Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati.
1. Qosimova K., Matjonov S., G’ulomova X., Yo’ldosheva Sh., Sariyev Sh. Ona tili o’qitish metodikasi. -T.: Noshir, 2009. - 163 b.
2. G’ulomova X., Yo’ldosheva Sh., Mamatova G., Boqiyeva H. Husnixat va uni o’qitish metodikasi.-T.: TDPU, 2009.
3. Raxmatullayeva L. Методика преподавания родного языка.-Т.: Учобное пособие. Молия Иктисод, 2007,
4. U. Masharipova, M.Umarova.Ona tili 3-sinf. Metodik qo’llanma –Tosh.: Sharq,2016.–121-125 b.
5. X.G’ulomova, T.G’afforova.1-sinfda Ona tili darslari -T.: Sharq, 2003.- 103-105 b.
6. R.Ikromova. –Ona tili 4-sinf. T.-2015: O’qituvchi, 126-128 b.
12-amaliy mashg’ulot: 4.2.) 1-sinfda ot so’z turkumini o`rganish darslari rejasi va ishlanmasini tuzish. (2 soat)
M a v z u : Shaxs va narsani bildirgan so‘zlar (mustahkamlash)
Darsning maqsadi: shaxs va narsani bildirgan so‘zlar haqida elementar nazariy tushuncha hosil qilish, shaxs va narsani bildirgan so‘zlarga so‘roq berishga o‘rgatish, shaxs va narsani bildirgan so‘zlar narsalar, kishilar nomi ekanini anglashlariga erishish, ularning to‘g‘ri talaffuzini, imlosini o‘rgatish, shaxs va narsani bildirgan so‘zlar bilan lug‘atini boyitish.
Dars turi: yangi bilim beruvchi dars.
Dars uslub: induktiv uslub.
Dars jihozi: narsa va shaxs rasmlari.
Darsning borishi.
Tashkiliy qism.
Xotin-qizlar bayrami — 8 Mart yuzasidan suhbat uyushtiriladi. O’quvchilar bilgan she’rlar yod ayttiriladi; Darslikdagi she’r ifodali o‘qiy oladigan o‘quvchiga o‘qiti- ladi.
Mehri misoli daryo,
Qalbi to ‘la nur, ziyo.
Ko‘zlarimga to‘tiyo,
misralarining ma’nosi ochiladi: Ona o‘z bolasi, oilasiga qattiq va chuqur mehr qo‘yadi, shuning uchun uning mehrini daryoga o‘xshatgan. Ona har bir farzandini, tarbiyalanuvchisini hayotga to‘g‘ri ko‘z bilan qarashga o‘rgatuvchi qalbi pok, hayot haqida ilm tarqatuvchi ziyokor, shuning uchun onaning har bir bosgan izi tuprog‘ini noyob, kam uchraydigan to‘tiyodek bilib, ko‘zimizga surishimiz, e’zozlashimiz lozim, deydi shoir.
Uy vazifasi so'raladi va shaxs, narsa nomlari yuzasidan suhbat uyushtirilaadi. Qushchaman, oshiyonim bog‘, chaman so'zlariga nima? so'rog'i berilishini aytadilar, oshiyonim so'ziga in, uya so'zlarini keltiradilar.
3. 0‘quvchi laming shaxs va narsani bildirgan so'zlar haqidagi bilimlari darslikdagi mashqlar yordamida mustahkamlanadi.
104-mashq orqali narsani bildirgan so'zlar haqida tushuncha hosil qilinadi. 0‘quvchilar oldin kim? (bobomiz Amir Temur) so'rog'iga javob bo'lgan so'zlarni, keyin nima?, nimalar? (bog‘lar, saroy, hovuz, favvora, daraxt, chinor, gul, tovus, ohular) so’rog’iga javob bo’lgan so'zlarni yozadilar. Ularning nimani bildirayotganini aytadilar.
Mashqdagi narsalarni bildirgan so'zlar nima?, nimalar? so'roqlariga javob bo'ladi tarzida xulosa chiqariladi. Darslikdagi qoida o'qitiladi.
Yangi mavzu: darslikdagi 105-mashq bajariladi.
4.Sinfimizdan kim?, kimlar? so’rog’iga javob bo'lgan so'zlar topa olamizmi? savoli asosida bola, qiz, o‘quvchi, muallim, ustoz, o ‘quvchilar, Dilbar, Zuhra kabi so'zlar toptiriladi: ular shaxs (kishi) ekani aytiladi.
Xulosa chiqariladi: Shaxsni bildirgan so'zlar kim? kimlar? so'rog'iga javob bo'ladi.
5. 106-mashq uyga vazifa qilib beriladi. Namuna ko'rsatiladi:
Kim? — Halima...
Nima? — hovli...
Kimlar? — mezbonlar...
Nimalar? — ustunlar...
6. O'rganilganlar yuzasidan umumlashtiruvchi savollar bilan dars yakunlanadi: Qanday so'roqqa javob bo'lgan so'zlarni o'rgandingiz? Bu so'roqqa javob bo'lgan so'zlar kimni bildiradi?
7. O'quvchilar rag'batlantiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |