1-topshiriq. Son so’z turkumi 1-2-sinfda qanday nom bilan ataladi. Sababini ayting? (Sanoq bildiruvchi so’zlar)
2-topshiriq. Boshlang’ich sinflarda so’z turkumi o’rganish tizimi qanday tartibda tuzilgan. Ona tili darslarining bosqichli ketma-ketlik asosida tuzilishi haqida son so’z turkumini o’rganish nuqtai nazaridan fikrlang.
3-topshiriq. Darsning tashkiliy qismini qanday uyushtirish va o’tilgan mavzuni mustahkamlash bosqichi uchun didaktik materiallar va mashq tanlang. Tanlagan materiallaringizni kuzatib chiqing.
4-topshiriq. Sanoqni bildiragidan so’zlar haqida bilim berish bosqichi uchun 1-2-sinf darsligidan nazariy ma’lumot tayyorlash. Mashqlar tanlang(o’qitish metodlari haqida fikr yuriting. Kerakli metodlarni tanlang.)
5-topshiriq. Olingan bilimlarni mustahkamlash bosqichi uchun didaktik material tanlang. Grammatik o’yinlar topib bolalarni faollashtirish usullari haqida fikrlang.
6-topshiriq. 1-sinfda ona tili darslari nomli o’qituvchi kitobining 103 betidagi sanoq bildirgan so’zlar mavzusida o’rganilganlarni umumlashtirib yakunlash uchun 6 bandidagi so’roqlarni ko’chirib oling.
7-topshiriq. Mavzuga oid dars ishlanma tuzing.
M a v z u : Sanoqni bildirgan so’zlar
Darsning maqsadi: nechta?, qancha?, nechanchi? so’roqlariga javob bo’lgan so’zlarni so’roqlar yordamida aniqlash, ularni so’roqlar yordamida boshqa so’zlardan farqlashga o’rgatish, miqdor bildirgan so’zlarni imloviy to’g’ri yozish ko’nikmalarini hosil qilish, o’quvchilar lug’atini sanoq bildirgan so’zlar bilan boyitish va so’zlarni o’rnida qo’llashga, tabiatni asrash, ardoqlashga, undan oqilona foydalanishga o’rgatish.
Darsning turi: yangi bilim beruvchi.
Darsning uslubi: suhbat, induktiv uslub.
Darsning jihozi: har xil rasmlar, raqamlar, tarqatma materiallar.
Darsning borishi.
Tashkiliy qism: O’quvchilarni darsga tayyorlash.
1. O’quvchilarga rasm ko’rsatilib: — Rasmda nechta kapalak bor? — deb so’raladi. — Rasmda bitta kapalak bor.
Xattaxtaga quyidagicha yoziladi: Nechta? - bitta kapalak.
Keyin uchta kapalakli rasm ko’rsatiladi.
Endi rasmda nechta kapalak bor?
Uchta kapalak bor (nechta? — uchta kapalak)
Xattaxtada quyidagicha ko’rinish paydo bo’ladi:
nechta? — bitta kapalak
nechta? — uchta kapalak
O’quvchilarga birikma tarkibidan so’roq yordamida bitta, uchta so’zlari aniqlatilib, tagiga to’lqinli chiziq chiziladi. Shu bitta, uchta so’zlari nimani bildiryapti? Nimaning miqdorini bildiryapti? so’roqlari beriladi. Bolalar: kapalakning miqdorini bildiryapti, deb javob beradilar.
Bilasizmi, bitta, uchta so’zlari nima deyiladi? — O’quvchilar o’ylaydilar.Ular ayta olmasa, o’qituvchi sanoq bildiradi, deb aytadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |