Demografiy a


Tayanch tushunchalar (kalit so’zlar)



Download 1,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/114
Sana01.02.2022
Hajmi1,37 Mb.
#423608
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   114
Bog'liq
demigrafiya.

Tayanch tushunchalar (kalit so’zlar): 
migratsiya, xalqaro migratsiya, ichki migratsiya, tashqi 
migratsiya,migratsiya qonunlari, demografik o’tish nazariyasi, migratsiyaning mutloq va nisbiy 
ko’rsatkichlari,
Migratsiya samaradorligi, migratsiya aylanmasi, migratsiya saldosi, migratsiya 
geografiyasi.
Migratsiya, uning turlar va omillari. 
Migrtsiya so‘zi lotincha ―migratio‖ so‘zidan olingan 
bo‘lib, ko‘chib yurish, ya‘ni bir hududdan ikkinchi bir hududga chegaralardan o‘tib aholining 
almashinishini bildiradi. Aholining turli maqsadlarda, yangi yerlarni o‘zlashtirish, daraomad topish
o‘qish, yashash hamda siyosiy nuqtai-nazardan yashash joyini doimiy yoki vaqtincha o‘zgartirishiga 
uning mexanik harakati deyiladi. 
Aholi migratsiyasi ikki shaklda ichki migratsiya va tashqi migratsiya shaklida ro‘y beradi. Agar 
aholi mamlakat ichida hududlar bo‘ylab (shahar-qishloq, qishloq-shahar, tuman-viloyat va hokazo) 
ko‘chishni amalga oshirsa bunday migratsiya ichki migratsiya deyiladi. Aksincha, aholi o‘zi yashab 
turgan mamlakatdan boshqa mamlakatlarga, qit‘alarga ko‘chib borsa bunday migratsiyani tashqi yoki 
xalqaro migratsiya deb ataymiz. Migratsiyaning har qanday turida ishtirok etgan kishilar migrantlar 
deyiladi. Tashqi migratsiya ikkig bo‘linadi: emigratsiya va immigratsiya. 
Emigratsiya- kishilarning doimiy yoki vaqtincha yashash uchun o‘z vatanidan boshqa 
mamlakatlarga ko‘chib ketishi. Emigratsiyada qatnashgan aholi emigrantlar deb ataladi. 
Immigratsiya- kishilarning uzoq muddatga doimiy yoki vaqtincha yashashi uchun biron bir 
mamlakatga boshqa davlatlardan ko‘chib kelishi. Imigratsiyada qatnashgan aholi ―immigrantlar‖ 
deyiladi. 
Reemigratsiya- kishilarning uzoq muddatga doimiy yoki vaqtincha yashash uchun o‘z vatnidan 
boshqa mamlakatga ko‘chib ketib, muayyan muddatdan so‘ng yana kaytib ko‘chib kelishidir. 
Reemigratsiyada qatnashgan kishilar ―reemigrantlar‖ deyildi. 
Shuningdek, aholi migratsiyasi o‘z mohiyatiga ko‘ra uch turga, ya‘ni doimiy, vaqtincha 
(mavsumiy) va tebranma (mayatniksimon) migratsiyaga bo‘linadi. Sabablariga qarab ixtiyoriy hamda 
majburiy migratsiya turlari ham mavjud. 
Doimiy migratsiya- aholining uzoq muddatga (bir yildan oshiq) bir joydan ikkinchi bir joyga 
ko‘chib yana qaytishidir. 
Mavsumiy migratsiya- aholining ma‘lum bir vaqtga (mavsumga) bir joydan ikkinchi bir joyga 
ko‘chib yana qaytishidir. 
Tebranma migratsiya- aholining bir joydan ikkinchi bir joyga har kuni yoki har haftada borib 
qaytishi. Bunga misol tariqasida Toshkent va Sirdaryo viloyatlaridan aholining poytaxtimiz Toshkent 
shahriga turli maqsadlarda har kuni yoki bir haftaga kelib qatnaydiganlarni keltirish mumkin. Demak, 
tebranma migratsiya urbanizatsiya xarakteriga ega desak hato bo‘lmaydi. Sababi, tebranma 
migratsiyada ishtirok etganlarning aksariyati, qishloqdan tuman yoki viloyat markaziga, qishloq-
shahar, kichik shaharlardan yirik shaharlarga tomon harakat qilishadi. Mayatniksimon migratsiyada 
ba‘zan aholi bir davlat hududida yashab ikkinchi bir davlat hududiga ishlash, o‘qish uchun har kuni 
yoki haftada chegaradan o‘tib borib kelishadi. Bu G‘arb davlatlarida yaqqol kuzatiladi. 

Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish