BOSH KITOB
Ozod, erkinlikning
Ramzi - bu kitob.
Unda aks etgandir
Haq-huquqimiz.
Yo‘limiz yoritar
Misoli oftob.
Qo‘lda baland tursa
Agar tug‘imiz.
Millionlar taqdiri
Unda mujassam.
Undoshlar
|
jarangli
|
jarangsiz
|
r
|
n
|
l
|
ng
|
y
|
m
|
z
|
d
|
j
|
k
|
t
|
q
|
s
|
«Keyingi» tugma bosilgach she’riy parchadagi boshqa so‘zlar ajratilgan holda namoyish etiladi. She’riy parchadagi tekshirilishi kerak bo‘lgan so‘zlarni topib, tekshiruvchi shaklini yozish kerak.
O’quvchi ozod, kitob, oftob so‘zlarini tanlaganida shu so‘zlar alohida ajraladi. Tekshiruvchi so‘zning yonidagi klaviaturadan foydalanib unli harflar yoziladi.
Ozod-ozoda, kitob-kitobi oftob-oftobi
«Keyingi» tugma bosilgan she’riy parchadagi boshqa so‘zlar ajratilgan holda namoyish etiladi. She’riy parchadagi ajratilgan so‘zlarni bo‘g‘inga ajratadilar. Bo‘g‘inga ajratish uchun berilgan chiziqchadan foydalanib, ajratilgan so‘zlar bo‘g‘inga quyidagicha bo‘linsa, to‘g‘ri bo‘ladi:
Er-kin-lik-ning, mil-li-on-lar, mu-jas-sam
O ’quvchilarning darsga tayyorgarligi kuzatiladi va husnixat daqiqasi o‘tkaziladi.
Yangi mavzu bayoni.
Darslik bilan ishlash. 58-mashq asosida mavzu tushuntiriladi. O’quvchilarga tarqatmada berilgan so‘zlardagi nuqtalar o‘rniga d va t undoshlaridan mosini qo‘yishi hamda qaysi tovush tushirilganiga ko‘ra ikki ustunga ajratish topshirig‘i beriladi. O’quvchilar so‘zlarning talaffuzi va yozilishidagi farqni aniqlaydilar, shu so‘zlar ishtirokida gaplar tuzadilar.
d
|
t
|
Samarqan *
|
Toshken *
|
payvan*
|
darax*
|
balan *
|
s'ish*
|
dilban *
|
sus*
|
|
do‘s*
|
|
poytax*
|
topshiriq (o‘yin)da berilgan topishmoqning javobini topishmoq matni atrofldagi harflar asosida topishmoq matni ostidagi 4 katakka joylab topishlari kerak. Quyidagi harflar beriladi: t, e, g, y, a, r, u, m, sh, k. Topishmoqning javobi topilgach, qarsak chalinadi va navbatdagi topshiriq beriladi.
Otdan baland, itdan past. (Egar)
Quyidagi topshiriq beriladi:
Topishmoqdagi qaysi so‘zlarning oxiridagi undosh tovush talaffuz qilinmayapti?
O’quvchilar baland, past so‘zlarini belgilaganlarida so‘z oxiridagi d, t harflari harakatlanadi va darslikdagi qoida tanishtiriladi.
«Keyingi» tugma bosilganda navbatdagi topshiriq beriladi.
Nuqtalar o’rniga d va t undoshlaridan mosini qo‘ying.
Toshken. (t), Samarqan. (d), do‘s.(t), poytax.(t), g‘ish.(t), xursan.(d), payvan.(d), dilban. (d), farzan.(d), juf.(t), to 'r.(t).
Yangi mavzuni mustahkamlash.
mashq sharti o‘quvchilarga o‘qitiladi. Qaysi so‘zlarning oxiridagi undosh tovush talaffuz qilinmaganligi aniqlanadi. Mashq ko‘chirtiriladi, oxirgi undoshi aytilmay qoladigan so‘zlarning tagiga chiziladi.
Farzand bo‘lib maqtayman,
Xursand bo‘lib maqtayman.
Shu o‘lka suvin ichdim,
Dilband bo‘lib maqtayman.
Onajon O‘zbekiston,
Mehribon O‘zbekiston.
