Denov filiali pedagogika fakulteti


U. Masharipova, M.Umarova.Ona tili 3-sinf. Metodik qo’llanma –Tosh.: Sharq,2016.–121-125 b. 5



Download 7,27 Mb.
bet139/360
Sana11.04.2022
Hajmi7,27 Mb.
#544168
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   360
Bog'liq
Denov filiali pedagogika fakulteti (3)

4. U. Masharipova, M.Umarova.Ona tili 3-sinf. Metodik qo’llanma –Tosh.: Sharq,2016.–121-125 b.
5. X.G’ulomova, T.G’afforova.1-sinfda Ona tili darslari -T.: Sharq, 2003.- 103-105 b.
6. R.Ikromova. –Ona tili 4-sinf. T.-2015: O’qituvchi, 126-128 b.



4-BO’LIM:

OTNI O’RGANISH DARSLARI REJASI VA ISHLANMASINI TUZISH
11-amaliy mashg’ulot: 4.1.) Otni o`rganish darslari rejasi va ishlanmasini tuzish. (2 soat)


M a v z u : Shaxsni va narsani bildirgan so‘zlar
Darsning maqsadi: kim?, nima? so‘roqlariga javob bo‘lgan so‘zlarni so‘roqlar yordamida aniqlash, so‘roqlar yordamida boshqa so‘zlardan farqlashga o‘rgatish, shaxs va narsa nomini bildirgan so‘zlami imloviy to‘g‘ri yozish ko‘nikmasini hosil qilish; o‘quvchilar lug‘atini shaxs va narsani bildirgan so‘zlar bilan boyitish, so‘zlarni o‘rnida qo‘llashga o‘rgatish; O’zbekistonning hozirgi taraqqiyot yo‘li haqida qisqa ma’lumot berish orqali Vatanga muhabbat uyg‘otish.
Darsning turi: yangi bilim beruvchi.
Darsning uslubi: induktiv uslub.
Dars jihozi: gullar, daraxtlar, turli kasb egalari tasvirlangan rasmlar.
Darsning borishi.
Tashkiliy qism.

  1. O’quvchilarga shaxs va narsani bildirgan so‘zlar induktiv metodda tushuntiriladi. Daraxtning rasmi ko‘rsatilib, bu nima? savoli beriladi.

O’quvchilar:

  • Bu — daraxt.

O’qituvchi:

  • To‘g‘ri, shu daraxtning nomini ayting.

  • Bu — terak.

Terak so‘zi doskaga yozib qo‘yiladi.

  • Bu nima?

  • Bu ham — daraxt.

  • Daraxtning nomini ayting.

  • Bu majnuntol.

Shu tarzda baqaterak, chinor, tol, oq terak kabi daraxt nomlari aniqlanadi. So‘ng shu so‘zlarning har biriga so‘roq beriladi va ustiga so‘rog‘ini yozishadi.
O’qituvchi:

  • Xattaxtada daraxtlarning nomlari yozilgan. Ular 6 ta. Shularni birlashtirib nima deymiz? (Daraxt nomlari deymiz.) Bularni narsa nomini bildirgan so‘zlar deymiz, deb o‘quvchilar javobi umumlashtiriladi.

Sinfni kuzating, nimalarni ko‘ryapsiz? Ularning nomi­ni ayting (doska, parta, shkaf, deraza, par da, kitob, daftar...). Bu so‘zlarga so‘roq bering. Bu so‘zlarni nima deymiz? (Narsani bildirgan so‘zlar, deymiz.) Narsani bildirgan so‘zlar qaysi so‘roqqa javob bo‘ladi? (nima?)

  1. O’quvchilarga shifokor, ishchi, to‘quvchi, payvandchi, komputerchi kabi kasb egalari tasvirlangan rasmlar ko‘rsatilib, «Bu kim?» savoli asosida o‘tgan darsdagi shaxs nomlari eslatiladi. Quyidagicha xulosa chiqariladi: Bular shaxsni bildirgan so‘zlardir. Bu so‘zlar insonlarni bildirgani uchun kim? so‘rog‘iga javob bo‘ladi. Sinfdagi bolalar ismi, ularning ota-onalari kasbi ayttirilib, ularga so‘roq beradilar.

  2. Mantiqiy mashq. Kim?, nima? so‘roqlariga javob bo‘lgan so‘zlar aytiladi. Xattaxtaning bir tomoniga kim?, ikkinchi tomoniga nima? so‘rog‘i yozib qo'yiladi. Sinf ikkiga bo‘linadi. O’quvchilar so‘zlarni so‘rog‘iga ko‘ra farqlab xattaxtaga yozadilar. Birinchi qo‘l ko‘targan o‘quvchi xattaxtaga yozadi:

Kim? Nima?
oshpaz bog‘
Saida dala
o ‘quvchi osmon.
O’quvchilar o‘yinga yakun yasaydi:
— Bular shaxs va narsa nomini bildirgan so‘zlardir.

  1. Saylanma diktant. O’quvchilarga so‘zlar ichidan D‘quv qurollari nomini yozish, boshqa so’zlarni tashlab ketish tushuntiriladi;

Uy, kitob, olma, daftar, sabzi, chizg‘ich, qalam.

  1. Doskaga ustun shaklida so’zlar yozib qo’yiladi:

kitob divan
daftar oromkursi
ruchka parta
qalam stul
chizg‘ich stol
O'quvchilardan: “So’zlarni o’qing. Ular qaysi so’roqqa javob bo’ladi? Bu so’zlar nimalarga nom bo’lyapti?” - deb so’raladi.
O'quvchilar suhbat davomidagi o’z javoblarini umumlashtiradi: Birinchi ustundagi so’zlar o’quv qurollariga nom bo’lyapti, narsaga nom. Bu so’zlar nima? so’rog’iga javob bo’lyapti.
2-ustundagi so’zlar mebel nomlari, mebellar ham narsa. Demak, bu so’zlar ham narsa nomlari deb yuritiladi. Bular ham nima? so’rog’iga javob bo’ladi.
Ko’chadagi, hovlingizdagi, oshxonangizdagi narsalarning nomini ayting, ularga so’roq bering. Atrofimizda narsalar ko’p. Ularning nomi bor. Bu nomlar narsa bildirgan so’zlar deb yuritiladi.
Dars jarayonida, darsdan tashqari paytda “Bu nima?” U nimaning nomi (narsaning nomi)? Narsaning nomi qanday so‘roqqa javob boladi? (nima? so‘rog‘iga javob bo‘ladi). Yoki: Atrofingizda ko‘zingizga ko‘ringan narsalarni ayting. Ular nimalarning nomi? tarzida savollar berib, narsa nomlari — narsani bildirgan so‘zlar haqidagi bilimi mustahkamlanib boriladi. Narsa bildirgan so‘zlar bilan o‘quvchilar lug‘ati boyitib boriladi.
6.Darslik bilan ishlash orqali o‘quvchilar tushunchasini mustahkamlash.
100-, 101 102-mashqlar shartiga ko‘ra vaqt imkoniyatidan kelib chiqib og‘zaki yoki yozma bajariladi.
102-mashq shartiga ko‘ra bajariladi. So‘ng mantiqiy mashq o‘tkaziladi: Qush so‘ziga taalluqli so‘zlarni mashq matnidan topib ayting (Qush: turna, qaldirg‘och. Bular qush nomlari. Nima? so‘rog‘iga javob bo‘ladi. Gul: binafsha, chuchmoma...)
7.103-mashq shartiga ko‘ra uyda bajariladi. Oshiyon so‘zining qush uyasi tarzidagi ma’nosi yoritiladi.
She’rning har bir qatorini sinchiklab o‘qing va yod oling. Yoddan yozishga harakat qiling. Har bir qatorni bosh harf bilan yozing, topshirig‘i beriladi. So‘ng o‘quvchilar yozganlarini kitobga qarab tekshirishlari aytiladi. Mitti, oshiyon so‘zlariga ma’nodosh so‘z toptiriladi, ochig‘i so‘zining ma’nosi so‘raladi: (To g‘risini aytganda).
8. Darsda o‘rganilganlarni umumlashtirish. Atrofimizdagi hamma narsaning o‘z nomi bor. Ular nom bildirgan so‘zlar deyiladi. Bu so‘zlar kim?, hima? so‘roqlariga javob bo‘ladi.
9. O’quvchilarga reyting ballari qo‘yiladi.



Download 7,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   360




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish