Denov filiali pedagogika fakulteti



Download 7,27 Mb.
bet181/360
Sana11.04.2022
Hajmi7,27 Mb.
#544168
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   360
Bog'liq
Denov filiali pedagogika fakulteti (3)

10-topshiriq.1-sinfda fe’l ustida ishlash mavzusiga doir dars ishlanma tuzish.


M a v z u : Harakatni bildirgan so‘zlar
Darsning maqsadi: 1. Nima qildi?, nima qilyapti?, nima qilmoqchi? so‘rog‘iga javob bo‘lgan so‘zlarni so‘roqlar yordamida aniqlash, boshqa so’zlardan so‘roqlar yordamida farqlashga o‘rgatish, so'zlarni imloviy to‘g‘ri yozish ko‘nikmasini hosil qilish; 2. Mashqdagi she’r orqali tabiatni sevishga, uni ardoqlashga o‘rgatish; 3. O’quvchilarning nutqini harakatni bildiruvchi so‘zlar bilan boyitib, ulardan to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmasini rivojlantirish.
Darsning turi: yangi bilim beruvchi.
Darsning uslubi: og‘zaki, induktiv uslub.
Dars jihozi: rasmlar.
Darsning borishi.
Tashkiliy qism: O’quvchilarni ona tili darsiga hozirlash.

  1. Yangi mavzu bayoni:

Bolalarga harakatni bildiruvchi sozlarni tushuntirishda korgazmali harakatdan foydalaniladi:
Oqituvchi bir oquvchini xattaxta oldiga chiqaradi va stulga otirgizadi: Akmal nima qildi? deb soraydi.
Bolalar: Akmal otirdi.
Xattaxtaga «nima qildi? — otirdi» sozlari yoziladi.
Akmal turmoqchi bolgandek harakat qiladi va oqituvchi «Akmal nima qilmoqchideb soraydi.

  • Turmoqchi.

Xattaxtaga «Nima qilmoqchi? — turmoqchi» deb yozila­di.
Oqituvchi Akmalga ornidan turib yurishni aytadi. So‘ng bolalarga savol beradi:

  • Akmal nima qilyapti?

  • Yuryapti.

Xattaxtaga «Nima qilyapti? yuryapti», deb yoziladi.
Xattaxtada: nima qildi?o‘tirdi;
nima qilyapti? — yuryapti;
nima qilmoqchi? — turmoqchi ko‘rinishidagi jadval hosil bo‘ladi.
Xattaxtaga: nima qildi?
nima qilyapti?
nima qilmoqchi? deb yozib qo‘yiladi.
O’quvchilarga har xil harakat bajarayotgan mutaxassislar rasmlari ko‘rsatiladi. O’quvchilarga bir so‘z bilan javob berishlari aytiladi va ularning javoblari yozib boriladi: Xattaxtada:
nima qildi? — yozdi, chizdi;
nima qilyapti? — yuguryapti, arralayapti;
nima qilmoqchi?—yotmoqchi, uxlamoqchi.
O’quvchilarga muammoli savol beriladi:

  • Bolalar, bu so‘zlar nimani bildiryapti?

  • Harakatni bildiryapti.

  • Kimning harakatini bildiryapti?

  • Odamlarning harakatini bildiryapti.

Demak, tilimizda shaxs va narsani bildirgan so‘zlardan tashqari, harakatni bildirgan so‘zlar ham qo‘llanar ekan.
Bu so‘zlarning ham ma’nosini tushunib olishingiz, to‘g‘ri yozishingiz lozim.

  • Bu so‘zlar shaxs va narsa bildirgan so‘zlardan nimasi bilan farq qilyapti?

  • So‘rog‘i bilan, ma’nosi bilan farq qilyapti.

O’qituvchi so‘z aytadi, o‘quvchilar ular ichidan harakatni bildirgan so‘zlarni so‘roq yordamida aniqlab aytadi. So‘ng o‘quvchilarning o‘ziga harakatni bildirgan so‘zlar toptiriladi.

  1. Kitob bilan ishlash.

125- mashq. Shartiga ko‘ra bajariladi.
Har bir so‘zni o‘qitib, u nimani bildiryapti, bu harakatlarni kimlar bajarishi so‘raladi (shifokor, o‘qituvchi, bolalar, o‘quvchi). So‘zlar har bir qatorga ikkitadan bo‘lib beriladi. Shu so‘zlarni qatnashtirib bolalar ikkita gap tuzib yozadi va o‘qiydi. Quyidagicha gaplar tuzadilar:
O‘qituvchi o’qitadi.
Shifokor davolaydi.
Bolalar o’qiydi.
Bolalar o’ynaydi.
Shu kabi gaplarni yozishgach, shaxs va harakatni bildirgan so‘zlar tagiga tegishlicha chizdiriladi. Ularga so‘roq berdirib, ma’nosi so‘raladi.
O’quvchilar 126-mashqning shartini o‘qiydilar. Bolalarga ism qo‘yadilar va berilgan so‘zlarni qo‘llab gap tuzadilar. Gapni birinchi tuzgan bola doskaga yozadi. Harakatni bildirgan so‘zning tagiga 2 chiziq chizadi. 2ta gap yozdirilgach, qolgani og‘zaki bajartiriladi.

  1. Dam olish daqiqasi o‘tkaziladi.

  2. 127-mashq uyga vazifa qilib beriladi. O’quvchilarga mashq sharti bo‘yicha so‘roqlar yordamida so‘zlarni guruhlab yozishlari tushuntiriladi.

Nima qildi? — qochdi, qo‘ndi, ...
Nima qilyapti? — chiqyapti, uzyapti, ...
Nima qiladi? — oladi, qoladi, ...
Ba’zi harakat bildirgan so‘zlar bilan gap tuzishlari mumkinligi aytiladi. Shunda bola harakat bildirgan so‘zlar ma’nosidagi farqlarni bilib oladilar.

  1. Darsda faol qatnashgan o‘quvchilarning reyting ballari qo’yiladi.



Mavzu: Harakatni bildirgan so‘zlar (mustahkamlash)
Darsning maqsadi: harakatni bildirgan so'zlarning ma’nosini tushuntirish, bu so’zlarni o’zi bog’langan so’zlar bilan so’roq yordamida aniqlashga, to‘g’ri talaffuz qilishga o’rgatish; o’quvchilarga ilm olishning ahamiyatini qisqa suhbat orqali tushuntirish.
Darsning uslubi: suhbat, analiz, tushuntirish uslublari.
Dars turi: mustahkamlash.
Darsning jihozi: tabiat tasvirlangan mazmunli rasm, lug’at yozilgan kartochka.
Darsning borishi.
Tashkiliy qism.

  1. Uyga vazifa va o’tilgan mavzu so’raladi.

127-mashqdagi nima qildi?, nima qilyapti? nima qiladi? so’roqlariga javob bo’lgan harakatni bildirgan so’zlar o’qitiladi.

  1. Harakatni bildirgan so‘zlar yuzasidan suhbat.

Qanday so’zlar harakatni bildiradi?
Harakatni bildirgan so’zlarga qanday so’roq beriladi?
Men ko’rsatgan so’zlarni o’qing va so’roq bering: ish- ladi, yozdi, bajardi, uzdi, chizdi, o‘ynadi...

  1. 128-mashqni o’qiydilar, o‘qituvchi olib kirgan rasmni kuzatadilar, she’rga sarlavha topadilar. O'quvchilar ichda bir marta o‘qiydilar. So‘ng she’rni diktovka bilan yozadilar. Oxirgi misrani o‘zlari topadilar (Keldi bahor). Shu misrani qanday harf bilan boshlaganliklari so‘raladi. Yozganlarini kitobga qarab tekshiradilar.

Harakatni bildirgan sozlarni soroqlar yordamida topish, tagiga ikkita togri chiziq chizish mustaqil ish qilib beriladi (eridi, oqar, kuldi, keldi).

  1. 129-mashq shartiga kora bajariladi: yaproqlar, chorlaydi, chang yutib, kozimizga yashnatib ko’rsatadi dunyoni soz, birikma va gap ustida ishlanadi.

  2. 130-mashq uyga beriladi. Mashq shartiga kora harakatni bildirgan sozlarni (ochdi, siladi, otdi, esladi) kochiradilar, ajratilgan sozlarning manosini aytadilar.



Choyshabini — o‘rin-to‘shak ustiga yoziladigan yopinchiq, bu o‘rinda shu choyshab Po‘latning ustiga yopilgan.
urush dahshatlariqo‘rqinchli, o‘t-olov ostida qolish, o‘qlardan yarador bo‘lish kabilarning ko‘rinishi.
haroratli quchog‘idaissiq, yoqimli bag‘ri.
So‘zlarning lug‘aviy ma’nosini test yordamida bolalarga aniqlatish mumkin.
Choyshabi so‘zining ma’nosi qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan:

  1. ko‘rpa jildi.

  2. to‘shak ustiga yoziladigan yopinchiq.

D) yostiq jildi.

  1. Savol-javob yo‘li bilan dars yakunlanadi.

Bugun qaysi mavzu yuzasidan bilimlarimizni boyitdik?
Harakatni bildirgan so‘zlar qaysi so‘roqqa javob bo‘lar ekan? Harakatni kimlar (nimalar) bajaradi? Ularni qan­day nomlaymiz? (shaxs va narsani bildirgan so‘zlar)
Qaysi so‘zlarning lug‘aviy ma’nosini izohladik? — (choyshabini, urush dahshatlarini, haroratli quchog‘ida, tanbeh yedi). Quchog‘ida, yedi so‘zlari qanday ma’nolarni bildiradi (onaning qiichog‘i, paxtazor (bog‘)ning quchog‘i); ovqat yedi, tanbeh yedi birikmalari taqqoslanadi. So‘zlar ko‘p ma’no bildirishi bolalarga aytiladi.
Harakatni bildirgan so‘zlarning tagiga qanday chiziq chiziladi?

  1. O’quvchilar rag‘batlantiriladi.




Download 7,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   360




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish