O’zbekistonda demografik siyosat o’tkazish va uning maqsadi.
O‘zbekistonda demografik
siyosatning barcha usullaridan foydalaniladi. Ayniqsa ijtimoiya-psihologik usullaridan keng
foydalanilmoqda. Respublikamizda yuritilayotgan demografik siyosat natijasida aholi o‘sishi so‘nggi
20 yil ichida 3% dan 1,5% cha pasaydi. Bunda aholi o‘rtasida tushintirish, targ‘ibot ishlari olib
borilmoqda. Demografik siyosat yuritishda ommaviy axborto vositalaridan keng foydalaniladi. Bunda
respublikamiz aholisiga farzand ko‘rishni rag‘batlantirish xamda muhofaza qilish bilan birga ―Normal
oila‖, ―so‘glom farzand‖ tushunchalari tushuntirib boriladi. O‘zbekiston Respublikasi ―oila kodeksi‖
da belgilangan qonunlar asosida oilalar barpo qilinmoqda va davlatimizning ijtimoiy-iqtisodiy
muxofazasi ta‘minlanmoqda.
Aholi siyosatining maqsadi davlat tomonidan Aholining ham miqdoriy (normal, optimal
darajada) ham sifatiy rivojlanishini ta‘minlashdir.
Aholi rivojlanishiga ma‘lum darajada ta‘sir etib borish tarixiy jarayondir. Ushbu jarayon
jamiyat taraqqiyotining qar bir bosqichida, shu davrning ijtimoiy-iqtisodiy sharoitiga mos holda,
aloqida mazmunga ega bo‘lgan. Jumladan, feodalizm sharoitida aholi rivojlanishining asosiy elementi
bo‘lgan ta‘lim tizimi, nisbatan kam taraqqiy etgan edi. Masalan, O‘zbekistonda masjidlar, madrasalar
qoshida ta‘lim tizimi joriy etilgan. Ularni moddiy ta‘minlash maqsadida davlat va ayrim mulkdorlar
tomonidan vaqf mulklari ajratilgan. Insonni meqnatga tayyorlash, jamiyat a‘zosi uchun zarur bo‘lgan
bilimlarni axloqiy sifatlarni yosh avlod; asosan oiladan, oila muqitida olar edi. Keyinchalik sanoat
asta-sekin rivojlanib borishi natijasida meqnatga tayyorlashda maqsus bilimlar, maxsus faoliyat zarur
bo‘lib qoldi. Bu zarurat davlatda ta‘lim tizimini yanada rivojlanishiga, yoshlarga maxsus bilim berib,
kasb-qunar o‘rgatishga eqtiyoj yaratdi. Natijada. O‘lkamizda ta‘lim tizimi tashkil topdi va rivojlandi.
Qozirgi davrda O‘zbekistonda aholi siyosatining asosiy maqsadi uning sifatiy rivojlanishini tashkil
etishdan iboratdir. Aholining sifatiy rivojlanishi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
-aholi salomatligining xolati, bolalar va onalar o‘limi o‘rtacha umr davri:
-Aholining ta‘lim darajasi va uning tarkibi:
-Aholining kasb-qunarga tayyorgarlik darajasi:
-Aholining sotsial tarkibi va sotsial mobilligi:
-Aholining urbanizatsiyalashganligi:
-Aholining hududiy qarakati:
-Aholining ma‘naviy madaniy qadriyatlari va ularni saqlash, e‘zozlash.
Respublikada aholi siyosati o‘zaro chambarchas bog‘langan bo‘g‘inlardan tashkil topgan.
Ushbu bo‘g‘inlarga demografik siyosat, aholi migratsiyasi, urbanizatsiya va bandlik siyosatlarini
kiritish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |