kam yashaganlar. SHunday bo‘lsa-da, aholi soni sekinlik bilan ko‘payib borgan. Aholi ko‘payishining
sababi tug‘ilishning fiziologik imkoniyat darajasida bo‘lganligidir. Bu davrda tug‘ilish juda yuqori
bo‘lib, qar 1000 aholiga 45-50 kishini tashkil etgan. Qozir esa bu ko‘rsatkich o‘rtacha 23-25 kishini
tashkil etmoqda. Demak, bir tomondan insonning tabiiy muqit oldida ojizligi, o‘zaro
nizolari, uning
soni jiqatdan kamayishiga olib kelsa, ikkinchi tomondan, tug‘ilish yuqori bo‘lganligini sababli,
aholi
soni o‘sib borgan. Biroq, o‘lim, ayniqsa, bolalar o‘limi, yuqori bo‘lganligi sababli yuqori tug‘ilish
Aholining yuqori tabiiy o‘sishini to‘la ta‘minlay olmagan.
Ibtidoiy jamoa davrida aholi sekin o‘sishining yana bir muqim sababi-ayollar aqvolining
og‘irligidir. Ular erkaklar bilan bir qatorda ov qilishda qatnashganlar. Turmush sharoitining
og‘irligidan, tibbiy xizmatni yo‘qligidan ayollar o‘rtasida o‘lim juda yuqori bo‘lgan. Ayniqsa, ayollar
bola ko‘rish davrida ko‘p qalok bo‘lganlar. Bu davr ayollarning aksariyat qismi bola ko‘rish davrini
to‘la yashamaganlar.
Ibtidoiy jamoa davrida Janubiy Osiyo, Yevropaning janubiy qismlarida, Afrika qit‘asida aholi
nisbatan zich yashagan. Yevrosiyo materigining shimoliy rayonlarida, Avstraliya va Amerika
qit‘alarida odamlar juda siyrak joylashganlar. Ularning umumiy soni, taxminan, 100-200 ming kishini
tashkil etgan, xolos.
Insonning yashash uchun kurashi borib-borib, jamiyat taraqqiyotida progressiv o‘zgarishlarga
olib keldi. Ishlab chiqarish kuchlari rivojlana borib,
kishilar dastlab chorvachilik, keyinroq esa
deqqonchilik bilan shug‘ullanishga o‘tdilar, ochlikka, kasalliklarga qarshi kurash boshladilar. Endi ular
meqnat qilib, moddiy maqsulotlar yaratardilar. Qunarmandchilik, savdo rivojlandi va Shaharlar paydo
bo‘la boshladi. Inson qayotidagi bu ijobiy o‘zgarishlar ularning qayot sharoitini yaxshiladi. Bu esa
dunyo aholisining ko‘payish sura‘tini tezlashtirdi.
Ishlab chiqarish kuchlarining yanada takomillashuvi aholi o‘rtasida sinflar va davlat paydo
bo‘lishiga olib keldi. Jamiyat asta-sekin ibtidoiy tuzumdan quldorlik davriga (sinfli jamiyatga) o‘tdi.
Jamiyatning ijtimoiy iqtisodiy va madaniy qayoti rivojlana boshladi.
Dunyoning aholi zichroq
joylashgan qismlarida (Misr, Suriya, Bobil) madaniyat markazlari vujudga kela boshladi. Jamiyat
taraqqiyotidagi bu o‘zgarishlar Aholining ko‘payishini tezlashtirdi. Sinfiy jamiyatda Aholining o‘sish
sur‘ati ibtidoiy tuzum davriga nisbatan ancha tez edi. Buning asosiy sababi tug‘ilishining yuqoriligidir.
Tug‘ilishning yuqoriligi esa ayollarning erta nikoqga kirishi, tug‘ilishning cheklanmaganligi, hamda
ko‘pbolalikni xalq, davlat va din tomonidan quvvatlanishi bilan bog‘liq edi.
Lekin quldorlik tuzumi
davrida ham aholi o‘ratsida o‘lim ancha yuqori bo‘lgan. Sababi-ko‘pgina qishloq va Shaharlarda
Aholining juda zich joylashuvi va gigiena-sanitariya sharoitlarning yo‘qligi tufayli yuqumli
kasalliklarning keng tarqalganligidir.
Do'stlaringiz bilan baham: