Декабрь 2020 10-қисм Тошкент INGLIZ TILI METOKASINI DARSLARDA QO‘LLASH BOSQICHLARI Navoiy viloyati Qiziltepa tumani 41-maktab Po‘latova Lobar Hojiqurbon qizi Telefon 91252 4494 Anatatsiya: bu maqolada o‘quvchilarga ingliz tili fanini bahslar va bosqichlar yordamida
o‘rgatish usullari berilgan.
Kalit so‘zlar: metodika, metodik qo‘llanma, munozara, bosqich, guruhlar
O‘qituvchi uchun ijodiy ish darslari yuzasidan batafsil uslubiy tavsiya o‘qituvchi uchun metodik
qo‘llanmada berildi. Ijodiy ish davomida tayyorlangan plakatlarni ota-onalarga bolalarning ingliz
tilini qay darajada o‘zlashtirayotganliklarini ko‘rsatish uchun ham foydalanishingiz mumkin.
Bahslar
Bahslar o‘quvchilarning tanqidiy fikrlash malakalarini rivojlantirishga va masalaga turli nuqtayi
nazardan yondashishga yordam beradi. Ular o‘quvchilarda gapirish ishonchini shakllantiradi,
chunki o‘quvchilar bu yerda til ravonligiga emas balki o‘z nuqtayi nazarini isbotlash haqida
ko‘proq qayg‘uradi. Bahslarga tayyorlanish davomida o‘quvchilar bahs uchun ma’lumot topish
maqsadida oldingi darslarni o‘qib chiqadi. Shu yo‘sinda bahslar o‘quvchilarni ma’lumot olish
uchun samarali o‘qishga ruhlantiradi. Bahslar o‘quvchilarga faol tinglovchi bo‘lishga ham yordam
beradi. Munozarada qarshi turuvchilarni tinglash paytida ular qarama-qarshi fikrlar topishga
harakat qiladi va qarshi bahs yuritadi.
Quyida bahsni tashkil etish bosqichlari keltirildi. Jarayon chigal ko‘rinadi, lekin u bir necha
maktablarda sinovdan o‘tkazilganda o‘quvchilarga juda ma’qul bo‘ldi.
Ishonchimiz komilki, u siz va sizning o‘quvchilaringizga ham ma’qul bo‘ladi.
I va II bosqichlar faqatgina siz bahsni birinchi marta tashkillashtirganingizda kerak bo‘ladi. I
bosqich
O‘quvchilardan bahs to‘g‘risidagi bilimlarini so‘rab biling. Siz quyidagidek savollarni
so‘rashingiz mumkin.
1) What is a debate?
2) Where do we have debates?
3) Have you ever taken part in a debate? When? What was the debate about?
4) Who takes part in debates?
5) Why do we have debates?
6) What happens in a debate?
7) Where do we sit in a debate?
II bosqich
Bugun bahs o‘tkazilishini o‘quvchilaringizga tushuntiring. Ular, masalan, “ Sport is always
a good thing. We should have sports lessons every day at school.” degan mavzu yuzasidan bahs
yuritadilar. Sinf ikkiga bo‘linadi. Sinfning yarmi mavzu tomonda, yarmisi esa mavzuga qarshi.
III bosqich
Bir o‘quvchini bahsni olib boruvchi qilib tayinlaysiz. Bahsni olib boruvchi sinfdagi eng
yaxshi o‘quvchi bo‘lishi kerak (uning bahsda hukmronlik qilmasligini yoki boshqa o‘quvchilarni
gapirishdan mahrum qilmasligini nazarda tutgan holda) yoki yaxshi gapira olmaydigan uyatchan
o‘quvchini tanlab olishingiz mumkin.
IV bosqich
Guruhlardan o‘rtasidan pastga qarab chiziq tortilgan bir varaq qog‘oz tayyorlashni so‘rang.
Chap tomonda ular boshqa guruh berishi mumkin bo‘lgan sabablarni yozishlari kerak. O‘ng
tomonda esa o‘zlarining sabablarini yozadilar.
Guruhdagi har bir o‘quvchining o‘z sabablari ro‘yxati bo‘lishi kerak. Quyidagi jadvalni doskaga
yozing, shu asosda vazifani bajarishni o‘quvchilardan so‘rang.
For (Mavzu tomonda)
Against (Mavzuga qarshi)
good for health
wastes time
Guruhlarga sabablar ro‘yxatini yozish uchun 10 daqiqa vaqt beriladi.