Demokratiya” tushunchasi mohiyati va demokratik jamiyat qurishning umume’tirof etilgan tamoyillari. Demokratiya



Download 0,65 Mb.
bet43/51
Sana23.07.2022
Hajmi0,65 Mb.
#845462
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   51
Bog'liq
1-30 gumanitar javoblar

Ma’lumot uchun
Prezidentimiz Islom Karimovning MDH Davlat rahbarlari kengashining majlisida so‘zlagan nutqi katta qiziqish bilan o‘rganilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarning to‘la huquqli sub’ekti sifatida mustaqil, izchil va tashabbuskor tashqi siyosat yuritib kelayotgan suveren davlatdir. O‘zbekiston oltmishdan ortiq nufuzli xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, shu jumladan, MDH a’zosidir. O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini 144 mamlakat tan olgan, 131 davlat bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan. Dunyoning 46 davlatida mamlakatimizning diplomatik vakolatxonalari (elchixonalar, konsulliklar), Toshkentda esa oltmishdan ortiq elchixona hamda xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari faoliyat ko‘rsatmoqda.
Ayni paytda butun dunyoda ushbu barqaror taraqqiyot, tinchlikparvar xalqimizning bunyodkorlik mehnati, mamlakatimizdagi siyosiy barqarorlik va milliy xavfsizlikka raxna solishi mumkin bo‘lgan xavf hamda tahdidlar kuchaymoqda. Jahonning turli mintaqalari, shu jumladan O‘zbekiston atrofida ziddiyatlar kuchaymoqda, qurolli to‘qnashuv va nizolar keskin tus olmoqda. Prezidentimiz Islom Karimov MDH davlat rahbarlarining Minskda bo‘lib o‘tgan sammitidagi nutqida “bugun dunyoda yuz berayotgan murakkab jarayonlar, kuchlarni global va mintaqaviy joylashtirish borasidagi murakkab o‘zgarishlar, jahon iqtisodiyotida inqirozdan keyin kechayotgan og‘ir davr, Hamdo‘stlikka yaqin va uzoq davlatlardagi vaziyat va ziddiyatlarning keskin tus olayotgani”ni alohida ta’kidladi.
Davlatimiz rahbari o‘z nutqida uch dolzarb masalani ko‘tardi. Birinchisi – MDHning bu boradagi roli va o‘rnini belgilash, istiqboli va kelajagini qanday tasavvur etishimizdan iborat. Zero, MDH – O‘zbekistonning muhim iqtisodiy va siyosiy manfaatlari makonidir. Bu esa ko‘pgina omillar bilan bog‘liq. Prezidentimiz ta’kidlaganidek, Hamdo‘stlik unga a’zo har bir davlat uchun muhim o‘rin tutmoqda. Hamdo‘stlik unga a’zo davlatlarning izchil rivojlanishi, barqarorligi va xavfsizligiga raxna solishi mumkin bo‘lgan tahdid va xatarlarga o‘z vaqtida, munosib javob qaytarish, bahs va nizolarni hal etishga qaratilgan, pirovard natijada sobiq ittifoq hududida fuqarolarning o‘zaro muloqot qilishi uchun maqbul yondashuv va muvofiqlashtirilgan amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish borasida keng imkoniyatlar yaratmoqda.
“Bugungi kunda tobora avj olayotgan radikalizm, terrorizm va jangari ekstremizm mafkurasi nafaqat bir mamlakat yoki muayyan mintaqa doirasida keng tarqalayotgani, balki ushbu jarayon milliy chegara bilmasligi haqida gapirishning hojati yo‘q, – deb ta’kidladi davlatimiz rahbari. – Aynan shu sababli MDHga a’zo davlatlar hududida har qanday ko‘rinish va shakldagi terrorizm va ekstremizmga yo‘l qo‘ymaslik muhitini shakllantirish, ushbu xavfli tahdidlarning paydo bo‘lishi va tarqalishiga ko‘maklashadigan sabab va sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etish uchun birgalikda harakat qilish zarur”.
Turli ko‘rinishdagi ekstremizm dunyoning ko‘plab mintaqalarida barqarorlikka jiddiy xavf solmoqda. Diniy ekstremizni targ‘ib qilish bunday tashkilotlar safiga terrorchilarni jalb qilish uchun mafkuraviy vosita vazifasini o‘tamoqda. Shu bois ekstremistik tashkilotlar faoliyati, birinchi navbatda, o‘sib kelayotgan yosh avlodga qaratilgani ham bejiz emas.
So‘nggi yillarda dunyoda narkotik moddalarni ishlab chiqarish hajmi tobora ortib, ularni iste’mol qilish miqyosi kengayib bormoqda. Narkomafiya katta iqtisodiy salohiyatga ega global kuchga aylanmoqda va uning moliyaviy imkoniyatlari dunyoning ko‘plab davlatlari byudjetidan ancha yuqoridir. Xalqaro narkomafiya beqaror hududlar, yangi to‘qnashuv va nizolarning paydo bo‘lishi, siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy keskinlikning uzoq davom etishidan manfaatdordir. Har bir beqaror, notinch mamlakat esa narkobiznes va narkotrafik uchun “ishonchli bozor” hisoblanadi.
Terrorizmga qarshi kurashda xalqaro hamjamiyat doirasida har tomonlama hamkorlikning global tizimini yaratish orqaligina amaliy natijalarga erishish mumkin. Prezidentimiz ta’kidlaydiki, bir haqiqat barchaga ayon bo‘lishi kerak: hech bir odam, hech bir mamlakat butun insoniyatga xavf solayotgan terrorizm, radikalizm va ekstremizmni tag-tomiri bilan yo‘qotish yo‘lidagi kurashda chetda turmasligi zarur.
MDHning Minsk sammitida jinoyatchilik va terrorizm, narkotik vositalarning noqonuniy aylanishiga qarshi hamkorlikda kurashish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi, shuningdek, Axborot texnologiyalaridan foydalangan holda sodir etiladigan jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘yicha hamkorlik konsepsiyasining qabul qilinishi, shubhasiz, Hamdo‘stlikka a’zo barcha davlatlarning uzoq muddatli xavfsizlik manfaatlariga mos keladi.
Ikkinchi masala – bu 2014-yilning oxiriga qadar Afg‘onistondan AYSAF tinchlikparvar kuchlarining chiqarilishi, shak-shubhasiz, Afg‘oniston bilan chegaradosh davlatlar va unga yaqin hududlar uchun jiddiy sinov bo‘ladi.
Bugun dunyodagi aksariyat mamlakatlar va xalqaro ekspertlar hamjamiyati afg‘on muammosini hal etishning yagona yo‘li – bu, jafokash Afg‘oniston davlati muammosining siyosiy tinch yechimini topish, o‘zaro kurashayotgan turli tomonlar o‘rtasida BMT shafeligida muzokaralar o‘tkazish va murosaga kelish zarur, degan xulosaga kelmoqda.
O‘zbekiston geografik, geosiyosiy va geoiqtisodiy omillarga ko‘ra Afg‘oniston bilan qo‘shni davlatlar orasida muhim o‘rin tutadi. Shu bois O‘zbekistonning Tashqi siyosiy faoliyat konsepsiyasida Afg‘onistondagi vaziyatni barqarorlashtirishga ko‘maklashish, mintaqadagi tinchlik va barqarorlikni ta’minlash muhim yo‘nalishlardan biri sifatida belgilangan. Shundan kelib chiqib, mamlakatimiz Afg‘onistondagi ziddiyatni hal etishga qaratilgan siyosiy va iqtisodiy yechimlarni ishlab chiqishda faol ishtirok etmoqda.
Mamlakatimiz Prezidenti hali 1993-yilning sentabr oyida BMT Bosh assambleyasining yuksak minbaridan turib, Afg‘onistondagi mavjud vaziyat o‘zaro kurashayotgan guruhlar o‘rtasida muloqot o‘rnatish uchun muvofiqlashtirilgan xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yishni talab qilayotganini ta’kidlagan edi. 1997-yilda O‘zbekistonning tashabbusi bilan BMT shafeligida “6+2” (Pokiston, Eron, Xitoy, Turkmaniston, Tojikiston, O‘zbekiston hamda kafil mamlakatlar – AQSh va Rossiya) muloqot guruhi tashkil etildi. Ushbu guruh faoliyati samarasida 1999-yil 21-iyulda o‘zaro kurashayotgan tomonlar ishtirokida Afg‘onistondagi ziddiyatni bartaraf etishning asosiy prinsiplari to‘g‘risidagi Toshkent deklaratsiyasi imzolandi.
Ushbu tashabbusning davomi sifatida 2008-yilda O‘zbekiston Prezidenti tomonidan “6+3” muloqot guruhini tashkil etish taklifi ilgari surildi. Mazkur bosqichda mavjud voqelik e’tiborga olinib, ushbu guruh tarkibiga qo‘shimcha ravishda NATOni ham kiritish, muloqot guruhi faoliyatini nazorat qilish va muvofiqlashtirish vazifasini BMT Bosh kotibining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili zimmasiga yuklash taklif etildi. Ushbu guruhning maqsadi Afg‘onistonda tinchlik va barqarorlikka erishish bo‘yicha muammoni hal etishning tinch va maqbul yo‘lini topish uchun sa’y-harakatlarni birlashtirishdan iborat edi.
O‘zbekistonda Afg‘onistonni tiklash bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etish, xususan, yo‘l qurilishi va yo‘llarni ta’mirlash, elektr energetika tizimi, temir yo‘l qurilishi, tog‘-kon sanoati, ta’lim, mutaxassislar bilan almashish sohasida katta tajriba to‘plangan. So‘nggi yillarda O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi o‘zaro savdo ancha kengaydi.
Mamlakatimizning yordami bilan Afg‘onistonda ko‘priklar, yuqori voltli elektr liniyalari, optik-tolali kabel liniyalari, suv ta’minoti tarmog‘i barpo etildi. Ayniqsa, uzunligi 75 kilometrdan iborat dastlabki Hayraton-Mozori Sharif temir yo‘lining qurilishi alohida ahamiyatga ega.
O‘zbekiston Afg‘oniston bilan qo‘shni davlat sifatida uning ichki ishlariga aralashmaslik, Afg‘oniston bilan hamkorlikni ikki tomonlama asosda tashkil etish, Afg‘oniston xalqi saylaydigan hukumatga yordam berish va uni qo‘llab-quvvatlash siyosatiga qat’iy amal qiladi, deb ta’kidladi Islom Karimov.
Yana bir muhim masala – bu MDH makonida mamlakatlarning barqaror ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlashga qaratilgan to‘laqonli erkin savdo zonasini shakllantirishdir. O‘zbekiston 2013-yil 31-may kuni MDH doirasida Erkin savdo zonasini tashkil etish shartnomasiga qo‘shildi. O‘zbekistonning MDH erkin savdo zonasiga qo‘shilishi ayni paytda iqtisodiy siyosatning maqbul variantidir. Biznesni yuritish uchun nafaqat qulay ishbilarmonlik muhiti, balki tovarlarni sotish imkoniyati mavjud bo‘lishi ham muhimdir.
O‘zbekiston barcha davlatlar, birinchi navbatda, MDH mamlakatlari bilan o‘zaro manfaatli savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirmoqda va chuqurlashtirmoqda. Masalan, 2012-yilda mamlakatimizning jami eksporti 13,1 milliard dollarni tashkil qilgan bo‘lsa, shuning 70 foizdan ortig‘i noxomashyo tayyor mahsulotlar ulushiga to‘g‘ri keldi.
Islom Karimov Hamdo‘stlik erkin savdo zonasi samaradorligini oshirish uchun tovar oqimlari tuzilmasini diversifikatsiya qilish, o‘zaro yetkazib berilayotgan tovarlar turlarini kengaytirish va eng muhimi, muvofiqlashtirilgan va samarali transport-kommunikatsiya hamda tarif siyosatini amalga oshirishni taklif qildi.

Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish