AMALIYoT O’TAShNING UMUMIY QOIDALARI
Ushbu dastur va uslubiy ko’rsatmalar O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 1998 yil 30 oktyabr 305-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan “O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari talabalarining amaliyoti haqida”gi Nizomga hamda Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2008 yil 24 iyuldagi 191-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan ta’lim yo’nalishlari bo’yicha davlat ta’lim standartlari va namunaviy o’quv rejalari ablariga asosan ishlab chiqildi va Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti «Moliya» yo’nalishi bo’yicha tahsil olayotgan talabalarning tanishuv amaliyoti uchun tavsiya etiladi.
TANIShUV AMALIYoTINING MAQSADI VA VAZIFALARI
Bakalavriat yo’nalishlari bo’yicha mutaxassislar tayyorlashning muhim qismi bo’lgan talabalar tanishuv amaliyoti - moliya-kredit muassasalari (tijorat banklari, moliya va g’aznachilik bo’limlari, davlat soliq inspektsiyalari, sug’urta tashkilotlari) ilg’or xo’jalik sub’ektlari, aktsionerlik jamiyatlari, qo’shma korxonalar, qishloq xo’jaligi korxonalari, muassasalar va tashkilotlarda o’tkaziladi.
Talabalarning tanishuv amaliyoti bakalavriat yo’nalishlari fanlarining nazariy qismini mustahkamlash uchun zarur bo’lgan, o’qish jarayonining bevosita ishlab chiqarish sharoitlarida o’tkaziladigan qismidir.
Tanishuv amaliyotlar bakalavriat yo’nalishlari Davlat ta’lim standartlarida (DTS) ko’zda tutilgan turli shakllarda tashkil qilinadi. Hozirgi kunda O’zbekiston Respublikasi xukumatining iqtisodiy siyosatida oldinga surilayotgan yo’nalishlardan biri iqtisodiyotni modernizatsiyalash, ishlab chiqarish hajmi va samaradorligini oshirish orqali iqtisodiyotni barqaror o’sishini ta’minlashdan iborat
Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida tahsil olayottan 5230600 - Moliya ta’lim yo’nalishi talabalari tanishuv amaliyoti davomida universitet o’quv jarayonidagi mYa assisligi bo’yicha olgan bilimlari va mustaqil ish ko’nikmalarini, analitik va tadqiqot ishlarini mustahkamlaydilar. Iqtisodiy fanlardan universitetda o’qish mobaynida olgan nazariy bilimlarini moliya-kredit muassasalari (tijorat banklari, moliya va g’aznachilik bo’limlari, davlat soliq inspektsiyalari, sug’urta tashkilotlari), ishlab chiqarish korxonalari va tashkilotlardagi amaliy holat bilan bog’lab o’rganishlari va uni chuqurlashtirishlari tanishuv amaliyotining asosiy vazifasi hisoblanadi.
Tanishuv amaliyotining asosiy vazifalari:
oliy o’quv yurti o’quv jarayonida olgan kasbiy bilimlarini, tajribalarini va ko’nikmalarini amaliy kasb faoliyatida chuqurlashtirish;
amaliyot bo’yicha bilim, tashkiliy ko’nikmalarini hosil qilish;
talabalarning ish sifatini kelgusida takomiplashtirish;
kommunikativ ko’nikmalarini rivojlantirish;
davlat, moliyachi mutaxassislar va kasb etikasi tartiblari manfaatlaridan kelib chikkan holda muammoli masalalar va vaziyatlarni yechishni takomillashtirish;
Do'stlaringiz bilan baham: |