1995
2015
292
341
76,1
78,8
76,4
82,2
21,8
19,0
12,6
14,4
Оsiyo
1995
2015
3408
4461
64,8
71,1
31,2
47,3
32,2
25,5
5,4
7,3
Yevropa
1995
2015
516
540
75,2
78,0
75,0
81,6
19,0
18,2
14,1
16,8
Demografik prognozlashtirishning metodologik asoslari va yondoshuvlari. Demografik
prognoz metodlari.
Demografik bashoratlar ishlab chiqishda demografiya fani, birinchi navbatda
o‘rganilayotgan hudud yoki ijtimoiy guruh aholisining demografik maylini (demografik jarayonlariga
bo‘lgan munosabati) atroflicha tahlil etadi va ayni shu asosda demografik
jarayonlarda kelajakda
kutilayotgan o‘zgarishlarni ko‘rsatib beradi.
Demografik bashoratning eng oddiy uslubi aholi umumiy sonini ma‘lum davridagi o‘zgarishini
aniqlashdir. Bu uslubda bashorat qilinayotgan davrning boshlanishidagi demografik holat asos qilib
olinadi va shu holatga asosan bashorat qilinadigan davr uchun aholi soni hisoblanadi. Ushbu uslub
quyidagi formulada o‘z aksini topgan:
t
х
к
хе
Р
Р
0
1
R1
-bashorat qilinayotgan davrning oxiridagi aholi soni.
R0
-bashorat etilayotgan davrning boshlanishidagi aholi soni.
K
- bashorat qilinayotgan davr uchun nazarda tutilgan Aholining o‘sishi.
t
- bashorat etilayotgan davr.
e
-natural logarifmlar asosi.
Yuqorida qayd etilgan uslub yordamida ma‘lum hududdagi Aholining
umumiy soni bashorat
etiladi. Lekin, bu bashorat aholi sonidagi o‘zgarishni juda aniq ko‘rsata olmaydi. Chunki bashorat
etilayotgan davrda ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarni o‘zgarishi bilan bog‘liq holda tug‘ilish, o‘lim va aholi
migratsiyasida keskin o‘zgarishlar ham bulishi mumkinki, ular aholi soniga bevosita ta‘sir ko‘rsatadi.
Demografik tadqiqotlarda Aholining yosh va jinsiy tarkibi bo‘yicha bashorat etish juda
ahamiyatli bo‘lib, unda aholi tarkibidagi o‘zgarishlar nisbatan aniq yoritiladi.
Aholining yosh-jinsi
bo‘yicha bashorat etishda yosh guruqlarning «surish» uslubi qo‘llaniladi. Bunday uslubda bashorat
etilayotgan davrda qar bir yosh guruqini bashorat etilayotgan davr boshidagi mavjud miqdori
olinadi. Undan bir yil davomida o‘lganlar
sonini ayirib, keyingi yilga shu guruqi soni aniqlanadi.
Masalan, 2000 yil 1 yanvarda 11 yoshga kirganlar soni, 1999 yil 1 yanvarda 10 yoshga kirganlar
sonidan, 1.01.1999 y.-1.01.2000y davomida 10 yoshdan 11 yoshgacha o‘lgan
bolalar sonini
ayirmasiga teng. Ana shu tarzda qar bir yosh guruqini «surib» keyingi yil uchun aholi soni aniklanadi.
Lekin, bunday uslubda bashorat etish uchun yosh guruqlari bo‘yicha o‘lim hollari, ya‘ni «o‘lim
jadvali» qisoblangan bo‘lishi lozim
Yosh guruqlarni surish uslubi bilan bashorat qilinganda, bashorat etilayotgan davr boshidan
keyingi yil uchun tug‘ilganlar soni, ya‘ni «R» yoshdagilarni aniqlash lozim bo‘ladi. Masalan. bashorat
etilayotgan davrimiz 1999 yildan boshlansa, 1999 yilda tug‘ilganlar, ya‘ni «O» yoshdagilar aniq, ular
2000 yilda 1 yoshga to‘ladilar. Lekin, 2000 yil uchun tug‘ilajak bolalar sonini aniqlash lozim bo‘ladi.
Buning uchun farzand ko‘rish yosh guruqlaridagi (15-19, 20-24, 25-29, 30-34, 35-39, 40-44 va 45-49
yosh guruqlari) ayollar sonini shu yosh guruqidagi tug‘ilish koeffitsientiga ko‘paytiriladi
va keyingi
yili shu guruqdagi qar 1000 ta ayol nechta farzand ko‘rishi aniqlanadi. Masalan, O‘zbekistonda 1999
yilda 15-19 yoshli ayollar «
X
» ni tashkil etgan. SHu yili 15-19 qar 1000 ta ayolga nisbatan «
U
»
farzand tug‘ilgan.
Demak,
19
15
2000
19
15
1999
19
15
1999
Z
У
Х
ga teng. Ana shunday uslub bilan qar bir yosh guruqida keyingi
2000 yilda tug‘ilajak bolalar soni aniqlanadi. Qar bir yosh guruqida tug‘ilishi mumkin bo‘lgan bolalar
soni aniqlanib, hammasi ko‘shiladi:
49
15
2000
49
45
2000
29
25
2000
24
20
2000
19
15
2000
Z
Z
Z
Z
Z
va 2000 yilda tug‘ilishi mumkin bo‘lgan jami bolalar soni aniqlanadi.
Shu tariqa 2001, 2002, 2003 va keyingi bashorat etilayotgan yillar uchun ham tug‘ilajak
bolalar soni aniqlanadi. Faqat buning uchun, yosh guruqlari bo‘yicha tug‘ilish
koeffitsentlari,
tug‘ilishdagi o‘zgarishlar, o‘lim hollari, migratsiya, aholi reproduktiv maylidagi o‘zgarishlarni
mutaxassislar tomonidan qisobga olinadi.
Demografik bashoratda mehnat yoshidagi Aholining yosh-jinsiy ma‘lumot, kasb-malakasi
bo‘yicha kelajak tarkibini aniqlash aloqida ahamiyat kasb etadi. Chunki, ana shu bashorat asosida qar
bir davlat va uning hududlarida kelajakdagi mehnat resurslari balansi ishlab chiqiladi.
Aholining oilaviy tarkibini bashorat etish ham muqim demografik tadqiqotdir.
Chunki oila
juda ko‘p maqsulotlarni iste‘molchisi hisoblanadi. Kelajakda oilalarning tarkibi qanday bo‘ladi,
Aholining necha foizi yolg‘iz yashaydi, necha foizi oddiy oilalarda, necha foizi2-3
avlod vakillari
yashovchi murakkab oilalarada istiqomat etadilar. Yosh oilalar salmog‘i qanday bo‘ladi? Ana shu
savollarga oila tarkibini bashorat etish orqali javob beriladi hamda shu bashorat asosida aholiga turar
joy, yashash uchun kerak bo‘lgan barcha maqsulotlar ishlab chiqish rejalashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: