Denov filiali pedagogika fakulteti



Download 7,27 Mb.
bet155/360
Sana11.04.2022
Hajmi7,27 Mb.
#544168
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   360
Bog'liq
Denov filiali pedagogika fakulteti (3)

1-topshiriq. Boshlang’ich sinflarda sifat so’z turkumini o’rganish tizimi. 1-4-sinflarda o’rganish.
2-topshiriq. Sifatlarning ot bilan bog’liq holda o’rganilishining sabablarini ayting. Sifat bilan dastlabki tanishtirish.(1-2-sinf) Sifat haqida tushuncha berish.(3-sinf). Shu Grammatik mavzu bilan bog’liq holda ayrim sifatlarning yozilishini o’rganish.(4-sinf). Izchilligida o’rganilishi ona tili dasturlari tuzilining qaysi biri asoslanganligini tushuntirib bering.
3-topshiriq. Belgi bildiruvchi so’zlarning qanday? Qanaqa? So’roqlariga javob bo’lishi qanday o’rganiladi?
4-topshiriq. Ikkinchi sinf ona tili kitobidan belgi bildiruvchi so’zlar haqidagi mavzulardan birini tanlab yangi mavzuni tushuntirishda qo’llaniladigan metodlarni belgilab chiqing.
5-topshiriq. Dars bosqichlari davomida qo’llash uchun Grammatik o’yinlar tanlang va ulardan foydalanish usullarini yoriting.
6-topshiriq. Mavzuga oid dars ishlanma yozing.
Dars mavzusi. Shaxs va narsa belgisini bildirgan so’zlar (215-218-mashqlar). Ona-tili 2-sinf
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: o’quvchilarga shaxs va narsa belgisini bildirgan so’zlar haqida hamda ularning so’roqlari, gapdagi vazifasi haqida tushuncha berish.
Tarbiyaviy: ona-Vatanga mehr-muhabbat ruhida tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi: o’quvchilarning og’zaki va yozma nutqini o’stirish va o’z fikrini to’g’ri ifoda etish malakasini shakllantirish, husnixat qoidalari asosida chiroyli yozuv malakalarini rivojlantirish.
Dars turi: yangi bilim, ko’nikmalarni shakllantiruvchi dars.
Dars metodi: yarim izlanishli muammoli metod, suhbat metodi, “Sinkveyn” ta’limiy o’yin.
Dars jihozi: mavzuga oid rasmlar, savolli kartochkalar, tarqatma materiallar.
Darsning borishi:

  1. Tashkiliy qism.

  2. Uy vazifasini tekshirish.

Uy vazifasini tekshirish uchunTez aytish musobaqasinomli talimiy oyin otkaziladi. Buning uchun sinf oquvchilari uch guruhga bolinadi. Oqituvchi tarqatmali tez aytishlardan namunalar beradi. Guruhdan bir oquvchi chiqib tanlagan tez aytishni bir nafasda uch marotaba aytishi kerak, guruh ishtirokchisi ayta olmasa guruhning boshqa ishtirokchisi chiqib aytishi mumkin. Eng yaxshi tez aytuvchi o’quvchilar guruhi aniqlanib rag’batlantiriladi.
Namuna:

  1. Erkin egatga ertaki ekinni ekdi.

  2. Boshqotirma Boltavoyning boshini qotirdi.

  3. Bulturgi burgutni bugun Urgutda ko’rdim.

  4. Chumchuq chug’urchiqni cho’qimasa, chug’urchiq chumchuqni cho’qimaydi.

  5. Eshik oldida buloq, buloqdan suv ichar uloq, uloqcham uzun quloq.




  1. Yangi mavzuning bayoni.

215-mashqni bajarishda oqituvchiSozda soztalimiy oyinidan foydalanadi. Bu oyin darslikdagi rasm asosida tashkil etiladi.
Guruhlarga A-4 hajmdagi qogoz tarqatiladi. Oquvchilar avval rasmdagi narsalar nomini bir daqiqa ichida ustun shaklida yozib chiqishlari kerak. Song topilgan sozlarning belgilarini topishlari zarur. Belgilangan vaqtda eng kop soz topgan guruh golib hisoblanadi va ragbatlantiriladi.
Oqituvchi darslikdagi 215-mashqni tushuntirish uchun ushbu suhbatdan foydalanishi mumkin. Rasmga qarang.

  • Rasmda nima tasvirlangan? (Rasmda shahar ko’rinishi tasvirlangan.)

  • Rasmda nimalarni ko’ryapsiz? (O’quvchilar narsalar nomini birma-bir aytadilar, so’ng doskaga yozadilar.)

N a m u n a : bino, ko’cha, daraxt, avtobus,...
Narsalarning belgisini ayting.

  • Qanday bino? (Katta, hashamatli bino.)

  • Qanday ko’cha? (Keng, ozoda ko’cha.)

  • Qanaqa daraxt? (Yashil, serbarg daraxt.)

O’quvchilar javoblarini daftarlariga yozishadi.
215-mashq asosida quyidagi qoida kelib chiqadi:
Shaxs va narsaning belgisini bildirgan so’zlar qanday?, qanaqa? so’roqlariga javob bo’ladi. Qanaqa? - yashil ko'rkam daraxt. Qan­day? - katta hashamatli bino.
IV. Mavzuni mustahkamlash.
Mavzuni mustahkamlashda 216-mashqdagi topishmoqdan foydalaniladi. Topishmoq o’quvchilarga o’qib beriladi va javobi toptiriladi.


Topishmoq asosida savol-javob daqiqasi o’tkaziladi.

  • Topishmoq nima haqida ekan? (Handalak haqida.)

                  1. Handalakning usti qanday ekan? (Yo’l-yo’l sariq, ko’k.)

  • Uning hidi-chi? (O’tkir.)

  • Bo’yi qanday ekan? (Past ekan.)

Yo’l-yo’l rangi (qanaqa?) sariq, ko’k;hidi (qanaqa?) o’tkir; bo’yi (qanday?) past.
Handalak haqida qisqacha ma’lumot beriladi.
Topishmoq matni ko’chiriladi. Handalakning belgisini bildirgan so’zlar aniqlanib, tagiga to’lqinli chiziq chiziladi.
Multimediali ilova asosida mashqni bajarish mumkin.
Ekranda 216-mashq matni quyidagi tarzda beriladi.
Usti (qanday?), (qanaqa?),
Beqasamga o’xshaydi.
Shirinligi til yorar,
Hidi (qanaqa?), bo’yi (qanday?).
Qo’yish uchun so’zlar; o’tkir, sariq, yo’l-yo’l, past, ko’k Topishmoq matni ostida so’roqlar o’miga qo’yilishi kerak bo’lgan so’zlar beriladi. O’quvchilar shu so’zlarni to’g’ri qo’ysalar topishmoq matni hosil bo’ladi.
Topishmoqning javobini topish uchun tarvuz va handalak rasmlari beriladi. O’quvchilar topishmoq javobini to’g’ri topsalar “Barakalla” degan so’zi yangraydi.
Shaxs ko’rsatiladi, belgisini bildirgan so’zlar ustida ishlash. Osmonda uchta katta yulduzlarda buyuk allomalarimiz Alisher Navoiy, Amir Temur, Zahiriddin Muhammad Bobur rasmlari beriladi. Mayda yulduzlarda shu uch alloma haqida gap beriladi. O’quvchilar berilgan gap ichidan shu allomalarga xos xislatlarini topib, mayda yulduzchali so’zlarni shu alloma rasmi yoniga qo’yadilar. Javob to’g’ri bo’lsa, yulduzcha katta rasmli yulduz yoniga o’tadi. Aksi bo’lsa “Oylab ko’ring” so’zi jaranglaydi va yulduzcha joyida qoladi.
Berilgan gaplar o’qiladi va gap kim haqidaligi aniqlanadi. Buning uchun qaysi so’zlar ularni topishga yordam bergan bo’lsa, shu so’zlarni allomalarning rasmlari yoniga joylanadi. Bu topshiriqni bajarishda o’quvchilarga o’qish va odobnoma darslarida o’rganganlari yordam beradi.
U inson saxiy, tadbirli va insonparvar mutaffakkir bo’lgan.
U inson talabchan, irodali va adolatli bo’lgan.
U inson iste’dodli, vatanparvar va epchil bo’lgan.

  1. gapdagi qoraytirilgan so’zlar Alisher Navoiyga tegishli,

  2. gap Amir Temurga, 3-gap Mirzo Boburga tegishli.

Darslik bilan ishlash.

  1. mashqMeni tushuntalimiy oyini orqali bajartiriladi. Bunda o’qituvchi stol ustiga hayvonlarning rasmini teskari qilib qo’yadi. Sinfdan bir o’quvchi doskaga chiqib rasmni oladi. O’quvchi hayvon rasmini ko’rsatmasdan shunday ta’riflashi kerakki, qolgan o’quvchilar qaysi hayvon haqida gap borayotganini darrov tushunib javob beradilar yoki uni ovozsiz harakatlar yordamida ham ko’rsatib berishlari mumkin.





Tarqatmali materiallar bilan ishlash
1
O’qing. Ko’chiring. Narsalar belgisini bildirgan so’zlarning tagiga chizing. Ularga so’roq bering.
Osti sariq, usti sariq,
Shirin, totli, ichi tariq.
(Anjir)
2
O’qing. Ko’chiring. Qanday so’rog’iga javob bo’lgan so’zlarning ta­giga chizing.
Shirin so 'zga hamma - katta ham, kichik ham eriydi. Shirin va ezgu so’zlar oqib turgan zilol suvga o'xshaydi. Zilol suv qayerda oqib tursa, u yerda anvoyi chechaklar unib chiqadi.
Yusuf Xos Hojib
3
O’qing. Shaxs-narsaning belgisiga qarab, topishmoqning javobini to­ping. Ko’chiring. Shaxs-narsa belgisini bildirgan so’zlarning tagiga chi­zing.
Oppoq sochli boshlari,
Daryo bo’lar yoshlari.(Q... va t...)


Yarmi qora, yarmi oq,
Ishonmasang, qarab boq! (T... va k...)
4
O’qing. Ko’chiring. Shaxs-narsa belgisini bildirgan so’zlarning tagiga chizing va ularga so’roq bering.
Sof havolar bizniki,
Sho’x navolar bizniki,
Bog’-u bahor bizniki,
So’lim nahor bizniki.


  1. Download 7,27 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   360




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish