MHTda milliy boylikka nimalar kiradi?
Milliy hisoblar tizimi (MHT) iqtisodiy statistikaning nazariy-uslubiy asosini tashkil etadi. Shuning uchun milliy boylik statistikasini tadqiq qilishda, uni barcha qirralarini takomillashtirish borasida shu MHT-93ga tayanmoq zarur. Unga binoan, milliy boylik deganda ma’lum bir sanaga institutsional birliklar, ya’ni mamlakat rezidentlariga tegishli bo’lgan kapital sof qiymati tushuniladi. Kapital sof qiymati institutsional birliklarning aktivlari (nomoliyaviy va moliyaviy) va majburiyatlari orasidagi farq kabi aniqlanadi Milliy boylik mazkur davlat rezidentlariga tegishli bo’lgan nomoliyaviy aktivlar va ularning tashqi dunyoga sof talabini ifodalaydi.
Ma’lumki iqtisodiy aktivlar – iqtisodiy ob’ekt bo’lib, ular institutsional birliklarning mulki hisoblanadi, undan egalik qilish yoki foydalanish tufayli iqtisodiy manfaat olinadi. Muhim manfaat – bu kelajakda daromad olish imkoniyatidir. Ba’zi bir aktivlar: binolar, jihozlar va boshqalar tovar ishlab chiqarishda va xizmat ko’rsatishda faol qatnashadi hamda foyda keltirishda ulushga ega bo’ladi. Ba’zilari esa, masalan moliyaviy aktivlar – aktivlar egasiga egalik qilgani uchun mulk daromadini keltiradi. BMT ning MHT – 93 dagi kontseptsiyasiga muvofiq mamlakat (tarmoq, sektor, hudud) ning mulkiy holati – milliy boyligi sof aktivlar qiymatiga tengdir. Bu ko’rsatkichni hisoblashda “Aktivlar va passivlar balansi” dan foydalaniladi.
Milliy boylik hajmi qanday hisoblanadi?
BMT ning MHT-93 dagi kontseptsiyasiga binoan milliy iqtisodiyot va uning sektorlari bo’yicha mulkiy holatni
boylikning hajmini hisoblash mumkin. Aktivlar va passivlar balansining yil boshi va oxiridagi ko’rsatkichlarini solishtirishi natijasida, sof aktivlar – milliy boylikning hajmini o’zgarishi (mutlaq va nisbiy) ni aniqlash imkonini beradi. Iqtisodiy statistikada sof aktivlar – milliy boylikni hajmini hisoblashda moliyaviy
aktivlar (talablar) va moliyaviy passivlar (majburiyatlar) faqat tashqi mamlakatlarga nisbatan olinadi, chunki ichki talablar va majburiyatlar mamlakat miqyosida bir-biri bilan qoplanib ketadi.
Mamlakatning sof aktivlari – milliy boyligi – mamlakatning mulkiy holati ko’rsatkichi zaxira ko’rsatkichlari turkumiga kiradi. U mahsulot, yalpi ichki mahsulot, yalpi milliy daromadi ko’rsatkichlari (bular “oqim” ko’rsatkichlari) dan farq qiladi. Zaxira ko’payishi (kamayishi) hajmini va unga ta’sir etgan omillarni quyidagi formula yordamida hisoblash mumkin:
A1=A0+iq+bs+r
bu erda: A0, A1 –yil boshi va oxiridagi aktivlarning qiymati; iq - iqtisodiy harakatlar (ishlab chiqarish, sotish – sotib olish, in’om etish) natijasida aktivlar qiymatining o’zgarishi;bs- aktivlar qiymatini iqtisodiy harakatlarga bog’liq bo’lmagan boshqa faoliyatlar tufayli o’zgarishi (foydali qazilmalarning ochilishi, tabiiy ofatlar va boshqalar natijasida);R – aktivlarning nominal qiymatini inflyatsiya (deflyatsiya) natijasida o’zgarishi.
1 1
Barcha sabablarga ko’ra aktivlar qiymatini o’zgarishi (amaldagi baholarda): A = A1-A0; agar aktivlarning fizik hajmini o’zgarishini, ya’ni dinamikasini o’rganmoqchi bo’lsak, unda baho (narx) faktorini ta’sirini e’tiborsiz qoldiramiz. Bunda aktivlar dinamikasi, indeksi IA=A R0 : A0; bunda A R0 =q1p0, solishtirma narxlarda baholangan aktivlarning yil oxiridagi qiymati.
Do'stlaringiz bilan baham: |