Denov filiali pedagogika fakulteti



Download 7,27 Mb.
bet149/360
Sana11.04.2022
Hajmi7,27 Mb.
#544168
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   360
Bog'liq
Denov filiali pedagogika fakulteti (3)

1-topshiriq. Kitobim, kitobing, kitobi so’zlari so'z tarkibiga ko’ra tahlil qili­ng.
2-topshiriq. kitob - o’zak, -ini, -ing, -i qo'shimcha ekanini aniqlang.
kitob va kitobim so’zlarini taqqoslang, -im qo’shimchasining ma’nosi haqida o’ylab ko'ring.
3-topshiriq. Muammoli vaziyat yarating.
Qo’shimchaning ma’nosi haqida fikr yuriting.
O’quvchilar ammo kitobim so’zining ma’nosiga (mening kitobim - kitob meniki) tushunsalar ham, fikrlarini shakllantirib aytib berolmaydilar. O’qituvchi qisqa tushuntiradi:

  • Tilda uchta shaxs mavjud:

  1. shaxs — so’zlovchi

  2. shaxs — tinglovchi

  3. shaxs — o’zga

Hozir men sizga sozlayapman, tushuntiryapman, demak, men - sozlovchi, hozir siz meni tinglayapsiz, demak, siz (sen) tinglovchi, hozir tinglashga qatnashmayotganlar ham bor, u (ular) - ozga hisob­lanadi. Siz otlar birlik va koplik sonda qollanishini bilasiz. Malumki, biror narsa bir shaxsga yoki ikki va undan ortiq shaxsga tegishli bolishi mumkin. Mana shu manolarni, yani biror shaxs va narsaning birlik yoki koplikdagi uch shaxsdan biriga qarashli ekanini otga qoshilgan egalik qoshimchalari bildiradi. Masalan, kitobim soziga qoshilgan -im qoshimchasi kitobning I shaxsga taalluqli ekanini, yani kitobing egasi I shaxs ekanini bildiradi (-ing, -i qoshimchalari ham shunday tushuntiriladi). Kitobimiz sozidagi -imiz qoshimchasi kitob sozlovchi shaxsga, shu bilan birga, kop shaxsga (kop sozlovchiga) tegishli ekanini bildiradi (-ingiz, -i qoshimchalari ham shunday tushunti­riladi). Qisqa xulosa chiqariladi: otlarga qoshilgan mana shunday qoshimchalar egalik qoshimchalari deyiladi. Egalik qoshimchalari tegishlilik, egalik manosini bildiradi.
Egalik qoshimchalari otlarga ikki variantda qoshiladi. Akam va kitobim, akang va kitobing, akasi va kitobi kabi oxiri unli hamda undosh tovush bilan tugagan otlar soz tarkibiga kora tahlil qilinadi, qo'shimchalar taqqoslanadi, suhbat asosida xulosa chiqariladi: oxiri unli tovush bilan tugagan otlarga -m, -ng, -si, -miz, -ngiz, -si egalik qoshimchalari, oxiri undosh tovushlar bilan tugagan otlarga -im, -ing, -i, -imiz, -ingiz, -i egalik qoshimchalari qoshiladi. Shundan so’ng o’quvchilar «Ona tili» darsligidagi qoidani o’rganadilar, jadvalni tahlil qiladilar.
O’quvchilarga egalik qo'shimchalari haqidagi ko’nikmani shakl­lantirish uchun matndan egalik qo’shimchasi bilan qo’llangan otni topish, uni tarkibiga ko’ra tahlil qilib, egalik qo’shimchasining shaxs- sonini aniqlash, matnda berilgan otga tushirib qoldirilgan egalik qo’shimchasini qo’shish, narsa qaysi shaxs yoki shaxslarga qarashli ekanini aytish kabi mashqlardan foydalaniladi.
Egalik qo’shimchasi ustida ishlash bu bilan tugamaydi. Otlarning kelishiklar bilan turlanishini o’rganish jarayonida egalik qo’shimchasi bilan qo’llangan ot qaratqich kelishigida kelgan boshqa ot bilan (kitobning muqovasi, Rahimning kitobi), kishilik olmoshlarining kelishiklar bilan turlanishini o'rganish jarayonida esa egalik qo’shimchasi bilan kelgan ot qaratqich kelishigidagi kishilik olmoshi bilan bog’lanib, so’z birikmasi hosil qilishi haqida bilim beriladi.
4-topshiriq. Otlarda turlovchi qo’shimchalarga qaysi qo’shimchalar kiradi. Ularni aniqlang.
5-topshiriq. Egalik qo’shimchalarni o’zlashtirishda so’ziga alohida e’tibor berilishining sababini tushuntiring.
6-topshiriq. 4-sinf ona tili darsligi otlarda egalik qo’shimchalariga oid qancha mashq berilgan. Ulardan nechtasida yangi bilim berish nazarda tutilgan. Misollar keltiring.
7-topshiriq. Quyidagi mashqda ajratib ko’rsatilgan so’zlarning yozilishini tushuntiring.
OTLARNING EGALIK QO’SHIMCHALARI BILAN
QO’LLANISHI.
121-mashq. Jadvalda berilgan surat, hovli otlarini o’qing. Ularga qo'shilgan qo’shimchalarga diqqat qiling.



Shaxslar

Undoshdan so’ng

Unlidan so’ng

  1. shaxs

  2. shaxs

  3. shaxs




Suratim
suratimiz
sura ting
surat ingiz
surat i
suratlari

hovlim
hovlimiz
hovling
hovlingiz
hovlisi
hovlilari



122-mashq. Vazifa, kitob, cho’tka otlariga -m, -im, -ng, -ing, -si, -i, -miz, -imiz, -ngiz, -ingiz, -lari qo’shimchalaridan mosini qo’shib so’zlarni o’qing.


Otlarga qo’shiladigan -m, -im, -ng, -ing, -si, -i, miz, -imiz, -ngiz, -ingiz, -lari qo’shimchalari egalik qo’shimchalaridir.
Egalik qo’shimchalari o’zi qo’shilgan otning qaysi (I shaxs, II shaxs, III shaxs) qarashli ekanini ko’rsatadi. Masalan, ukam, ukamiz otidagi -m, -miz qo’shimchalari shu otning I shaxs (men,biz) ga qarashli ekanini bildiradi.

123-mashq. Ko’chiring. Ajratib ko’rsatilgan otlardagi egalik qo’shimchalari- ning tagiga chizing.


Ra’no kichkina hali,
Ishiga hamma hayron.
Qo’lda jajji supurgi,
Chinnidek hovli, ayvon.
(I. Muslim.)
|
Suv sepaman, supuraman,
Uy, hovlimiz top-toza.
Barcha yaxshi ishlarimdan
Ukam olar andaza.
(S. Jabbor.)

Men uchun mehringiz bir jahon,


Baxtimga bor bo’ling har qachon.
Men sizni quyosh deb atayman,
Oyijon, oyijon, oyijon!
(P. Mo’min.)
Marg’ilonning atlasi
Kamalakning nusxasi.
Omon bo’lsin to’qigan
Uning chevar ustasi.
(H. Rahmat.)
Egalik qo’shimchasini olgan otlarning qaysi shaxsga tegishli ekanini ayting.


124- mashq. O’qing. Ajratib ko’rsatilgan otlardagi egalik qo’shimchalarini aniqlang.
1. So’ri burchagida o’tirgan kampirning havorang tovlanar ko’ylagi, chiyduxoba nimchasi, oq ro’moli o’ziga yarashgan. (O'. Usmonov.) 2. O’g’il-qizlaring sen ekkan daraxtlarni quritmaydilar, sening qutlug’ izingdan boradilar. (H. Nazir.) 3. Har bayramda o’glimning o’rtog’idan xat olaman. (O'. Usmonov.) 4. Bizning shahrimizga kelgan aziz mehmonlarga hamma qulayliklar yaratilgan. (Sh. Sa’dulla.)5. Eshitdim, shu tumanga mehnatingiz ko’psinggan. (O'. Usmonov.) 6. Ko’klam paytlari Manzura opam kapalak quvishga ishqiboz edilar. (O'. Usmonov)


Ajratib ko’rsatilgan otlarni ko’chirib, egalik qo’shimchalarini namunadagidek belgilang.
Namuna: nimchasi.
Bilib oling.
Egalik qo’shimchalaridan -m, -ng, -si, -miz, -ngiz unli bilan tugagan otlarga qo’shiladi: onam, onang, onasi, onamiz, onangiz, -im, -ing, -i, -imiz, -ingiz qo’shimchalari esa undosh bilan tugagan otlarga qo’shiladi: qalamim, qalarning, qalami, qalamimiz, qalarningiz.
Lekin III shaxs ko’plikni ko’rsatuvchi egalik qo’shimchasi unli bilan tugagan otlarga ham, undosh bilan tugagan otlarga ham bir xilda qo’shiladi: onalari, qalamlari.


125-mashq. O’qing. Egalik qo’shimchasini olgan otlarni aniqlang. Egalik qo’shimchalarining unli yoki undosh bilan tugagan otga qanday shaklda qo’shilganini izohlang.
1. Halima Nosirova — mashhur artistimiz, uning qo’shiqlarini hamma sevib eshitadi. (Mirmuhsin.) 2. Dadang bu teraklarni senga atab ekkan. (O’. Sadirov.) 3. Baxtiyor o’zi ekkan olma shoxidan bitta olmani uzib yedi. (O. Husanov.) 4. Biz uning familiyasini bilmayapmiz, shuning uchun ham sizning yordamingizga muhtojmiz. (Sh. Sadulla.)
Egalik qo’shimchalarining qaysi shaxs-songa oidligini ayting.
126-mashq. Otlarga I shaxs birlikdagi egalik qo’shimchasini qo’shib yozing.
Telefon, poytaxt, familiya, ism, san’at, xona, behi, kuy, hosil.
127-mashq. O’qing. Ajratib ko’rsatilgan otlardagi egalik qo’shimchalarini aniqlang, ularning yozilishiga e’tibor bering.
Turar boylikka kon togi,
Quyosh erur chin o’rtog’i.
O’ynab oqar sho’x bulog’i,
Mening yurtim O’zbekiston.
(Z. Ahmedova.)
Ko’chiring, ajratib ko’rsatilgan so’zlarning o’zaklarini belgilang.
128-mashq. Quyida berilgan otlarga egalik qo’shimchalaridan mosini qo’yib o’qing.
Da’vo, jazo, imzo, a’zo, imlo, imo, bino, sarpo, duo, podsho, baho, hayo, ashyo.
129-mashq. Og’iz, burun, qorin, o’g’il, o’rin otlariga III shaxs birlikdagi egalik qo’shimchasini qo’shib yozing. Ular­ning talaffuzi va yozilishidagi farqlarga diqqat qiling.
130-mashq. O’qing. Egalik qo’shimchalarini olgan otlarni aniqlang. Egalik qo’shimchalarining qaysi shaxs-songa oidligini ayting. Ko’chiring. Egalik qo’shimchalarini belgilang.
1.Kuzdan darak berib sarg’aygan shaftoli, olchalarning barglari chirt-chirt uzilib, kapalakday chirillab ucha boshladi. (H. Nazir.) 2. O’qituvchimiz sinf majlisida birinchi bo’lib menga so’z berdi. (A. Abdurazzoq.) 3. Uzun dala yo’lida keksa bobo ikki sevikli nevarasi bilan birga borardi. (Mirmuhsin.) 4. Bobomni katta mirob deyishardi. (Kamalak.)
131-mashq. Nuqtalar o’rniga egalik qo’shimchalaridan mosini qo’shib, gaplarni o’qing.
1. Jamoa…..da yaxshi odamlar ko’p. (O’. Sadirov.) 2. Boshqalarning taom….ga beruxsat qo’l uzatma. (Oz-oz organib dono bolur.) 3. Ota…., tuman markazida shifokor bo’lib ishlaydilar. (“Kamalak.) 4. Bizning qarindoshlar…..ning hammalari duradgorlikni biladilar. (S. Ayniy.) 5. Ertalab Qurbon otam peshana…...ni ushlab: - Salgina harorat….. bor, buguncha dori-darmon qilib yotgin, - deb tayinlab ketdilar. (H. Nazir.) 6. Maqola……da mashina terimi bilan bog’liq fikrlarni bayon qilavering. (H. Nazir.)
Chap tomonga birlikdagi egalik qoshimchalarini olgan otlarni, o’ng tomonga ko’plikdagi egalik qo'shimchalarini olgan otlarni yozing. Shu otlar qaysi shaxs-sondagi egalik qo’shimchalarini olganini ayting.
132-mashq. Nuqtalar o’rniga qavs ichida ko'rsatilgan shaxs-sondagi egalik qo’shimchalarini qo'yib she’rni o’qing.

Download 7,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   360




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish