Декабрь 2020 10-қисм



Download 3,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet257/341
Sana31.12.2021
Hajmi3,02 Mb.
#227466
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   ...   341
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi 2 qism

Декабрь  2020  10-қисм
Тошкент
ўтказилганда юқори даражаларга эришдилар яни фасиллар тасвирланган кўргазмалардан 
фойдаланиб машғулот олиб борилганда болалар фаол иштирок этишдилар.
Хулоса қилганимизда кўргазмалилик методи болаларнинг онгини,диққатини, ҳотирасини, 
тафаккурини ўсишида мухум рол ўйнайди 
Адабиёт 
1. П.Юсупова “Мактабгача тарбия педагогикаси” Тошкент  “ ўкитувчи” нашрёти 1993й.


190
Декабрь  2020  10-қисм
Тошкент
BO‘G‘IN USTIDA ISHLASH
Собирова Муножат Жалолитдиновна 
Наманган вилояти Уйчи туманидаги 
7-сонли умумий урта таълим 
мактабининг бошлангич таълим укитувчиси
Annotatsiya; ushbu maqolada boshlang‘ich sinflarda bo‘g‘in tushunchasi bilan ishlash va uni 
o‘quvchilarga o‘rgatish tahlil etilgan.
Kalit so‘zlar: bo‘g‘in, ona tili, boshlang‘ich sinf, o‘quvchi, ta’lim 
Bo‘g‘in murakkab tushuncha bo‘lgani uchun boshlang‘ich sinflarda uning qoidasi berilmaydi. 
Dasturga  ko‘ra,  o‘quvchilarda  so‘zni  bo‘g‘inlarga  bo‘lish  ko‘nikmasini  shakllantirish  vazifasi 
talab etiladi.O‘quvchilar so‘zni bo‘g‘inlarga bo‘lishda so‘zda nechta unli bo‘lsa, shuncha bo‘g‘in 
bo‘ladi, degan tushunchaga asoslanadilar. Bu tushunchani ular savod o‘rgatish davridayoq hosil 
qiladilar. Bolalar yozilgan so‘zdan dastlab unli harfni topadilar, keyin so‘zda nechta unli bo‘lsa, 
uni shuncha qism (bo‘g‘in)ga bo‘ladilar.
1-sinfda  o‘quv  yilining  birinchi  yarmida  og‘zaki  va  yozma  tarzda  bo‘g‘inlarga  bo‘lish, 
shuningdek, o‘qituvchi topshirig‘iga ko‘ra, muayyan bo‘g‘inli so‘z tanlash mashqlari har darsda 
o‘tkaziladi. So‘zni bo‘g‘inlarga to‘g‘ri va tez bo‘lish ko‘nikmasini hosil qilish 1-sinfdao‘tkaziladigan 
muhim mashqlar qatoriga kiradi. O‘quvchilar o‘qish va yozish jarayonini egallashda mana shu 
ko‘nikmaga  tayanadilar.  O‘zbek  grafikasida  bo‘g‘in  tamoyili  yetakchi  tamoyil  hisoblanadi. 
O‘quvchi so‘zni to‘g‘ri yozish uchun uni awal bo‘g‘inlarga bo‘ladi. Bo‘g‘inlardagi tovushlarning 
o‘zaro bir-biriga ta ’sirini aniqlaydi, undosh va unli tovushlami ifodalash uchun zarur harflardan 
foydalanadi. O‘quvchi quyidagicha muhokama yuritadi:
—  „Vatan”  so‘zida  ikki  bo‘g‘in  bor.  Birinchi  bo‘g‘inga  va;  ya’ni  v,  a  harflarini  yozaman, 
ikkinchi  bo‘g‘inga  tan:  ya’ni  t,  a,  n  harflarini  yozaman.  O‘quvchi  so‘zni  bo‘g‘inlarga  bo‘lish, 
bo‘g‘indagi  har  bir  tovushning  o‘rnini,  tartibini  aniq  ko‘z  oldiga  keltirib,  bo‘g‘inlab  aytish 
ko‘nikmasiga  ega  bo‘lsa,  so‘zdagi  harflarni  tushirib  qoldirmay,  o‘rnini  almashtirmay  yoza 
oladi.  Shuning  uchun  bo‘g‘in  ustida  ishlashga  so‘zni  bo‘g‘inlab  ko‘chirib  yozish.  bo‘g‘inlab 
diktovka bilan yozish (bo‘g‘inlab izohlab yozish) mashqlarini ham kiritish lozim. Ikkinchidan, 
so‘znibo‘g‘inlarga bo‘lish ko‘nikmasi o‘quvchilar uchun so‘zning oldingi qatorga sig‘may qolgan 
qismini keyingi qatorga bo‘g‘inlab to‘g‘ri ko‘chirish uchun zarur. O‘quvchilar „So‘zlar bir yo‘ldan 
ikkinchi yo‘Iga bo‘g‘inlab ko‘chiriladi” va „Bir harfdan iborat bo‘g‘inni oldingi yo‘lda qoldirib 
yoki keyingi yo‘Iga ko‘chirib bo‘lmaydi” degan asosiy bo‘g‘in ko‘chirish qoidalarini I sinfdayoq 
o‘rganadilar. Oddiy tuyulgan birinchi qoida ham so‘zni bo‘g‘inlarga bo‘lish, bo‘g‘in ko‘chirish 
qoidasiga mos keladigan maktab, Ra ’no, singil kabi so‘zlar misolida juda ko‘p mashqlar bilan 
mustahkamlashni  talab  etadi.  Bolalar,  ayniqsa,  singil,  ko‘ngil,  tongi  kabi  so‘zlarni  bo‘g‘inga 
bo‘lishda qiynaladilar, chunki bu so‘zlarda bitta jarangli undosh tovaish ng harf birikmasi bilan 
ifodalanadi. Bu so‘zlarni bo‘g‘inga bo‘lishda bu ikki harf sing-lim, ko‘ng-lim, tong-gi so‘zlaridagi 
kabi oldingi bo‘g‘inda qolishi, yoki si-ngil, ko‘-ngil, to-ngi so‘zlaridagi kabi keyingi bo‘g‘inga 
ko‘chirilishi kerak (Bir tovushni ifodalagan harfni ikkiga bo‘lib bo‘lmaydi). Keyingi qoida esa 
aka, ota, oila, mudofaa, mutolaa kabi so‘zlar misolida yanada ko‘proq mashq bilan o‘rgatish va 
mustahkamlashni talab etadi. Bu qoidalar keyingi sinflarda yangi murakkabroq so‘zlar misolida 
mustahkamlab boriladi.
Dasturga ko‘ra, tutuq belgili {m a’no, sun’iy kabi) so‘zlarni bo‘g‘inga bo‘lish va ko‘chirishda 
tutuq belgisi har doim birinchi bo‘g‘inda bo‘lishi, katta, ikki kabi ikkita bir xil undoshli so‘zlarni 
bo‘g‘inga bo‘lganda ikkita bir xil undoshning biri oldingi bo‘g‘inda qolishi, ikkinchisi keyingi 
bo‘g‘inga o‘tishi (kat-la, ik-ki kabi) o‘quvchilarga 2-sinfdayoq o‘rgatiladi.
Adabiyotlar: 
1. Q. Abdullayeva. Birinchi sinfda nutq o‘stirish. — Т.: 1980.
2.  Q.  Abdullayeva,  S.  Rahmonbekova.  „Ona  tili  darslari41  (1  -sinf  o‘qituvchilari  uchun 
qo‘llanma). - Т.: 1999


191

Download 3,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   ...   341




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish