1-topshiriq.
O’quvchilarga topishmoqlarning javobini topish topshirig’i beriladi.
Ikki aka-uka yashaydi,
Bir-birini ko’rmaydi. (ko’z)
Bir onada yuz bola,
Yuzovi ham bo’z bola. (uzum)
Bir qushim bor ikki qanotli:
Bir qanoti oq, ikkinchi qanoti qora. (kun-tun)
To’rt o’rtoq bor: zo’r ishi –
Odam, olam tashvishi.
Har biri xursand etar,
Izma-iz kelib ketar. (yil fasllari)
Topishmoq matni ekranda namoyish etiladi. She’r matni yonida javoblar rasm shaklda bo‘ladi. Rasmda topishmoqning javobi paydo bo’lishi kerak bo‘lgan qavslarga joylashtirganda, javob to‘g‘ri bo‘lsa, qavs ichida javobni yozma shakli paydo bo‘ladi. Aksi bo‘lsa rasm joyiga qaytadi. Topishmoqlarning javoblari topilgach, quyidagi topshiriq beriladi. O’quvchi topishmoq matnidagi narsa-buyumlarning sanog‘ini bildirgan so‘zlarni tanlasa, topshiriq to‘g‘ri bajarilgan bo‘ladi.
Shaxs va narsalaming sanog‘ini bildirgan so‘zlar son deyiladi. Sonlar necha?, nechta?, qancha? so‘roqlariga javob bo‘ladi: necha bola? Yuz bola, qancha o‘rtoq? To‘rt o‘rtoq. Sonlar narsalaming joylashish tartibini ham bildirib, nechanchi? so‘rog‘iga javob bo‘ladi: nechanchi qanoti? Ikkinchi qanoti. Ikkinchi soni tartib sondir.
Quyidagi qoida aytilganda topishmoq matnidagi sonlarga qo‘shimchalarni qo‘shilishi namoyish etiladi.
Sanoq sonlariga -inchi, -nchi qo‘shimchasini qo‘shish bilan tartib son hosil qilinadi.
Ikki + nchi = ikkinchi
Yuz + inchi = yuzinchi
«Topag‘on» ta’limiy o‘yini.
Darslikdagi 270-mashq «Topag‘on» o‘yini orqali bajariladi. (Bu o‘yin o‘quvchini topqirlikka, ziyraklikka, diqqatli bo‘lishga o‘rgatadi.) O’qituvchi mashq shartini o‘quvchilarga o‘qitadi. Shaxs va narsaning sanog‘ini bildirgan so‘zlar aniqlanadi. O’qituvchi doskaga nechta? nechanchi? so‘zlari yozilgan ko‘rgazmani osib qo‘yadi. O’quvchilar mashqdagi gaplarni o‘qiydilar. Gapdan son - so‘z turkumini topib, so‘roq beradilar, qaysi so‘roqqa javob bo‘lsa, shu so‘zning tagiga yozadilar. Sinfdagi qaysi o‘quvchi ko‘p so‘z topsa, shu o‘quvchi topag‘on o‘quvchi hisoblanadi.
Namuna:
T/r
|
Nechta?
|
Nechanchi?
|
1.
|
Bir tup
|
Yigirma beshinchi iyun
|
2.
|
Yuz g‘uncha
|
Beshinchi avgust
|
3.
|
Uch mahal
|
|
4.
|
Qirq kun
|
|
5.
|
Uch og‘a-ini
|
|
2-topshiriq (o‘yin)da berilgan maqollarning davomini topish zarur. Ekranda yuqoridagi maqollar qismlarga ajratilgan holda maxsus shakllar ichida beriladi. O’quvchi maqolning ikkinchi qismini topish uchun maxsus shaklni birinchi qismga tutashtirsa, qismlar butun shaklga keladi, agar qism xato bo‘lsa shakl butunlashmaydi.
Ikki qo’l qilgan ishni
Bir qo’l qilolmas.
Bir kun tuz ichgan joyga
Qirq kun salom ber.
Yuz hunarni chala bilgandan
Bir hunarni to’la bil.
Uch kishi bilgan sirni
Yuz kishi bilar.
Bir yil tut eksang,
Yuz yil gavhar terasan.
Birinchi topshiriq bajarilgach, maqollardagi sonlarni aniqlab, o‘zi bog‘langan otlar bilan birgalikda belgilashlari uchun so‘zlar sichqonchada to‘g‘ri belgilansa, shu so‘zlar maqollar ostida hosil bo‘ladi.
Ikki qo‘l, bir qo‘l, bir kun, qirq kun, yuz hunar, bir hunar, uch kishi, yuz kishi, bir yil, yuz yil.
mashqni bajarish orqali o‘quvchilarning son - so‘z turkumi haqida olgan bilimlari mustahkamlanadi. Mashqda berilgan gaplar o‘qitilib, har qaysi gapdagi shaxs va narsalarning sanog‘ini bildirgan so‘zlar aniqlanadi, ular bilan bog‘lanib kelayotgan so‘zlar birgalikda aytiladi.
Namuna: Bir yigit, yetmish hunar, bir yil, yuz yil, bir mayiz, qirq kishi, bir kishi, ming kishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |