Darsga yakun yasash va baholash.
O’quvchilarning darsdagi ishtiroki va ijodkorligi, faolligi, topshiriqlarni bajarish darajasiga ko‘ra o‘qituvchi tomonidan baholanadi.
Uyga vazifa berish.
18-mashq. Mashq shartlari o‘quvchilarga tushuntiriladi. Faqat bir unli tovushni ifodalagan harf bo‘g‘in hosil qilgan so‘zlarni yozishlari va shu bo‘g‘inning tagiga chizishlari aytiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati.
1. Qosimova K., Matjonov S., G’ulomova X., Yo’ldosheva Sh., Sariyev Sh. Ona tili o’qitish metodikasi. -T.: Noshir, 2009. - 163 b.
2. G’ulomova X., Yo’ldosheva Sh., Mamatova G., Boqiyeva H. Husnixat va uni o'qitish metodikasi. -T.: TDPU, 2009. - 70 b.
3. Uzviylashtirilgan Davlat ta’lim standard. -T.: Yangi yo‘l poligraf service, 2010.- 42-46 b.
5-amaliy mashg’ulot. 2.3.Jarangli va jarangsiz undosh tovushlarning rejasi va dars ishlanmasini tuzish (2 soat)
Dars mavzusi. Jufti bor jarangli va jarangsiz undosh tovushlar (96-99-mashqlar).
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: o‘quvchilarda jufti bor jarangli va jarangsiz undosh tovushlami farqlash ko‘nikmasini shakllantirish, so‘zni tovush tarkibi jihatidan tahlil qilish ko‘nikmasini o‘stirish.
Tarbiyaviy: mehnat haqidagi maqollami o‘rganish orqali o‘quvchilami mehnatsevarlikka o‘rgatish.
Rivojlantiruvchi: nutq tovushlarini farqlash ko‘nikmasini rivojlantirish.
Dars turi: yangi bilim, ko‘nikma, malakalami shakllantiruvchi dars.
Dars metodi: suhbat, tushuntirish, ta’limiy o‘yin.
Dars jihozi: darslik, rag‘batlantirish uchun kartochkalar, undosh harflar kesmasi, mavzuga mos rasmlar, multimediali ilovalar.
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism.
II.Uy vazifasini tekshirish.
Nutqimizda ishlatiladigan tovushlar qanday katta ikki guruhga bo‘linadi? (Unli tovushlar va undosh tovushlar.)
Undosh tovushni unli tovushdan qanday ajratamiz? (Uch belgisiga ko‘ra:
unli tovushni talaffuz qilganimizda havo og‘iz bo‘shlig‘idan to‘siqqa uchramay, erkin o‘tadi, unli tovushni cho‘zib aytish mumkin; undosh tovushni talaffuz qilganimizda havo og‘iz bo‘shlig‘ida to‘siqqa uchraydi, undosh tovushni cho‘zib aytib bodmaydi, cho‘zilsa boshqa tovushga aylanadi;
unli tovushni aytganimizda ovoz eshitiladi, undosh tovushni aytganimizda, asosan, ovoz va shovqin eshitiladi;
unli tovushning o‘zi ham bo‘g‘in hosil qiladi; undosh tovush unli tovush bilan birgagina bo‘g‘in hosil qiladi.)
0‘quvchilar bu savolga javob berishda qiynalsalar, ularga quyidagi kabi yo‘llovchi savollar beriladi:
Qanday tovushni aytganimizda havo og‘iz bo‘shlig‘idan to‘siqqa uchramay erkin o‘tadi? Undosh tovushni aytganimizda-chi?
Qaysi tovushni aytganimizda faqat ovoz eshitiladi? Undosh tovushni aytganimizda nima eshitiladi?
Qaysi tovush bo‘g‘in hosil qiladi? Undosh tovush-chi?
Do'stlaringiz bilan baham: |