Po‘lat Mo‘min
T alaffuzda Yozuvda
Lug‘at ishi
oliyjanob - yuqori darajada odobli, xulq-atvori, odamgarchiligi juda baland
dilband - dilni tortuvchi, ko‘ngilni boglovchi, maftun etuvchi
payvand - qo’shish, bog’lash
«Sinkveyn» metodi: haqiqat, farzandso‘zlariga sinkveyn tuzdiriladi.
Nima? - haqiqat.
Qanday? - to‘g‘ri, rost.
Nima qiladi? - so‘zlaydi, ulug‘likka ko‘taradi, hurmatga sazovor qiladi.
Gap. Boshingga qilich kelsa ham, rost so‘zla.
Ma’nodosh so‘z. Chin.
Nima? - farzand.
Qanday? - aqlli, odobli.
Nima qiladi? - ulug‘likka ko‘taradi, rahmat olib keladi, xushnud etadi.
Gap. Farzand ota-onaning yuzi hisoblanadi.
Ma’nodosh so‘z. Zurriyot, bola, dilband.
mashq topshirig‘iga ko‘ra og‘zaki bajariladi. O’quvchilarning diqqati juft, to’rt so‘zlarining talaffuzi va imlosiga qaratiladi. Bu so‘zlar o‘quvchilarga takror-takror talaffuz qildiriladi. Talaffuzda to'rt emas, to‘r eshitilayotgani, bu ikki so‘z o‘z ma’nosiga egaligi, xato yozilsa, gap mazmuni o‘zgarishi taqqoslash usulida tushuntiriladi.
Darsga yakun yasash va baholash.
Dars yakunlanadi va o‘quvchilar bilimi baholanib, baholar izohlanadi.
Uyga vazifa berish.
mashqda berilgan katakchalarga mos so‘zlarni topib yozishlari aytiladi.
Shu so‘zlarning talaffuzi va yozilishi qiyoslanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Boshlang’ich sinflar takomillashtirilgan davlat ta’lim standart, «Boshlang’ich ta’lim», 2006, 5-son
2.Boshlang’ich sinflar takomillashtirilgan o’quv dasturi, «Boshlang’ich ta’lim», 2006, 5-son.
3.G’afforova T va boshqalar, Ona tili, 1-sinf uchun darslik, T-2006.
4.G’ulomova X va boshqalar, 1-sinfda ona tili darslari, T-2003.
5.Qosimova K va boshqalar, Ona tili, 2-sinf uchun darslik, T-2006.
7-amaliy mashg’ulot: 3.1. O’zak morfemani o`rganish darslari rejasini va ishlanmasini tuzish
Amaliy mashg’ulotining o’qitish texnologiyasi
Vaqti: 2 soat
|
Talabalar soni: 25ta
|
Mashg’ulot shakli:
|
Amaliy mashg’ulot
|
Amaliy mashg’ulot rejasi:
|
1.Ma’ruzada o’rganilgan nazariy bilimlarni takrorlash
2.Dars ishlanmasi muhokamasi
3. So’zning morfemik tarkibini o’rganish darsi ishlanmasi tuzish va o’tkazish yuzasidan tavsiyalar
4.Xulosa
|
O’quv mashg’ulotning maqsadi:
|
Talabalarning so’zning morfemik tarkibini o’rganish yuzasidan ma’ruzada o’rganilgan nazariy bilimlarini amaliyotga tadbiq etish ko’nikmalarini shakllantirish.
|
O’qituvchining vazifasi:
1.Talabalarning so’zning morfemik tarkibini o’rganish yuzasidan ma’ruzada o’rganilgan nazariy bilimlarini amaliyotga tadbiq etish ko’nikmalarini shakllantirish.
A) So’zning morfemik tarkibini o’rganish darsi ishlanmasi tayyorlashni o’rgatish.
B)Dars ishlanmasi yuzasidan fikr-muloxaza bildirishga o’rgatish.
3.Talabalarning bilimga bo’lgan qiziqishlari va faolliklarini oshirish.
|
O’quv faoliyatining natijasi:
Talabalar bilishi kerak
1. So’zning morfemik tarkibini o’rganish darsi ishlanmasini tuza olish.
2.Eshitilgan dars ishlanmasi yuzasidan o’z fikr-mulohazasini bildirish.
3. So’zning morfemik tarkibini o’rganish uchun berilgan o’quv materiallarini tahlil qilish.
4.Mashg’ulotda faol qatnashish
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |