoliyati samaradorligini pasayishi, yolg‘on xabarlarni tarqalishi, ilg‘or o‘zgarishlarga qarashlik qilish va boshqalar. SHuning bilan bir vaqtda agar guruhli me‘yorlar rasmiy ma‘lumlardan ustunlik qilsa norasmiy tashkilotlar foyda keltirishlari mumkin (korxonaga sodiqlik, jamoachilikni yuqori ruhi va mehnatning yuqoriroq unumdorli). Bo‘lajak muammolarni yengish va norasmiy tashkilotlar foydasidan foydalanish uchun menejerlar ularni tan olishlari, ular bilan ishlashlari, ularning qarorlarini hisobga olishlari , ularning yetakchilari va a‘zolari fikriga quloq solishlari, norasmiy tashkilotlarini qarorlar qabul qilishga jalb qilishlar, ovozalarning rasmiy axborotlarni operativ berish bilan yo‘lini to‘sishlari kerak.
Bundan tashqari, menejer faoliyatini tashkil qilishga rasmiy va norasmiy tuzilmalarning o‘zaro munosabati ham ta‘sir ko‘rsatadi, chunki ko‘pgina shunday vazifalar va xizmatlarni bajarishga to‘g‘ri keladilar, ular amalga oshirilishi bevosita rasmiy ko‘rsatmalar pirovarida paydo bo‘ladigan xarakterlar va ularning natijalariga qanchalik mos kelishiga bog‘liqdir.



    1. Download 8,03 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish