Amaliyot bo’yicha hisobot standart A4 o’lchamdagi varaqtsa qo’lyozma yoki kompyuterda bosmada chiqqan holatda rasmiylashtiriladi (shrift 12-14 punktda, 1,5 interval, varaq o’lchamlari tepadan va pastdan 2-2,5 sm, chap tomondan 3 sm. va o’ng tomondan 1-1,5 sm). Hisobot hajmi (ilovalarsiz) 30-50 varaqni tashkil etishi kerak. Hisobotda rejada ko’rsatilgan bo’limlari bo’yicha barcha savollarga javoblar; jadvallar, chizmalar, diagrammalar o’z aksini topgan bo’lishi kerak. Har bir bo’limning yakunida xulosa va takliflar berilishi zarur. Hisobot matnida so’zlarni qisqartirilgan holda yozish qat’iyan man etiladi. Yozilgan matnning oxirida ({ )sadan so’ng) muallif imzosi va ishni yakunlagan sana ko’rsatilishi kerak.
Adabiyotlar ro’yxatida o’rganilgan masalalar bo’yicha hukuqiy, me’yoriy va uslubiy xujjatlar o’quv-uslubiy qo’llanmalar, monografiyalar, jurnal va gazetalardagi maqolalar to’liq ko’rsatiladi. Adabiyotlar ro’yxatida mualliflarning alfavit bo’yicha nomi, bosmaxona, chop etilgan yili va sahifasi ko’rsatilishi kerak. Jurnal va gazeta maqolalari ham alfavit bo’yicha maqola muallifi, maqola nomi, jurnal yoki gazeta nomi, yili, soni va sahifasi ko’rsatiladi.
Ilovalarda tashkilot yoki korxonaning ma’lumotlarini va hisob-kitoblarni tasdiqlovchi hujjatlari nusxasi (kseronusxasi), korxona Nizomi nusxasi, yillik hisobotlari va balansi, hujjatlar blankalari va boshqalar bo’lishi shart. Hisobotga ilova qilingan hujjatlar ketma-ketlikda va ilovalar alohida ketma-ketlikda raqamlanadi va tepaga o’ng tomonga “Ilovalar” deb yoziladi.
Amaliyot bo’yicha hisobot amaliyot o’tgan tashkilot rahbari imzosi va muhri bilan tasdiqlanadi. Rasmiylashtirilgan hisobot kafedrada ro’yxatdan o’tgandan so’ng kafedra mudiri ko’rsatmasi bilan amaliyot bo’yicha ilmiy rahbariga takriz uchun beriladi.
AMALIYoT BO’YIChA HISOBOTNI RASMIYLAShTIRISh
Talaba amaliyotini baholash uchun kafedra tomonidan o’quv jarayoni jadvaliga mos holda belgilangan muddatlarda talaba tomonidan quyidagi to’liq rasmiylashtirilgan hujjatlar ish jildida taqdim etiladi:
Dastur asosida rasmiylashtirilgan amaliyot kundaligi;
Talabaning amaliyot o’tashi bo’yicha tashkilot yoki muassasa buyrug’idan ko’chirma;
Amaliyot o’tgan joydagi biriktirilgan amaliyot rahbari tomonidan talabaga berilgan va tashkilot muhri bilan tasdiklangan tavsifnoma;
Kafedra tomonidan biriktirilgan ilmiy rahbarning bergan ijobiy taqrizi bilan birgalikda amaliyot bo’yicha hisoboti (matni, ilovalar, hujjatlar nusxalari);
AMALIYoT BO’YIChA HISOBOTNI HIMOYa QILISh, BAHOLASh TARTIBI VA MEZONLARI
Amaliyot yakunida talaba yozma ravishda hisobot tayyorlaydi va uni bevosita amaliyot ob’ektidan tayinlangan rahbar imzolagan kundalik daftar bilan birga oliy ta’lim muassasasidan tayinlangan rahbarga topshiradi. Hisobot talabaning amaliyot
davrida bajargan muayyan ishlari to’g’risidagi ma’lumotlar, amaliyot ob’ekti bo’limlarining qisqacha izohi (tsex, bo’lim, laboratoriya va boshqalar), ular faoliyatining tashkil qilinishi, hayot faoliyatining xavfsizligi to’g’risidagi masalalar, amaliyot natijalari bo’yicha xulosa va takliflarni o’z ichiga olishi lozim.
Hisobot himoyasi paytida talaba amaliyot davrida amalga oshirilgan ishlari to’g’risida, xulosa va takliflarini; hisobot materiallari tarkibi va tahlilini; u tomonidan qabul qilingan xulosalarni va uning samaradorligini qisqacha tushuntirib, asoslab beradi va hisobot bo’yicha qo’shimcha savollarga javob beradi.
Ma’ruza uchun 10-15 daqiqa vaqt beriladi va talabaning bajargan ishlariga komissiya tomonidan baho beriladi. Ma’ruzachiga baho berishda u tomonidan rasmiylashtirilgan hisobot tarkibi va mazmuni, ilmiy rahbarning va tashkilot tomonidan biriktirilgan rahbarning xulosalari, kundalikning va boshqa hujjatlarning to’g’ri rasmiylashtirilishi hisobga olinadi.
Amaliyot yakunida talaba o’z hisobotini oliy ta’lim muassasasi toms( an tayinlangan komissiya oldida himoya qiladi.
Komissiya tarkibiga o’tilayotgan amaliyot fanini olib boruvchi o’qituvchi, oliy ta’lim muassasasi tomonidan biriktirilgan rahbar va imkoni bo’lsa, amaliyot ob’ektidan tayinlangan rahbar ham kiritiladi.
Amaliyot hisoboti 100 ballik tizimda baholanadi. O’rnatilgan grafik bo’yicha bajarilgan va talablar bo’yicha sifatli rasmiylashtirilgan amaliyot hisobotiga eng ko’pi bilan 40 ball, himoya vaqtidagi ma’ruza uchun 30 ball va berilgan savollarga javoblarga 30 ball ajratiladi.
Himoya vaqtida qaydnoma ikki nusxada to’ldiriladi. Qaydnomalardan biri kafedrada, ikkinchisi dekanatda saqlanadi. Amaliyot hisobotini bajarishi va himoya qilish natijasida 55 o’tish ballini to’plagan talabani reyting daftarchasiga oliy ta’lim muassasasi tomonidan biriktirilgan amaliyot rahbari tomonidan reyting balli qo’yiladi.
Amaliyot natijasi bahosi talabaning kursdan kursga o’tishi va stipendiya belgilashda hisobga olinadi. Amaliyot dasturini bajarmagan, ishi haqida koniqarsiz taqriz yoki hisobot himoyasida qoniqarsiz baho olgan talaba ta’til vaqtida o’z hisobidan qayta amaliyot o’tishga jo’natiladi.
Ayrim hollarda, bunday talabaning kelgusida oliy ta’lim muassasasida o’qishi mumkinligi masalasi rektor tomonidan ko’rib chiqiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |