Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti ―raqamli iqtisodiyot‖ kafedrasi



Download 8,03 Mb.
bet19/151
Sana13.06.2022
Hajmi8,03 Mb.
#660921
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   151
Bog'liq
menejment umk

Nazorat


Boshqaruvning jarayonining nazorat vazifasi qabul qilingan qarorlarning boshqaruv tizimining haqiqiy holati, haqiqiy erishilgan natijalar va rejalashtirilgan maqsadlarga mosligi darajasini belgilaydi, chetga chiqishlar va ularning sabablarini aniqlaydi. SHuning uchun ham 3.1. rasmda ―nazorat‖dan chiquvchi o‘q
―rejalashtirish‖ tomon ketadi.
Qoidaga ko‘ra, nafaqat ―miqdoriy‖ balki ―sifat‖ ko‘rsatkichlari ham nazorat qilinadi. Nazoratni quyidagicha tasniflash mumkin:

    • nazorat ob‘ektlari bo‘yicha;

    • ijrochilar bo‘yicha;

    • qabul qilinayotgan qaror bo‘yicha;

    • nazorat ob‘ektidan bundan keyin foydalanish imkoniyati bo‘yicha;

    • munosabatlarning turi bo‘yicha;

    • ochiqliq alomati bo‘yicha;

    • qo‘lami bo‘yicha;

    • o‘tkazish uslibiyoti bo‘yicha;

    • axborotni olish va ishlab chiqish usuli bo‘yicha;

    • undovchi ahamiyatining darajasi bo‘yicha;

    • bajariladigan operatsiyalarning ob‘ektlari bo‘yicha (bir vazifali va ko‘p vazifali);

    • xarakteri bo‘yicha (uzluksiz va davriy);

    • nazorat qilinayotgan miqdorlarning soni bo‘yicha (yagona yoki bir o‘lchamli, ko‘p yoki ko‘p o‘lchamli);

    • ob‘ektlarni nazorat tomonidan qamrab olinishi darajasi bo‘yicha;

-nazoratning tartibi bo‘yicha;

    • nazoratning vaqti bo‘yicha;

    • nazorat operatsiyalarini boshqarilishining davriyligi bo‘yicha;

    • mexanizatsiyalashish (avtomatlashish) darajasi bo‘yicha;

    • ob‘ektning yashash davrasi pallalari bo‘yicha.

Nazoart yana dastlabki, joriy va xulosaviy bo‘ladi. Birinchisi ishlarni haqiqiy boshlanishiga qadar o‘tkaziladi, unda standartlar o‘rnatiladi, yo‘l qo‘yiladigan chetga chiqishlarning ko‘lami belgilanadi va.h.k. Xo‘jalik jarayoni bosqichida amalga oshiriladigan nazorat joriy degan nomga ega. Uning vazifasi xo‘jalik operatsiyalari va ishlab chiqarish vazifalarini bajarilishdagi kamchiliklarni operativ aniqlash va o‘z vaqtida ularning oldini olishdir. Yakuniy nazorat ish bajarilgandan keyin amalga oshiriladi. Bunda olingan natijalar ko‘zda tutilganlar bilan solishtiriladi.
Nazoratni amalga oshirishda amal qilish kerak bo‘lgan asosiy tamoyillarni ajratish mumkin, bular:

    • nazoratni strategik yo‘naltirilganligi;

    • nazoratni natijalarga yo‘naltirilganligi;

    • nazoratning o‘z vaqtidaligi;

    • nazoratning egiluvchanligi;

    • nazoratning ochiqligi;

    • nazoratning samaradorligi.

Hisobga olishga quyidagi talablar qo‘yiladi:

  • ma‘lumotlarning to‘liqligi, ya‘ni hisobni boshqaruv tizimining barcha elementlari bo‘yicha olib borish;

  • dinamiklik, ko‘rsatkichlarni dinamikada aks ettirish;

  • tizimiylik;

  • soddalik;

  • kompьyuter texnikasi asosida avtomatlashtirilganlik;

  • iqtisodiylik;

  • vorislik.

Boshqaruv tizimini faoliyat yuritishi ustidan muntazam va sifatli hisobga olish va nazoratni amalga oshirilishi uning yuqori samaradorligining muhim sharti bo‘ladi.
Tashqi muhit bilan murakkab o‘zaro munosabatlarga ega zamonaviy tashkilotlar boshqaruv jarayonida mavjud bo‘lgan ko‘rib chiqilgan umumiy vazifalardan farqliroq bir qator maxsus vazifalarni amalga oshiradilar: marketing, ishlab chiqarish, moliya, xodimlar, innovatsiyalar va boshqalarni boshqarish. Bu vazifalarning har birini korxonani boshqarish bo‘yicha ishning ma‘lum turi sifatida ko‘rib chiqish mumkin. Bu ishning boshqaruvda mehnatni taqsimlash jarayonida ajralib chiqadigan, ob‘ektiv xarakterga ega, nisbatan mustaqil uchastkalaridir.



    1. Download 8,03 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish