Sanamay ... (sakkiz) dema. Yigit kishiga ... (70) hunar oz. …. (8)-mart - Xotin-qizlar bayrami. Daraxt... (bir) yerda ko‘karadi.
O’quvchi nuqtalar o’rniga qavs ichidagi so‘zlarni qo‘yishlari lozim. Foydalanish uchun so‘zlar gaplar ostida beriladi.
Qoida tanishtirilayotganda yuqoridagi sonlar mazmunga mos ravishda harakatlanadi.
Darslik bilan ishlash.
«Tarmoqlash» metodi.
m ashq «Tarmoqlash» metodi orqali bajartiriladi.
O’quvchilar daftarlariga umumxalq bayramlarini ko‘chirib yozadilar. Bu topshiriqni bajarishda bosh harflar imlosiga e’tibor qaratiladi.
Namuna: 1-yanvar - Yangi yil, 14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni, 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni, 21-mart — Navro’z bayrami, 9-may - Xotira va qadrlash kuni, 1-sentabr - Mustaqillik kuni, 8-dekabr — Konstitutsiya kuni.
Yangi mavzuni mustahkamlash.
«Ikki qismli kundalik» metodi.
«Ikki qismli kundalik» metodi orqali yangi mavzu mustahkamlanadi. «Ikki qismli kundalik» metodi O’quvchilar o‘rganilayotgan mavzuga qiziqish uyg‘otadi, yozma nutqini rivojlantiradi. O’quvchilar kichik guruhlarga bo‘linadi. O’qituvchi bir tomoniga sonlar, ikkinchi tomoni ochiq bo‘lgan tarqatmani o‘quvchilarga tarqatadi. O’quvchilar tarqatmaning ikkinchi tomoniga mustaqil ravishda shu sonlar qatnashgan maqol va topishmoqlami topib yozadilar.
Namuna:
7
|
Pastakkina bo‘yim bor, Yetti qavat to‘nim bor.
|
4
|
O’zi bitta, qulog‘i to‘rtta.
|
1
|
O’zi bitta, ko‘zi mingta.
|
topshiriq (o‘yin)da matn o‘qib eshittirilish jarayonida koala haqida slaydlar namoyish etiladi. Namoyish tugagach, topshiriq bajariladi. Matn ekranda namoyon bo‘lib, o‘quvchi sonlarni to‘lqinli chiziq bilan ajratishi lozim. O’quvchi shu so‘zlarni tanlasa to‘lqinli chiziq so‘z tagiga chizilishi kerak.
Bir muncha beso‘naqay va nihoyatda xushfe’l koalalarni ba’zida Avstraliya xaltali ayiqlari deb ham atashadi. Haqiqatan ham ular tashqi ko‘rinishidan ayiqlarga, ammo juda mo‘jaz ayiqlarga o‘xshab ketadi. Ulg‘aygan koalaning bo‘yi bor-yo‘g‘i oltmish santimetr, yangi tug‘ilgani atigi ikki santimetrcha keladi. Bunday mitti jonzotlar mustaqil harakat qilishga qodir bo‘lmaydi va urg‘ochi koala ayig‘i qomidagi chuqur taxlama teri xaltachada sayohat qilib o‘sadi.
Sakkiz oylik bo‘lganda u onasini opichib oladi. Onasi o‘z bolasini yana ikki yil-u olti oy, ayiqcha mustaqil yashaguncha ko‘tarib yuradi.
Koalalar faqat Avstraliyada yashaydi va ularni dunyoning birorta ham hayvonot bog‘ida uchratmaysiz. Sababi ular evkalipt barglarini yeydi. Yilning to‘rt faslida koala turli evkalipt barglarini yeydi. Ma’lumki, bu daraxtlar ham faqat Avstraliyada o‘sadi.
O’quvchilar so‘zlar bilan berilgan sonlarni o‘zi bog‘langan ot bilan ajratib, raqam bilan daftarga yozadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |