bajaruvchi inson omilidan unumli foydalanishga asoslanadi. «Aholi geografiyasi va demografiyasi»
nomli kursning tadqiqot usullari quyidagilar:
Geografik taqqoslash usuli;
Tarixiy qiyoslash usuli;
Iqtisodiy-matematik usul;
Statistik va ko‘p o‘lchamli statistik usul;
Qiyosiy va iqtisodiy qiyosiy tahlil usuli;
Me‘yoriy-balans hisobi usuli;
Kartografik tadqiqot usuli;
Sotsiologik so‘rovlar o‘tkazish usuli;
Omillarni tahlil qilish usuli;
Iqtisodiy prognoz usuli.
Geografik taqqoslash usuli
ga ko‘ra o‘rganilayotgan sohani tahlil etishda hududga asosan
e‘tibor qaratiladi. Bunda asosan hududning tabiiy shart-sharoiti muhim o‘rin tutadi. Masalan,
aholi
migratsiyasiga boshqa omillar bilan bir qatorda, tabiiy shart-sharoit o‘zgarishi ham ta‘sir ko‘rsatadi.
Jumladan, qurg‘oqchilik, hududning cho‘llanishi, sho‘rlanish kabi jarayonlar qishloq xo‘jaligi yoki
ishlab chiqarishning biror tarmog‘ida ish samaradorligini susayishini keltirib chiqaradi. Natijada,
aholining bir joydan ikkinchi joyga ko‘chib borib ishlash zaruriyati kelib chiqadi.
Bu kabi
vaziyatlarning yuzaga kelishi albatta, joyning geografik shart-sharoitlari bilan bog‘liq.
Tarixiy qiyoslash usuli
deyarli barcha fanning tadqiqot usuli hisoblanadi. Chunki,
o‘rganilayotgan
biror sohaning ertasi albatta, uning tarixi bilan bog‘liq. Jumladan, «Aholi geografiyasi
va demografiyasi» nomli kursni o‘rganishda ham tarixiy qiyoslash usuli muhim o‘rin tutadi. Masalan,
2011 yilda dunyo aholisi soni 6,6 milliarddan oshgan bo‘lsa, agar eramiz boshida aholi soni 175
million kishi bo‘lganini e‘tiborga olganda, 20 asr davomida aholi 37,1 martaga o‘sgan.
Iqtisodiy-matematik usul
. Tadqiqot natijalarini tahlil etish uchun matematik usulni qo‘llash
katta imkoniyat yaratadi. Biroq, shuni ta‘kidlash lozimki, iqtisodiy matematik usul ikki yoki undan
ortiq holatlar o‘rtasidagi ishonchli farqlarni qayd qilishi mumkin. Iqtisodiy-matematik usul yordamida
har doim ishonchli natijalarga erishib bo‘lmaydi. Chunki, o‘rganilayotgan sohasining rivojlanishi yoki
ko‘rsatkichlarning pasayishiga turli ob‘ektiv va sub‘ektiv omillar ta‘sir ko‘rsatib turadi.
Statistik va ko’p o’lchamli statistik usul
. Geografik va iqtisodiy tadqiqotlarda statistik va ko‘p
o‘lchamli statistik usul yordamida turli–tuman omillar ta‘sirida shakllanuvchi holatlarni o‘rganish
imkonini beradi. Bu
usul bugungi kunda iqtisodiy, sotsiologik, demografik,
psixologik va hatto
pedagogik tadqiqotlarda keng qo‘llanilmoqda. Jumladan, iqtisodiyotda yillar yoki biror iqtisodiy
rivojlanish bosqichdagi ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini
taqqoslash, yillar davomidagi o‘rtacha
ko‘rsatkichlarni hisoblab topishda foydalanilsa, sotsiologik tadqiqotlarda aholining maishiy shart-
sharoitlari holatini tahlil qilish yoki
umumiy natijalarga erishishda, demokratik tadqiqotlarda
aholining tabiiy o‘sishi, mehnat resurslari dinamikasi yoki ularning ma‘lum yillardan keyingi holatini
prognozlashda, psixologik tadqiqotlarda aholi yoki uning ma‘lum qatlamining ruhiy holatini tadbiq
etish va uning ijtimoiy omillarini aniqlash kabi korreliyatsion natijalarga erishishda foydalanish
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: