1-topshiriq. Boshlang’ich sinflarda sifat so’z turkumini o’rganish tizimi. 1-4-sinflarda o’rganish.
2-topshiriq. Sifatlarning ot bilan bog’liq holda o’rganilishining sabablarini ayting. Sifat bilan dastlabki tanishtirish.(1-2-sinf) Sifat haqida tushuncha berish.(3-sinf). Shu Grammatik mavzu bilan bog’liq holda ayrim sifatlarning yozilishini o’rganish.(4-sinf). Izchilligida o’rganilishi ona tili dasturlari tuzilining qaysi biri asoslanganligini tushuntirib bering.
3-topshiriq. Belgi bildiruvchi so’zlarning qanday? Qanaqa? So’roqlariga javob bo’lishi qanday o’rganiladi?
4-topshiriq. Ikkinchi sinf ona tili kitobidan belgi bildiruvchi so’zlar haqidagi mavzulardan birini tanlab yangi mavzuni tushuntirishda qo’llaniladigan metodlarni belgilab chiqing.
5-topshiriq. Dars bosqichlari davomida qo’llash uchun Grammatik o’yinlar tanlang va ulardan foydalanish usullarini yoriting.
6-topshiriq. Mavzuga oid dars ishlanma yozing.
M a v z u: Belgini bildirgan so‘zlar
Darsning maqsadi: belgini bildirgan so‘zlar haqida tushuncha berish, belgini bildirgan so‘zlarga beriladigan savollar, belgini bildirgan so’zlarni shaxs va narsani bildirgan so‘zlar bilan bog’lanishi haqida tushuntirish, shaxs va narsani bildirgan so’zlarning o’ziga xos belgilari haqidagi tushunchalarini kengaytirish. Dars davomida keltirilgan misollar orqali ekologik tarbiya berish.
Darsning turi: yangi bilim beruvchi.
Darsning uslubi: ko’rgazmali suhbat, analiz uslubi.
Darsning jihozi: turli xil narsalarning belgisi aks etgan rasmlar, kesma harflar, sxema.
Darsning borishi.
Tashkiliy qism.
Mavzu o’quvchilarni narsalarning belgisini anglatadigan so’zlar haqidagi dastlabki mashg’ulot hisoblanib, kelajakda o’rganiladigan sifat so’z turkumlari haqidagi bilimga asos bo’ladi. Bu darsda narsalarning o’quvchilarga yaqqol tanish, aniq belgilarini misol qilib, rasmlar asosida ko’rsatish kerak.
1.137-mashq. Topishmoq o’qitiladi. Topishmoqda nima haqida so’z yuritilgani so’raladi, topishmoq javobi topiladi. Topishmoq javobi bo’lgan sabzini qaysi belgisiga ko’ra aniqlangani so’raladi. Ajratilgan so’zlar o’qitiladi. Ana shu so’zlarga so’roq beriladi. Belgini bildirgan so’zlarni narsa bildirgan so’zlar bilan birgalikda ko’chiradilar. Mashqni xattaxtada o’quvchilar tomonidan o’qituvchi namunasi asosida bajarilishi tavsiya etiladi: Qizil yuzli pari, mayda o‘rim sochlari, ochiq maydonda, yalang maydonda.
2. 138-mashq. Mashq yuzasidan avval og‘zaki topshiriq, ya’ni qanday? so‘rog‘iga javob berish bajariladi. Belgini bildirgan so‘zlar aniqlangandan so‘ng savollarga yozma ravishda javob yoziladi.
Qanday? bog‘ — Mevali bog'.
Qanday? gullar — Oq, pushti gullar.
Qanday? mevalar — Shirin va mazali mevalar.
3. Ijodiy diktant.
...asal, ...olma,
...paxta, ...daraxt.
O’quvchilar nom bildirgan so‘zlar yoniga mos belgi bildirgan so‘zlami yozib qo‘yishlari shart.
4.139-mashq. Eslatma, chiroyli yozuvga e’tibor berish. Belgi bildirgan so‘zlarning tagiga chizishni o‘rgatish. O’qituvchi o‘quvchilarga ma’lum narsa o‘ziga xos belgi xususiyatiga ega bo‘lishi haqida aytib o‘tadi.
Masalan: shirin qovun, qiziq ertak.
O’qituvchi o‘yin tarzida quyidagicha ish olib borishi mumkin: Qanday dala? — Keng dala. Qanday suv? — Tiniq suv. Toza tog‘mi yoki havo? — Toza havo.
Qanday tog‘? — Baland tog‘ va hokazo.
So‘ng 139-mashqni o‘quvchilar mustaqil bajaradilar.
5.140-mashq. Berilgan belgini bildirgan so‘zlarga mos shaxs yoki narsani bildirgan so‘zlarni yozish. O’qituvchi mashqni mustaqil uyda bajarishga o‘quvchilarni tayyorlaydi. O’quvchilarga yozishda qiynaladigan so‘zlarini tushuntirib, amaliy yordam beradi. Lekin o‘qituvchi belgini bildirgan so‘z yoniga mana bu shaxs yoki narsani bildirgan so‘zni yoz, deb mashqda berilgan so‘zlarni o‘qib bermasligi kerak. Chunki, bunday ish qilinsa, o‘quvchida faqat o‘qituvchi fikri bilan chegaralanish, mustaqil fikr yuritish, izlanishdan cho‘chish to’sig‘i paydo bo'ladi. Namunani tushuntirib bergandan so‘ng yana bir so‘zni boshqa ikki-uch nom bildirgan so‘z bilan qodlab tushuntirish va bolalarga birikmalar qo‘llashda tanlash imkoniyatiga ega ekanligini tushuntirish kerak.
6. Darsni yakunlash: Shaxs yoki narsani bildirgan so‘zlarga qanday so‘roq beriladi? Belgini bildirgan so‘zlarga-chi? Belgini bildirgan so‘zlar qaysi so‘zlar bilan bog‘lanadi? Belgini bildirgan so‘zlarni qanday belgilaymiz?
Do'stlaringiz bilan baham: |