6-topshiriq. Tartib son hosil qiluvchi –nchi, -inchi, qo’shimchalarining yozilishi haqidagi qoidalarni eslang. 3-sinf ona tili o’qitishga oid o’qituvchi kitobining 123-betidagi “Umumxalq bayramlari” tarmoqlash metodi asosida tuzilgan jadvalni kuzating va kuchirib oling.
7-topshiriq. Sonning Grammatik shakllari bo’yicha Grammatik o’yinlar tanlang va o’quvchilarni faollashtirish usullari haqida fikrlang.
8-topshiriq. Sonning Grammatik shakllari mavzuga oid 3-sinf o’quvchilari uchun dars ishlanma tuzing.
Mavzu: Son haqida ma’lumot (270-272-mashqlar). Ona tili 3-sinf
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: o‘quvchilarga shaxs-narsaning sanog‘ini bildirgan so‘zlarni gap tarkibidan ajratish, ularga so‘roq berishga o‘rgatish, gapda qaysi so‘z turkumidagi so‘zga bog‘lanishi haqida tushuncha berish;
Tarbiyaviy: o‘quvchilami mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash, kattalar mehnatini qadrlashga o‘rgatish;
Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarda sonlarni o‘zi bog‘lanib kelgan so‘zlar bilan yozish malakasini rivojlantirish, so‘z boyligini oshirish.
Darsning turi: yangi bilim beruvchi dars.
Darsning metodi: suhbat, mustaqil ish, ko‘rgazmalilik, «BBB» metodi, «Topag‘on» ta’limiy o‘yini.
Darsning jihozi: tarqatma materiallar, mavzuga mos rangli rasmlar, multimedia ilovasi.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism.
Yangi mavzu bayoni.
Husnixat daqiqasi:
O’qituvchi yangi mavzuni tushuntirishda sinf xonasidagi jihozlar asosida savol-javob uyushtiradi.
Sinfda nimalarni ko‘ryapsiz va ulaming soni nechta? (Doska, parta, stol, stul, gullar, ...)
Sinf xonasida nechta doska bor? (Bitta doska bor)
Partalar nechta? (O’n beshta parta)
Parta so‘zi nimani anglatadi? (Narsani)
O’n besh so‘zi narsaning nimasini anglatadi? ( Narsaning sonini anglatadi)
Siz nechanchi partada o‘tirasiz? (Ikkinchi partada)
Ikkinchi so‘zi nimani anglatadi? (Narsaning tartibini)
Sinfda necha nafar o‘quvchi bor? (O’ttiz besh nafar)
Siz nechanchi sinfda o‘qiysiz? (Uchinchi sinfda)
- Shaxs va narsalaming sanog‘ini, tartibini bildirgan so‘zlar qanday so‘z turkumi deyiladi? O’quvchilarning fikrlari tinglanadi va darslikdagi qoida bilan tanishtiriladi.
Shaxs va narsaning sanog‘ini bildirgan so‘zlar son deyiladi. Sonlar nechta?, qancha? so‘roqlariga javob bo’ladi. Nechta daftar? - o‘nta daftar, qancha (kun)? - besh kun.
Sonlar narsalarning joylashish tartibini ham bildirib, nechanchi? so‘rog‘iga javob bo‘ladi: nechanchi (xona) - yettinchi xona, nechanchi (qavat) - to‘rtinchi qavat. To‘rtinchi, yettinchi sonlari tartib sonlardir.
Sanoq sonlarga -inchi, (-nchi) qo‘shimchalari qo‘shish bilan tartib son hosil qilinadi: oltmish - oltmishinchi, yetti – yettinchi.
Do'stlaringiz bilan baham: |