Asosiy kapitalning xarakati ko’rsatkichlari nima uchun qo’llaniladi?
Asosiy kapitalni – milliy boylik tarkibiga kiritishda statistika fani va jahon amaliyoti joriy baho (qayta tiklash qiymati) dagi qoldiq qiymati ko‘rsatkichidan foydalanishni tavsiya etadi. Ammo mamlakatlarda baholarni
o‘zgarishi tezligi va amortizatsiya siyosatini turlichaligi asosiy kapital hajmini va jon boshiga to‘g‘ri keladigan darajasini xalqaro solishtirishni ilmiy asosda amalga oshirish imkoniyatini bermaydi.
Ma’lumki, asosiy kapitalning joriy (qayta tiklash) qiymati – bu asosiy kapitalni ma’lum bir sanadagi amaldagi bozor narxlaridagi qiymatidir. Qayta baholash ikki usulda amalga oshiriladi:
indekslar (YaIM deflyatori, investitsiya deflyatori, o‘rtacha indeks, asosiy kapitalning u yoki bu guruhi bo‘yicha indeks, deflyator) yordamida;
to‘g‘ridan-to‘g‘ri (rieltorlar xizmatidan foydalanish ham mumkin) usulda.
O‘zbekistonda qayta baholash asosiy kapital (guruhlari bo‘yicha) ning eskirishi darajasiga ko‘ra “koeffitsientlar” – indekslar yordamida amalga oshirildi.
Asosiy kapitalni qayta baholanishi natijasida ularni texnologik, tarmoq strukturasi ham o‘zgarar ekan hamda eskirishi darajasi va yaroqliligi (qoldiq qiymatning to‘liq qiymatdagi salmog‘i) darajasi ham o‘zgaradi. Demak asosiy fondlarni qayta baholanishi asosiy fondlarning to‘liq qiymatini o‘zgartirishi bilan birga qoldiq qiymatini turli tarzda o‘zgartirar, bu hol esa milliy boylik hajmiga ta’sir etmasdan qolmaydi.
Moliya bozorini statistik o’rganishning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati va ahamiyati nimalardan iborat?
Moliya bozori statistikasining o‘rganish obyekti foyda olish maqsadida amalga oshiriladigan moliyaviy operatsiyalar va bitimlardir, o‘rganish predmeti esa shu operatsiya va bitimlarni ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligini ifodalovchi ko‘rsatkichlarni hisoblashni o‘rgatuvchi metodlar yig‘indisidir. Boshqacha aytganda, moliya bozori statistikasi deganda, qisqa va aniq moliyaviy hisob-kitoblarni ta’minlaydigan statistik metodlar ymg‘indisi tushuniladi.
Moliya bozori statistikasi ommoviy hodisa va jarayonlar bo‘yicha xulosa chiqarib qolmasdan, balki alohida olingan operatsiya va bitim qatnashchilari bo‘yicha ham xulosa chiqarish mumkin. Bu tamoyil moliya bozori statistikasining boshqa statistika fanlaridan farqi va ustunligidir.
Moliya bozorini o‘rganishda statistika umumiy va maxsus metodlardan foydalanadi. Umumiy metodlarga statistika nazariyasida batafsil bayon etiladigan statistik kuzatish, guruhlash, jamlash, tasvirlash va statistik tahlil qilish metodlari kiradi. Maxsus metodlarga – turli stavkalarda oshgan qiymatni hisoblash, diskontlash metodlari, ekvivalent, nominal va samarali stavkalarni aniqlash, to‘lovlarni jamlash va almashtirish, moliyaviy rentalarni hisoblash metodlari, qarzlarni qoplash metodlari, operatsiya va bitimlarni daromadlilik darajasini o‘rganish, maxsus kursni aniqlash va tahlil qilish metodlari va h.k. metodlar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |