Декабрь 2020 10-қисм



Download 3,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet153/341
Sana31.12.2021
Hajmi3,02 Mb.
#227466
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   341
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi 2 qism

Декабрь  2020  10-қисм
Тошкент
ONA TILI DARSLARIDA INNOVATSION USULLARDAN FOYDALANISH
Matnazarova Gulpashsha Ismailovna
Xiva shahar 1-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining
1-toifali ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi
Xiva, Xorazm, O‘zbekiston
Annotatsiya:  Ushbu  maqolamizda  umumiy  o‘rta  ta’lim  maktablarida  ona  tili  dars 
mashg‘ulotlarini  tashkil  etishda  innovatsion  texnologiyalardan  foydalanib  o‘quvchilarga  bilim 
berish va ularda fanga bo‘lgan qiziqishni uyg‘otish haqida so‘z boradi.
Kalit  so‘zlar:  ona  tili,  adabiyot,  maktab,  pedagogika,  ilm-fan,  yangi  g‘oyalar,  zamonaviy 
texnologiyalar.
Bugungi davrda - ya’ni axborot texnologiyalari jadal rivojlanayotgan bir davrda umumiy o‘rta 
ta’lim maktablarining o‘quv shakli va dars mashg‘ulotlarining tuzilish tarkibiga ham o‘z ta’siri 
ko‘rsatmoqda. Bundan anglash mumkinki, ta’limda ish olib boruvchi pedagoglarimiz ham o‘z ish 
faoliylarini bu innovatsiyalar bilan hamohang holda shakllantirishmoqda. Buning rivojlanishiga 
yanada  samarali  hissa  qo‘shish  maqsadida  ona  tili  dars  mashg‘ulotlarida  innovatison  o‘qitish 
shakli va an’anaviy dars o‘tish uslublarini ko‘rib chiqamiz:
b)   An’anaviy  texnologiya  -  har  bir  o‘quvchining  ta’lim  va  bilim  faoliyatini  tashkil  qilish 
shakllari, usullari, mustaqil fikrlash darajasi, o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi munosabatlarni 
ko‘p bosqichli yondashuv asosida ta’minlaydigan har qanday vositalar tizimida amalga oshiriladi.
c)    Sinf  o‘qitish  texnologiyasi  -    o‘quv  materiallarini  muntazam  ravishda  o‘zlashtirish  va 
bilim ko‘nikmalarni sinf mashg‘ulotlari orqali o‘rgatishni ta’minlash.
d)    Interfaol  texnologiyalar    yoki  guruhli  o‘qitish  texnologiyalari  (juft  bo‘lib  ishlash, 
yoki  stollarni  aylana  shaklda  joylashtirgan  holda)  -  shaxsiy  tashkilotchilik  qobiliyatiga  ega  va 
guruhda ishlashga qodir o‘quvchi qobiliyatini shakllantirish; dasturiy materiallarni o‘zlashtirish 
samaradorligini oshirish.
e)    O‘yin  texnologiyasi  (didaktik  o‘yin)  -    amaliyotda  o‘quvchi  bilan  hamkorlikda  bilim 
ko‘nikmalarni  qo‘llash  orqali  yangi  bilimlarni  rivojlantirish.  O‘quvchilar  mustahkam  bilim  va 
ko‘nikmalarni  egallashlari  uchun  mustaqil  faoliyat  usullarini  ishlab  chiqish  uslubida  ularning 
bilim va ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish.
f)    Ilg‘or  ta’lim  texnologiyasi  -    O‘quvchilarning  talab  qilinadigan  minimal  ta’lim 
mazmuniga erishishi. Muammolarni qanday hal qilishni o‘rganish, imkoniyatlarni hisobga olish 
va ma’lum vaziyatlarda bilimlardan foydalanish. Har bir o‘quvchiga aniq natijani izlash usullari 
va  uning  vositalarini  mustaqil  ravishda  aniqlash  imkoniyatini  berish.  Uslubiy  kompetentsiyani 
shakllantirishga  yordam  berish.  O‘quvchida  kerakli  ma’lumotlarni  qidirish  qobiliyatlarini 
shakllantirish. Mavzu bilan bog‘liq muammolarni yechimini topishni oddiy usullar bilan o‘rgatish.
g)   Texnologik uslublar - O‘quvchilar uchun hayotning maqsadlarini, o‘zlarini va dunyodagi 
o‘rnini  anglash,  birgalikda  (jamoaviy)  izlashda,  ijodkorlikda,  izlanishda  o‘zini  anglash  uchun 
qulay sharoitlarni yaratish. Ulani mustaqil fikrlashga o‘rgatish.
h)    ETR  (elektron  ta’lim  resurslari,  shu  jumladan  AKT)  -  turli  xil  ma’lumot  manbalari 
bilan  ishlashga  o‘rgatish,  o‘z-o‘zini  o‘qishga  tayyorlik  va  ta’lim  yo‘nalishida  sodir  bo‘lishi 
kutilayotgan ma’lumotlar haqida habardor qilib borish.
i)    Hamkorlik  pedagogikasi  -  bolaga  shaxsiy  yondashuvni  amalga  oshirish  va  o‘quv 
yo‘nalishi o‘quvchilari tomonidan ongli ravishda tanlash uchun sharoit yaratish.
j)   Jamoa bo‘lib ijodiy ishlarni olib borish texnologiyasi - o‘quvchilarni ijodda, izlanishlarda 
va  turli  maktab  tomonidan  o‘tkaziladigan  tabdirlar  va  bahri-bayt  kechalarida  o‘zini  namoyon 
qilishi  uchun  sharoit  yaratish.  O‘quvchilarni  eng  ko‘p  qiziqtirgan  muammolarni  muhokama 
qilish va tahlil qilishga jalb qilish va o‘quvchilarning tashkiliy qobiliyatlarini shakllantirish.
Har bir o‘qituvchi zamonaviy innovatsion texnologiyalar, maktab g‘oyalari, ko‘rsatmalariga 
amal qilishi, allaqachon ma’lum bo‘lgan narsalarni ochishga vaqt sarflamasligi kerak. Bugungi 
kunda  biz  ta’lim  texnologiyalarining  keng  imkoniyatlarini  o‘rganmasdan  turib,  pedagogik 
jihatdan  barkamol  mutaxassis  bo‘la  olmaymiz.  Bu  jarayonda  Ona  tili  dars  mashg‘ulotlarida 
innovatsion texnologiyalaridan foydalanish umumiy o‘rta ta’lim tizimini rivojlantiribgina qolmay, 
o‘qituvchining kasbiy faoliyatini baholashning asosiy negizini tashkil etadi.


102

Download 3,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   341




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish