ajralish kabi demografik jarayonlar bilan bevosita bog‘liqdir. Shu bois ushbu jarayonlarni siyosat yo‘li
bilan jamiyat tomonidan boshqarilishi ham demografik siyosatni vazifalaridandir. Jamiyat
taraqqiyotiga nazar tashlasak,
demografik jarayonlarni, ayniqsa tug‘ilish, nikoqni jamiyat tomonidan
boshqarilganligini guvoqi bo‘lamiz. Xatto bu xaqida eng qadimgi olimlar Aflotun va Arastu asarlarida
ham uchraydi. Qadimgi Rimda tug‘ilish va nikoqni ozod insonlar o‘rtasida qo‘llab-quvvatlovchi,
qonunlar qabul qilingan. Feodalistik jamiyatda esa din tomonidan shunday qattiq qonunlar
yaratilganki, ularda nikoq, cheklanmagan tug‘ilish va katta oilalar hisoblanadi muntazam ko‘payib
borishini omili sifatida qimoya qilingan, qo‘llab-quvvatlangan. Kapitalistik
ishlab chiqarish usulini
rivojlanishi esa demografik jarayonlarda yangi muammolarni, yo‘nalishlarni kelib chiqishiga sabab
bo‘ldi. Kapitalizmda sanoatni rivojlanishi Shahar turmush tarzini kengayishi, ayollarni ijtimoiy ishlab
chiqarishda ishtirok etishi tufayli, oilada farzandga bo‘lgan talab kamaydi. Ko‘p bolali oilalarda,
kapitialistik ishlab chiqarish sharoitida qator iqtisodiy muammolar vujudga keldi.
Natijada, tug‘ilish
o‘z-o‘zidan kamaya boshladi. Kapitalistik ishlab chiqarish usuli rivojlangan Frantsiya va boshqa
Yevropa davlatlarida tug‘ilish 19 asrning birinchi o‘n yilligidan boshlab kamaya bordi. Ushbu
davlatlarda 20 asrga kelib hisoblanadi tabiiy o‘sishi niqoyatda kamayib ketdi. Aholi takror barpo
bo‘lishi kengaygan turdan, qisqargan turga o‘tdi. Natijada bu davlatlarda hisoblanadi qarish-ya‘ni
«Demografik qarish» jarayoni sodir bo‘ldi. Bu hol davlat tomonidan maxsus demografik siyosat olib
borishni taqozo etdi. 1946 yilda Frantsiyada tug‘ilishni ko‘tarish orqali aholi miqdoriy ko‘payishiga
erishish maqsadida oilalarga birinchi va ikkinchi, ayniqsa uchinchi farzandlarining tug‘ilishida aloqida
nafaqa ajratildi. 1960-1970 yillarda tug‘ilishni ko‘tarish maqsadidagi
demografik siyosat boshqa
rivojlangan kapitalistik davlatlarda ham olib borildi. Lekin ushbu davlatlardagi xususiy mulkchilik
formasi tug‘ilishni ko‘paytirish uchun hamma chora-tadbirlarni qo‘llashda ba‘zi muammolarni keltirib
chiqarar edi. SHu bois Yevropadagi rivojlangan davlatlarda tug‘ilish darajasini ko‘tarib, optimal,
normal holga keltirish juda mushkul bo‘lmoqda.
Rivojlanayotgan davlatlarda esa, aksincha 1960-1970 yillarda tug‘ilishning yug‘ori darajada
turganligi va o‘lim hollarining keskin kamayganligi natijasida Aholining tabiiy o‘sishi juda yuqori
darajada bo‘ldi.
Natijada Osiyo, Afrika va Janubiy Amerikada joylashgan qator rivojlanayotgan
davlatlarda aholi soni birdan ko‘payib ketdi. Bu holni demograf muttaxassislar «demografik portlash»,
deb atadilar. Ushbu davlatlarda iqtisodiy imkoniyati cheklangan holda aholisining bunday tez
ko‘payishi, tug‘ilishni cheklashga majbur etdi. Natijada ushbu davlatlarda davlat tomonidan «Oilani
rejalashtirish» ya‘ni «tug‘ilishni nazorat etish» borasida demografik siyosat olib borildi.
Do'stlaringiz bilan baham: