Darsni yakunlash va baholash.
Darsda faol ishtirok etgan o’quvchilar baholanadi.
Uyga vazifa berish.
O’quvchilarga darslikdagi mavzuni o’qib chiqish, mavzudan keyin berilgan savollarga javob topish topshiriqlari uyga vazifa qilib beriladi.
Metodik tavsiya.
mashqdagi tez aytish og’zaki o’qitiladi va bir nafasda uch marotaba aytishga tayyorlanib kelish vazifa qilib beriladi.
O’ktam ko’m-ko’k ko’rkam ko’klam rasmini ko’m-ko’k qalamda chizdi.
Ko'klam so’ziga yaqin ma’nodosh bo’lgan qaysi so’z bilan almashtirish mumkinligini topish uchun “Sinkveyn” metodidan foydalaniladi.
Bu metodni quyidagicha amalga oshirish mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati.
1. Qosimova K., Matjonov S., G’ulomova X., Yo’ldosheva Sh., Sariyev Sh. Ona tili o’qitish metodikasi. -T.: Noshir, 2009. - 163 b.
2. G’ulomova X., Yo’ldosheva Sh., Mamatova G., Boqiyeva H. Husnixat va uni o’qitish metodikasi.-T.: TDPU, 2009.
3. Raxmatullayeva L. Методика преподавания родного языка.-Т.: Учобное пособие. Молия Иктисод, 2007,
4. U. Masharipova, M.Umarova.Ona tili 3-sinf. Metodik qo’llanma –Tosh.: Sharq,2016.–121-125 b.
5. X.G’ulomova, T.G’afforova.1-sinfda Ona tili darslari -T.: Sharq, 2003.- 103-105 b.
18-amaliy mashg’ulot
|
5.3. 3-SINFDA SIFAT SO’Z TURKUMINI O`RGANISH DARSLARI REJASI VA ISHLANMASINI TUZISH
|
Amaliy mashg’ulotining o’qitish texnologiyasi
Vaqti: 2 soat
|
Talabalar soni: 30 ta
|
Mashg’ulot shakli:
|
Amaliy mashg’ulot
|
Amaliy mashg’ulot rejasi:
|
1. 3-sinfda sifat a’tamasini qo’llash va qoida ustida ishlash usullari.
2. Talabalarning sifatni o’rganishga oid tanlagan mashqlarni va didaktik materiallarni tahlil qilish.
3.Mavzuga oid dars fragmentlarini kuzatish va tahlil qilish.
4.Mavzuni o’rgatishda qo’llangan dars bosqichlarining tartibi va mazmunini tahlil qilish.
5.Talabalar faoliyatini baholash.
|
O’quv mashg’ulotning maqsadi:
|
1. Talabalarning sifat turkumini o’rganishi bo’yicha egallagan nazariy bilimlarni aniqlash. Ularni nazariy bilimlardan amalda foydalana olishga o’rgatish.
2.Sifatni o’rganish bo’yicha DTS va ona tili dasturining talablarini anglashlariga erishish.
3.Sifat turkumini o’rganishga doir darslik va metodik adabiyotlar ustida ishlash va ko’nikmalarini shakllantirish.
|
O’qituvchining vazifasi:
1.Mashg’ulotda talabalar jamoasini to’g’ri shakllantirish va faollashtirish.
2.Topshiriqlarni izchil berib borish
3..Sifatni o’tish izchilligi haqidagi talabalar bilimlarini aniqlash.
4.Talabalarning «Sifatlarning ma’no turlari. Sifat yasovchi qo’shimchalar» mavzusini o’tish bo’yicha nazariy bilimlarni aniqlash.
5.Dars namunalarini kuzatish va tahlil qilish.
6.Talabalar faoliyatini baholash.
|
O’quv faoliyatining natijasi
Talabalar bilishi kerak
Sifat so’z turkumi yuzasidan o’rgangan dastur talablari va metodik adabiyotlar yuzasida savollarga javob berish.
Mavzuni o’tish bo’yicha ishlab chiqqan metodik tavsiyalarini, ta’limiy xarakterdagi mashqlarni dars jarayonida yoritib berish.
Guruhdagi o’rtoqlarning fikr-mulohazalarini tinglash, ularga munosabat bildirish.
|
Ta’lim metodi va texnikasi
|
Kichik guruhlarda ishlash, muammoli izlanish, suhbat, mustaqil ishlash, tarmoqlash metodlari.
|
Ta’lim vositasi
|
Boshlang’ich sinf ona tili darsliklari (1-3-sinf), 1-3-sinflar uchun ona tili darsliklari (metodik qo’llanma), jadval, rangli rasmlar.
|
Ta’lim shakli
|
Yakka tartibdagi savol-javob, kichik guruhlarda ishlash
|
Ta’lim sharti
|
Auditoriya, TSOdan foydalanish
|
Do'stlaringiz bilan baham: |